Chizmachilik


To‘g‘ri chiziq bilan aylana yoyining tutashmasi



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

 To‘g‘ri chiziq bilan aylana yoyining tutashmasi. To‘g‘ri chiziq bilan aylana 
yoyi tutashmasi berilgan chiziqlarga va yoyga tashqi tomoni bilan (12.11-rasm, a
yoki ichki tomoni bilan (12.11-rasm, b) urinishi mumkin. Bu tutashmalarni yasash 
usulini quyidagi misollarda ko‘ramiz. 
Radiusi  R
1
  va  markazi  O
1
  da  bo‘lgan  aylana  hamda  undan  tashqaridagi  AB 
to‘g‘ri chiziq berilgan R radiusli yoy bilan o‘zaro tutashtirish talab qilingan bo‘lsin 
(12.11-rasm, a). 
Buning  uchun  aylana  bilan  AB  to‘g‘ri  chiziq  o‘rasida  AB  to‘g‘ri  chiziqqa  R 
masofada  parallel  qilib  to‘g‘ri  chiziq  o‘tkazamiz.  So‘ngra  aylana  radiusi  R
1
  ga 
berilgan  R  radiusini  qo‘shamiz  va  ularning  yig‘indisi  R+R
1 
bilan  aylana  markazi 
O
1 
nuqtadan  yoy  chizamiz.  Bu  yoy  R  masofada  o‘tkazilgan  to‘g‘ri  chiziq  bilan 
kesishib,  tutashmaning  markazi  O  nuqtani  beradi.  Endi  O  nuqtadan  AB  to‘g‘ri 
chiziqqa perpendikular tushiramiz va bu chiziqlarning o‘zaro kesishgan 1 nuqtasini 
aniqlaymiz. Aylanadagi 2  nuqtani  topish  uchun  O  va  O
1 
markazlar birlashtiriladi. 
Markazlar chizig‘i OO
1
 aylana bilan kesishib 2 nuqtani beradi. Endi O markazdan 
berilgan R radius bilan tutashma  yoyini chizamiz va u to‘g‘ri chiziqqa 1 nuqtada, 
aylanaga 2 nuqtada urinadi. 


54 
 
     12.11-rasm   
 
Radiusi  R
1
  markazi  O
1
  nuqtada  aylana  va  undan  tashqarida  joylashgan  AB 
to‘g‘ri chiziq o‘zaro R radius bilan tutashtirish talab qilingan bo‘lsin (12.11-rasm, 
b).  Tutashma  yoyi  to‘g‘ri  chiziqqa  tashqi  tomondan,  aylana  bilan  esa  ichki  ichki 
tutashma  hosil  qilinsin.  Tutashmaning  R  radiusidan  R
1
  aylana  radiusini  ayrib  (R-
R
1
), shu ayirma kattaligida aylana markazi O
1
 dan yoy chiziladi. Keyin R masofada 
aylana  tomondan  AB  to‘g‘ri  chiziqqa  parallel  to‘g‘ri  chiziq  o‘tkazib,  uning  yoy 
bilan kesishgan O nuqtasi topiladi va bu nuqta tutashma markazi bo‘ladi. So‘ngra 
O  va  O
1
  markazlar  o‘zaro  birlashtiriladi.  OO
1
  to‘g‘ri  chiziq  davom  ettirilsa  u 
aylana bilan kesishib, tutashmaning urinish nuqtasi 1 ni beradi. Agar O markazdan 
AB  to‘g‘ri  chiziqqa  perpendikular  tushirilsa,  ular  bir-biri  bilan  kesishib  2  nuqtani 
beradi.  O  markazdan  berilgan  R  radius  bilan  chizilgan  tutashma  yoyi  aylanaga  1 
nuqtada  ichki  urinma  bo‘ladi,  to‘g‘ri  chiziqqa  esa  2  nuqtada  tashqi  tomonidan 
urinadi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish