Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
www.ziyouz.com kutubxonasi
93
— Mana bo‘ldi, — dedi u. — Marhamat, ser, tomosha qiling! — U qo‘li bilan ko‘rsatdi. — Yozuvga
qarang, yozuvga. “SEMNING ISSIQ SOSISKALARI”! Go‘zal-a, to‘g‘rimi, Elma?
— To‘g‘ri, Sem, — tasdiqladi uning xotini.
— Ko‘rdingmi, men qayoqqa surib yuborganman! Endi meni TO’RTINChI
EKSPYeDISIYa yigitlari bir
ko‘rib qo‘yishsa yomon bo‘lmasdi. Xudoga shukur, ishim jo‘nashib ketdi, ular bo‘lsa, haligacha
askarcha choriqlarni sudrab yurishibdi. Bizlar esa pulni pul bilan o‘ynaymiz, Elma, pul bilan! — Xotini
indamay unga qarab turardi.
— Kapitan Uaylder qaerga gumdon bo‘ldi? — so‘radi xotini oxiri. — Anovini o‘ldirgan boshlig‘ing bor
edi-ku, anovi-chi, hamma yerliklarni bitta qo‘ymay qirib tashlamoqchi bo‘lgan — hah, oti qurg‘ur nima
edi-ya?..
— Anovi jinnini aytayapsanmi? Spender. Uchchiga chiqqan mal’un. Ha, kapitan Uaylderga kelsak...
Aytishlaricha, Yupiterga uchib ketganmish. Katta odam bo‘lib ketganmish.
Yanglishmasam Mars ham
uning abjag‘ini chiqardi. Naq onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rdi, xudo haqi. Agar omadi chopsa, Yupiter va
Plutondan yigirma yildan keyin qaytib keladi. U yerda lom-mim deyishga ham tili aylanmay qoladi.
Tilni tiyish nimaligini o‘shanda biladi. Ana shunaqa. U yerda u sovuqdan qotib o‘ladi, men-chi, bu
yerda, ko‘rdingmi, nimalar qilib oldim! Kiroyi joy degani bundoq bo‘libdi-da!
Ikki tashlandiq tosh yo‘l shu yerda tutashib, zulmat ichiga g‘oyib bo‘lgancha shu yerda ayrilar edi.
Nah chorrahaning o‘zida Sem Parkxill shishgan quroq-quroq alyuminiydan
yasalgan inshoot qad
ko‘tarib turardi. U oppoq nurga chulg‘anib, avtomat-radiola o‘kirigidan titrardi.
Singan shishadan yasalgan Yo‘lak chekkasidagi shisha parchalaridan yasalgan bordyurni to‘g‘rilash
uchun u egildi. Shishani u tog‘lardagi qadimgi Mars binolaridan ushatib kelgandi.
— Ikki sayyoradagi eng yaxshi qaynoq sosiskalar! Marsdagi birinchi sosiskafurushlar! Piyoz,
qalampir, xantal — hammasi oliy sifatli! Qani endi meni birov noshud deb aytib ko‘rsin-chi! Ana sizga
ikkita shoh ko‘cha, ana o‘lik shahar, hov anavi yerda esa, konlar. 101 Settlment yuk mashinalari
sutkasiga 24 soat yonimizdan o‘tib turadi.
Qani ayt-chi, yomon joy tanlabmanmi?
Xotini oyoqlariga qarar edi.
— Ishchilari bor bu o‘n ming yangi raketa Marsga uchib kelayapti deb o‘ylaysanmi? — dedi xotini
nihoyat.
— Bir oyga qolmaydi, — ishonch bilan javob berdi u. — Nega labingni burasan?
— Men anovi Yerdagi odamlarga unchalik ishonmayman, — javob berdi ayol. — Qachon o‘n ming
raketa va yuz ming meksikalik va xitoyliklarni o‘z ko‘zim bilan ko‘raman, o‘shanda ishonaman.
—
Xaridorlar, — sem Parkxill bu so‘zni salmoqlab aytdi. — Yuz ming och mijoz!
— Ishqilib, atom urushi bo‘lmasin-da, — asta dedi ayol osmonga qarab. — Bu atom bombalar
menga sira tinchlik bermayapti. Yerda shunchalik ko‘p to‘planib qolganki, har narsa bo‘lishi
hech gap
emas.
Sem hm deb qo‘ydi-da, supurishda davom etdi.
Ko‘zining qiri bilan u moviy miltillashini payqab qoldi. Uning orqasida havoda nimadir shovqinsiz
parvoz qilmoqda edi. Xotinining ovozi qulog‘iga chalindi:
— Sem, seni oshnang so‘rab keldi.
Sem o‘girildi va havoda chayqalib turgan niqobni ko‘rdi.
— Yana kelibdi! — dedi Sem supurgini ko‘ndalang ushlagancha.
Niqob bosh irg‘adi. U zangori shishadan yasalgan bo‘lib, ingichka bo‘yin ustida turardi, pastda nafis
sariq shoyi libos shamolda hilpirardi. Libos ichidan xuddi to‘rday shaffof ikkita kumush qo‘l
chiqib
turardi. Og‘iz o‘rnida niqobda ensiz o‘yiq bo‘lib, undan musiqa sado chiqardi, qo‘llar, niqob, libos esa
goh tepaga, goh pastga mayin tushib-chiqib turardi.
— Mister Parkxill, men siz
bilan gaplashgani keldim yana, — dedi niqob ostidan ovoz.
— Bu yerda qorangni ham ko‘rmay deb aytgan edim-ku! — o‘shqirdi Sem. — Yo‘qol, bo‘lmasa
Kasalni qo‘yib yuboraman!
— Kasal menda allaqachon bo‘lgan, — javob berdi ovoz. — Tirik qolganlardan bittasi menman.