www.ziyouz.com kutubxonasi
87
— Mana, yetib keldik! — Enn charaqlagan chiroqlarga qaragan, tabernalar sadosiga quloq solgan,
pianino va patefonlar ovozidan zavqlangan, gavjum ko‘chalardan bir-birini qo‘ltiqlab yurgan juftlarga
havas bilan qaragancha jilmaydi:
— Men uyda qolsam yaxshi bo‘lardi, — dedi Tom.
— Ilgari bunaqa demasding, e’tiroz bildirdi ona. — Shanba kunlari kechqurun shaharga borishga
doim intiq bo‘larding-ku.
— Menga yaqinroq turing, — shivirladi Tom. — Meni tutib olishlarini istamayman.
Enn uning gaplarini eshitib turardi.
— Nimalar deb valdirayapsan, ketdik!
Lafarj bolaning barmoqlari uning kaftiga yopishganini sezib, qattiq qisdi.
— Men sen bilanman, Tommi. — U yonlaridan suqulib kelayotgan olomonga qaradi-da, uning ham
ko‘ngli g‘ash tortdi. — Biz bu yerda uzoq qolmaymiz.
— Bekorlarni aytibsiz, — gapga qo‘shildi Enn. — Biz butun oqshomni o‘tkazgani kelganmiz.
Ko‘chaning narigi tomoniga o‘tib, ular uch nafar mastga yo‘liqishdi. Ularni turtishdi, aylantirishdi,
bir-biridan ajratishdi; atrofga alanglab, Lafarj tosh qotib qoldi.
Tom yo‘q edi.
— Qani u? — jahl bilan so‘radi Enn. — Bu qanaqa qiliq bo‘ldi — ko‘zingni shamg‘alat qiladi-da, ota-
onasini tashlab qochadi! Tom!
Yo‘lovchilarni turtib-surtib mister Lafarj chor atrofga chopa boshladi. Biroq, Tomdan dom-darak
yo‘q edi.
— Qaytib keladi, mana ko‘rasan, uyga ketayotganimizda qayiq oldida kutib turgan bo‘ladi, —
ishonch bilan dedi Enn erini kinoteatr tomon yetaklagancha.
Birdan olomon orasida g‘ala-g‘ovur boshlandi va Lafarjning yonidan bir erkak va bir ayol chopib
o‘tdi. U ularni tanidi: Jo Spolding xotini bilan. Lafarj og‘iz ochib, ularga gapirgunicha ham bo‘lmay,
ikkovi ham ko‘zdan yo‘qoldi.
Xavotir bilan atrofga alanglagancha u chiptalar sotib oldi va xotiniga itoatkorona ergashgancha
qop-qora kinozalning ichiga kirib ketdi.
Soat o‘n birda qayiq yonida Tom yo‘q edi.
— Hechqisi yo‘q, onasi, — dedi Lafarj, — faqat hayajonlanma. Men uni topaman. Shu yerda kutib
tur.
— Tezroq qaytgin-da.
Ayolning ovozi suvning shaloplashi tagida qolib ketdi.
Chol qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqqancha tungi ko‘chalardan yurib borardi. Chiroqlar birma-bir o‘cha
boshladi. Allaqaerda derazalardan odamlarning gavdalari ko‘rinardi. Garchi osmonda yulduzlar orasida
yomg‘irli bulut parchalari hamon suzib yursa-da, tun iliq edi. Lafarj o‘g‘lining qandaydir tuzoq haqida
qayta-qayta gapirganini, uning olomon va shaharlardan qo‘rqishini esladi. “Bu qanday noshudlik, —
horg‘in o‘yladi chol. — Balki, bola butunlay qochib ketgandir. Balki, u umuman bo‘lmagandir...” Lafarj
uylarning raqamlariga bir-bir ko‘z solgancha muyulishdan burildi.
— Senmisan, Lafarj?
Ostonada trubka chekib, bir erkak o‘tirardi.
— Salom, Mayk.
— Ha, xotining bilan g‘ijillashib qoldingmi? Asabni tinchitgani, shamollagani chiqdingmi?
— He-yo‘q, shunchaki aylanib yuribman.
— Turqingdan nimanidir qidirayotgandaysan. Ha, darvoqe, topildiqlar haqida. Bugun kechqurun
kimdir torpilibdi. Jo Spoldingni bilasanmi? Qizi Laviniya esingdami?
— Esimda, — Lafarj muzdek bo‘ldi. Bu go‘yo ikkinchi marta ko‘rayotgan tushga o‘xshardi. Bundan
keyin nima deyilishi kerakligini ham u aniq bilib turardi.
— Laviniya bugun kechqurun uyga qaytdi, — dedi Mayk tutunni puflab. — Uning bir oy burun O’lik
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |