“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -23-
tezligi va tezkor xotira va qattiq disk o‘lchami deyarli har o‘n sakkiz oyda ikki
martaga ko‘paymoqda edi. Natijada uchinchi va to‘rtinchi avlod tizimining katta
meeynfreymlarida topilgan ko‘pgina funksiyalar beshinchi avlod mikroprosessori
arxitekturasining bir qismi bo‘lib qoldi. Oxir oqibat bu arzon narxlaridagi o‘ta kuchli
va qulay kompyuterlarga va meynfreymlar uchun an‘anaviy katta tizimlarning
tugashiga yo‘l ochdi. Oxirgi vaqtlarda prosessorlar ishlab chiqaruvchilar ancha kuchli
(tez) bir yadroli prosessorli chiplar o‘rniga ko‘p yadroli prosessor chiplari tayyorlay
boshladilar. Ko‘p yadroli chiplar parallel ravishda katta ishlarga ishlov bergani
hisobiga umumiy ish unumdorligini oshirdilar.
Kompyuter texnologiyasi sohasidagi harakatlar sur‘atining tezligi munosabati
bilan biz hao yil hatto arzonroq narxlarda ham yanada qulay va kuchli kompyuterlar
ishlab chiqarilayotganini ko‘rmoqdamiz. Ularning orasidan portativ noutbuklarni
alohida ta‘kidlamoq lozim. Ular o‘z foydalanuvchilari uchun hatto sayohatlarda ham
hamroh bo‘laoladi, kuchli stol PK va ishchi stansiyalari, kuchli serverlar, kuchli
supurkompyuterlar
va
cho‘ntak
kompyuterlari
shular
jumlasidandir
(kompyuterlarning bu turlari bilan batafsilroq tanishish uchun 20-bobga qarang).
Ma‘lumotlarni saqlash texnologiyasi ham rivojlandi: yaqinda joriy etilgan
tizimlardagi katta tezkor xotira va disk xajmi shular jumlasidandir. Hozirgi paytda
PKlarning tezkor xotiraning bir qancha gigabaytiga (GB) va qattiq diskning 80 dan
320 gigabaytgacha (GB) sig‘imlisi juda keng tarqalgan. Bundan tashqari 4 dan 64
gigabaytgacha tezkor xotiraga ega ishchi stansiyalar va qattiq diskning bir necha yuz
gigabayt sig‘imlilari oddiy xol hisoblanadi. RAID texnologiyasi (Redundant Arrag of
Inepensive Disks – uncha qimmat bo‘lmagan disklar massivi) anchagina disklar
yig‘indisini bitta katta disk sifatida ko‘rsatadi. U shu tarzda katta ishonchlilik bilan
ko‘proq joy taklif qila oladi. Beshinchi avlod davrida optik disklar (kompakt-disk
sifatida ma‘lum) ommaviy portativ tashuvchilar ga aylandi.
Yirik ko‘lamli tizim s ohasida beshinchi avlod parallel qayta ishlov berish
texnologiyasiga asoslangan yanada kuchli supurkompterlar paydo bo‘lganini ko‘rdi.
Ularda bir necha prosessorlardan foydalanilgan va bu parallel kompyuterlar ikki turda
– hamkorlikda foydalaniladigan xotirali va taqsimlangan xotiralidir. Parallel
kompyuterning umumiy xotirasida yuqori tezlikli shina yoki aloqa tarmog‘ini bir
necha prosessor umumiy tezkor xotiraga biriktiradi, taqsimlangan xotirali
kompyuterda esa parallel aloqa tarmog‘i har biri o‘z xotirasiga ega bo‘lgan bir necha
prosessorga birlashtiradi. Bu tizimlar masalani mayda masalalarga bo‘lish va ularni
parallel ravishda tizimning bir necha prosessorida bajarish uchun parallel
dasturlashtirish usulidan foydalanadi. Ishga tushirish mexanizmi prosessorlari parallel
kompyuterda aloqa uchun hamkorlikda foydalaniladigan xotiradan foydalanadi, bu
paytda taqsimlangan xotirali parallel kompyuter aloqa uchun xabarlarni uzatish
mexanizmidan foydalanadi. Parallel kompyuterlarning taqsimlangan xotirasi
hamkorlikda foydalaniladigan parallel kompyuterlar xotirasiga nisbatan yaxshilangan
ko‘lamlilikka ega (uning xususiyati yanada ortib borishi mumkin) va yuqori
tezlikdagi kommunasiyalanadigan tarmoqni ko‘llash bilan kuchli ishchi stansiya bilan
birga qurilgan. Bu klasterli texnologiya hisoblanadi.