“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -17-
Dasturiy ta‘minot, yuqori darajadagi dasturlash tillarini standartlashtirish,
taqsimlangan vaqtli operasion tizimlari, dasturiy ta‘minlashni apparat vositalaridan
ajratib qo‘yish shuningdek mustaqil dasturlash industriyasini yaratish bularning
hammasi uchinchi avlod davrida yuz berdi. O‘sha kunlarda FORTRAN va COBOL
yuqori darajali dasturlashtirishning eng ommalashgan tili bo‘ldi. Ularni 1966 yilda va
1968 yilda mos holda Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) standartlashtirdi,
standartlashtirilgan versiyalar esa ANSI FORTARAN va ANISI COBOL deb ataldi.
Buning mohiyati shunda ediki, agar dasturchi dasturni yozishda bu standartlarga amal
qilsa u bu dasturlarni ANSI FORTARAN yoki ANISI COBOL bilan kompilyatorda
har qanday kompyuter ishlata olardi. Uchinchi avlod davrida yana bir qancha yuqori
darajali dasturlashtirish tillari muomalaga kiritildi. Ularning orasida PL/1, PASCAL
va BASIC alohida o‘ringa egalladi.
Ikkinchi avlod kompyuterlari paketli ishlov berish operasion tizimidan
foydalangan. Bu tizimlarda foydalanuvchilar o‘z ma‘lumotlari va dasturlarni
tayyorlashlari, keyin esa ularni ishlov berish usun hisoblash markaziga topshirishlari
kerak bo‘lardi. Kompyuter markazidagi operatorlar foylanuvchilarning ushbu ishchi
dasturlarini yig‘ishar va ularni berilgan vaqt intervalida paketlarda kompyuterga
kiritar edilar. Foydalanuvchilar kompyuter markazidan o‘z ishlarining echimini
qog‘ozga bosilgan holda olar edilar. Ma‘lumotlarga paketli ishlov berishga bunday
yondashuv natijasida ayrim foydalanuvchilar ayniqsa dasturchilar uchun majburiy
ushlanib qolish murakkabliklar yaratardi, chunki ular dasturdagi bir nechta xatoni
topish va tuzatish uchun kunlab kutishga majbur edilar. Bu vaziyatni tuzatish uchun
Dartmund kolejidan Jon Kemeni va Tomas Kurs taqsimlangan vaqtlarda ishlovchi
operasion tizimlar konsepsiyasini (OS) taqdim etdi. Taqsimlangan vaqtlarga
ajratilgan OS bir necha foydalanuvchiga kompyuterga tez kirish imkoniga ega bo‘ladi
va har bir foydalanuvchi uchun kompyuterdan resurslaridan boshqalar ham
foydalanayotganligini his qilmagan holda bir vaqtda foydalanishga imkon beradi.
Bunga kompyuterga bir vaqtda birgalikda ulangan ko‘p sonli nisbatan past tezlikda
ishlovchi mustaqil onlayn terminallardan foydalanish tufayli erishiladi. Har bir
foydalanuvchi kompyuterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishi uchun aloxida terminaldan
foydalanadi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan operasion tizim prosessorning vaqtini
shunday taqsimlaydiki, bunda o‘z navbatida hamma foydalanuvchilar dasturi
prosessor vaqtining bir qismiga (vaqt kesimi sifatida ma‘lum) ega bo‘ladi.
Prosessorning ishlash tezligi unga bir foydalanuvchining ishidan ikkinchisinikiga tez
izchillikda o‘tish va to ish tugamaguncha qadar vaqtning ajratilgan kvantida har bir
topshiriqning uncha ko‘p bo‘lmagan qismini bajarishga imkon beradi. Har bir
foydalanuvchi ―kompyuterda bir o‘zim ishlayapman‖ degan hayolda bo‘ladi. Vaqtni
ajratish tartibi konsepsiyasini joriy etish dasturchilar ish unumdorligini ancha
oshirishga
va
aviabiletlarni,
so‘rovnomalar v.b.larni interfaol tizimlarini
rezervlashtirish tizimi sifatida on-layn ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi.
1965 yilga qadar kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‘z uskunalarini barcha
dasturiy ta‘minlanish bilan birga sotishar, dasturiy ta‘minlash uchun alohida haq
olmas edlar. Masalan, xaridorlar o‘zlari sotib olgan kompyuterlari bilan birga