“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -15-
7. Ular vakuum trubkalarga taqqoslaganda ancha kam issiq tarqatar edilar.
Ikkinchi avlod kompyuterlari tranzistorlardan foydalanib, tayyorlangan edi.
Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatli, ancha ishonchli,
arzonroq, kichik va xarorati pastroq edi.
Ikkinchi avlod kompyuterlari ma‘lumotlarni saqlash texnologiyasida ham
o‘zgarishlarga uchradilar. Ikkinchi avlod kompyuterlarining xotirasi magnitli
o‘zaklardan iborat. Magnit o‘zaklar ferritdan qilingan uncha katta bo‘lmagan
xalqachalar bo‘lib, har qanday yo‘nalishda – soat strelkasi bo‘ylab ham yoki unga
teskari tomonga ham magnitlanishi mumkin. Erkin murojaat qilinadigan katta xotira
(bir necha o‘nlab kilobayt sig‘imga ega) simlar to‘rlarida terilgan bir qancha magnit
o‘zaklarga ega edi.
1957 yilda tadqiqotchilar tez va qulay ikkilamchi axborot tashuvchisi sifatida
magnit lentasi (tasmasi)ni kiritadilar. Keyinroq, shuningdek magnit disklaridagi
axborotlar to‘plovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod
kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar bo‘ldilar. Foydalanuvchilar
avvalgidek dasturlarni va ma‘lumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun
perfokartalardan keng foydalanardilar.
Dasturiy ta‘minotda dasturlashning yuqori darajali tili (masalan, FORTRAN,
COBOL, ALGOL va
SNOBOL
) va operasion tizim partiyalari ikkinchi avlod davrida
yuzaga keldi. Yuqori darajali dasturlashtirish tillari ikkinchi avlod kompyuterlarning
dasturlashtirish va foydalanishni birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan oson qilib
qo‘ydi. Operasion tizimlar paketlarini joriy etish inson aralashuvining kamaytirishga,
tez ishlov berishga, o‘tkazish qobiliyatini oshirishga va ikkinchi avlod
kompyuterlarida ishlashni soddalashtirishga olib keluvchi olib keldi.
Ilmiy hisoblashlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik va sanoat borasida
foydalanuvchilar ikkinchi avlod kompyuterlaridan ish haqini hisoblash, zahiralarini
boshqarish marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish kabi tijorat ilovalari
ma‘lumotlariga ishlov berish uchun yanada ko‘proq foydalandilar.
Ikkinchi avlob kompyuterlaridan foydalanishning qulayligi dasturchilar va
tizimli analitiklarning kompyuterlar dizayni emas, undan foydalanishga ko‘proq
yo‘naltirilgan hisoblashdagi yangi mutaxassisliklarni yuzaga keltiradi. Bu bir qancha
kollejlar va universitetlarga informatika kursi kiritilishiga olib keldi.
Ikkinchi avlod kompyuterlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda
ko‘rinadi:
1. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kamida o‘n marta tez ishlar
edilar.
2. Ular birinchi avlod kompyuterlaridan kichik edilar va kam joy talab qilar
edilar.
3. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam quvvat talab qilar va kam
issiq tarqatar edilar. Ikkinchi avlod kompyuterlari joylashgan binolar avvalgidek
zarur kondisionerlar bilan jihozlashi kerak edi.
4. Ular birnchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha ishonchli, apparaturasi
kamroq buzilar edi.