Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
380
ham izohlash mumkindir . Ko’pchilik hollaqda bolalardagi bu o’zgarishlarga
e’tiborsizlik va befarqlik ularning xulq- atvorida salbiy o’zgarishlarning boshlang’ich
sababi va asosi bo’lishi mumkin. Demak , olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri
salbiy o’zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali bola
tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo;qotishga erishish mumkin ekan. Inson
shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqod jarayonidir.
Zero uning o`ziga xos xususiyatlari va asosli ilmiy bilish, o`quvchi shaxsiga
pedagogik jihatdan ta’sir ko`rsatishning zarur shartidir.
Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning
muammosi o`z mohiyati jihatidan g`oyaviy xarakterga ega.
Ma’lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib
boradi , rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo`ladi. Agarda hayvonlar tevarak-
atrofdagi tashqi muhidga passiv moslashib, hayot faoliyatlarida, ya’ni tashqi
muhitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak atrofdagi tashqi
muhitga faol ta’sir ko`rsatib, uni o`z irodasiga bo`y sindiradi, hamda o’zgartirib,o’z
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.
Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma’lum bo`ldiki, odamdagi tug`ma, irsiy
mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi-yu, biroq uning
mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi. Takidlash
zarurki, muhit ham bola psixikasini rivojlantirishda muayyan rol o`ynaydi. Faqat,
buning uchun bolani o`qitayotgan kishilarning ta’siri natijasida bola ana shu
muhitni faol ravishda o`rganib olishi tabiiydir.
Ya’ni bola shaxsi tarkib topishida atrof –muhit va ta’lim –tarbiya jarayonlari hamda
irsiyat muhim hisoblanadi. Bola shaxsi shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar ,
jamiyatning roli juda kattadir .Masalan ,biron mahallada inson shaxsining tarkib
topishiga faol ta’sir ko’rsatuvchi yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni
bildiradi.Bunga misol qilibbirgina mahallani oladigan bo’lsak bir-biriga mehribon
,jonkuyar insonlar ya’ni kattalar orasida kuzatilsa , o’sha avlod vakillari ya’ni yoshlar
ulardan o’rganadigan jihatlari oz bo’lsada sezilib turadi. Bu yerdashunday bir savol
tug’iladi: “Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?”
Birinchidan , ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib ,
unda chuqur iz qoldiradi.Bir o’quvchim :”ustoz qaysi kasbni tanlashni bilmay
turganimda : hayotimda bo’lib o’tgan bir voqea, dadam kechki payt ishda b’olganlari
sababli oyim kasal bo’lib qolganda, qo’shnimiz vrach Olim aka men bilan birgalikda
oyimni kasalxonaga yetkazib ertalabgacha qarab oyoqqa turishlariga sabab
bo’lganliklari uchun men vrach terapevt bo’lishga qaror qildim .”degan edi . Albatta
bu niyatiga erishdi. Ikkinchidan , tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va
mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumkiki bolalar o’z
tabiatlariga ko’ra , ilk yoshlik chog’laridan boshlab ,nihoyat darajada taqlidchan
bo’ladilar .Bolalar katta odamlarning barcha hatti –harakatlariga bevosita taqlid qilish
orqali bu hatti –harakatlarni, yaxshi- yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib
boradilar.Bolalar oilada, ko’cha –kuyda , katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro
munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar .Bolalar” Assalomu – alaykum “ deyishni
o’rganish jarayonini eslasak ,oiladagi katta insonlar har tongda bir- birlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |