www.ziyouz.com kutubxonasi
73
hayotsiz ajoyib sayyoraga tamaddun keltirishi kerak bo‘lgan raketalar o‘zlariga yo‘l ochadilar. Ularning
shiddatli parvozlaridan paydo bo‘lgan chiyillash va gurillash bu tussiz ovoz o‘tmas olamda, mudroq
kuz olamida quloqni teshib yuborgudek edi.
— Endi, topshiriq bajarilgach, — iymanibgina gap qotdi mister Bigelou, — sizdan bir narsani
so‘ramoqchiman, bularning hammasini siz nima qilmoqchisiz?
— Esher qo‘rg‘oninimi? Bilmadingizmi?
— Yo‘q.
— “Esher” nomidan hech narsani anglamadingizmi?
— Anglaganim yo‘q.
— Mana bu ism: Edgar Allan Podan-chi?
Mister Bigelou yo‘q degandek boshini chayqadi.
— Darvoqe, — Stendal xafa va nafratini ifoda qilgancha bosiqlik bilan “hm” deb qo‘ydi. — Mister
Poning muborak xotirasini siz qayoqdan ham bilardingiz? U ancha ilgari, Linkolndan ham oldin o‘lib
ketgan. Uning barcha kitoblari Buyuk Gulxanda yoqib yuborilgan edi. O’ttiz yil muqaddam, 1975 yilda.
— E-e, — bir narsani tushungandek bosh irg‘adi. — Shulardan biri deng!
— Xuddi shunday, Bigelou shulardan bittasi. Uning va Lau Kraftning, Xotorn va Ambroz Birskning
kitoblarini yoqishdi, hammasi dahshat va qo‘rquvlar haqidagi qissalar edi. Barcha fantaziyalarni,
xullas, kelajak haqidagi barcha qissalarni yoqib yuborishdi. Ayovsiz yoqishdi, qonun chiqarishdi.
Hammasi arzimagan narsadan, zarradagi narsadan, elliginchi va oltmishinchi yillardan boshlandi.
Avvaliga karikaturali kitobchalar chiqarishni cheklab qo‘yishdi, so‘ng detektiv romanlar, filmlarni ham
taqiqlashdi. Goh u tomonga, goh bu tomonga irg‘itishdi, turli guruhlar, turli laqablar, siyosiy
e’tiqodlar, diniy xurofotlar avj olgandan-olib ketdi. Har doim ozchilik tomon qo‘rqib qolaverdi va
ko‘pchilik tomon tushunib bo‘lmaydigan narsadan, kelajakdan, o‘tmishdan, hozirdan qo‘rqar edi,
o‘zidan va o‘z soyasidan qo‘rqar edi.
— Tushunarli.
— “Siyosat” so‘zidan (oxir-oqibatda eng teskarichi doiralarda “kommunizm” so‘zining sinonimi
bo‘lib qolgan, ha, ha, bu so‘zni tilga olishingiz bilanoq, kallangiz ketishi hech gap emas edi!) siyosat
so‘zidan qo‘rqadigan, har tomondan turtki yeydigan — bir joyda gaykani burasalar, yana bir joyda
boltni aylantiradilar, bir yoqdan tiqadilar, ikkinchi yoqdan sug‘urib oladilar, — san’at va adabiyot ko‘p
o‘tmay shunday bir ulkan tortmachoqqa aylandiki, sho‘rlikni buradilar, chaqdilar, chaynadilar, tugun
qilib tugdilar, to o‘zining qiyishqoqligi va har qanday ta’mini yo‘qotmaguncha u yoqdan-bu yoqqa
koptokdek irg‘itaverdilar. So‘ng esa kinokameralar tinib qoldi, teatr zulmatiga g‘arq bo‘ldi va bosma
nashrlarning qudratli Niagarasi “Sof” maqolasining zaif bir jilg‘achasiga aylanib qoldi. Ishoning
menga, “voqelikdan uzoqlashish” tushunchasi ham shubhali so‘zlar sirasiga kirib qoldi!
— Nahotki?
— Ha, ha! Har bir odam, der edi ular, haqqoniylikning yuziga tik qarashi shart. Faqat hozirnigina
ko‘rib turishlari kerak. Bu toifaga kirmagan hamma narsa — bir pul. Ajoyib adabiy to‘qimalar, xayolot
osmonida parvoz qilishlar — gullab-yashnayversin. Bir kuni yakshanba tongida, o‘ttiz yil muqaddam,
1975 yilda ularni kutubxona devoriga tikka qilishdi: Santa Klaus va Boshsiz chavandoz, Qorqiz va uy
Devi, Onag‘oz — barchalari ho‘ngrab yig‘lar edilar! — va ularni otib tashlashdi, so‘ng qog‘oz qal’a va
malika qurbaqalarni, keksa qirollar va “o‘sha zamondan buyon baxtli yashab kelayotgan” hammani
yoqib yuborishdi (aslida u o‘sha zamondan buyon baxtli yashayapti, deb kim haqida aytish mumkin
edi!). Bir vaqtlar Hech qachonga aylandi-qo‘ydi! Ular O’z mamlakati bosh suyaklari bilan birgalikda
Sehrlangan Riksh xokini shamolda sovurdilar, Glinda mehribon va O’zmani chopib tashladilar,
To‘pgulni spektroskopda bitta-bitta yulib yoyishdi, Jek Qovoqboshni esa Biologlar Ziyofatida
dasturxonga tortib yuborishdi! No‘xot qobiqchasi to‘rachilik chakalakzorida qurib-qovjirab bo‘ldi!
Uyqudagi Go‘zal ilmiy xodim bo‘sasidan uyg‘onib ketgan va u o‘zining tibbiy ninasini suqqanda joni
hiq etib chiqib ketgan edi. Alisani ular shishadan shunday bir narsani ichishga majbur qilishdiki,
natijada qizgina ortiq: “Oldinga borgan sari yana ham qiziqroq bo‘laveradi!” — deb qichqira
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |