IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVIDA
OILANING O’RNI
Каримова Хадича Янгибойивна
17-ИЧБУИТМ директори
Oila jamiyatning bosh bo’g’ini, negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy
tayanchga ega. Shaxsning ahloqiy-ma’naviy va ijtimoiy tiklanishiga ta’sir etuvchi
omillar orasida oila yetakchi o’rin tutadi. Bolaning ijtimoiylashuvi va tarbiyalanishi bir
maqsadga ega: uni jamiyatda moslashtirish, muloqot va normal hayot uchun zarur
bo’lgan fazilatlarni shakllantirishdir. Insonning ta’lim, taraqqiyot va ijtimoiylashishi,
jamoa ta’siri ostida sodir bo’ladi. Oila, mahalla, ta’lim muassasalari shaxsni
shakllantirishda faol ishtrok etadi. Shunday ekan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaning
psixologik xususiyatlari hamda shaxs sifatlarining shakllanishida oilaning ahamiyati
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
47
alohida o’rin tutadi. Oiladagi muhit va ota-ona munosabati, bolaning rivojlanishida o’z
ta’sirini o’tkazadi. Oilada nogiron bolaning dunyoga kelishi, ko’pgina ota-onalar
o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan
bolalar oilasidagi jiddiy muammolardan biri bu muloqot jarayonidir. Bu jarayon ota-
onalarda, farzand kelajagiga ishonchsizlik, qo’rquv, ruhiy tushkunlik holatlarini keltirib
chiqaradi. Ba’zi oilalar nogiron farzandlarini atrofdan, mahalla kuydan yashiradilar,
afsuski bunday oilalar ham yo’q emas. Imkoniyati cheklangan bola ham sog’lom bolalar
kabi mehir, e’tibor va ta’lim-tarbiya olishga haqlidir. Biroq aksariyat oilalarda kar va
zaif eshituvchi bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash borasida kerakli pedagogik-
psixologik ishlar yo’lga qo’yilmagan. Bolaning rivojlanish bosqichlari, kamoloti va
barkamol bo’lib voyaga yetishida oilada ota-onalarning pedagogik va psixologik
munosabatlari asosiy rol o’ynaydi. Ba’zi oilalarda kar bolalarga nisbatan etiborsizlik
yoki xaddan ziyod avaylash va rahmdillik nuqtai nazari bilan qarash munosabati
o’rnatilgan bo’ladi. Mazkur holat kar va zaif eshituvchi bolalarda, sog’lom bolalardagi
kabi muomala, muloqot, o’z-o’ziga xizmat va boshqa faoliyatlarda ishtirok etish
ko’nikmalarini yetarlicha shakllanmasligiga olib keladi. Natijada kar va zaif eshituvchi
bolalar maxsus ta’lim muassasasiga kelgan kunidanoq, oddiy kundalik maishiy hayot
uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni egallashga jalb etiladilar. Bu ko’nikmalar oddiy va
soda tuyulsada, biroq kar bolalarning ijtimoiylashuvi uchun asos buluvchi
omillardandir. Aksariyat ota-onalar bolalarini atrofdagilar bilan muloqot qilishda
qiynalganliklari uchun mustaqil hayotga tayyor emas deb hisoblaydilar. Natijada bolani
o’z vaqtida maktabgacha tarbiya va maktab-internatlariga yo’naltirmaydilar.
Eshitiashida nuqsoni bo’lgan bolalarni shaxs sifatida kamol topishida, nutqni
rivojlantirish hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Eshitish qobiliyatining buzilishi, atrofdagi
kishilar bilan ijtimoiy aloqani cheklaydi. Bolaning nutqiy cheklanishi ruhiyatning
shakllanishiga hamda barcha kongnitiv faoliyatlar ya’ni idrok, xotira, e’tibor, fikrlash
jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Eshitishi buzilgan bola hech qachon o’zi mustaqil
ravishda nutqni egallay olmaydi. Bunday bolalarga maxsus sharoitda, maxsus
yondashish va maxsus uslublar yordamita ta’lim-tarbiya berilishi lozim. Bolalar
hayotida eng muhim bo’lgan maktabgacha davrda bolalarning asosiy malaka va
ko’nikmalari tarkib topib, jismoniy, ahloqiy, aqliy, ekologik, estetik jihatdan
tarbiyalanishga poydevor qo’yiladi. Maktabgacha tayyorgarlikni ko’rmagan kichik
maktab yoshidagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim jarayoni, maktabgacha
tarbiya yoshdagi bolalar ta’limidan keskin farq qiladi. Maktabgacha tarbiya ta’limida,
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni talaffuz qilishga, labdan o’qishga, daktel alifbosini
maxsus o’rgatish natijasida og’zaki muloqoti rivojlantirib boriladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarda o’yin faoliyati, yetakchi faoliyatlaridan biri sanaladi. Shunday ekan
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda o’yin faoliyati orqali, atrof olamni tanishtirish,
muloqotga
kirishish,
shaxslararo
munosabatlarni,
psixologik
hususiyatlarni
shakllantirish orqali, ortda surilgan rivojlanishni konpensatsiya qilish mumkin. Boladagi
jismoniy va ruhiy nuqsonlarni o’z vaqtida korreksiya qilib borilishi, shu
tarbiyalanuvchining oila a’zolari, xususan ota-onalarining farzandi bilan muntazam
shug’ullanishi va o’z vaqtida maktabgacha ta’lim, maktab-internatlariga va maktabdan
keying ta’limga yo’naltirishlariga bog’liq. Eshitishida muammolari bo’lgan
o’quvchilarning aynan maktab ta’limi davrida ijtimoiy hayotga yetarlicha tayyor
Do'stlaringiz bilan baham: |