mafkuraviy sohada — ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, sotsial ehtiyoj va axloqiy
zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy
faollik;
-
etakchilikda - tashkilotchilik, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qat’iylik va
maqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish;
-
bilish sohasida – keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his qila
bilish, bilimlarni oshirishga intilish.
Shaxsga xos ijobiy sifatlar faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi.
Shaxsga xos sifatlar malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik
mashq, o’qish natijasi hisoblansa, ijobiy sifatlarning rivojlanishi uchun esa iste’dod,
layoqat, zehn, ya’ni inson asab sistemasida anatomo-fiziologik xususiyat ham bo’lishi
zarur.
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
378
Barkamol shaxsni tarbiyalash uchun o’qituvchida ijobiy sifatlarni quyidagi turlari
mavjud bo’lmog’i va o’quvchi shaxsida yuksaltirilmog’i lozim:
1.
Muloqotchanlik
2.
Tashkilotchilik
3.
Yetakchilik
4.
Faollik
5.
O’zini idora eta bilish
6.
Kuchlilik, zehnlilik.
7.
Faoliyatga ijodiy yondasha bilish sifatlari
O’quvchiga zarur fazilatlardan yana biri - maqsadga intilish. O’quvchi o’z oldiga
aniq maqsad qo’ya olishi va uni bajarishga intilishi shart. Insonga xos intilishni 2
toifaga bo’lish mumkin: birinchisi, maqsadga intilish bo’lsa, ikkinchisi, mag’lubiyatdan
qochish. [3, 542-b.]
Ma’lumki, hech bir inson yuqorida aytilgan xislatlar bilan birga tug’ilmaydi. Bular
inson yashash tarzining, ta’lim-tarbiyaning mahsulidir. Yoshlarda ijobiy sifatlarni va
yaxshi xulq-atvorni rivojlantirish orqali yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash,
ularni mamlakatimiz taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo’naltirish talab etiladi.
Bunda o’qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- O’quvchi shaxsiga xos ijobiy sifatlarini shakllantirishning ilmiy-nazariy
asoslarini chuqur o’rganish;
- davlatimiz tomonidan yoshlarda ijobiy sifatlarni shakllantirish sohasida olib
borilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish;
- yoshlarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni
o’rganish;
- o’quvchilar faolligini yanada oshirish orqali ularning yangi qirralarini yuzaga
chiqarish.
Yuksak ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlar jamiyat uchun ijtimoiy buyurtma
hisoblanadi. Shunday ekan o’quvchilarda shaxsga xos ijobiy sifarlarni
shakllantirish, milliy mafkurani shakllantirish bilan birgalikda olib borilishi lozim.
Tadqiqotlar natijalaridan shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’quvchilarda sinfdan
tashqari mashg’ulotlarda ijobiy sifatlarni shakllantirishda quyidagi tamoyillarga
rioya etish muhimdir:
1.
Sinfdan tashqari o’tkaziladigan ta’lim jarayonini aniq maqsadda tashkil
etish, uning natijalarini xolis baholash, tarbiyaviy jarayonda tutgan o’rnini aniqlash,
uni pedagogik va psixologik tahlil etish va baholash.
2.
Bu jarayonni ilmiy, uzluksiz, izchil, tizimli asosda tashkil etish.
3.
O’quv fanlarni o’qitishda ta’lim-tarbiya jarayonining (sinf va sinfdan
tashqari mashg’ulotlar) uzviyligini ta’minlash. [2, 51-b.]
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni shakllantirish ta’lim - tarbiya jarayoniga uzviy
va tizimli yondashishni talab etadi. Bu vazifani amalga oshirishda o’qi-tuv chi-
tarbiyachilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi. Chunki o’qituvchi ta’lim-
tarbiya berish jarayonining asosiy ishtirokchisidir. Buyuk mutafakkir Alisher
Navoiy iborasi bilan aytganda: «Inson zebi-ziynati bilim va odobdir. Bularni
shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakam ustozlardir» [1, 64-67-b.]
O’quvchi shaxsida ijobiy sifatlarni yuksaltirishda, tarbiyaviy ishlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |