2007
2008
2009
2010
2011
2012*
bu bizning olg’a intilishimizning kafolati va asosi, u nafaqat iqtisodi, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”.
35
3.2.1.Diagramma.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o’sish sur’atlari (oldingi yilga
nisbatan foizda)*2012-yil uchun prognoz ma’lumotlari
36
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha amalga
oshirilayotgan oshirilayotgan choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va
yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga
oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina
mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli
erishilganini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’zining tashqi
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga
aylanishi zarur. Bu haqida mamlakat Prezident I.A.Karimov shunday degan edi:
“…tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning butun tizimini tubdan qayta qurib
chiqish lozim. Men bu sohani boshqarish haddan tashqari rasmiylashib,
ma’muriylashib ketgan deb hisoblayman. Unda iqtisodiy yo’l bilan, tariflar bilan
boshqarishdan ko’ra ma’muriy cheklashlar orqali boshqarish usullari ustunlik
qilmoqda. Biz tashqi iqtisodiy faoliyatning jahonda qabul qilingan ma’rifiy
shakllariga tezroq o’tishimiz, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishga
35
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Islohotlar va investitsiyalar bo’yicha idoralararo
muvofiqlashtirish kengashining 2000 yil 1 fevraldagi yeg’ilishida qilgan ma’ruzasi.
36
I.A.Karimovning “2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”
mavzusidagi ma'ruzasi T. 2012, 14-bet.
- 63 -
erishmog’imiz darkor. Shu bilan bir vaqtda, biz iqtisodiyotimizga horijiy
sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
jarayonlarida , jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni
tashkil etishda horijiy investorlar yanada faol ishtirok etishi uchun yaratilgan
huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni takomillashtirishimiz lozim”
37
.
Ko’p mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishda kuchli proteksionizm va import
o’rnini bosadigan maxsulotlar ishlab chiqarish bosqichidan o’tadilar, keyin esa
asta-sekin eksportga yo’nalish tomonga siljiydilar. Ko’pincha import o’rnini
bosadigan maxsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiy mustaqillikka erishishning usuli
bo’lib hizmat qiladi.
Mamlakat iqtisodiy o’sishning yuqori va barqaror sur’atlariga erishishi istar
ekan eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatga o’tish muqarrardir. Shu bilan
birga, eksportga yo’naltirilgan strategiyani shakllantirish uchun obdon tayyorgarlik
ko’rish kerakligini ta’kidlash lozim. Bozor tamoyillari bo’sh rivojlangan
iqtisodiyotlarda proteksionimzmni bartaraf qilish resurslarning eksportga
yo’naltirilishiga emas, ulardan to’la foydalanmaslikka olib keladi.
38
Yaponiya o’z bozorlarini himoya qilish uchun juda baland tariflar va qat’iy
kvotalar o’rnatmadi. Ammo ko’plab “norasmiy” choralar qo’llandi. Mamlakatda
davlat chet elliklar uchun murakkab bo’lgan savdo tizimini ko’plab cheklovchi
qoidalar , andozalar, sifat tavsiyalari va hokazolar horijiy raqobatchilarning
mamlakat ichkarisidagi bozorlarga kira olmasliklarini ta’minlash uchun
“g’amxo’rlik qildi”. Mamlakatda ko’pchilik kompaniyalar davlatdan yoki davlat
yordamida imtiyozli kredit oldilar, kreditlar berishda “norasmiy” tarzda firmalar
chet el tovarlarini imkon boricha sotib olmasliklari ko’zda tutildi. Yaponiya
importni qiyinlashtirish uchun banklar bilan turli kelishuvlar, ruxsatnomalar va
shunga o’xshash boshqa “norasmiy” cheklovlardan foydalandi. Aholi o’rtasida
37
“I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbekiston, 1999. 35-36-betlar.”
38
Agosin M.R. Trade policy reform and economic perfomance: empirical experience // Trade
and Growth 1999
- 64 -
ham, jumladan ommaviy axborot vositalari yordamida chet elda ishlab
mahsulotlarni sotib olmaslik to’g’risida keng targ’ibot ishlari olib borildi.
Shunday qilib, hozirgi zamon nazariyalari va jahon tajribasi davlatning
iqtisodiy rivojlanish va eksportga yo’naltirilganlikni ta’minlashda ko’p funksiyali
va muhim rol o’ynashini ta’kidlaydi.
O’zbekiston tashqi iqtisodsiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon
iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo’naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda jahon
tashribasidan xususan Yaponiyaning eksportni hukumat tomonidan qo’llab-
quvvatlash, eksportchilar uchun imtiyozlar berish, qulay shart-sharoitlar yaratish
borasida chora tadbirlari va davlat dasturlaridan imkon va sharoitlardan kelib
chiqqan holda foydalanish yanada yuqori samara berishi mumkin. Bundan tashqari
O’zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat bo’lib uning xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda Yaponiya qo’llagani kabi tayyor mahsulot eksporti orqali ham Jahon
bozorida O’zbekiston reytingini yanada yuroqi darajalarga ko’tarilishini ta’minlash
mumkin. Bu esa o’z navbatida O’zbekiston-Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalarini
yanada rivojlantirishga zamin bo’la oladi. Chunki Yaponiya hozirda hom-ashyo
import qilishdan tayyor maxsulot import qilishga o’tgan. Bu borada O’zbekiston
Prezidenti I.A.Karimov: “Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib
ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq
qutulib, tayyor raqobatdosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar
yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak”
39
,
deb ta’kidlagan edi.
Hozirda O’zbekiston jahon bozorida o’zining o’rniga ega bo’lib uning
eksport salohiyata yil sayin o’sib bormoqda, buni quyidagi rasmda yaqqol
ko’rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |