www.ziyouz.com kutubxonasi
88
dengiz tagida adashib qolgani esingdami? Keyin uning jasadini topishdi, harholda uniki bo‘lsa kerak,
juda dabdala qilib tashlashgan ekan-da... Shundan beri Spoldinglar o‘zlariga kelganlaricha yo‘q. Jo
qaerga borsa, yo‘q, qizim tirik, bu uning jasadi emas, deydi. Mana, u haq bo‘lib chiqdi. Bugun
Laviniya paydo bo‘ldi.
— Qaerda? — Lafarj og‘ir-og‘ir nafas olar, yuragi duk-duk qilardi.
— Katta ko‘chada. Spoldinglar kinoga chipta olib turishgan ekan. Birdan olomon ichida Laviniyani
ko‘rib qolishibdi. Qanaqa tomosha bo‘lganini o‘zing bilaver. Avvaliga qiz ularni tanimabdi. Uch
mahallacha orqasidan yurib borishibdi, ular gapiraverishibdi-gapiraverishibdi, oxiri qiz eslabdi.
— Qizni o‘zing ko‘rdingmi?
— Yo‘q, ammo uning ovozini eshitdim. Esingdami, u “Lomond ko‘lining ajoyib sohili” qo‘shig‘ini
aytishni yaxshi ko‘rardi? Shunday qilib desang, yaqinginada men uning shu qo‘shiqni otasiga aytib
turganini eshitdim, hov, ana ularning uyi. Shunaqayam kuylaydiki, qoyil qolasan! Xudo bergan qiz.
Uning o‘lganini eshitganimdan beri bu qanday ko‘rgulik deb o‘zimga kelolmayman. Mana, qaytib kelib,
biram yengil tortdimki. Ie, tobing yo‘qqa o‘xshayapti, bu yoqqa kel-chi, bir qultum viskidan otib ol!
— Rahmat, Mayk. Boshqa safar. — Chol u yerdan ketdi.
Orqadan Maykning xayrli tun tilab qolganini eshitsa-da, javob bermadi, balki nigohini baland billur
tomiga Mars gullarining cho‘g‘dek qatlami yastlangan ikki qavatli uyga qadab olgan edi. Bog‘ uzra
jingalak panjarali balkon osilib turar, ikkinchi qavat derazalarida chiroq yonib turardi. Vaqt allamahal
bo‘lsa-da, baribir u ko‘nglidan o‘tkazdi: “Agar Tomni olib bormasam, Enning ahvoli nima kechadi?
Yangi zarba — yana o‘lim. Bunga bardosh bera olarmikan? Birinchi o‘limini eslarmikan?.. Mana bu
o‘ngida bo‘layotgan bu tushni ham eslarmikan? Mana bu to‘satdan sodir bo‘lgan ayriliqni-chi? Ey
xudo, Enn uchun Tomni topmasam bo‘lmaydi! Sho‘rlik Enn, u qayiq yonida kutib o‘tiribdi-ya...”
Chol boshini ko‘tardi. Allaqaerda balandlikda ovozlar quvnoq ohangda bir-biriga xayrli tun tilar,
eshiklar yopilar, chiroqlar o‘char va past ovozda aytilayotgan qo‘shiq tinimsiz quloqqa chalinar edi. Bir
lahza o‘tib, balkonga 18 yoshlardagi yoqimtoygina qizcha chiqdi.
Lafarj kuchli shamolga bas kelgancha, qizni chaqirdi.
Qiz burilib pastga qaradi.
— Kimsiz? — qichqirdi qiz.
— Bu men, — dedi chol unga. G’alati, o‘ylamay javob berganini anglab, u tutilib qoldi, faqat lablari
unsiz pirpirardi.
“Tom o‘g‘lim, men otangman” deb qichqirsamikan? Qizga nima desa ekan? Tag‘in u biron telba-
pelba deb o‘ylab ota-onasini chaqirib yurmasin.
Qiz muzdek g‘ira-shira yorug‘likda gavdasini panjara osha chiqarib egildi.
— Men sizni bilaman, — yumshoqqina javob berdi qiz. — Iltimos, keting. Siz bu yerda hech nima
qilolmaysiz.
— Sen qaytishing kerak! — Lafarj shuncha urinsa ham o‘zini tutib turolmay, beixtiyor qichqirdi.
Oydindagi odam qiyofasi yuqorida qorong‘ilik ichiga chekindi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, faqat
tovushi quloqqa chalinardi.
— Men endi sizning o‘g‘lingiz emasman, — dedi tovush. — Nima uchun shaharga ketdik biz?
— Oying seni sohilda kutib turibdi!
— Meni kechiring, — javob berdi ohista tovush. — Ammo nima ham qila olardim? Bu yerda men
baxtliman, xuddi sizlardek meni sevishadi. Men o‘z holimcha menman, berganlarini olaman. Endi
kech: ular meni asir olishdi.
— Ammo Enn haqida o‘ylasang-chi, bu unga qanday zarba bo‘lishini bilasanmi?..
— Bu uydagi fikrlar haddan tashqari kuchli, men xuddi qamoqda yotgandekman. Men o‘zim
o‘zimcha o‘zgarolmayman.
— Ammo sen Tomsan-ku, hozir qiz bola bo‘lsang ham oldin Tom eding-ku, to‘g‘rimi?! Yoki sen
cholni masxara qilayotibsanmi? — balki haqiqatan ham sen Laviniya Spoldingdirsan?
— Men unisi ham, bunisi ham emasman, men faqat menman. Ammo qaerga bormay, men yana
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |