“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -18-
kompyuterda saqlanuvchi hamma tillar uchun translyatorga ega bo‘lganlar.
Foydalanuvchilar nuqtai nazarida dasturiy ta‘minlash tekin edi.
1969 yilda IBM va boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining apparat
va dasturiy mahsulotlariga alohida narxlar belgilanganlaridan keyin vaziyat o‘zgardi.
Dasturiy ta‘minot bilan apparat ta‘minotining bunday ajratilishi foydalanuvchilarga
o‘zlarining ehtiyojlari bo‘lgan va qadrlagan dasturiy ta‘minotgagina investisiya
qilishlariga imkoniyat yaratdi. Masalan, hozirgi paytda xaridorlar o‘zlari uchun zarur
bo‘lgan til bo‘yicha translyatorlarnigina sotib oladilar. Sotib olingan kompyuterlarda
esa barcha translyatorlar qo‘llab-quvvatlanmaydi. Bu ko‘plab dasturchi firmalarning
yaratilishiga olib keldi va dasturiy ta‘minotning mustaqil industriyaga aylanishiga
sabab bo‘ldi.
Uchinchi avlod tomonidan kiritilgan yana bir muhim tushuncha kompyuterlar
oilasining teskari bir biriga mosligi bo‘ldi. Bu davrda IBM o‘z tizimida 360 tizimini
teskari moslik bilan taqdim eta olardi, chunki o‘sha mashina tiliga asoslangan
meynfreymlar tizimining turli o‘lchamlari edi. Bu korxonalarga priferiya jihozlariga
va yangi tizimlarini ishga tushirish va dasturlarni modifikasiyalashga sarf-xarajat
qilmasdan o‘z kompyuterlarini modernizasiyalash imkonini berdi.
Uchinchi avlod davrida mini EHMlarni ishlab chiqish va joriy etishga ham joy
ajratilgan. 1960-yillarning boshiga qadar qurilgan kompyuterlar universal tizimda
bo‘lib, faqat eng yirik kompaniyalarigina ularni sotib olish va foydalanish imkoniga
ega edi. Darvoqe, Meynfreymlar uchun katta tez va o‘ta qimmat tizimlar tomonidan
qoldirilgan bo‘shliqni to‘ldirish uchun uncha qimmat va katta bo‘lmagan
kompyuterlarga talab mavjud edi. Bir qancha novatorlar bu ehtiyojni tan oldilar va
1960 yillarda uncha katta bo‘lmagan kompyuterlar ishlab chiqarish uchun yangi
firmalar yaratdilar. 1965 yilda Digital Equipment Corporation (
DEC
) birinchi tijorat
uchun imkoniyatli bo‘lgan minikompyuterlar
PDP
-8ni chiqardi (Programmed Data
Processor). Uni xonaning burchagiga osongina joylashtirsa bo‘lar va kompyuter
operatoridan to‘liq ish kuni talab qilmas edi. U taqsimlangan vaqt operasion
tizimidan foydalanar va shu binoning o‘zida bir necha foydalanuvchi har xil joydan
undan foydalanishga imkoniyat yaratar edi. Uning qiymati meynfremlar an‘anaviy
tizimi qiymatining chorak qismi atrofida bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan kompaniyalar
ham kompyuter sotib olish imkoniyatiga ega edi. Bu biznes va ilmiy maqsadlar uchun
uncha katta bo‘lmagan kompyuterlarga talab mavjudligini tasdiqladi va 1971 yilda
bozorda 25 dan ortiq minikompyuter ishlab chiqaruvchilar mavjud edi.
Uchinchi avlod kmpyuterlarining o‘ziga xos tomonlari quyidagilar hisoblanadi.
1. Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatdi edi. Ular
sekundiga 1 mln.ga yaqin operasiyalarni bajarishga qodir edi.
2. Ular ikkinchi avlod kompyuteriga nisbatan kichik shuning uchun kamroq joy
talab qilardi.
3. Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) talab
qilar va kam issiqlik tarqatar edi. Uchinchi avlod kompyuterlari joylashtirilgan bino
avvalgidek kondisioner bilan jihozlanishi zarur.
4. Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq va apparatlarning
to‘xtab qolishga moyiligi kam xizmat ko‘rsatish qiymati ancha arzon edi.