B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

markazlashmagan (AQSh, Germaniya va b.) 
Qator  mamlakatlarda  prognozlarni  ishlab  chiqishga  xos  bo’lgan 
umumiy belgilarni ko’rib chiqamiz. AQShda prezident apparatida statistik-
siyosiy  bo’lim  mavjud  bo’lib,  u  davlat  boshlig’i  uchun  prognoz 
ma’lumotlarini  tayyorlaydi.  Amerika  kongressida  fan-texnika  taraqqiyoti 
oqibatlarini  baholash  Byurosi  faoliyat  yuritadi.  Bu  erda  maslahat-axborot 
xizmatlari  ko’rsatuvchi  muassasa,  prognozlarni  ishlab  chiqishga 
ixtisoslashgan  ko’plab  muassasalar  (bo’limlar)  tashkil  etilgan.  Ularni 
tashkil  etish  60-yillarda  avjiga  chiqdi.  Biroq  keyinchalik  ushbu 
muassasalarning yuztasiga yaqini o’z faoliyatini saqlab qoldi. Mamlakatda 
hukumat  muassasalari  yoki  xususiy  korporastiyalar  uchun  prognozlarga 
sharnoma  buyurtmalari  amaliyoti  ustunlik  qiladi.  Bundan  tashqari,  ayrim 
shtatlarda  70-yillardan  boshlab  shtatlarni  rivojlantirishning  uzoq  muddatli 
yig’ma  prognozlarini  ishlab  chiqish  uchun  maxsus  komissiyalar  va 
markazlar  tashkil  etilgan.  Prognoz  axboroti  bilan  almashish  “Kelajak 
olami”  xilidagi  turli  ilmiy  jamiyatlar  orqali  amalga  oshiriladi. 
Prognozlashtirish  nazariyasi  va  amaliyoti  masalalari  bo’yicha  qator 
jurnallar 
chop 
etiladi. 
AQShda 
60-yillarda 
qator 
manfaatdor 
vazirliklarning  birgalikdagi  rejali  harakatlarini  nazarda  tutuvchi  RDB 
(rejalashtirish  –  dasturlash  –  byudjetlash)  tizimidan  foydalanishga  urinib 
ko’rildi.  Keyinchalik  hukumat  bir  necha  marta  rejalashtirish 
imkoniyatlariga  murojaat  etdi.  Biroq  mamlakatning  antistiklik  tartibga 
solishdagi  muvaffaqiyatsizligi  rejaga  qarshi  kayfiyatning  o’sishiga  olib 


 
45 
keldi.  Shuning  uchun  AQShda  davlat  yo’li  bilan  tartibga  solishning 
zamonaviy nazariyasi oldida quyidagi muhim masalalarni hal etish zarurati 
turibdi: 
•  amaldorlar  apparatining  byurokratiyasi,  korrupstiyasi  va 
mikrodarajada  qarorlar  deformastiyasining  oldini  olgan  holda  davlatning 
iqtisodiyotga  o’z  vaqtida  va  samarali  ta’sirini  qanday  qilib  ta’minlash 
mumkin; 
•  volyuntarizm,  byudjet-soliq  bosimi  va  davlat  qarzining  ortib 
ketishiga  yo’l  qo’ymagan  holda  raqobat  erkinligi,  tashabbus  va 
tadbirkorlik, mehnat qilish, investistiyalar va innovastiyalarga qiziqtirishni 
qanday qilib ta’minlash mumkin. 
Buyuk  Britaniyada  iqtisodiy  prognozlashtirish  masalalari  bilan 
shug’ullanuvchi  universitetlar  qoshida  bir  necha  ilmiy  va  prognoz 
markazlari tashkil etilgan. 
Germaniyada  prognoz  markazlari  ichida  o’z  ahamiyati  bo’yicha 
Jahon  iqtisodiyoti  instituti  hamda  kasaba  uyushmalari  birlashmalarining 
Iqtisodiy  va  ijtimoiy  tadqiqotlar  instituti  ajralib  turadi.  Boshqa 
mamlakatlarda bo’lgani kabi axborot almashuviga katta e’tibor qaratiladi. 
Hozirgi  vaqtda  jahonda  jamiyat  hayotining  turli  sohalarida,  shu 
jumladan  iqtisodiyotda  prognozlashtirishni  amalga  oshiruvchi  qudratli 
xalqaro  tashkilotlar  tashkil  etilgan.  "Futuribl"  xalqaro  uyushmasi, 
Kelajakni  tadqiq  etish  qo’mitasi,  Rim  klubi  va  boshqalar  katta  nufuzga 
ega. 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  kon’yunktura  prognozlari 
alohida  o’rin  tutib,  ularda:  1)  alohida  tovar  bozorida,  2)  iqtisodiyotning 
muayyan  sektorida,  3)  jahon  bozoridagi  iqtisodiy  vaziyat  baholanadi. 
Prognozlarda  nafaqat  rivojlanishning  obyektiv  yuzaga  keladigan 
tendenstiyalari,  balki  bozorni  davlat  yo’li  bilan  tartibga  solishning 
ehtimoliy oqibatlari ko’rib chiqiladi. 
Jahon 
xo’jalik 
yuritish 
tizimi 
hozirgi 
vaqtda 
nafaqat 
prognozlashtirish,  balki  rejalashtirish  imkoniyatlaridan  ham  faol  tarzda 
foydalanmoqda. Rejalarni ishlab chiqishda quyidagi usullar qo’llaniladi: a) 
makrorejalashtirish;  b)  mezorejalashtirish,  ya’ni  tarmoqlar,  kichik 
tarmoqlar, hududiy-ishlab chiqarish majmualari, "metakorporastiyalar"dan 
hosil bo’luvchi sanoat uzellari, ular jumlasiga tarmoqlararo, mintaqalararo 
va xalqaro moliya-sanoat guruhlari kiradi; v) hududiy rejalashtirish, ya’ni 
mintaqaviy  va  mahalliy  hokimiyat  organlarining  prognozlari,  byudjet 
rejalari  va  dasturlari;      g)  firma  darajasida  mikrorejalashtirish.  Jahonning 
qator  mamlakatlarida  bir  necha  o’nlab  yillardan  buyon  samarali 


 
46 
foydalanilayotgan indikativ rejalashtirish tajribasi alohida e’tiborga loyiq. 
Chet  el  amaliyotida  rejalashtirishning  sho’rolar  tajribasidan  keng 
foydalaniladi.  Lekin,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  davlatlarning  hozirgi 
rejalari  ko’rsatmali  xususiyatga  ega  emas.  Rejalashtirishga  nisbatan 
munosabat  ko’p  jihatdan  shu  bilan  bog’liqki,  iqtisodiy  rivojlangan 
mamlakatlarda  (masalan,  AQShda  30-yillardagi  “Buyuk  qatag’ondan” 
keyin)  takomillashuv  va  bozor  mexanizmlarining  o’zini  o’zi  tartibga 
solishiga  ishonch  yo’qoldi.  Mutaxassislar  ichida  bozor  iqtisodiy 
muvazanatga 
erishishni 
qiyinlashtiruvchi 
barham 
etilmaydigan 
nuqsonlarga 
ega 
degan 
fikr 
ustunlik 
qila 
boshladi. 
Ularning 
hisoblashlaricha,  aynan  davlatning  bozorni  tartibga  soluvchi  institutlarni 
ma’lum  takomillashtirish  yo’li  bilan  aralashuvi  vaziyatni  o’nglashi 
mumkin. Davlatning iqtisodiyotga bunday aralashuvini insonlar tomonidan 
biologik qonunlardan foydalanilishi bilan taqqoslash mumkin: biologiyada 
selekstiya  tirik  mavjudodlar  evolyustiyasi  jarayonini  ko’p  marta 
jadallashtirish  imkonini  beradi.  Iqtisodiyotda  ham:  institutlarni  tashkil 
etish  va  davlatning  tegishli  siyosati  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  maqsadlariga erishish vaqtini qisqartirishi  mumkin.  Shuning 
uchun  hozirgi  vaqtda  ko’plab  davlatlar  prognozlashtirish,  byudjetlash, 
dasturlash  va  kontraktastiya  (shartnoma  asosida  davlat  xaridlari)dan  faol 
tarzda foydalanmoqda.  
Davlat va firmaning prognoz va reja ishining yo’nalishlari vaziyatni 
rivojlantirish  va  barqarorlashtirish  vazifalari  bilan  belgilanadi.  Shuning 
uchun  tadbirkorlik  tuzilmalari  bilan  davlat  hokimiyati  o’rtasida 
manfaatlarni  yaqinlashtirish  usullarini  topish  va  indikativ  rejalashtirishga 
xos bo’lgan shartnoma munosabatlarining imkoniyatlaridan foydalanishga 
o’tish  kuzatilmoqda.  Bir  tomondan,  tijorat  munosabatlari  firmaga 
rejalashtirishdan  faoliyatning  samarali  yo’llarini  tanlash  va  asoslash 
bo’yicha  boshqaruv  Funksiyasi  sifatida  foydalanishni  belgilab  beradi, 
ikkinchi tomondan esa, istalgan firma rahbariyati bozor muhitida o’zining 
barqaror  mavqeiga  ega  bo’lish  uchun  butun  jamiyatning  xo’jalik 
munosabatlari  rejalarida  o’z  ishtirokining  maqsadga  muvofiqligini 
tushunadi.  O’z  navbatida  ko’plab  mamlakatlar  hukumatlari  o’z  davlat 
buyurtmalarini  bajarish,  davlat  dasturlarida  aks  etgan  va  mamlakat 
indikativ  rejasiga  kiritilgan  ijtimoiy-iqtisodiy  vaziflarni  hal  etishga  eng 
ishonchli 
tadbirkorlik 
tuzilmalarini 
faol 
jalb 
qilishmoqda. 
Prognozlashtirish  va  rejalashtirishning  zamonaviy  amaliyoti  rivojlangan 
matematik-statistik vositalarga tayanadi va yuzlab modellarga  hamda turli 
hisob-kitoblar usullariga ega. Optimal dasturlash va operastiyalarni tadqiq 


 
47 
etish usullari keng qo’llanilmoqda. 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlari  doirasida  rejalashtirish 
nazariyasi va amaliyoti o’zining dastlabki bosqichlarida turibdi. O’tmishda 
orttirilgan  tajribani  yangi  iqtisodiy  sharoitda  qo’llashning  iloji  bo’lmay 
qoldi. Bozor vazifalarini hal etishda uni yangilash uchun vaqt talab etiladi. 
Agar  rejalashtirish  tamoyillari  tubdan  o’zgarsa,  uslubiy  salohiyat  kamroq 
o’zgaradi. Bir tomondan, bozor muvazanatiga erishish, ikkinchi tomondan, 
xo’jalik  ichida  rejalashtirish  qator  umumiy  belgilar  mavjud.  Harakatlarni 
optimallashtirish  algoritmlarining  xususiyatlari  bozor  iqtisodiyotining 
ko’plab institustional xususiyatlariga qat’iy nazariy ma’no berish va ularni 
matematik  ifodalash  imkonini  beradi.  Shuning  uchun  bozor  sho’ro 
rejalashtirish  metodologiyasining  ishlanmalaridan  ijodiy  va  o’rinli 
foydalanishni  talab  etishi  mumkin.  Ilgari  sobiq  ittifoqda  ishlab  chiqilgan, 
axborot  yig’ish  va  unga  ishlov  berishning  davlat  tizimini  hisobga  olgan 
holda EHMdan foydalanish asosida tuzilgan iqtisodiyotning optimal tarzda 
faoliyat  ko’rsatishi  tizimi  (IOFKT),  mutaxassislar  fikriga  ko’ra,  unga 
tegishlicha ishlov berilgach, yangi iqtisodiy tizimda ham samarali bo’lishi 
mumkin.  IOFKT  asosini  narxlar  va  iqtisodiy  me’yorlar  yordamida  makro 
va mikrodarajalarda rejalarni kelishish tartibotlari tashkil etadi. 
Shunday  qilib,  iqtisodiy  oldindan  ko’ra  bilishning  jahon  amaliyoti 
o’zining  haqiqiy  ustunliklarini  aniqlaguncha  uning  imkoniyatlarining  tan 
olinmasligidan  tortib  to  ma’muriy-buyruqbozlik  rejimida  rejaning 
fetishigacha  bo’lgan  uzoq  evolyustiya  yo’lini  bosib  o’tdi.  Insonlarga 
rejalashtirishning  jamiyat  iqtisodiy  hodisalarga  ta’sir  etishining  keng 
imkoniyatlari  oydinlashdi.  Sobiq  ittifoqning  ushbu  sohadagi  tajribasi 
davlat  tomonidan  rejalashtirishning  kuchli  va  zaif  tomonlarini  aniqlashga 
yordam  berdi.  Hozirgi  vaqtda  ko’plab  mamlakatlar  hukumatlari  o’z 
vazifalarini  hal  etish  uchun  dasturlash  va  indikativ  rejalashtirishdan  faol 
tarzda  foydalanishmoqda.  Jahonning  sanoati  rivojlangan  mamlakatlari 
rejalashtirish  va  prognozlardan  foydalanish  orqali  butun  jamiyatni 
rivojlantirish  maqsadlariga  erishish  uchun  bozor  jarayonlariga  ta’sir 
ko’rsatishga urinishadi. Firma darajasida reja ko’rsatkichlari mulkdor yoki 
rahbar  tomonidan  mustaqil  ravishda  belgilanadi.  Bu  erda  biznes-
rejalashtirish  usuli  faol  qo’llaniladi.  Ayniqsa,  yirik  firmalarda  strategik 
rejalashtirishning barqaror amaliyoti yaxshi natija bermoqda. Ushbu jahon 
tendenstiyalari  sobiq  sho’rolar  tuzumi  mamlakatlari  iqtisodiyotida  ham 
amal qila boshladi. 
Tegishli 
adabiy 
manbalar 
tahlili 
indikativ 
rejalashtirish 
evolyustiyasining  mohiyati  va  shakllari,  uning  davlat  yo’li  bilan  tartibga 


 
48 
solish  va  aralash  iqtisodiyotning  bozor  usuli  bilan  o’zini  o’zi  tartibga 
solishi  o’zaro  nisbati  yuzasidan  boshlang’ich  fikrlarni  shakllantirishga 
yordam berdi.  

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish