32
2-bob.
JAHON IQTISODIYOTIDA INDIKATIV
REJALSHTIRISHNING EVOLYUTSION RIVOJLANISHI VA
TARTIBGA SOLINISHI HAMDA ULARNING HOZIRGI HOLATI
2.1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyusiyasi.
2.2. Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda
prognozlashtirish va rejalashtirishning holati.
2.3. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish
konsepsiyasi.
2.1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyustiyasi
Zamonaviy prognozlar va rejalar o’tmishdagilaridan birinchi galda
asoslash metodologiyasi bilan farq qiladi. Prognozlar va rejalarni asoslash
darajasining oshishi kelajak timisolini ishlab chiqishga nisbatan to’plangan
va bashariyat tomonidan foydalaniladigan ilmiy yondashuv tajribasidan
dalolat beradi. Tajribani ijodiy o’zlashtirish esa – faoliyatning istalgan
sohasida muvaffaqiyat garovidir. Agarda muayyan iqtisodiyotni oladigan
bo’lsak, u holda ushbu sohada prognozlashtirish va rejalashtirish natijalari
iqtisodiy munosabatlar qonunlari va tendenstiyalarini to’g’ri tushunishga,
muayyan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati sharoitlarini yaxshi bilish va
hisobga olishga bog’liq.
O’tgan asrlardayoq bashariyat tomonidan jamiyatning kelajagi
haqida muayyan tasavvurlar shakllantirilgan edi. Hozirgi nuqtai nazardan
ushbu qarashlar sodda (qaloq) hisoblanadi, biroq kuchli falsafiy jihat
ularning bugungi kunda ham dolzarbligini oshiradi. Bunday qarashlar
jumlasiga Lao-Цza, Konfustiy, Platon nazariyalarini kiritish mumkin.
O’rta asrlarda klajak haqidagi tasavvurlarda ijtimoiy-texnik xomhayollar
(utopiyalar)ning kuchli ta’siri (R.Bekon, Spinoza va b.) sezildi. Olamning
umumiy tarqqiyoti va oldindan aytib berilajakligini e’tirof etishda regress
konsepsiyasi va stikllar nazariyasi keng tarqaldi. Taraqqiyot inson ongi
takomillashuvi va tashqi omillar ta’sirining natijasi sifatida tushunildi.
Olamni soddalashtirilgan tarzda tushunish, ya’ni pozitivizm avj oldi, unda
fanning oldindan aytib berish Funksiyasi tahlil va tashxisdan kelib
chiqdigan mantiqiy xulosa sifatida amalga oshirildi.
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan darajasiga
33
erishilishi munosabati bilan utopizm va pozitivizm evolyustiyasidagi
burilish yuz berdi. G’arbiy Evropada bu XIX asrning o’rtalarida,
Rossiyada XIX asrning 80-yillarida, Xitoy, Hindiston va Osiyoning
boshqa mamlakatlarida yanada kechroq sodir bo’ldi.
Hamma vaqt jamiyat rivojini prognozlashtirish bilan bir qatorda
xo’jalik hayoti ham prognoz qilingan. Har qanday tarixiy davrda xo’jalik
yuritish obyektining egasi o’z qarorlarining ehtimoliy oqibatlarini ko’rib
chiqishi lozim edi. Masalan, hosil qanday bo’ladi, uni qanday narxda
sotish va olingan daromaddan qanday foydalanish mumkin.
Albatta, davlat boshliqlari ham o’zining iqtisodiy tasavvurlariga va
ularga erishish vositalariga ega edi. Ko’zlangan hukumdorlik qarorlariga
erishi vositalari jumlasiga jazolar, soliqlar va sovg’alarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi bilan jazolovchi choralardan
bilvosita choralarni qo’llashga o’tish ko’zga tashlandi. Oldinga qo’yilgan
maqsadlarga erishishning iqtisodiy vositalarini shular jumlasiga kiritish
mumkin.
Turli
mamlakatlar
boshliqlarining
o’z fuqarolarining
daromadlariga “ta’sir ko’rsatishi”ning turli choralarini, savdogarlar
huquqlarining tartibga solinishini (ma’lum turdagi tovarlarni mamlakatga
olib kelish va undan olib chiqish uchun ruxsat), birjalar va banklarni
tashkil etish va ularning ishlashini nazarda tutuvchi farmonlari bizga
yaxshi ma’lum. Lekin XX asrning boshidan boshlab iqtisodiy
prognozlashtirish va rejalashtirish imkoniyatlariga nisbatan qiziqish
uyg’ondi. Agar ilgari iqtisodiyot va madaniyatni oldindan aytib ko’rib
bo’lmaydi degan fikr ustunlik qilgan bo’lsa, XX asrning boshiga kelib
insonlar iqtisodiyotda ilmiy oldindan ko’ra olish birinchi galda davlatning
jamiyatga ta’sir etishi uchun, shuningdek firmaning ishlarini boshqarish
uchun ham keng imkoniyatlarni yaratishini tushuna boshlashdi.
Mamlakatimizda sodir bo’lgan voqealar iqtisodiy fikrga katta turtki berdi.
Ushbu bosqichni batafsil ko’rib chiqamiz.
O’z rivojlanishi jarayonida urushdan keyingi davrda indikativ
rejalashtirish aralash iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solishning
turli bosqichlariga mos keluvchi turli shakllar orqali o’tdi. YaIMdagi
davlat xarajatlarining oshishiga qarab byudjetning iqtisodiy o’sish
sur’atlariga va ulushiga ta’sirining kuchayishi bilan bog’liq kon’yunktura
shakli indikativ rejalashtirishning tarixan birinchi shakli bo’ldi.
Iqtisodiyotlarni tarkibiy qayta qurish va ularning jadal rivojlanishi
sharoitida byudjetlarni soliq tushumlarini baholashning asosida yotuvchi
xalq xo’jaligini prognozlashtirish ko’rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish
zarurati paydo bo’ldi. Bu hol o’rta va uzoq muddatli prognozlarning ishlab
34
chiqilishiga olib keldi, masalan, Yaponiyada «Milliy daromadni ikki marta
oshirishning o’n yillik rejasi» (1961–1970), Kanadada «Iqtisodiy o’sish
yo’llarini tanlash» (1976–1985), AQShda Mehnat vazirligining 1986–1995
yillarga mo’ljalangan prognozi shular jumlasidandir. Prognoz faoliyatining
takomillashuvi va murakkablashuviga qarab u byudjetlashdan ham
uslubiy, ham tashkiliy jihatdan ajrala boshladi: agar dastlabki bosqichda
milliy iqtisodiy rejalar (prognozlar) moliya vazirliklarida tuzilgan bo’lsa,
60-yillarning boshidan boshlab maxsus reja organlari (Franstiyada
rejalashtirish bo’yicha Bosh komissariat, Kanadada Iqtisodiy kengash,
Yaponiyada Iqtisodiy maslahat kengashi, Niderlandiyada Markaziy reja
byurosi va h.k.) tuzildi. EIda rejalashtirish tezda milliy darajadan yuqoriga
chiqdi, Ittifoq organlari mintaqa xo’jaligini rivojlantirishning qisqa va
o’rta muddatli dasturlarini tayyorlay boshlashdi va ular asosida milliy
iqtisodiyotlar uchun tavsiyalar tayyorlandi. 1962 yilda «1960–1970
yillarga mo’ljallangan EIni iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari» paydo
bo’ldi, so’ngra 1971-1975 va 1976-1980 yillarga mo’ljallangan o’rta
muddatli iqtisodiy siyosat dasturlari ishlab chiqildi.
Selektiv tarkibiy siyosat doirasida soliq imtiyozlari, imtiyozli
kreditlar va davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlashning boshqa chora-
tadbirlaridan foydalangan holda xususiy korxonalar va hududiy
hokimiyatlarning indikativ rejalarini bajarishga kirishish mos ravishda
indikativ rejalashtirishning tarkibiy shaklini yuzaga keltirdi. Undan
foydalanishda Yaponiya katta muvaffaqiyatlarga erishdi; mamlakat
hududini yalpi rivojlantirishning dastlabki rejasi (1960–1970 yillarga
mo’ljallangan) 1962 yilda paydo bo’ldi. Unda va 1969 yilda qabul qilingan
ikkinchi rejada (1969–1985 yillarga mo’ljallangan) asosiy sanoat
markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda “o’sish polyuslari”ni barpo
etish
konsepsiyasiga
asos
solindi.
Uchinchi
rejaning
asosida
“integrastiyalashgan” joylashtirish konsepsiyasi yotadi, 1987 yilda esa
«Xalqaro uyg’unlikka erishish maqsadida Yaponiya iqtisodiyotining
tarkibini isloh qilish dasturi» yoki «Maekava ma’ruzasi» tasdiqlandi
9
.
Shunday qilib, aniq maqsadga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, shu
jumladan ishlab chiqarishni hududiy faollashtirish chorak asr mobaynida
davlat iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. 80-
yillar boshida yuz bergan moliya tizimini erkinlashtirishdan keyin ham
Yaponiya faol va uzoq muddatli tarkibiy siyosatni amalga oshirishdan voz
kechmadi. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1987 yil 30 iyunda
9
Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических программах
//США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с.
35
tasdiqlangan va joriy asrning oxirigacha bo’lgan davrga mo’ljallngan
«Milliy rivojlanishning to’rtinchi rejasi»da ham avvalgi uchta rejadagi
kabi hayotning barcha sohalarida mamlakatni rivojlantirishning asosiy
maqsadlari ifodalandi. Ushbu maqsadlar ichida eng asosiysi “Davlat
hududini rejali rivojlantirishning mavjud muammolari va uning
xavfsizligini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib uning o’ziga xos
imkoniyatlaridan foydalanishning ko’p qirraligiga erishish, shuningdek
mamlakatning asosiy hududlarida aholi, iqtisodiyot va davlatning
ma’muriy Funksiyalarining haddan tashqari jamlanishiga barham berish
yo’li bilan alohida hududlar o’rtasidagi aloqalarni va xalqaro miqyosda
hamfikrlilikni chuqurlashtirish yo’lida uning hududini rivojlantirishning
multipolyarligiga erishish”dan
10
iborat. Indikativ rejalashtirishning tarkibiy
shakliga nisbatan huddi shunda evolyustiya Franstiyada yaqqol ko’zga
tashlandi: mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, 70-yillarning boshidan
boshlab «indikativ reja jamiyat farovonligini yaratuvchi davlatning rejasi
hamda davlat siyosatiga bog’liq bo’lgan iqtisodiyotning tarmoq va
mintaqaviy kichik tizimlari daromadlari va xarajatlarining harakatlarini
muvofiqlashtirish usuli sifatida ko’rib chiqila boshladi. Boshqa so’z bilan
aytganda rejaning majburiy va prognoz jihatlari aniq bo’lingan»
11
.
Aralash iqtisodiyotning rivojlanishi va bozorlarning globallashuviga
qarab indikativ rejalashtirish o’zining strategik shakliga ega bo’ladi.
Franstiyada strategik rejalashtirish g’oyasi birinchi marta o’ninchi
indikativ rejada o’z aksini topdi (1989–1992): har biri turli xildagi
moliyaviy preferenstiyalar bilan ta’minlangan maqsadli davlat dasturi
maqomiga ega bo’lgan rivojlanishning oltita asosiy yo’nalishi belgilandi
(milliy valyutani mustahkamlash va bandlikni ta’minlash, ta’lim, ilmiy
tadqiqotlar, aholini ijtimoiy himoyalash, hududni obodonlashtirish, davlat
xizmatlarini yangilash). Strategik rejalashtirish Funksiyasi Amerika
hokimiyat organlari tomonidan ham shunga o’xshash tarzda talqin etiladi:
«muvaffaqiyatli raqobatga erishish, har tomonlama hamkorlikni
rivojlantirish, to’liq ishonchga va shtat va mahalliy hokimiyatlarning
moliyaviy ko’magiga asoslangan iqtisodiy siyosatning samaradorligiga
maksimal tarzda ko’maklashish uchun yangi qarorlarni qidirib topish»
12
.
So’nggi yillarda yuz bergan moliyaviy larzalar shuni ko’rsatdiki,
10
Соколова Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических
программах //США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с.
11
Евграшин А. Из практики французского индикативного планирования // Российский экономический журнал.
1998 г. №2. – 84, 85 с.
12
Соколова И. О взаимодействии федеральной и местной властей в региональных экономических программах
//США: экономика, политика, идеология. 1994 г. № 1. – 83 с.
36
bozorlarning baynalminallashuviga qarab bozor mexanizmlari rolining
kuchayishi kredit-moliya tizimi inqirozga yuz tutishining xavfini keskin
oshiradi. Bugungi kunda, shu tariqa, nafaqat milliy darajada, balki xalqaro
darajada ham xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish
zarurati kuchaymoqda. Evropa uning iqtisodiyotini yagona valyuta
tizimiga moslashtirishdan manfaatdordir, Yaponiya esa surunkali tarkibiy
tanglikni boshdan kechirmoqda. Shu munosabat bilan ayrim g’arb olimlari
kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotlarini erkinlashtirish davridan so’ng
rejalashtirishning roli kuchayishini bashorat qilishmoqda
13
.
Shu nuqtai nazarda O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning
“Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish
jarayonida tadrijiy yondashuvni, “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini
Do'stlaringiz bilan baham: |