- 57 -
3.1.3.Diagramma.
Mamlakatlarning tashqi qarzlari (YaIMisiga nisbadan % da)
34
Yaponiya hukumati iqtisodiyotni tiklash, jahon iqtisodiyotidagi mavqeini
ko’tarish maqsadida global iqtisodiy strategiya va yangi iqtisodiy o’sish
strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategiyaning muallifi so’nggi 40 yil davomida
Yaponiya dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti bo’lib kelganligi tez orada bu mavqeini
yo’qotishini ko’zda tutgan.
Ushbu strategiya “Yaponiya dunyoning yetakchi va kuchli iqtisodiyoti
mavqeini saqlab qolish uchun nima qilish kerak?”, degan savolga javob berilgan.
Buning uchun quyidagi maqsadlar qo’yilgan:
I.
Yangi iqtisodiy o’sish maqsadlariga erishish;
1.
Aholi soni qisqarayotgan sharoitda iqtisodiy o’sish. Bunda urg’u mehnat
unumdorligi o’sishiga ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlarini kuchaytirishga,
yuqori samaraga ega bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirishga qaratishga berilgan.
2.
Innovatsiya va talab omad spirali. Bunda innovatsiyalar talabni kengaytirishi,
o’z navbatida kengaygan talab, innovatsiyalarni rag’batlantirishi ko’zda tutilgan.
34
http://www.tradingeconomics.com/japan/government-debt-to-gdp
Yaponiya
AQSH
Fransiya
Buyuk B.
Kanada
Germaniya
Indiya
Xitoy
Avstraliya
- 58 -
Bu yerda ikkita spiral ahamiyati ko’rsatib o’tilgan ya’ni Yaponiyadagi
innovatsiyalarni o’sishi Sharqiy Osiyoda ularga bo’lgan talabning ortishiga olib
keladi. Keyingi bosqichda bu mamlakatlarning o’zida innovatsiyalar rivojlanadi.
3.
Islohotlarni amalga oshirish natijasida yaqin kelajakni ta’minlash. Unga
ko’ra Yaponiya dunyoning innovatsiyalar markaziga aylanishi kerak. Uning aholisi
esa mamlakatning eng asosiy boyligidir.
II.
Yaponiyaning xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlash. Buning uchun
quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
1.
Yaponiya – Osiyo mamlakatlari hamkorligining omad spirali. Bunda
Yaponiya Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishiga o’zining hissasini qo’shadi:
-o’zaro kooperatsiyani ko’paytirish;
-investitsiyalar kiritish;
-kapitallar harakatchanligni oshirish;
2. Innovatsiyalarni global markaziga aylanish. Buning uchun dunyoda
yetakchilikni ta’minlovchi yangi tarmoqlarni yaratish, yangi materiallar ishlab
chiqarish.
3. Yaponiyaga bevosita invetitsiyalarni kengaytirish. Ichki talabga bog’liq bo’lgan
sohalarga yordam ko’rsatish.
III. Informatsion texnologiyalar vositasida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish.
IV. Mintaqaviy iqtisodiyot rivojlanishini va kichik o’rta biznesni qo’llab
quvvatlash va rag’batlantirish.
Yaponiya – yuqori darajada rivojlangan va mustaxkam tashqi iqtisodiy
aloqalarga ega bo’lgan mamalakat. Ammo, shunga qaramasdan inqiroz uning
iqtisodiyotiga qattiq ta’sir ko’rsatdi. Shunday bo’lsada, xatto tushush davrida ham
mamlakatning olib brogan chora tadbirlari, inqirozga qarshi ishlab chiqilgan
strategiyalar, iqtisodiy salohiyati uning jahon arenasida o’zining yetakchi o’rnini
saqlab qolish imkoniyatini beradi.