Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
— Siz meni zanjirband qilib qo‘ydingiz! 
— Mutlaqo to‘g‘ri. 
— Nima qilmoqchisiz o‘zi? 
— Sizni shu yerda qoldirmoqchiman. 
— Hazillashmang. 
— G’oyat muvaffaqiyatli hazil. 
— Mening ikkinchi qiyofam qani? Nahotki biz uning qanday o‘ldirilishini ko‘rmasak? 
— Hech qanaqa ikkinchi qiyofa yo‘q. 
— Axir qolganlar-chi?! 
— Qolganlar o‘lgan. Tirik odamlarni qanday o‘ldirishganini ko‘rdingiz-ku. Ikkinchi qiyofa robotlar 
esa yoningizda turib tomosha qilgan edilar. 
Garret indamadi. 
— Endi siz: “Butun muqaddas narsalar uchun, Montrezor!” — deb  gapirishga majbursiz, — dedi 
Stendal. — Men esa: “Ha, butun muqaddas narsa haqqi” deb javob beraman. Xo‘sh, chog‘ingiz qalay? 
Bo‘ling. Gapiring. 
— To‘nka! 
— Nima, men sizga yalinishim kerakmi? Gapiring! Gapiring: “Butun muqaddas narsa haqqi
Montrezor!” 
— Aytmayman, padariga la’nat. Meni bu yerdan chiqarib yuboring. — U endi hushyor tortgan edi. 
— Mana. Kiyib oling. — Stendal qo‘ng‘iroqchalari jiringlab turgan nimanidir unga tutdi. 
— Nima bu? 
— Qo‘ng‘iroqchali qalpoq. Shuni kiyib oling, balki men sizni keyin qo‘yib yuborarman. 
— Stendal! 
Kiyib oling, dedim sizga! 
Garret itoat qildi. Qo‘ng‘iroqchalar jiringlab ketdi. 
— Siz bular barchasi qachonlardir bo‘lib o‘tgandek his qilyapsizmi? — gapga tutindi Stendal 
belkurak, loy, g‘ishtlar bilan andarmon bo‘lar ekan. 
— Nima qilayapsiz? 
— Sizni mo‘miyolayapman. Bir qator to‘lib bo‘ldi. Mana bu ikkinchi qator. 
— Aqlingizni yebsiz! 
— Siz haqsiz. 
— Buning uchun sizni javobgarlikka tortishadi! 
— Qo‘yib yuboring, qo‘yib yuboring meni! 
So‘nggi g‘ishtni qalash qolgan edi. Baqiriq-chaqiriq hamon davom etardi. 
— Garret? — sekin chaqirdi Stendal. 
Garret jimib qoldi. 
— Garret, — davom etdi Stendal, — bilasizmi, sizni nima uchun bunday qilganimni? Chunki siz 
hatto tuzukli o‘qimasdan ham mister Poning kitoblarini yoqib yuborgansiz. Kitoblarni yoqib yuborish 
kerak degan odamlarning gapiga laqqa tushgansiz. Aks holda siz, biz bu yerga kelishimiz bilanoq, 
mening ko‘nglimdagini darrov bilib olgan bo‘lardingiz. Jaholat ham evi bilan-da, mister Garret. 
Garret sukut saqlardi. 
— Hamma narsa aniq bo‘lishi kerak, — dedi Stendal yorug‘ mehrobga o‘tib, egilgan qiyofaga 
tushishi uchun fonarni ko‘tarib; — Qo‘ng‘iroqchalarni sekin jiringlating-chi. 
Qo‘ng‘iroqchalar jiringladi. 
— Endi malol kelmasa; “Butun muqaddas narsa haqqi, Montrezor!” deb ayting, ehtimol men sizni 
ozod etarman. 
Fonar yorug‘ida inspektorning chehrasi ko‘rindi. Bir oz taraddudlanib turdi-da, u poyintar-soyintar 
qilib, takrorladi: 
— Butun muqaddas narsa haqqi, Montrezor. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish