233
sarfi deyiladi. Sarf o’lchaydigan asboblar oniy sarfni o’lchaydi
va texnologik
rejimlar ishini nazorat qilishga, texnologik jarayonning har bir onda avtomatik
ravishda rostlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi - l/s, m 3 /s, m 3 /soat. Massa sarfi esa - kg/s, kg/soat,
t/soat da o’lchanadi. Modda miqdorini o’lchaydigan
asboblar hisoblagichlar
deyiladi.
Hisoblagichlar o’zlaridan o’tgan modda miqdorini o’lchaydi. Modda miqdori
litr, m
3
yoki kg, tonna birliklarida ifodalanadi.
Sanoatda suyuqlik, bug, gazlarning sarfini o’lchashda turli sarf o’lchagichlar
ishlatiladi. Masalan, bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlari. Sarfni bunday
usul bilan o’lchashda suyuqlik yoki gaz o’tayotgan trubkada kichik diametrli to’siq
–diafragma yoki saplo o’rnatishi natijasida hosil bo’ladigan
modda statik
bosimning o’zgarishini o’lchashga asoslangan.
1-rasmda ko’rinib turibdiki, to’siqni oldi va orqasidan ∆P bosimlar farqi hosil
bo’ladi va ∆ P modda sarfini ulchovi bulishi mumkin. ∆ P=P
1
-P
2
1-rasm. Bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagich
Sarfni son qiymati esa difmonometr o’lchagan ∆P bo’yicha aniqlanadi.
To’siqlar sifatida qo’llaniladigan
diafragma, saplo
va venturi saplolari davlat
standarti asosida tayyorlanadi. Bunday sarf o‘lchagichlar sodda, arzon, universal
va ishonchlidir.
Bosimlar farqi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar - ratometrlar laboratoriya va
sanoatda keng ishlatiladi. Ishlash prinsipi o’lchanayotganda
muhit oqimining
pastdan yuqoriga o’tishida konussimon naycha ichiga joylashgan qalqovichning
vertikal siljishiga asoslangan. Ratometrlarda masofaga
signal uzatish uchun
elektrik va pnevmatik sistemalardan foydalaniladi.
Elektr sistema yordamida
masofaga signal uzatish uchun mo’ljallangan ratometrning
ishlash prinsipi
quyidagicha.
Differensial transformatorning temir o’zagi ratometr qalqovichdagi shtok
bilan mexanik boglangan. Sarf o’zgarishi bilan qalqovich temir o’zakni suradi.
Natijada transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi elektr yurituvchi kuch ham
o’zgaradi. Transformator bilan o’tgazgich orqali ulangan voltmetrning shkalasi
sarfini ulchash uchun darajalangan bo’ladi.
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar. Ishlash prinsipi tashqi magnit
maydon ta’sirida elektr tokini o’tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo’lgan EYUK
234
ni o’lchashga asoslangan. EYUK ning qiymati, magnit maydoni o’zgarmas bo’lgan
quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
E=B. D. V
Bu yerda: V – magnit induksiya, D – quvurning ichki diametri, V – oqimning
o’rtacha tezligi. Agarda tezlikni hajmiy sarf orqali ifodalasak,
Bu formuladan EYUK ning qiymati sarfga to’g’ri proporsional ekanligi kelib
chiqadi. Induksion sarf o‘lchagichlar elektr o’tkazgich qobiliyati yuqori bo’lgan
suyuqliklarda ishlatiladi.
2-rasm. Induksion sarf o‘lchagich
2-rasmda induksion sarf o‘lchagich sxemasi keltirilgan. Hajm hisoblagichlari.
ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga (porsiya) bo’linib
sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo’li bilan sarflanayotgan modda
miqdorini aniqlashga asoslanadi. Sarflanayotgan porsiyalar soni yigindisi hisoblash
mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza suyuqli k va
gazlar miqdorini aniqlashga mo’jallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: