Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
227
hayotni o'rgatishni targ’ib qildi.
23
Monten o'z-o'zini anglash ilmi har bir insonda
bo'lishi lozimligi, fazilatlar insonni ezgu hayot kechirishga o'rgatishi kerak deb
hisoblagan.
Monten ezgulik fazilatlarining yer yuzidagi asoslari bilan shug'ullandi, bu
haqda u barqaror va bir xil g'oyani shakllantirish oson emasligini ta'kidlaydi. Qadim
zamonlardan buyon mutafakkirlar ushbu muammolar haqida qattiq muhokamali
tortishib kelganlar, ammo yechimini topa olmaganlar. Monten tomonidan ko'rib
chiqilgan axloqiy holatlarni o'rganishdagi qiyinchiliklar, asosan, insonning
hayratlanarli darajada aslida uning harakatlarida chinakam mavjud emasligi bilan
belgilanadi. Insonlarning munosabatlari odatiy va axloqiy me'yorlar muhitida
shakllanadi, ular aqlan va urf-odatlar asosida yaratiladi. Qalbimizdagi, ichki
dunyomizdagi barcha maqul deb topilgan axloqlarni hurmat qilishda har bir insoning
o’z mas'uliyati bo'lishi kerak.
Monten yer yuzidagi yaxshilik aynan hayotning o'zi degan fikrni maqullaydi.
Ammo hayotni ne'mat deb hisoblash mumkinmi? - deb so'raydi fransuz mutafakkiri.
Hayotning o'zi, uning fikriga ko'ra, yaxshi ham, yomon ham emas. U ikkalasi uchun
ham, odamning o'zi uni qay biriga aylantirishiga bog'liq. Montenning fikricha, tabiat
donolik bilan harakat qilish lozim bo’lgan barcha mavjudot cheklangan makon.
Abadiy hayot bizga ato etilganidan ko'ra og'riqli. Agar inson o'lmaydigan bo'lsa, u
tabiatni umr so’ngida la'natlagan bo'lar edi. Shu boisdan ma'lum bir vaqtni o'lchab,
tabiat hayotni ham shirin, ham g'amgin qildi.
Monten ushbu jumlalarni qayd etib: borligingizning cheklanganligidan
xavotirlanmang, u bilan fikrlaringizni ovora qilmang. Tabiatning o'zi, vaqti kelganda,
siz uchun hamma narsani qiladi. O'lim tabiiy holat bo'lgani uchun, hayotga nisbatan
nafratlanish bema'ni tuyg'u, hayot uchun, so’ngi tahlilda yaxshilik va azob-uqubat,
quvonch va qayg'uga to'lalik bizning mavjudligimizdir deya takidlaydi. Yana Monten
fikriga ko’ra barcha azob-uqubatlarimizdan xalos bo'ladigan joyga borishdan xafa
bo'lish bema'nilikdir. Bizning tug'ilishimiz biz uchun atrofimizdagi hamma narsaning
tug'ilishini keltirib chiqarganidek, bizning o'limimiz ham atrofimizdagi narsalarning
ham tugashi bo'ladi. Shuning uchun, biz yuz yil oldin yashamaganimiz kabi, yuz yil
ichida biz tirik bo'lmaymiz deb motam tutish ham bema'nilikdir deydi Monten.
Birining o'limi boshqasining hayotining boshlanishi. Tabiat bizga shunday deydi: «Bu
dunyoni xuddi unga kirganingiz kabi tark eting. Bir paytlar siz o'limdan hayotga
beparvolik va og'riqsizlik bilan o'tgan bo'lsangiz, endi hayotdan o'limga o'tasiz.
Sizning o'limingiz koinotni tartibga soluvchi zanjirlardan biridir. Siz o'zingiz
yoqtiradigan borligingizning yarmi hayotga, ikkinchisi o'limga tegishli.
24
Monten
bahtli hayot kechiradigan daqiqalarga e’tibor qaratib, baxt yaxshilik bilan uzviy
bog'liqdir deb hisoblaydi. Monten tushunchasida yaxshilik - bu bizning
ehtiyojlarimizni qondiradigan va hayotni yaxshilaydigan barcha narsalar. Azob-
uqubatlar rohatlanishning o'ziga xos ta'mini beradi va ularni munosib qadrlaydi.
Monten Platonning fikriga qo'shiladi, u jismoniy va kundalik rohatni quyidagi tartibda
sanab o'tgan: sog'lik, go'zallik, kuch, boylik, ehtiyotkorlik deya yoritilgan. Bunday
omillar insonni baxtli his qilishiga hissa qo'shadi. U o'z ehtiyojlarini shu qadar aniqlik
23
Qarang
.: Монтень М. Опыты // В 3 т. М., 1992, т. 2, с. 84.
24
Монтень М. Опыты// В 3т. М., 1992, т. 1, с. 98-99.
Do'stlaringiz bilan baham: |