Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, ayni zamodda, adolatsizlik va zoʻravonlik, qabohat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan



Download 35,9 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi35,9 Kb.
#834228
Bog'liq
mashrab


Boborahim Mulla Vali (Valibobo) oʻgʻli Mashrab oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyaviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bidʼatta qarshi kurash gʻoyalarining kuchayishida, sheʼriyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta oʻrin tutgan soʻz ustalaridan biridir.
Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, ayni zamodda, adolatsizlik va zoʻravonlik, qabohat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, axloqan tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh qilib, mehnatkashlar manfaatini himoya etuvchi botirsoʻz, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida oʻz ishonchli vakilini, oʻz orzu intilishlarini baralla ayta oluvchi otashin siymoni koʻrgan.
Boborahim Mashrab hayoti va ijod yoʻli haqida maʼlumot beruvchi tarixiy manbalar koʻp emas. Uning nomi XVIII–XIX asrlardatuzilgan ayrim tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda (Muhammad Bade Malehonning “Muzakkir ul-asʼhob”, “Tazkirai Fah-miy”, “Musavvai Abdushshukur Ziyo”, “Tazkirai avliyoi Majzub Namangoniy”) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam, uzuq-yuluq va biri-biriga zid. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonai Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida juda keng tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi aniq belgilangan emas) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchilikda bayon etiladi, asarlaridan namunalar keltiriladi. Mashrab faoliyatining qator nuqtalari aniq va tarixan toʻgʻri qayd etilganidan qissaning birinchi nusxalari shoirni yaqindan bilgan va asarlaridan yaxshi xabardor shaxs tomondan, oʻsha davrlardayoq yaratilgan, deb taxmin etish mumkin. Ayni zamonda, u uzoq yillar davomida oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifanamo lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht – rivoyatlar bilan qorishibchatishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich oʻzida jamlovchi adabiy tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Boborahim Mashrab 1640 yilda (hijriy hisob bilan 1050) Namanganda kambagʻal kosib boʻzchi Valibobo oilasida dunyoga keldi. Qissa maʼlumotlariga koʻra, Boborahim otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Qissada boʻlajak shoirning goʻdakligidanoq nihoyatda halol, ziyrak, toʻgʻrisoʻz boʻlganligi, hozirjavob va mushohadaligi bilan tengqurlaridan ajralib turishi alohida taʼkidlanadi. Har holda oʻz davri bilimdonlaridan, xususan din asoslari va falsafadan durustgina boxabar boʻlgani uchun Namanganning soʻfiy eshoni Mulla Bozor Oxund nomi bilan shuhrat qozongan Xoʻja Ubaydullo qoʻliga tahsil takmiliga topshirilgan. Boborahim maʼlum muddat Mulla Bozor Oxundda diniy taʼlimot va soʻfiy tariqatlari boʻyicha bilimini oshiradi, forsiy tilni oʻrganadi, ayni zamonda, Sharq sheʼriyatini, xususan, uning yirik vakillari merosini qiziqish bilan mutolaa qiladi.
Taxminan 1665 yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga qoʻra oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi koshgʻarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzuriga boradi. Boborahim koʻp bilimlar sohibi, fozil Ofoq Xojaga sidqididdan murid tushadi, uni oʻziga murshidi komil deb qabul qiladi va yetti yil uning dargohida xizmatini oʻtaydi, yumushlarini bajarib, saboq oladi, muridlari qatorida kun kechiradi. Qissalarda taʼkidlanishicha, sheʼriyatni yuksak qadrlagan Ofoq Xoja Boborahimning ijodiy iqtidorini yuqori baholaydi, hatto “Mashrab” taxallusini ham u tavsiya etadi. Mashrab gʻazallarining birida uchrovchi mana bu baytda ham xuddi shu mazmun ifodalangan:
Quddisa sirrihu Xojam otimni “Mashrab!” dedilar,
Koshgʻaru Yorkand ichida sohibi guftor oʻzim!
Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xoja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yaratilgan desak, xato boʻlmas. Ofoq Xojaning shaxsiy xislat fazilatlarini madh etuvchi, uni “piru rahbar” deb tan oluvchi baytmisralarining tarkibida jamʼ etgan gʻazal va muxammaslar ham (“Koshki”, “Oʻzim” radifli gʻazallar, “Qolmadi” radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir.
Mashrab taxminan 1672–73 yillarda OfoqXoja dargohini tark etishga majbur boʻldi. Shoir hayot yoʻlini bayon etuvchi qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizlarining biriga koʻngil qoʻygani, sevibsevilgani rasmiy sabab boʻlgan. Ammo Mashrabning ogʻir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid oʻrtasidagi jiddiy gʻoyaviy ziddiyatlar boʻlgan deyilsa haqiqatga muvofiq boʻladi.
Mashrab Koshgʻardan 1673 yilda Namanganga – onasi yoniga qaytadi. Kasalmand onasining vafotidan keyin hech kimi qolmagan shoirning qoʻnimsiz hayoti boshlanadi. Uning keyingi deyarli qirq yillik umri doimiy safarda, darbadarlikda, turli oʻlkalardamusofirliqdaoʻtdi. Turli adabiy tarixiy manbalar, shuningdek, kissa nusxalari Mashrab borgan shahar yurtlari, safar tartibi haqida xilma xil, koʻpincha biribiridan farkli maʼlumotlar beradi. Ularda shoirning Samarqand, Xoʻjand, Toshkent, Turkiston, Buxoro, Andijon, Badaxshon, shuningdek, Yaqin Sharqning qator oʻlkalariga borganligi haqida soʻzlanadi. Mashrabning adabiy merosida hayot yoʻlining qator nuqtalari jumlasida yuqorida sanalgan shaharoʻlkalarning koʻplari zikr etiladi. Mashrabning biror shahar-qishloqqa kelishi izsiz oʻtmas edi, maʼlum shov-shuvlarga sabab boʻlardi: oddiy xalq samimiyat va xursandchilik bilan, hokim, amaldorlar, riyokor kishilar esa hadiksirab, dushman koʻzi bilan sovuq qarshi olardilar. Mashrab qoʻnimsiz hayotining soʻngi nuqtasi Balhda ham xuddi shunday boʻldi: hokim tabaqa va bir guruh riyokorlar unga oʻzlarining ashaddiy dushmani deb qaradilar va jisman yoʻqotish niyatida boʻldilar. Natijada, “Tazkirai Fahmiy”da qayd etilganidek, “dar soli 1123 hijriy dar Qunduz bafatvoi ulamo va hukmi Mahmudbiy Qatogʻon shahid karda shuda”, yaʼni “1123 hijriy (1711 milodiy) yilida Qunduzda (Balx viloyatida) ulamolarning fatvosi va Mahmudbiy Qatogʻon (Balx, Qunduz hokimi)ning hukmi bilan shahid boʻldi”. Otashin shoir, dovyurak shaxs, jasur qalb sohibi Boborahim Mashrab osib oʻldirildi.
Boborahim Mashrab mumtoz adabiyotimiz buyuk namoyandalarining ilgʻor anʼanalarini oʻrganib yirik shoir boʻlib shakllandi, kamolga yetdi. U qoddirgan merosda, birinchi navbatda, ishqiy mavzudagi gʻazalmuxammaslardan ana shu anʼanalarning barakali taʼsirini aniq kuzatish mumkin. Masalan: Mashrab Lutfiyning mashhur:
Sen-san sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma –
matlaini oʻzgartirmay kabul qilib, uni shu oʻynoqi vazn, shu qofiya va radif, shu ruhda davom ettiradi, buyuk ustoziga hurmat hamda sanʼatini tan olishi belgisi sifatida oʻxshatma gʻazal yaratadi.
Mashrabning ijodiy kamolotida, ayniqsa, Navoiy merosining ijobiy taʼsiri katta boʻldi. Shoirning eng yaxshi asarlarida biz Navoiy ijodiga xos falsafiylik va dunyosevarlikni koʻramiz, mazmunning hayotiyligi, xalqchilligini, vazn ravonligi va oʻynoqiligini qayd etamiz, mavzu tanlash va uni badiiy talqinida yaqinlik va oʻxshashlikni uchratamiz. Mashrab muxammaslaridan birida maʼshuqaning uchrashuv haqida oshiqqa vaʼda bergani, oshiqning tunlarni bedor oʻtkazib, intizorlik bilan vasl daqiqalarini kutishi toʻgʻrisida soʻz boradi. Ammo, maʼshuka vaʼdani buzadi, vafosizlik koʻrsatib uchrashuvga kelmaydi. Muxammas oshiqning ana shu holatdagi hayajonini, histuygʻularini, hijronda yorni kutishdagi nozik kechinmalarini yuksak badiiylik bilan nihoyatda jonli ifodalaydi:
Vaʼda qildi bir kelay deb, koʻzga uyqu kelmadi,
Telmurub yoʻlida qoldim, shoʻxi badxoʻ kelmadi,
Necha keldi shum raqiblar, ul pariroʻ kelmadi,
Dardidin oʻldim, tabib, dardimgʻa doru kelmadi,
Men shahidi ishq boʻldim, qatrai suv kelmadi.
Oʻn ikki band davomida mavzuni shu yuksak saviyada badiiy tahlil etuvchi bu muxammas Mashrab ijodiga Navoiyning barakali taʼsirini koʻrsatuvchi yaqqol misol boʻla oladi. Bunda ulugʻ shoirning: “Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi” misrasi bilan boshlanuvchi mashhur gʻazalidan Mashrab ilhomlanganligi koʻzga ravshan tashlanadi.
Mashrab Navoiy merosidan lirikada jiddiy ijtimoiy mazmun ifodalashni, norozilik ohanglari va tanqidiy fikrlarni ishq-muhabbat mavzuidagi sheʼrlar jismiga “joylab yuborish” mahoratini ham oʻzlashtirdi, ijodiy rivojlantirdi.
Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmundorlik va kuchli tanqidiy yoʻnalish shoirning ilgʻor dunyoqarashi, xalqchil falsafasi, zamonasidagi salbiy voqea-hodisalarga aniq tanqidiy munosabatidan shakllangan. Qatiy aytish mumkinki, chuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrabning umumijodiy faoliyatida ustivorlik qilgan hamda yaratgan koʻpdan-koʻp asarlarining asl fazilati darajasiga koʻtarilgan.
Shahar va qishloqlar ezilgan ommasining gʻamu hasratlarga toʻla kulfatli hayotini badiiy tasvirlash xalqchil shoir ijodida yetakchi mavzulardan biri boʻlgan. Doimo xalq ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu-intilishlaridan yaqindan xabardor boʻlgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat bilan tasvirladi, nihoyatda sodda, ravon, ammo mazmunan zalvorli misralarda samimiy hamdardlik va yurakdan achinish tuygʻularini taʼsirchan ifodaladi. Sheʼrlaridan birida “Azaddin men dili gʻamgin xaloyiq xaylini sevdim!” deb yozgan shoir boshqa bir oʻrinda “Oʻzimdek xonavayronlarni koʻrsam zor yigʻlarman!” deya ezilgan ommaga toʻla xayrixoh ekanligani alohida taʼkidlaydi.
Mashrab sheʼriyatida “koʻzi yoshli”, “baxti qaro”, “dard axdi”ga, “gʻam xayli”ga hamdardlik, ular bilan hamdamlik gʻoyalari qayta-qayta takrorlanishi bejiz emas.
Mashrabning “Tanho” radifli muxammasida bevosita xalq va uning turmush sharoitini haqqoniy koʻrsatuvchi lavhalar chizilgan. Har bir oʻquvchi yuragini oʻrtovchi mana bu misralar shoir ijodining toʻla xalqchil mohiyatiga ishonchli dalildur:
Dili tigʻi sitamdin pora boʻlgan xalqni koʻrdim,
Tanu dardu alamdin yora boʻlgan xalqni koʻrdim,
Koʻzi vaqti sahar sayyora boʻlgan xalqni koʻrdim…
Boborahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom taʼlimotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblangan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim koʻrsatma talablarini, farz sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham koʻzga tashlanadi, ayrim diniy rukn tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masxaraomuz munosabat anchamuncha uchraydi.
Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat magʻzi shoirning quyidagi qatʼiy eʼtirofida nihoyatda yaqqol va loʻnda ifodalangan:
Bir Xudodin oʻzgasi barcha gʻalatdur, Mashrabo,
Gul agar boʻlmasa ilkimda tikonni na qilay?!
Ha, birgina qudratli Yaratuvchidan boshqa hamma-hammasi “gʻalat”, yaʼni xatodir, deydi shoir. Baytda Mashrab birinchi misra mazmunini ikkinchi misrada hayotiy va tasavvufiy ramz timsollar vositasida namoyon etadi.
Umuman tasavvuf taʼlimotida boʻlganidek, Mashrab ijodida ham, faqat Allohnigina tan olish, yakka ungagina chin muhabbat qoʻyish va uning vasliga talpinish jarayonida barcha “gʻalat”larni rad etish soʻfiy adabiyotda asrlar davomida qaror topgan ramz-timsollar, tushuncha-boralar (“Ishq”, “Muhabbat”, “Yor”, “Jonona”, “Gul”, “May”, “Boda”, “Visol” va boshqalar) vositasida amalga oshirilgan. Shoir sheʼrlarida bu mazmun qatiy keskin ruhda, baʼzan, hatto qoʻpol, dagʻal ohangda, ammo doimo ravshan ifodasini topgan: …Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! …Urayinmu boshima sakkiz behishtu doʻzaxin?! …Koʻrmasam bir dam Seni bayt ul-haramni naylayin?! …Ikki dunyodin koʻzum yumdum Sening zavqing bilan! …Meni devona Mashrabgʻa muhabbatdin bayon aylang…
Yuqorida aytilganlar toʻla nazarda tutilsagina, Mashrab ijodiy merosida koʻplab uchrovchi bu kabi xitob taʼkidlarning asl mazmuni, tasavvufiy mohiyati yuzaga chiqadi, faqat shundagina shoir falsafasi, kuzatayotgan bosh maqsadi toʻgʻri baholanadi.
Albatta Mashrab sheʼriyatining har bir namunasidan tasavvufiy mazmun va soʻfiy ramz timsollarni qidirish, har bir holatda maʼshuqa madhi va uning vasliga intilish zaminida Yaratuvchi madhi va unga sigʻinish, talpinishni tushunish xatodir.
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat fazilatlarini taʼriflash, orzu-umidlari, shodlik-quvonchlari va gʻam-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ham salmoqli oʻrin egallaydi. Bu mavzu asosan, hayotiy ishq-muhabbatni ulugʻlash, goʻzal yorni – maʼshuqa husnu latofatini taʼriflash, oshiqning sevgi-sadoqatini, yor vasliga intilishini ishonchli tasvirlash jarayonida tahlil etiladi.
Hayotiy ishq-muhabbat mavzui Mashrab ijodida Sharq sheʼriyatining gʻazal, mustazod, murabbaʼ va muxammas, shuningdek, musaddas va musabbaʼ turlarida ishlandi. Bu guruh asarlari asosida tashvish va lazzatlarga toʻla insoniy sevgi yotganligini koʻramiz. Shoir maʼshuqa siymosini chizar ekan, shunday badiiy mahorat namoyish etadiki, natijada lirik “men” koʻnglini zabt etgan yor oʻquvchi koʻzi oddida oʻzining butun ayollik latofati, nazokati, ichki hissiyoti, xulq-atvori, sharmu hayosi, nozu jilvasi, kiyinishi, yurish turishi bilan jonli gavdalanadi; oʻquvchi ham uni oshiq qatorida sevib qoladi, oʻzida ham qandaydir latif hissiyot joʻsh urayotganini, koʻnglida nozik kechinmalar tugʻyonga kelayotganini sezadi. Xuddi shuning uchun ham oʻquvchi oshiqning alam-iztirobiga, hijronda cheksiz qiynalayotganiga ishonadi, oshiq bilan hamkorlikda xayolga choʻmadi, ezgu orzularga beriladi, uning qaygʻusiga sherik boʻladi.
Chindan ham Mashrabning ishqiy lirikasi, uning barcha sheʼrlari kabi, hayotiy mavzui va joʻshqinligi, nihoyatda ravon va oʻynoqiligi, xalq qoʻshiqlari kabi sodda va samimiyligi bilan tinglovchilar qalbiga tezda yoʻl topa biladi, ularga badiiy zavq baxsh etadi. Shoir agar taʼbir joiz boʻlsa, asarlarining shu fazilatlari bilan sheʼriyatda Mashrabona uslub yaratdi. Aytilgan fazilatlar jumlasiga shoʻx vazn va jarangdor radifqofiyalar tanlash, xalq jonli tilidan oʻrinli va unumli foydalanish, har bir misraga surʼat va joʻshqinlik baxsh etish mahoratini ham kiritish joiz.
Mashrabning adabiy merosi toʻgʻrisida soʻz borganda uning mustazod va murabbaʼlari xususida alohida toʻxtash zarurati bor. Taʼkidlash lozimki, shoir oʻtmish sheʼriyatimizda eng koʻp va har jihatdan yetuk mustazod yaratgan ijodkor sifatida bu oʻynoqi va shoʻx lirik turning adabiyotimizda uzilkesil mustahkamlanishi va boyishiga katta hissa qoʻshdi. Mashrab mustazodlarida insoniy sevgi-muhabbatni kuyladi, shu zamin goʻzalini madh etdi, uning barkamol chiroyi va latofatini ulugʻladi, sadoqat va vafodorlikni chin ijobiy fazilatlar sifatida targʻib etdi.
Shoirning butun ijodiy faoliyatiga xos boʻlgan xalqona uslub va badiiy-tasviriy vositalar rang-barangligi uning murabbaʼ va muxammaslarida ham koʻzga ravshan tashlanadi. Ayniqsa, har bir bandi:
– Ey bod, yetkur, yora salomim!
– Yorga yetar kun bormu, yoronlar?! –
misralari bilan yakunlanuvchi romantik ruhda bitilgan murabbalari oʻz gʻoyaviybadiiy kamoloti jihatidan alohida ajralib turadi.
Mashrabning lirik shoir sifatida yuksak badiiy mahorati uning sakkiz band – ellik olti misradan tashkil topgan musabbasida ham butun fazilatlari bilan yuzaga chiqqan.
Vah-vah, na goʻzalsan, na ajoyib, na qiyomat!
Hay-hay, na jafo qilsa sanam – jonima rohat!
Bayt radifi har bandida takrorlanuvchi bu musabbani umuman oʻtmish sheʼriyatimizda yaratilgan bu tur asarlarining eng yetuk namunalari qatoriga kiritish mumkin. Mashrab koʻp boʻlmasada, fors tilida ham qalam tebratdi, qator gʻazal, muxammaslar yaratdi, “shiru shakar” (mulammaʼ) shaklida namunalar bitdi.
Koʻp asrlik adabiyotimiz tarixining eng yorqin namoyandalaridan biri boʻlgan Boborahim Mashrab ijodi sheʼriyatimizni koʻpdan-koʻp yetuk asarlar bilan boyitdi, uning keyingi rivojiga barakali taʼsir koʻrsatdi.
Tabiiy gʻurur bilan faxriya uslubida:
– Shuhrati sheʼr bobida, Mashrabo, moʻtabar oʻzum!
– Mashrabo, har bir soʻzingdur gavhari qimmatbaho! –
misralarini bitgan shoirning badiiy barkamol asarlari xalqimiz maʼnaviy mulkining muqaddas va moʻtabar bir qismiga aylangan.
Mashrab (taxallusi; asl ism-sharifi Boborahim Mulla Vali o‘g‘li) (1640, Namangan — 1711, Balx) — shoir va mutafakkir. Mashrab nomi 18—19-asrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yo‘nalishdagi asarlarda (masalan, Bade Samarqandiyning «Muzokir ul-ashob» va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq ma’lumot beruvchi manba yo‘q. Uning o‘z asarlarini to‘plab, devon yoki biror majmua tuzganligi ma’lum emas. Faqat «Devoni Mashrab», «Devonai Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati shoh Mashrab» nomlari ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi noma’lum) shoirning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati ma’lum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik o‘zgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli to‘qimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan to‘ldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi to‘qima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht — rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday bo‘lsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yo‘lini nisbatan to‘la va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining ko‘pgina qismini o‘zida jamlovchi adabiytarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o‘tkazadi. Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor bo‘lgan So’fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xo‘ja Ubaydullo) qo‘lida diniy ta’lim oladi, so’fiy tariqatlar bo‘yicha bilimini oshiradi, forsiy tilni o‘rganadi.
Taxminan 1665 yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga ko‘ra, o‘sha zamonda katta obro‘ga ega bo‘lgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yo‘nalish ruhidagi she’rlarning ko‘pchilik qismi Ofoq Xoja dargohida va uning targ‘ibot-saboqlari ta’sirida yaratilgan. Ofoq Xoja shaxsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni «piru rahbar» deb tan oluvchi baytmisralar mujassam bo‘lgan g‘azal va muxammaslar ham («Koshki», «O‘zum» radifli g‘azallar, «Qolmadi» radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir.
Mashrab taxminan 1672—73 yillarda Ofoq Xoja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizaklarning biriga ko‘ngil qo‘ygani, sevib-sevilgani sabab bo‘lgan. Ammo Mashrabning og‘ir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid o‘rtasida jiddiy g‘oyaviy ziddiyatlar bo‘lgan deyilsa, haqiqatga muvofiq bo‘ladi.
Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli o‘lkalarda darbadarlikda o‘tkazadi. Qo‘nimsiz hayotga yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shug‘ullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulmu sitam ostidagi ohu nolasi shoir qalbini larzaga soladi («Dili tig‘i sitamdin pora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdum»...).
Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘sha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, u ba’zi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxo‘r mulkdorlar va johil amaldorlarning zo‘ravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qo‘ldan qo‘lga, og‘izdan og‘izga o‘tib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror qishloq yoki shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kambag‘al xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir qo‘nimsiz hayotining so‘nggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yo‘qotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy Qatag‘onning hukmi bilan dorga osiladi.
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o‘zi ham Mashrabning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi she’riyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.
Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va ma’naviy kamolotini ulug‘lashga, ezgulik va go‘zallikni madh etishga bag‘ishlangan she’riy merosida g‘azal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir g‘azalnavis hamda ko‘plab sho‘x va jarangdor mustazodlar, o‘ynoqi va jozibador murabba hamda xalq g‘amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo‘g‘rilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrug‘ chiqargan. Mashrabning juda ko‘p g‘azallari xalq qo‘shiklaridek sodda va jarangdor, jo‘shqin va ta’sirchandir.
M. o‘zbek adabiyoti tarixida eng ko‘p mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi g‘azallari kabi, sho‘x va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir.
Mumtoz she’riyatda murabba turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab ijodining o‘rni katta.
Mashrabning romantik ko‘tarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning g‘azal, mustazod va murabbalarida ishq-muhabbat, vafosadoqat mavzui yetakchi o‘rinda tursa, muxammas va musaddaslarida chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabru jafosidan shikoyat, ta’qibtazyiqidan norozilik dardli mieralarda, ammo qat’iy va keskin ifodalanadi. Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohangta’kidlari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Shoir she’rlarida Allohning mavjudligi, boru birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning o‘zgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi ta’limot to‘la-to‘kis qabul qilinadi.
Mashrab fors tilida ham bir necha she’riy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning g‘azallariga taxmis va naziralar bog‘lashgan.
Mashrab qoldirgan adabiy meros to‘la aniqlanib, o‘rganilgan emas. Ba’zi tadqiqotchilar juda ko‘p she’riy hikoyat va g‘azallarni o‘zida jamlovchi «Mabdai nur» nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar.
Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mamlakatimizning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bog‘lari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, ko‘chalar va jamoa xo‘jaliklari bor.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 748 www.ares.uz BOBORAHIM MASHRAB VA TASAVVUF – TARIQATLARI Feruza Qudrat qizi Rahmatova Namangan davlat universiteti talabasi ANNOTATSIYA Boborahim Mulla Vali (Valibobo) o’g’li Mashrab o’z ijodi bilan o’zbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyaviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid`atga qarshi kurash g’oyalarining kuchayishida, she`riyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta o’rin tutgan so’z ustalaridan biridir. Kalit so’zlar: asar, shoir, bastakor, sozanda, adabiyot, ijod, xalq, yo’nalish, tasavvuf, tariqat. KIRISH Boborahim Mashrab (1640 – 1711) – o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandasi, shoir, bastakor, sozanda, hofiz, tasavvuf-tariqatlarining vakili. Xalq ichida “Devona Mashrab”, “Eshon Mashrab”, “Shoh Mashrab”, “Telba Mashrab”, “Mardi xudo”, “Avliyoi Haq”, “Sohibi karomat” kabi nomlar bilan mashhur bo’lgan. Ijodiy merosi “Devonai Mashrab” qissasi, turli tazkira, bayoz va majmualar orqali yetib kelgan. Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, ayni zamonda, adolatsizlik va zo’ravonlik, qaboxat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, ahloqan tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh qilib, mehnatkashlar manfaatini himoya etuvchi botir so’z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida o’z ishonchli vakilini, o’z orzuintilishlarini baralla ayta oluvchi otashin siymoni ko’rgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Boborahim Mashrab hayoti va ijod yo’li haqida ma`lumot beruvchi tarixiy manbalar ko’p emas. Uning nomi XVIII – XIX asrlarda tuzilgan ayrim tazkira va tasavvufiy yo’nalishdagi asarlarda (Muhammad Bade` Malehonning “Muzakkir ulashob”, “Tazkirai Fahmiy”, “Musavvai Abdushshukur Ziyo”, “Tazkirai avliyoi Majzub Namangoniy”) zikr etiladi.[1] Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 749 www.ares.uz Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan ma`lumotlar nihoyatda kam, qisqa va biri-biriga zid. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq ma`lumot beruvchi manba yo’q. Uning o’z asarlarini to’plab devon yoki biror majmua tuzganligi ma`lum emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonai Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Xazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qo’lyozma va toshbosma shaklida juda keng tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi aniq belgilangan emas) shoir ning hayot yo’li va ijodiy faoliyati ma`lum tartib va izchilikda bayon etiladi, asarlaridan namunalar keltiriladi. Mashrab faoliyatining qator nuqtalari aniq va tarixan to’g’ri qayd etilganidan qissaning birinchi nusxalari shoirni yaqindan bilgan va asarlaridan yaxshi xabardor shaxs tomondan, o’sha davrlardayoq yaratilgan, deb tahmin etish mumkin. Ayni zamonda, u uzoq yillar davomida o’zgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli to’qimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifanamo lavhalar bilan to’ldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab faoliyati xalq tasavvuridagi to’qima Mashrab hamda u xaqidagi sarguzasht – rivoyatlar bilan qorishib-chatishib ketgan. Shunday bo’lsada, Mashrab xaqidagi qissalar shoir hayot yo’lini nisbatan to’la va bosqichma-bosqich o’zida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Boborahim Mashrab tarjimai xoli chalkash va noaniq, turli afsonalar bilan sug’orilgan. Shoir xaqida XVII asr tarixiy manbalarida hech qanday ma`lumot berilmagan. Boboraxim Mashrab xaqida mufassalroq ma`lumot beruvchi, noma`lum muallif tomonidan yozilgan hozirgacha mashrabshunos olimlar tomonidan yoritib kelinayotgan, shoir tarjimai holining yagona manbai “Devonai Mashrab” (“Qissai Mashrab”) deb atab kelinayotgan munoqibdir. Ba`zi olimlar bu asar Pirmat Setoriy yoki Isxoq Bog’istoniy tomonidan yozilgan deb tahmin qilsalar ham bu asar muallifi ilmiy jihatdan hanuzgacha aniqlanmagan. Shuningdek, Boborahim Mashrab haqida tazkiranavis Maliho Samarqandiyning 1688 – 1692-yillarda yozilgan “Muzakkir – ul –ahoob” tazkirasida, Abdumuttalib Xojai Fahmiyning 1763-yilda tuzilgan “Tazkirai Fahmiy” asarida, XIX asr Muhammad Hakimxonto’raning “Muntaxab – ut-tavorix”, Mirza Olim Mushrifning “Ansob-us-salotin”, Majzubi Namangoniyning “Musavvadai Abdushukur” nomli asarida hamda rus sharqshunosi N.S. Likoshin (1860 – 1922) 1902-yil “Turkestanskie vedomosti” gazetasining 9-11 sonlarida e`lon qilingan maqolasida hamda XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniyning mahalliy matbuotlarda e`lon qilgan maqolalarida ma`lumotlar berilgan. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 750 www.ares.uz Boborahim Mashrab 1640-yilda (hijriy hisob bilan 1050) Namanganda kambag’al kosib-bo’zchi Valibobo va Bibi Salima oilasida dunyoga kelgan.[2] Mashrabning she`rlarida ham Namanganda tug’ilganiga ishora mavjud: Na malakman, na farishta, men ham odam naslidan, Men tavalludi o’shal farzand Namangoniman. Qissa ma`lumotlariga ko’ra, Boborahim otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o’tkazgan. Mashrab yoshligida maktabda ta`lim olgan. Yoshligidayoq Mashrabda tasavvufga qiziqish berish, yagona Allohga ishtiyoq hislari kuchli bo’ladi. Ma`lumotlarga qaraganda, Mashrab bolaligida ko’chalarda yalang oyoq, yog’och ot minib yurar, xalq uni o’rab olar, shoir ularga o’zining otashin she`rlarini o’qib berardi. Qissada bo’lajak shoirning go’dakligidayoq nihoyatda halol, ziyrak, to’g’riso’z bo’lganligi, hozirjavob va mushodadaligi bilan tengqurlaridan ajralib turishi alohida ta`kidlanadi. Har xolda o’z davri bilimdonlaridan, xususan din asoslari va falsafadan durustgina boxabar bo’lgani uchun Namanganning so’fiy eshoni Mulla Bozor Oxund (vafoti 1668 yil) nomi bilan shuhrat qozongan Xo’ja Ubaydullo qo’liga tahsil takmiliga topshirilgan. Boborahim ma`lum muddat Mulla Bozor Oxundda diniy ta`limot va sufiy tariqatlari bo’yicha bilimini oshiradi, forsiy tilni o’rganadi, ayni zamonda, Sharq she`riyatini, xususan, uning yirik vakillari merosini qiziqish bilan mutola qiladi. Mulla Bozor Oxund Mashrabni yagona Allohga e`tiqod, dunyo hayotidan voz kechish ruhida, tasavvufning qonun qoidalari asosida tarbiyalaydi. Shoir uning qo’lida arab tili, adabiyoti, Qur`on, hadislarni va tasavvuf adabiyotini chuqur o’rganadi. U o’zbek, arab va forsiy tillardagi adabiyotni mukammal egallaydi. Mashhur fors shoiri Xo’ja Xofiz (1325 – 1389) ijodiga qiziqib, she`rlaridan yod olgan va kuylab yurgan. Mashrabning yana bir sevgan shoiri Jaloluddin Rumiy (1207 – 1273) bo’lib, uning “Masnaviy Rumiy” si shoir ijodida katta iz qoldirgan va keyinchalik “Mabdai nur” asarining yozilishiga sabab bo’lgan. Mashrabdagi ilmga, ayniqsa tasavvufga bo’lgan chuqur muhabbat va ishtiyoqni sezgan Mulla Bozor Oxund uni o’z tasavvufiy ilmini to’la kamolotga yetkazishini istab, 15 yoshida, tahminan 1665-yillarda katta obro’ga ega bo’lgan yirik din arbobi qoshqarlik eshon Xidoyatullo Ofoq Xoja (vafoti 1693-yil) huzuriga Qashqarga yuboradi. Ofoq Xojaga shoir ma`qul bo’lib, yoqib qoladi va unga Mashrab tahallusini bergan (Mashrab so’zi ichish joyi, ichimlik, mazxab, mijoz, tabiat, fe`l-atvor, yo’l, loqaydlik, maslak, g’oya kabi ma`nolarini bildiradi). Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 751 www.ares.uz Mashrab g’azallarining birida uchrovchi mana bu baytda ham xuddi shu mazmun ifodalangan: Kuddisa sirrihu Xojam otimni “Mashrab!” dedilar, Qoshgaru Yorkand ichida sohibi guftor o’zim.[3] Boborahim Mashrab ko’p bilimlar sohibi, fozil Ofoq Xojaga sidqidildan murid tushadi, uni o’ziga murshidi komil deb qabul kilishadi va yetti yil uning dargohida xizmatini o’taydi, yumushlarini bajarib, saboq oladi, muridlari qatorida kun kechiradi. Ofoq Xoja dargohida Mashrab murid sifatida eshon tomonidan buyurilgan turi og’ir ishlarni bajaradi: uch yil o’tin tashidi, uch yil sanochda suv tashidi va bir yil eshon ostonasida qorovullik qildi. Shu davrlar ichida shoir kiyimi bitta po’stindan iborat bo’lib, yozda junini tepasiga, qishda esa ichiga qilib kiyib yurardi. Yetti yillik og’ir tayyorgarlik, o’zining jismoniy va ruhiy qobiliyatini chiniqtirish tufayli Mashrabga tasavvufiy jozibalik singib boradi. U tasavvuf ilmini to’la egalladi. Mashrab Ofoq Xoja xizmatida ilohiyot bilan ham shug’ullanib, tariqat sulukini o’tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g’oyibdan piri komil deb bildi. Ijodda Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo’lidan bordi. Lutfiy, Navoiy g’azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog’ladi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yo’nalish ruhidagi she`rlarning ko’pchilik qismi Ofoq Xoja dargohida va uning targ’ibot-saboqlari ta`sirida yaratilgan desak, xato bo’lmas. Ofoq Xojaning shahsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni “piru rahbar” deb tan oluvchi bayt-misralarni tarkibida jam` etgan g’azal va muxammaslar ham (“Koshki”, “O’zim” radifli g’azallar, “Qolmadi” radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir. Bu davrdagi Mashrab she`riyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga bo’lgan ishqdir. “Nafs ajdahosi” komidan xalos bo’lganlar uchun faqat Alloh – haqdir, haqiqatdir. Shu bois inson faqat Allohni sevishi, unga oshiq bo’lishi, komil inson bo’lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo’lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik – Allohdandir, binobarin Uni sevgan kishi o’z yaqinlarini, ota­onasini, el­yurtini, jamiki yaxshi odamlarni ham sevadi. Mashrab tahminan 1672 – 1673-yillarda Ofoq Xoja dargohini tark etishga majbur bo’ldi. Shoir hayot yo’lini bayon etuvchi qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidaga kanizlarining biriga ko’ngil qoygani, sevib-sevilgani rasmiy sabab bo’lgan. Ma`lumki, Ofoq Xoja dargohida uning ko’plab muridlari, haramida esa tortiq qilingan va sotib olingan cho’rilar xizmat qilar edi. Shu cho’rilardan biriga Mashrabning ko’zi tushadi va uni yaxshi ko’rib qoladi. Bundan Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 752 www.ares.uz xabardor bo’lgan eshon shoirni gardaniga qizdirilgan muhr bosib, bepusht qilib, o’z dargohidan quvadi. Abdurauf Fitratning yozishicha: “Mashrab mana shu cho’rilarning bitta chiroylisi bilan yashirin munosabat bog’lagan. Ancha vaqtdan keyin bu ishi Ofoq Xojaga ma`lum bo’ladi. Mashrabni ura-ura eshikdan xaydaydi” Ammo Mashrabning og’ir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid o’rtasidagi jiddiy g’oyaviy ziddiyatlar bo’lgan deyilsa haqiqatga muvofiq bo’ladi. Shoir Ofoq Xoja tomonidan quvilganidan so’ng, Yorkned, Xo’tan va G’ulja shaharlarida bo’ladi. Xalq orasida obro’si ko’tarilib boradi. So’ngra, ma`lumotlarga qaraganda, Ofoq Xoja uni gunohidan kechganidan so’ng, yana Qashqarga qaytadi. Shu vaqtda Toshkentda Ofoq Xojaning yaqin do’sti mashhur shayx Nuriddin kasalga chalinib qoladi. Mashrab Ofoq Xoja topshirig’i bilan Toshkentga jo’naydi va keyin Qashqarga qaytib, eshondan Namanganga qaytishga ruhsat oladi. Mashrab Qoshqardan 1673-yilda Namanganga – onasi yoniga qaytadi. Shoirning vatan va onai zori ishtiyoqida bolalarga xos sodda tug’yon bilan she`r yozgan: Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam, Mening uchun ado bo’lgan yurogi, bag’ri qon onam... Seni ko’p intizor ettim, firoq o’tiga, ey Ka`bam, Tavofi Ka`bai maqsuda keldim dulkusho onam. Kutilmaganda onasi vafot etadi. Kasalmand onasining vafotidan keyin hech kimi qolmagan shoirning qo’nimsiz hayoti boshlanadi. Uning keyingi deyarli qirq yillik umri doimiy safarda, darbadarlikda, turli o’lkalarda musofirlikda o’tdi. Turli adabiy-tarixiy manbalar, shuningdek, qissa nusxalari Mashrab borgan shahar-yurtlari, safar tartibi haqida xilma-xil, ko’pincha biri-biridan farqli ma`lumotlar beradi. Ularda shoirning Samarqand, Xo’jand, Toshkent, Turkiston, Buxoro, Andijon, Badaxshon, shuningdek, bir qator Sharq o’lkalariga borganligi xaqida so’zlanadi. Mashrabning adabiy merosida hayot yo’lining qator nuqtalari jumlasida yuqorida sanalgan shahar – o’lkalarning ko’plari zikr etiladi. Xususan, Mashrab, hamma borgan joylarini birma bir santib o’tib, Makka va Madinaga borgani, tavof qilgani va Zamzam suvidan ichganini ochiqdan ochiq ko’rsatib ketgan: Madina, Makkani tavf aylabon ham chohi Zamazamni, Chahoryorni tavof ayladim, yig’lab ravon ketdim. So’ngra, Mashrab Buxoroga keladi. Bu yerda Mashhur eshon va mulla Oxund Mavlono Sharif hamda Buxoro xoni Ubaydulloxon bilan uchrashadi. Uni Buxoroda aytgan gaplari uchun o’tda kuydirmoqchi bo’ladilar. Buxorodan Balx tomon yo’lga Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 753 www.ares.uz chiqadi va yo’l-yo’lakay Qabadiyonda o’sha davrning yana bir mashhur so’fiy shoiri So’fiy Alloyor bilan uchrashadi.[4] Mashrab o’z vatanida haqgo’y, isyonkor shoir, qalandar sifatida mashhur bo’lgan. Mashrabning biror shahar-qishloqqa kelishi izsiz o’tmas edi, ma`lum shovshuvlarga sabab bo’lardi. Mashrab turli ma`rakalarda, xalq orasida mutaassib ruhoniylarni, zulmkor hokim­amaldorlarni achchiq kinoya va nafrat bilan tanqid qilgan. Oddiy xalq samimiyat va xursandchilik bilan, hokim, amaldorlar, riyokor ruhoniylar esa hadiksirab, dushman ko’zi bilan sovuq qarshi olardilar. Mashrab qo’nimsiz hayotining so’nggi nuqtasi Balxda ham xuddi shunday bo’ldi: hokim tabaqa, riyokor ruhoniylar, mutaassib mullolar unga o’zlarining ashaddiy dushmani deb qaradilar va jisman yo’qotish niyatida bo’ldilar. “Qissa”da aytilishicha, avliyo Ofoq Xoja Mashrabni Balxda Mahmudbiy tomonidan dorga osilishini oldindan bashorat qilgan. Mahmudbiy Otaliq Mashrabni dahriylikda aylab, dorga osishga farmon beradi. Bu hijriy 1123-yil (milodiy 1711) sodir bo’ladi. “Tazkirai Fahmiy”da qayd etilganidek, “dar soli 1123 hijriy dar Qunduz bafatvoi ulamo va hukmi Mahmudbiy Qatag’on shahid karda shuda”, ya`ni “1123 hijriy (1711 milodiy) yilida Qunduzda (Balx viloyatida) ulamolarning fatvosi va Mahmudbiy Qatag’on (Balx, Qunduz hokimi)ning hukmi bilan shahid bo’ldi”. Otashin shoir, dovyurak shaxs, jasur qalb sohibi Boboradim Mashrab osib o’ldirildi. U xuddi Mansur Xalloj va Imomiddin Nasimiy kabi xurfikr g’oyalari yo’lida, o’sha zamonadagi hukmron tabaqalar va johil ulamolar rasmiy siyosatiga nomuvofiq dunyoqarashi yo’lida qurbon bo’ldi. Shoir o’z vasiyatiga ko’ra do’stlari tomonidan Balx yaqinidagi Ishkanmish degan joyga dafn etilgan. Ishkamish – hozirgi Afgonistonning Taxor viloyatida joylashgan Xonobod shahridan 30 km masofada bo’lib, qadimdan Vazvolin nomi bilan mashhur bo’lgan. Ishkamish shahridan bir yarim kilometr sharqda Mashrabning xom g’ishtdan qurilgan gumbazli maqbarasi joylashgan. Turbat ham loydan yasalgan. Qabrning tepasiga arab tilida yozilgan tosh lavxa qo’yilgan. Unda Qur`on suralari va shoirning vafoti sanasi bitilgan. Maqbara devorlariga Mashrabning g’azallari bitilgan matolar ilingan. “Majmuai Abdulmutallif Fahmiy”da ko’rsatilishicha, Mashrab Qunduz shahrida dorga osilgan. Uch kundan keyin Mahmudbiy ham tom ostida qolib xalok bo’lgan. Qizig’i shundaki, mashhur so’fiy Mansur Xallojni “Anal Haq” degani uchun 922-yilda Bog’dodda avval qo’l-oqlarini kesib, keyin qatl etishgan. Mashrab ham Mansur Xalloj kabi dorga osilishini Ofoq Xoja bashorati bilan bilgan. Uni bizgacha yetib kelgan quyidagi she`ridan ham bilib olish mumkin: Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 754 www.ares.uz Mansur Xallojdek ichib sharobi an-tahur, Charx urib yig’lab tururman ushbu dam dor oldida. Mustaqillik davrida Mashrab tavalludining 1992-yil 350 yilligi, 2006-yil 365 yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi. Namangan shahrida Mashrab bog’i va haykali barpo etildi. Mashrabning tasavvufiy ruhdagi o’nlab she`rlari, “Kimyo” va “Mabdai nur” asari mo’`tabar manbalar asosida birinchi bor nashr etildi. U adabiyot, falsafa, tasayovvuf-tariqatlari soxasida boy ilmiy meros qoldirdi. Mashrabning nafs xaqidagi fiklari ayniqsa e`tiborlidir: Shuhrat aylab kim alardek xudnamolarni ko’rung, Zohiru suvratparast nooshnolarni ko’rung. Zohirida sufiyman deb, tarki dunyo aylagan, Botini dunyoga moyil baxti qarolarni ko’rung. Xalqning ko’ziga har dam suvratin digar qilib, Nafs uchun shayton bilan borgan gadolarni ko’rung. Shuhratim ofat bo’lur deb Mashrabing qo’l olmadi, Ko’zda yoshim qatrasi durri baqolarni ko’rung. Nafsni yengish quroli esa pok ishqdir. Ishq insonga mislsiz kuch-qudrat, g’ayrat-shijoat beradi. Ishq, deganda mehr-muhabbat, muruvvat, saxovat, ezgulik, iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, adolat, sabr, qanoat, g’ayrat, kamtarlik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso’zlik, shafqat, umuman, inson qalbini poklashga xizmat qiladigan, uni o’z Yaratuvchisiga yaqinlashtiradigan barcha ezgu fazilatlar tushuniladi. Zero, pokiza so’z va ma`nolar dard va muhabbatdan tug’iladi. Ishqning manzili inson ko’nglidir. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi. Poklangan ko’ngildagi ishq ilohiy mohiyat kasb etadi, ya`ni ishq insonni yuksaltiradi. Lomakonni shahrida oshiqni shaydo qildi ishq, Anbiyou avliyolarni hovaydo qildi ishq. Jilvasin ko’rsatib zohirda elga rang-barang, Oru nomusdin kechib olamga g’avg’o qildi ishq. Bildiyu eshitti, Mashrabning qarori yo’q ekan, Zohrin go’yo qilib, botinin bino qildi ishq. Mashrab she`rlarida odam zotining asosiy nuqsoni nafsu hirs balosiga mubtalo bo’lganligini, bu nuqson uni ilohiy fazilatlardan mahrum etishi, ahloqan tubanlashtirishi, o’tkinchi mayl-istaklarni uyg’otishi, insoniy xislatlardan, xaqiqat, ma`naviyat va ma`rifatdan yiroqlashtirishini aytib, nafs ajdahosi komidan xolos bo’lganlar uchun faqat Alloh – Xaq, xaqiqatdir degan qarashni ilgari suradi. Shu bois Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 755 www.ares.uz inson faqag Allohni sevishi, unga oshiq bo’lishi, komil inson bo’lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo’lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik – Allohdandir, binobarin, uni sevgan kishi o’z yaqinlarini, ota-onasini, elyurtini, odamlarni ham sevadi.[5] MULOHAZA VA TAKLIFLAR Tasavvuf olamida she`riyatning nufuzi o’ziga xos bo’lib, iloxiy ishq mayidan sarxush bo’lgan shoirlar zavqu shavqini majoziy timsollar orqali tasvirlashga xarakat qilganlar. Bunday kishilar mutasavvif deb ataladi. Mashrab she`riyatining g’oyaviy, ahloqiy, falsafiy, irfoniy zamini tasavvufdir. Mashrab tasavvuf adabiyotining vakili sifatida nafsini yengish orqali ko’nglini yuksaltirish, ruhni poklab, o’tkinchi dunyo hoyu xavaslaridan ustun bo’lishga intilgan. Mashrab insonning mavqei-darajasiga uning to’kin hayoti, moddiylikdan emas, aksincha, insonning ahloqiy go’zalligi, yuksak ma`naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi. Mashrab iloxiy ishq kuychisidir. Mashrab ana shu ilohiy ishq devonasi bo’lib, qalbida kechayotgan tug’yonlarni qanday bo’lsa, shundayligicha qaynoq she`rlari orqali izxor etadi. Uning so’zlari misoli lag’cha cho’g’, yondirguvchi olov, oxu nolasining chegarasi yo’q, shoirning ishq dardidan olam larzaga keladi. Mashrab she`rlarini o’qish jarayonida uning ko’nglida kechayotgan shavq, zavq, majnunlik, betoqatlik va o’z aslini topishga intilayotgan qalb nolalarini yurakdan xis etish hamda bandaning Xudoga bo’lgan xaqiqiy ishqi qanday bo’lishi anglanadi. Mashrab o’z she`rlarini dardnoma, ko’nglini esa xasratxona, jarohatxona deb ataydi. Mashrabning dardi bir burda non topish umidida yurgan, mansab-amal uchun jonini jabborga beradigan kishi dardi emas, shavq va iztirobda tunlarni bedor o’tkazib, ko’zlaridan qonli yoshlar to’kkan, Allohga intizor yurakning nolayu fig’oni, ilohiy muhabbat dardidir: Men nola qilay shomu sahap dod eshigingda, Jonimni beray, sho’xi parizod eshigingda. Ul lolavu rayxonu suman, toza qizil gul Xam sarv bukuldi, qaddi shamshod eshigingda. Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur, Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda. Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab, O’lturdi g’aming, ko’zlari jallod, eshigingda. Ashkim to’kubon xajru g’amingda kecha-kunduz, Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 756 www.ares.uz Vayrona vatan – manzili obod eshigingda. Ul husnu jamoling o’ti Mashrabga tushubdur, Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda Bu dardning davosi Alloh vasli, tavhid va fano bo’lib, insonni bu martabaga ishq olib boradi. Mashrab talqinida ishq barcha mushkul ishlarning kaliti, insonning haqiqiy haloskori, vujudni poklovchi olov, iksiri a`zamdir. Mashrab uchun maqsad Haqqa yetishmoq, mohiyatga yetish yo’li esa ishqdir. Mashrabning she`riyati ishqning tafsiri, o’z aslidan ajralgan ruhning nola va iztiroblar olamida o’zligini topishidir. Shunga ko’ra, Mashrabning ishqi dinlar, mazhablar, turli ta`limot va qarashlar, tushunchalardan ustun turgan. Mashrab mazhablararo tortishuvlarni ma`nisiz va behuda narsa, deb hisoblagan. Kishilarni ana shu haqiqatni anglashga chaqirgan. Mashrab insonda ilohiy fazilatni ko’rish va sevishni, ruh va jism talablari orasida azobda qolgan insonni qutqarishni, fisqu fujur gunohlarini muhabbat o’tida kuydirishni niyat qilgan. Mashrab talqiniga ko’ra, barcha yaxshilik va ezgulik Xudodan, shuning uchun Xudoni sevgan inson yer yuzidagi barcha narsalarni, yoru birodari, ota-onasi, elyurtini sevadi, karamli va sahovatli bo’ladi. Mashrab nopoklik olamidan poklik olamiga, hayvoniy hirs va nafs qutqulari olamidan ilohiy olamga ko’tarilish uchun malomatiylik tariqatining qalandarlik harakatiga qo’shiladi. Bundan asl murod ilohiy ishq hosil qilish edi. Mashrab qalandarlikning birinchi sharti va vahdat mayidan qonish deb bilgan. Aksari tadqiqotchilar Mashrabdan inqilobchi, isyonkor yasamoqchi bo’lib, Mashrabning she`rlarini ijtimoiy hayot xodisotlari bilan bog’lashga xarakat qilganlar. Mashrabni “isyonkor shoir sifatida zulm va razolat ildizlarini qirqish uchun yovuzlik va yomonlikka qarshi qalqon bo’lib, amaldorlarning kirdikorlariga qarshi o’z nafratini bildirgan, shuning uchun qalandarona hayot kechirgan”, deb ta`riflaganlar. Aslida qalandar tasavvuf yo’liga kirib, xayr-exson bilan kun kechiruvchi kishi bo’lib, zikr va samo` orqali Allohga ruhan yaqinlashib, faqru fano darajasiga erishish va xaqiqatga yetish uchun o’z jismi va qalbini poklashga intilgan. Qalandar o’z murshidi (piri)ning ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi shart bo’lgan. Shoir bu xaqida shunday yozadi: Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Og’izdan dur sochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l, Yomonlardan qochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 757 www.ares.uz Riyozatsiz bo’lay desang, tanim ozod yuray desang, Jahonni sayr etay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Razolat kuyduray desang, zalolat o’lduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l. Guharrezlik qilay desang, hamani kulduray desang, Chu Mashrabdek bo’lay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l Mashrab xalq, ichida yurib Haq, bilan birga bo’lgan. Mashrab qalandarlik bilan shuxrat qozongan. Ko’ngilni qalandar tutish, dunyo va nafs havaslaridan xoli ekanlik, xamisha buyuk Alloh zikri bilan mashg’ullik va Xudo buyurgan ezgu amallarni o’z hayotining mazmuniga aylantirish – qalandarlarning asosiy maslagi bo’lgan. Mashrabning Boborahim deyilishi sababi bir jihatdan qalandarlikka borib taqaladi. Qalandarlar o’z pir, shayx va raxnamolarini bobo deb ataganlar. Qalandar har qanday bog’lanishlardan, rasmiyatchilikdan xoli, ozod bo’lgan, har turli diniy amal va odatlarni xalqdan yashirincha amalga oshiradigan, xalqning malomat qilishi uchun ayrim noshar`iy amallarni qilishdan toymaydigan, izzat-nafsini xor qiladigan barcha amallarga tayyor, shu bilan Alloh rizoligiga erishishni orzu qiladigan so’fiydir. Qalandarlar bir-birlari bilan abdal tilida so’zlashganlar, maxsus soch qo’yib yurganlar. Ularning mahsus kiyimlari kuloh (bosh kiyim, qalpoq), dalq (darveshlarning jundan to’qilgan kiyimi), kamar (belbog’), aso (xassa), kachkul (kashkul, qalandarlar beliga osib yuradigan qovoqdan yasalgan va suv yoki yeguliklar solinadigan beli siqiq qopqoqli, o’yma naqshli chelaksimon idish), kadu-matbax (suvqovoq, ovqat solinadigan idish)dan iborat bo’lgan. Ularning maskanlari shahar yoki qishloq tashqarisida bunyod etilgan qalandarxonalar bo’lgan. Qalandarlar shariat amallarini to’g’ri bajargan xolda, shariat ahlining mutaassibligi, turli bid`atlarga o’ralib, shaklparast bo’lib qolgan mulla, eshon, imomxatiblalarning ustidan kulganlar, ularni zohirbinlar deb ataganlar. Mutasavvif olim N. Komilov so’zlari bilan aytganda, Boborahim Mashrab, kaltafahm, kekkaygan xonu beklarni, man-man kimsalarni, zohirbin betafiq ruhoniylarni hajv etib, Alloh oldida shohu gado barobar, degan aqidani ilgari surgan. Mashrab o’ta rostgo’y, soxtalikni yoqtirmaydigan, cho’rtkesar, haq gapni aytishda hech narsadan odam bo’lgan, yuragi bir olovday yonib turgan. Mashrab deydi: Agar mardu durustsan, hujrai dil posboni bo’l, Yomonni yaxshisi bo’lguncha, yaxshini yomoni bo’l. Mashrab qalandar bo’lsa ham, naqshbandiylik va yassaviylik tariqatining turl o’lkalarga yoyilishiga katta xissa qo’shgan. U ma`naviy pirlari bo’lgan Ibrohim Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 758 www.ares.uz Adham, Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imoduddin Nasimiy maslaklarining davomchisidir. Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmundorlik va kuchli tanqidiy yo’nalish shoirning ilg’or dunyo qaarashi, xalqchil falsafasi, zamonasidagi salbiy voqeahodisalarga aniq, tanqidiy munosabatidan shakllangan. Qat`iy aytish mumkinki, chuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrabning umumijodiy faoliyatida ustivorlik qilgan hamda yaratgan ko’pdan-ko’p asarlarining asl fazilati darajasiga ko’tarilgan. Shahar va qishloqlar ezilgan ommasining g’amu hasratlarga to’la kulfatli hayotini badiiy tasvirlash xalqil shoir ijodida yetakchi mavzulardan biri bo’lgan. Doimo xalq ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu-intilishlaridan yaqindan xabardor bo’lgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat bilan tasvirladi, nihoyatda sodda, ravon, ammo mazmunan zalvorli misralarda samimiy hamdardlik va yurakdan achinish tuyg’ularini ta`sirchan ifodaladi. She`rlaridan birida “Azaldin men dili g’amgin xaloyiq xaylini sevdim!” deb yozgan shoir boshqa bir o’rinda “O’zimdek xonavayronlarni ko’rsam zor yig’larman!” deya ezilgan ommaga to’la xayrixoh ekanligini alodida ta`kidlaydi. Mashrab she`riyatida “ko’zi yoshli”, “baxti qaro”, “dard ahli”ga, “g’am xayli”ga hamdardlik, ular bilan hamdamlik g’oyalari qayta- qayta takrorlanishi bejiz emas. Mashrabning “Tanho” radifli muhammasida bevosita xalq va uning turmush sharoitini haqqoniy ko’rsatuvchi lavhalar chizilgan. Har bir o’quvchi yuragini o’rtovchi mana bu misralar shoir ijodining to’la xalqchil mohiyatiga ishonchli dalildir: Dilini tig’i sitamdin pora bo’lgan xalqni ko’rdim, Tanu dardu alamdin yora bo’lgan xalqni ko’rdim, Ko’zi vaqti sahar sayyora bo’lgan xalqni ko’rdim... Boborahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g’oyalar ham, o’sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o’rin egallaydi. Shoir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom ta`limotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblangan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim ko’rsatmatalablarini, farz-sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham ko’zga tashlanadi, ayrim diniy rukn-tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masharaomuz munosabat ancha-muncha uchraydi. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 759 www.ares.uz Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag’zi shoirning quyidagi qat`iy e`tirofida nihoyatda yaqqol va lo’nda ifodalangan: Bir Xudodin o’zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo, Gul agar bo’lmasa ilkimda tikonni na qilay?! Birgina qudratli Yaratuvchidan boshqa hamma-hammasi “g’alat”, ya`ni xatodir, deydi shoir. Baytda Mashrab birinchi misra mazmunini ikkinchi misrada hayotiy va tasavvufiy ramz-timsollar vositasida namoyon etadi. Mashrab she`riyatida uchrovchi shakkoklik zaminida, jumladan, namoz, ro’za, jannat (behisht), Makka, Ka`ba (baytul-haram), xur g’ilmon, do’zax tushunchalariga xurmatsiz munosabat, ba`zan esa ochiqdan-ochiq mensimaslik, “bir pulga sotish”ga tayyorlik ostida, shuningdek, riyokor, munofiq din arboblarining, zohidu mullolarning ayovsiz fosh etish asosida ana shu e`tiqodga buyuk ishonch, qat’iy sadoqat mavjud. Umuman tasavvuf ta`limotida bo’lganidek, Mashrab ijodida ham, faqat Allohnigina tan olish, yakka ungagina chin muhabbat qo’yish va uning vasliga talpinish jarayonida barcha “g’alat”larni rad etish so’fiy adabiyotda asrlar davomida qaror topgan ramz-timsollar, tushuncha-iboralar (“Ishq,”, “Muhabbat”, “Yor”, “Jonona”", “Gul”, “May”, “Boda”, “Visol” va boshqalar) vositasida amalga oshirilgan. Shoir she`rlarida bu mazmun qatt’iy keskin ruhda, ba`zan, hatto qo’pol, dag’al ohangda, ammo doimo ravshan ifodasini topgan: ...Yorsiz ham bodasiz Makkaaga bormoq, ne kerak?! ...Urayinmu boshima sakkiz bexishtu do’zaxin?! ...Ko’rmasam bir dam Seni bayt ul-haramni naylayin?! ...Ikki dunyodin ko’zum yumdum Sening zavqing bilan! ...Meni devona Mashrabg’a Muhabbatdin bayon aylang, ...Nomozu ro’zadan forig’ bo’lib sayyora Mashrabman! ...Xonaqoyu Ka`badin, Mashrab, muroda yetmadim! Yuqorida aytilganlar to’la nazarda tutilsagina Mashrab ijodiy merosida ko’plab uchrovchi bu kabi xitob-ta`kidlarning asl mazmuni, tasavvufiy mohiyati yuzaga chiqdi, faqat shundagina shoir falsafasi, kuzatayotgan bosh maqsadi to’g’ri baholanadi. XULOSA Mashrab she`riyatining har bir namunasidan tasavvufiy mazmun va so’fiy ramz-timsollarni qidirish, har bir holatda ma`shuqa madhi va uning vasliga intilish zaminida Yaratuvchi madhi va unga sig’inish, talpinishni tushunish xatodir. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-748-760 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 760 www.ares.uz Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini ta`riflash, orzu-umidlari, shodlikquvonchlari va g’am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ham salmoqli o’rin egallaydi. REFERENCES 1. Бобораҳим Машраб. Кимё. / Нашрга тайёрловчи Ҳожи Исматуллоҳ Абдуллоҳ. – Наманган: Наманган, 1999.– Б. 3. 2. Бобораҳим Машраб. Алифни дилга жо қилмоқни бисмиллоҳдан ўргандим./ Нашрга тайёрловчи Ҳожи Исматуллоҳ Абдуллоҳ. – Наманган: Наманган, 1999. – Б. 4. 3. Исхоқова З. Машраб. – Т.: Абу матбуот-концалт, 2011. – Б. 11. 4. Хошимхонов М. Машрабнинг ижтимоий-фалсафий қарашлари: Фалсафа фан. номз... дисс.. – Тошкент: ЎзФА Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 1995. – Б.57- 58. Исмоилов С. Комил инсон: тарихийлик ва замонавийлик. // Жамият, цивилизация, давлат: ижтимоий тарихий тараққиёт омиллари: Республика илмий-назарий анжуман тўплами. –Тошкент: 2007. – Б. 92-94. 5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. “Academic research in educational sciences”, 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9- 886-889 6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
Download 35,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish