www.ziyouz.com kutubxonasi
80
edilar, zina to‘satdan hayratomuz ravishda polda paydo bo‘lgan edi. Mister Steffensni xandaqqa
sudrab ketishdi va oyoq-qo‘llari bog‘liq holda, uning shilingan badaniga tig‘dek o‘tkir bahaybat
mayatnik chayqalgancha tobora yaqinlashib va pastga tushib kelayotganini ko‘rish uchun qoldirdilar.
— O’sha pastdagi menmi? — so‘radi mister Steffens Garretning yonida paydo bo‘lib. U quduq
ustiga engashdi — o‘zingning o‘limingni tomosha qilish juda va juda qiziq bo‘lar ekan.
Mayatnik oxirgi marta chayqaldi.
— Xuddi o‘zidek-a, — dedi mister Steffens orqasiga burilarkan.
— Sharobdan yana quyaymi, mister Garret?
— Ha, malol kelmasa.
— Buyog‘i ko‘pi ketib, ozi qoldi. Hademay, Buzuvchilar kelishadi.
— Xudoga shukur!
Shu payt yana, uchinchi marta qichqiriq eshitildi.
— Tag‘in nima gap? — asabiy so‘radi Garret.
— Endi mening navbatim, — dedi mister Drammond. — Qarang.
Ming qichqirmasin, ikkinchi mister Drammondni tobutga dumalatib yotqizishdi va pol ostidagi nam
yerga irg‘itishdi.
— To‘xtang, axir bu esimda! — Oh tortib dedi Axloq Iqlimining inspektori. — Axir bu ko‘hna,
taqiqlangan kitoblardan-ku... “Barvaqt ko‘milgan odam”. Qolganlari ham: quduq, mayatnik, maymun,
mo‘ri... “Morg ko‘chasidagi qotillik”. Bu kitobni men o‘zim yoqqan edim, bo‘lmasa-chi!
— Sharobdan quying, Garret. Bundoq, qadahni mahkamroq ushlang.
— Xudo haqqi, tasavvuringizga gap yo‘q!
Ularning ko‘z oldida yana besh odam o‘ldi: bittasi ajdahoning og‘zi ichida, qolganlari qora hovuzga
tashlab yuborildi, suv tubiga tushib ketdi-da, o‘sha yoqda chiridi.
— Sizga nima tayyorlaganimizni ko‘rmoqchimisiz? — so‘radi Stendal.
— O’z-o‘zidan ma’lum, — javob berdi Garret. — Nima farqi bor? Baribir biz bu marazni portlatib
yuboramiz. Siz jirkanchsiz.
— Unda ketdik. Bu yoqqa.
Shunday deya u Garretni pastga, ko‘plab eshiklardan o‘tib, maxfiy joyga olib ketdi, undan murvatli
zinadan yurib, yer tagiga, mag‘oralarga tushishdi.
— Bu yerda siz menga nimani ko‘rsatmoqchisiz? — so‘radi Garret.
— Sizning o‘ligingizni.
— Mening nusxamnimi?
— Ha, yana bir narsani.
— Nima ekan?
— Amontilyadoni, — dedi Stendal qo‘lida fonarni ko‘tarib oldinda yurib borar ekan.
Chor atrofda tobutlar ichidan beligacha sug‘urilib chiqqan skeletlar harakatsiz osilib turar edi.
Garret kafti bilan burnini berkitdi, nafratdan yuzi bujmaydi.
— Nima, nima?
— Siz amontilyado haqida hech eshitganmisiz?
— Yo‘q!
— Mana buni ham bilmaysizmi? — Stendal tokchani ko‘rsatdi.
— Qayoqdan bilay?
— Buni hammi? — Stendal jilmaygancha chakmonining qatidan ustaning andavasini oldi.
— Bu nima?
— Ketdik, — dedi Stendal.
Ular mehrobga chiqishdi. Qorong‘ilikda Stendal shirakayf inspektorning qo‘llariga kishan soldi.
— Yo alhazar, bu nima qilganingiz? — qichqirib dedi Garret zanjirni shaqillatib.
— Men, ta’bir joiz bo‘lsa, temirni qizig‘ida bosayapman. Temirni qizig‘ida bosayotgan odamning
ishiga xalaqit bermang, bu odobdan emas. Mana shunaqa!
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |