“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -20-
tasniflari (spesifikasiyasi) dan foydalanib, o‘zlarining keng ommaga ma‘lum bo‘lgan
IBM birgalikdagi xususiy kompyuterlarini yoki klonlarini yaratdilar. IBM PC va
uning klonlari to‘rtinchi avlod davomida PK industrisida ommaviy standartga
aylandi.
To‘rtinchi avlodda magnit o‘zakdagi yarim o‘tkazguvli ma‘lumot yig‘uvchilar
o‘rnini katta xajmdagi qisqa murojaat vaqtiga ega bo‘lganlari bilan almashdi. Qattiq
disklar arzon, xajmi kichik va quvvati yuqori bo‘lib qoldi. Magnit tasmalarga
qo‘shimcha ravishda qayishqok disklar dasturlarni va ma‘lumotlarni bir kompyuter
tizimidan boshqasiga o‘tkazishda portativ tashuvchi sifatida ommalashdi.
To‘rtinchi avlod davrida yirik ko‘lamli kompyuter tizimi sohasida ham sezilarli
siljishlar bo‘ldi. To‘rtinchi avlod meynfreymlar tizimiga yaxshilanishlarga
qo‘shimcha ravishda vektorli va simmetrik multiprosessorli texnologiyalar asosidagi
superkompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan o‘zini ko‘rsatdi. Parallel vektorli ishlov
berish texnologiyasi asosida qurilgan superkompyuter yuqori o‘tkazish xususiyatiga
ega tarmoqning nostandart koordinata kommutatori orqali xotiraning umumiy
moduliga yuqori tezlikda murojaat qiluvchi qator xotira uskunalari bilan bog‘liq
nostandart vektorli prosessorlarning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdoriga ega bo‘ladi.
Boshqa tomondan, ko‘p prosessorli simmetrik texnologiyalar asosida qurilgan
superkompyuterda yuqori tezlikdagi shinalar yoki kommutatorning ko‘nadalang
tarmog‘i orqali umumiy xotiraga ulangan seriyali mikroprosessorlardan
foydalaniladi. Birinchi kategoriyali superkompyuterlar ishlab chiqaruvchilarga Gray
Research va ETA Sistems ni, oxirgi kategoriyalarga IBM, Silicon Graphies va Digital
Equipment Corporationni kiritish mumkin.
To‘rtinchi avlod davomida, yuqori tezlikda ishlovchi gi kompyuter tarmoqlari
ham yaratildi. Bu bir necha kompyuterlarni o‘zaro muomala qilish va ma‘lumot
almashish uchun birgalikda ishlashiga imkon berdi. Lokal hisoblash tarmoqlari
(LHT) kompyuterlarni tashkilot yoki universitet shaharchasi ichida ommaviylashdi.
Aynan shu tarzda global tarmoqlar ham (WAN) katta masofalarda joylashgan
kompyuterlarni ulash uchun ommalashdi. Bular kompyuter tarmoqlari va
taqsimlangan tizimlarga olib keldi.
Dasturiy ta‘minot sohasida to‘rtinchi avlodning yangi texnologiyalariga mos
holda, ayrim yangi ishlanmalar ham paydo bo‘ldi. Masalan, dasturchilar xususiy
kompyuterlar uchun bir qancha operasion tizim ishlab chiqdilar. Ularning orasida
MS-DOS, MS-Windows va Apple kompaniyasidan firmaga oid Mac OS tizimlari
mashhur edi. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida malakasi bo‘lmagan
odamlarga mo‘ljallanganligi uchun kompaniyalar ancha do‘stona foydalanuvchi
grafik interfeysini (GUI) ishlab chiqdilar. Foydalanuvchi grafik interfaysi (GUI)
foydalanuvchilar ―sichqoncha‖ yordamida tanlay oladigan belgichalar (rasmlar) va
menyu (tanlov ro‘yxati) dan iborat. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar va
dasturiy ta‘minot ishlab chiquvchilar PKlarni qudratli vositaga aylantirish uchun
shaxsiy kompyuterlar asosida bir qancha yangi takliflar ishlab chiqdilar. Ularning
orasida hujjatlarga, elektron jadvallarga ishlov berishni soddalashtirish imkonini
beruvchi, matnlarga ishlov berishning kuchli paketlari alohida o‘ringa ega bo‘lib, u
ustun va qator ko‘rinishida, tashkil etilgan ma‘lumotlarni hamda grafik paketlar