Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamlakatshunoslik


O’zbekiston – Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#244756
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
globallashuv sharoitida yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalarining oziga xos jihatlari

3.2. O’zbekiston – Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish 

imkoniyatlari 

 

Yaponiya dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatdan biri hisoblanadi. Iqtisodiy 



va ilmiy-texnikaviy salohiyati jihatidan AQSHdan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. 

Shu  bois  ushbu  davlat  bilan  yaqin  hamkorlik  aloqalarining  o’rnatilishi 

Konstitutsiyamiz  talablariga  to’liq  mos  keladi  va  mamlakatimizda  zamonaviy 

sanoat industriyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.  

O’zbekiston  va  kunchiqar  yurt  xalqlarining  do’stlik  rishtalari,  savdo  va 

madaniy  aloqalarining  tarixi  Buyuk  Ipak  yo’li  davrining  boshlanishiga  borib 

taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko’hna 

poytaxti  Nara  shahri  bo’lib,  2010  yilning  oktyabr  oyida  ushbu  shaharning  1300 

yilligi  keng  nishonlandi.  Kushon  davlatining  eng  e'tiborli  dinlaridan  biri  bo’lgan 

buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O’zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik 

O’rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va 

Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o’rtasidagi umumiy 

tarixiy  ildizlarning  mavjudligiga  dalildir.  Yaponiyaning  mashhur  musavviri, 

Toshkent  shahrining  faxriy  fuqarosi  Ikuo  Xiroyamaning  “agar  Yaponiya 

buddaviylik  madaniyatining  sharqiy  tomoni  bo’lsa,  u  holda  ko’hna  O’zbekiston 

zamini uning g’arbiy tomonidir”, degan so’zlari muhim ahamiyatga egadir.  

Xalqlarimiz  o’rtasidagi  uzoq  o’tmishga  borib  taqaluvchi  yaqin  aloqalar 

O’zbekiston  bilan  Yaponiya  o’rtasidagi  samarali  hamkorlikning  muhim  omili 

sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.  

Yaponiya  O`zbekiston  mustaqilligini  1991  yil  28  dekabrida  tan  oldi.  1992 

yil 26 yanvarda diplomatik munosabatlar o`rnatildi.  

Mustaqillik  e'lon  qilingandan  so’ng  O’zbekiston-Yaponiya  munosabatlari 

sifat  jihatdan  yangi  pog’onaga  ko’tarildi.  1994  yilning  may  oyida  O’zbekiston 

Prezidenti  Islom  Karimovning  Yaponiyaga  uyushtirgan  dastlabki  rasmiy  tashrifi 

o’zaro  ishonch  va  ikki  mamlakat  xalqlarining  ma'naviy  qadriyatlariga  nisbatan 

hurmatga asoslangan do’stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor 

yaratdi.  



- 60 - 

 

Mamlakatimiz  Prezidentining  2002  yil  iyul  oyida  Yaponiyaga  uyushtirgan 



ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida do’stlik, 

Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi. Hujjatda 

tomonlarning  do’stona  munosabatlar  va  strategik  sheriklikni  tenglik,  o’zaro 

hamjihatlik  tamoyillariga  muvofiq  va  xalqaro  huquqning  umume'tirof  etilgan 

me'yorlari  asosida  rivojlantirishga  tayyorligi  o’z  ifodasini  topgan.  Savdo-sotiq, 

sarmoyalar,  ta'lim  va  boshqa  sohalardagi  aloqalarni  kengaytirish  ustvor  vazifa 

sifatida belgilagan.  

yil  8-10  fevralda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 

Yaponiyaga  rasmiy  tashrifi  paytida  Qo`shma  bayonot  va  3  ta  memorandum: 

iqtisodiy  hamkorlik  to`g`risida;  Tashqi  ishlar  vazirliklari  o`rtasida  hamkorlik 

to`g`risida  va  O`zbekiston  Respublikasining  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  savdo  va 

investitsiya  vazirligi  va  Yaponiyaning  Iqtisod,  Savdo  va  Sanoat  Vazirligi  (ISSV) 

o`rtasida tashqi savdo va investitsiyalarni rivojlantirish to`g`risida, shuningdek ikki 

mamlakatning  xo`jalik  sub`yektlari  o`rtasida  18  ta  shartnoma  va  memorandumlar 

imzolandi. 

Iqtisodiy  hamkorlikka  doir  1994  yilda  tuzilgan  O’zbekiston-Yaponiya  va 

Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa 

qo’shib  kelmoqda.  Ushbu  ikki  qo’mita  tomonidan  doimiy  ravishda  o’tkazib 

kelinayotgan  qo’shma  tadbirlar  doirasida  savdo-iqtisodiy  hamkorlikka  doir  keng 

qamrovli  masalalar  muhokama  etiladi  hamda  O’zbekiston  bilan  Yaponiyaning 

ushbu  yo’nalishlardagi  aloqalarini  chuqurlashtirishga  oid  aniq  takliflar  o’rtaga 

tashlanadi.  1999-2001  yillar  davomida  Toshkentda  Yaponiyaning  xalqaro 

hamkorlik  bo’yicha  agentligi  (LSA)  va  Yaponiya  tashqi  savdo  tashkilotining 

(JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg’araz texnik yordam ko’rsatish, 

ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o’rtasida aloqalar o’rnatish 

va  gumanitar  sohadagi  hamkorlikni  rivojlantirish  borasidagi  loyihalarni  amalga 

oshirishga xizmat qiluvchi O’zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.  

O’zbekiston  va  Yaponiya  turli  xalqaro  ahamiyatga  molik  vazifalarni  hal  etishda 

yaqindan  hamkorlik  qilib  kelmoqda  va  dunyo  siyosatining  ko’plab  masalalarida 



- 61 - 

 

o’xshash  nuqtai-nazarga  ega.  O’zbekiston  Yaponiyaning  BMT  Xavfsizlik 



Kengashining  doimiy  a'zoligiga  qabul  qilinishini  qo’llab-quvvatlaydi.  Yaponiya 

o’z  navbatida  Prezident  Islom  Karimovning  O’rta  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli 

hududni tashkil etishga oid taklifini ma'qullagan.  

O’zbekistonda  Yaponiya  sarmoyasi  ishtirokida  ko’plab  yirik  loyihalar 

hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui”, “Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va boshqa 

shu  kabi  yirik  yapon  korporatsiyalarining  vakolatxonalari  ochildi.  Iqtisodiyot 

yo’nalishidagi  so’nggi  muvafaqqiyatli  hamkorlikning  yorqin  misollaridan  biri 

sifatida  Samarqand  avtomobil  zavodida  “Isuzu”  rusumli  avtobus  va  yuk 

mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko’rish mumkin.  

Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari 

amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida 

yaqinda  qurib  bitkazilgan  “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on”  yangi  temir  yo’l 

yo’nalishini sanab o’tish o’rinlidir.  

Ikki  davlat  o’rtasida  sarmoyalar  kiritish  bo’yicha  shartnomaviy-huquqiy 

asosni  mustahkamlash  ishlari  davom  etmoqda.  2009  yil  sentyabr  oyida 

“Sarmoyalarni  liberalizatsiya  va  o’zaro  himoya  qilish  hamda  rag’batlantirish 

to’g’risidagi”  hukumatlararo  kelishuv  kuchga  kirdi.  O’zbekiston  va  Yaponiya 

o’rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya 

qilishni  moliyalashtirishga  mo’ljallangan  300  million  AQSh  dollari  miqdoridagi 

mablag’ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 

30  foizdan  50  foizgacha  oshirish  hamda  uglerodlar  emissiyasini  qisqartirish 

imkonini yaratadi.  

Iqtisodiy 

taraqqiyotda 

muvafaqqiyatlarga 

erishgan 

ko’pgina 

mamlakatlarning  tajribasi  bu  yutuqlarga  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  tufayli 

erishilganini ko’rsatmoqda.  Hozirgi kunda  O’zbekiston  Respublikasi ham  jamiyat 

hayotining barcha sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan 

tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov 

bu  tadbirlarning  zarurligini  qayta-qayta  ta’kidlaydi:  “Men  oddiy  bir  haqiqatni 

barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – 



- 62 - 

 

2,0



2,0

3,0


2,5

0,4


-0,7

0,7


1,2

-2,6


-5,2

-4,9


-4,7

2,9


3,9

1,7


3,6

1,7


-0,4

0,8


3,0

1,8


2,0

0,7


0,7

-6,0


-4,0

-2,0


0,0

2,0


4,0

6,0


АҚШ

Япония


Буюк Британия

Германия



Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish