www.ziyouz.com kutubxonasi
96
— Qo‘yaver, meni qo‘yib yuborisharmidi? Yetisholmadi, vassalom!
— Yetisholmadi? — Elma boshini irg‘ab uning ortiga ishora qildi.
Sem orqasiga o‘girildi. Ustidan sovuq suv quygandek bo‘ldi. U qayrilib qarashga ham qo‘rqdi. U
orqadagi o‘rindiqda, izg‘irinli tongdagi odam nafasidek muvaqqat va lang‘illab turgan g‘o‘lachalar uzra
suzib yurgan moviy dudga o‘xshash, mo‘rt qamishdagi qirovni eslatuvchi eski zamon oq kashtalariga
o‘xshash va charx urgan qor zarralariga o‘xshash allanarsa bordek his qildi.
Yupqa shisha singandek ovoz quloqqa chalindi: kulgi. So‘ng yana jimlik. U orqasiga o‘girildi. Kema
tumshug‘ida, rul yonida bir yosh ayol xotirjam o‘tirardi. Barmoqlari sumalakdek ingichka, ko‘zlari
oyday yorqin va katta-katta, chaqnoq, xotirjam.
Shamol uni tebratar, u esa bamisoli suvdagi aksdek chayqalardi, shoyi libosining moviy yomg‘ir
jilg‘alaridek burmalari uning nozik badani atrofida lip-lip qilar edi.
— Orqaga buriling, — dedi ayol.
— Yo‘q, — Semning badani jimirlab, xuddi havoda osig‘liq nafis matodek titrar edi, u qo‘rquv va
g‘azab o‘rtasidagi sarhadda ikkilanib turardi. — Yo‘qol mening kemamdan!
— Bu sizning kemangiz emas, — javob berdi arvoh. — U bizning dunyomiz kabi qadimiy. U bundan
o‘n ming yil muqaddam, dengiz qurib, bandargoh huvillab qolganda ham qumda yurar edi, sizlar esa,
kelgandilar, uni o‘g‘irlab, o‘zlaringizniki qilib oldingiz. Qani, orqaga buring-da, uni chorrahaga olib
borib qo‘ying. Biz siz bilan gaplashishimiz kerak. G’oyat muhim bir narsa sodir bo‘ldi.
— Yo‘qol kemamdan! — dedi Sem. U to‘pponchani chiqarganda charm g‘ilof g‘ichirlab ketdi. U
obdon nishonga oldi. — Sakra, uchgacha sanayman...
— Kerak emas! — qichqirib yubordi qiz. — Men sizga hech qanday yomonlik qilmadim-ku,
boshqalar ham. Biz yaxshilik bilan keldik.
— Bir, — dedi Sem.
— Sem, — dedi Elma.
— Gapimga quloq soling, — iltimos qildi qiz.
— Ikki, — shafaqatsizlarcha dedi Sem, tepkini ko‘tarib.
— Sem! — qichqirdi Elma.
— Uch, — dedi Sem.
— Biz faqat... — gap boshladi qiz.
To‘pponcha qars etdi.
Quyosh nurlarida qor eriydi, qor zarralari bug‘ga, hech narsaga aylanadi. O’choq alangasida
dahshatli maxluqlar raqs tushib, qular edi. Barcha mo‘rt va zaif narsalar vulqon kraterida parchalanib
ketadi va g‘oyib bo‘ladi. Otilgan o‘qdan, olovdan, zarbadan qiz bamisoli gaz sharfidek yengil qulab
tushdi, muz haykalchadek erib ketdi. Undan qolgan u-bu narsalar — muz parchalari, qor uchqunlari,
dud, — barini shamol uchirib ketdi. Kema tumshug‘idagi o‘rindiq bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi.
— Sem xotiniga qaramaslikka harakat qilib, to‘pponchani g‘ilofiga soldi. Oy nuriga ko‘milgan qum
dengizi bo‘ylab kemaning shitirlab yugurishi atigi bir daqiqagina quloqqa chalinib turdi.
— Sem, — dedi ayol oxiri, — kemani to‘xtat.
Bo‘zdek oqarib ketgan Sem xotiniga yuzlandi.
— Yo‘q, bunday qilolmaysan. Shuncha yillardan keyin sen meni tashlab ketolmaysan.
Ayol to‘pponcha dastasi ustida yotgan erining qo‘liga qaradi.
— Nimayam derdim. Sening qobiliyatingga ishonaman, — dedi ayol.
— Sendan bu narsani kutsa bo‘ladi.
U barmoqlari bilan rulni qisib, boshini chayqadi.
— Elma, jinni bo‘lma. Hozir shaharga kelamiz-da, xatardan qutulamiz!
— Ha, ha, — javob berdi xotini loqayd o‘zini orqaga tashlab.
— Elma, gapimga quloq sol.
— Senga aytadigan gapim yo‘q, Sem.
— Elma!
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |