Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
437
holatlar hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiladi. Mazkur ta'lim yo‘nalishi
O'zbekiston Milliy universitetida o‘qitiladi.
Pedagogik psixologiya-ta'lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasidir. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq
rivojlanishi,bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy, ijobiy sifatlarini tarbiyalashning
psixologik muammolarini o‘rganadi. Mazkur ta'lim yo‘nalishi mamlakatimizning
pedagogika institutilarda va davlat universitetlarida o‘qitiladi.
Tibbiyot
psixologiyasi-kasallarning
davolanishi,
gigiyena,
profilaktika
diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohalaridan iborat. Tibbiyot
psixologiyasida
tadqiqotlar
tizimiga
kasallikning
kechishi,
ularning
shaxs
psixologiyasiga ta'siri qonuniyatlari insonning kasaldan sog’ayishiga mikrosotsial
guruhning ta'siri o‘rganiladi.
Yuridik psixologiya-huquq doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik
faoliyatini huquqiy boshqarish mehanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir.
Harbiy psixologiya-harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta'siri, harbiy
faoliyatning xususiyatlarini, psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi
psixologiya sohasidir.
Siyosiy psixologiya-bu jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlari,
holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarini
tekshiruvchi psixologiya sohasidir
Qiyosiy psixologiya-psixologiyaning murakkab bo‘limlaridan bo‘lib, u
psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy
psixologiyada hayvonlar psixikasi odamlarniki bilan qiyoslanadi va xulq-atvoridagi
o‘xshashlik va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlanuvchi kuchlar, ta'sir
o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi.
Differensial psixologiya-shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh
a'zolari orasidagi nomutanosibligining psixologik tomonlari ya'ni psixologik farqlarni
o‘rganuvchi psixologiya sohasidir.
Kompyutrlashtirish psixologiyasi-kompyuterning ishlab chiqarish roli, psixik
aks ettirishga ta'siri, shaxs tuzilishining o‘zgarishini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir.
Mazkur soha kompyuter va inson o‘rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi,
natijada texnika-inson-texnika o'zaro ta'siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabhalar
o‘zaro ta'sirini aniqlaydi. Kompyutrlashtirish inson psixologiyasida muayyan
o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, sermahsul texnika yaratish tizimini tezlashtirishga
muhim psixologik asos yaratadi. Kompyutrlashtirishning bosh muammosi uning
insonga ta'sir o‘tkazish mexanizmlarini tadqiqot qilishdir.
Ijodiyot psixologiyasi-badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi
ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda
kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga
ta'sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir.
Eksperimental psixologiya-eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni
tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishda
eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. 19-asrning o‘rtalarida
Do'stlaringiz bilan baham: |