N. Shodiev, B. Muranov, Sh. Axmedova. Pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati. O’quv-uslubiy qo‘llanma



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#243780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
pedagogik jarayonda testlardan foydalanish uslubiyati

KIRISH 

 

Mamlakatimizda  sodir  bo„layotgan  tub  ijtimoiy-iqtisodiy 

o„zgarishlar  ta‟lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirishni,  unga 

jadallashtiruvchi usullarni joriy qilishni taqozo qilmoqda. 

Ma‟lumki,  xorijiy  mamlakatlarda  ta‟lim  jarayonini 

takomillashtirishda,  yuqori  bosqichlarga  ko„tarilishida  uning 

moddiy-texnika  bazasini  kuchaytirish  bilan  bir  qatorda  turli 

bosqich  (umumiy    ta‟lim  va  hunar  maktablari,  o„rta  maxsus  va 

oliy  o„quv  yurt)larida  ta‟lim  olayotgan  o„quvchi  yoshlarni  bilim, 

ko„nikma va malakalarini tekshirish, hisobga olish va baholashda 

keng  qo„llanilayotgan  progressiv  uslublarning    ham  hissasi 

kattadir. 

Bu o„rinda biz ta‟lim natijalarini baholashning 12 ballik, 100 

ballik  shkalalarini,  test  sinovlar  o„tkaazish,  fasetlar,  reyting  ko„p 

ballilik  tizimi  kabi    uslublarni  alohida  ta‟kidlamoqchimiz. 

O„quvchi yoshlarning bilim, ko„nikma va malakalarini tekshirish, 

baholash  va  hisobga  olish  tizimida  hozirgi  kunda  hukm  surib 

kelayotgan  5  ballik  usuli  ta‟lim  oluvchilarning  rivojlanish 

darajasini  aniqlashga,  ularning  o„z  bilimlarini  chuqurlashtirish 

bo„yicha    faoliyatini  samarali  yo„nalishlarini  belgilashga  g„ov 

bo„lib kelmoqda. O„quvchi yoshlar faoliyatini baholashning ushbu 

usulining ta‟siri  o„quv yurtlarida foizbozlikka, yuzakilikka, ta‟lim 

oluvchilar 

o„rtasida 

ijodkorlikning, 

ijodiy 


raqobatning 

yo„qolishiga olib kelganligi, shu tufayli ham uni tobora chuqurroq 

inqirozga uchratib borayotganligi, hech kimga sir emas. 

Test  so„zi  inglizcha  test-sinov,  izlash,  nazorat  qilish  kabi 

ma‟noni  bildiradi.  U  ma‟lum  talablarga  rioya  qilib  tuzilgan 

topshiriqlar  majmui  bo„lib,  uni  sinaluvchi  (o„quvchi,  ishchi, 

mutaxassis)  chegaralangan  vaqt  ichida  bajarishi  kerak.  Odatda, 

testning  bajarilishi  sifatiga  qarab  sinaluvchining  u  yoki  bu 

tavsifnomasi  (o„quvchilarning bilim, ko„nikma va  malakalarining 

chuqurligi, mustahkamligi, ularning bilimga bo„lgan qiziqishlarini 




 

rivojlanish dinamikasi, aqliy qobiliyatining riqojlanish darajasi va 



h.k.) to„g„risida xulosa qilinadi.  

Ma‟lumki,  testlar  sinaluvchilarning  o„quv  faoliyati  bilan 

bog„liq  bo„lgan  barcha  sifatlarni  namoyon  qilishga  imkoniyat 

yaratadi.  Shu  boisdan  ham  test  sinov    usuli  yordamida  o„quv 

jarayonini  ilmiy  boshqarishga-ta‟lim  oluvchilarning  o„quv 

faoliyatini  uzluksiz  nazorat  qilishga  va  uning  natijalariga  mos 

ravishda  ta‟lim  tizimiga  tegishli  o„zgartirishlarni  kiritishga  keng 

yo„l ochib bermoqda.  

Test 

uslubiyati 



yordamida 

o„quvchilarning  shaxsiy 

xususiyatlarini  o„rganish  asosida  ularning  aqliy  taraqqiyotini, 

bilish  qobiliyatini  namoyon  qilish,  kelajakda  ularning  rivojlanish 

dinamikasini oldindan bashorat qila olish hamda uning yordamida 

keng  ilmiy  tadqiqotlarni  olib  borish  uchun  katta  imkoniyatlar  

mavjudligi, mazkur usulni nazariy bilim, malaka va ko„nikmalarni  

Hozirgi  kunda  respublikamizda  test  sinov  o„tkazish  usuli 

o„quvuchilarning  bilim,  ko„nikma  darajalarini  aniqlash,  ularni 

turli bosqichlardagi o„quv yurt ( o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi 

va oliy o„quv yurt)larga qabul qilish, yoshlarni ishga joylashtirish, 

ishchi va mutaxasislarning  kasb mahoratini aniqlash va h.k. kabi  

ishlarni amalga oshirishning tarkibiy qismi bo„lib qoldi. 

Haqiqatdan ham test sinov usuli qator pedagogik vazifalarni  

ilmiy  asosda  hal  qilishda  keng  qo„llanilmoqda.  Jumladan,  1991-

1992 


o„quv 

yilidan 


boshlab 

respublikamiz 

Vazirlar 

Mahkamasining  qaroriga  muvofiq  oliy  o„quv  yurtlariga 

abiturietnlarni    qabul  qilish  test  sinov  usuli    natijalariga  qarab 

amalga oshira boshladi. Turli viloyatlarda o„quvchilarni akademik 

litsey,  kasb-hunar  kolleji  va  h.k.  oliy  o„quv  yurtlariga  test  sinov 

usulida qabul qilish ham odat tusiga kirib qoldi. 

Test  sinov  usulini  an‟anaviy    (yozma  ish,  og„zaki  so„rov  va 

h.k.) nazorat qilish va baholash usullari o„rtasida o„ziga xos o„rin 

egallay  boshlashi  va  unga  mamlakatimiz  miqyosida  katta  e‟tibor  

berilishini ijobiy bir hodisa deb qarash zarur bo„ladi. 

O„quvchi  yoshlarning  bilim,  ko„nikma  va  malakalarining 

rivojlanish  darajalarini  nazorat  qilish  va  baholashda    test  sinov 




 

usulini tobora keng qo„llanishi munosabati bilan bu ishni didaktik-



uslubiy ta‟minlashga tayyorgarlik saviyalari turlicha bo„lgan keng 

o„qituvchilar  jamoalarini  jalb  qilinishi  tabiiydir.  Bu  ahvol,  ba‟zi 

hollarda  test sinov usuli to„g„risida  keng pedagogik jamoatchilik 

o„rtasida  noto„g„ri  tasavvurlarni-mazkur  usulga  xos  bo„lmagan 

sifatlarni  bo„rttirib  ko„rsatishga,  uni  ta‟lim  sohasida  to„planib 

qolgan  barcha  muammolarni  bir  lahzada    hal  qilib  beruvchi 

universal  vosita  deb  qarashga    va  h.k.  intilishlarning  vujudga 

kelishiga sabab bo„lmoqda. 

Ammo, shuning bilan birgalikda testologlar (test tuzuvchilar 

va foydalanuvchilar) turli xildagi testlarni tuzishlarida, amaliyotga 

joriy  qilishlarida  “Oddiydan  murakkabga”,  “Osondan  qiyinga” 

kabi tamoyillar asosida ta‟lim topshiriqlarini tuzishda ba‟zi jiddiy 

muammolarga  duch  kelmoqdalar.  Masalan,  nazariy  bilimlarni 

o„zlashtirish  darajalarini  aniqlash  testlari  bilan,  amaliy  ko„nikma 

va  malakalarni  rivojlanganlik  va  takomillashganlik  darajalarini 

aniqlash testlarini keskin bir-biridan farqlab bo„lmaydi va h.k. 

Ushbu  qo„llanma  test  sinov  usulini  ta‟lim  jarayoniga  joriy 

qilish  munosabati  bilan  vujudga  keladigan  muammolarning 

ayrimlarini hal qilish yo„larini yoritishga qaratilgan. 

 

 



 

 


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish