B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

2.2. Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va 
rejalashtirishning holati 
 
Hozirgi vaqtda, birinchidan, korxona darajasida prognozlashtirish va 
ko’rsatkichli  rejalashtirishni  qo’llash  mumkinligi  va  zarurligi  hamda, 
ikkinchidan davlat darajasida prognozlashtirish, indikativ rejalashtirish va 
dasturlashni  qo’llash  mumkinligi  haqidagi  nuqtai  nazar  keng  e’tirof 
etilmoqdi. 
Iqtisodiyotda  prognozlashtirish  va  rejalashtirish  g’oyasi  umuman 
olganda  oqilona hisoblanadi.  Lekin  tajriba  shuni  ko’rsatdiki,  ko’rsatkichli 
rejalashtirish  faqat  firma  darajasida  amalga  oshirilishi  kerak.  Bu  firma 
ichki rejasining ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni u: 
1)  muvaffaqiyatga  erishish  uchun  to’liq  javobgar  hisoblangan 
xususiy mulkdorning topshirig’i sifatida tuziladi; 
2) qonun bilan kafolatlangan bitimlar bo’yicha sheriklarni tanlash va 
ular bilan sotuvlar narxini kelishish erkinligi sharoitida amalga oshiriladi; 


 
42 
3) doimiy xaridorlar talabi orqali tekshirilib turiladi; 
4)  masala  bo’yicha  mavjud  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy  axborot  qaror 
qabul  qiluvchi  va  ularning  oqilonaligi  uchun  to’liq  javob  beruvchi  shaxs 
tomonidan  to’planishi  va  anglab  etilishi  mumkin  bo’lgan  hollarda  ishlab 
chiqiladi. 
Biroq  ushbu  xususiyatlar  mamlakat  miqyosida  deyarli  namoyon 
bo’lmaydi.  Davlat  yo’li  bilan  markazlashgan  tarzda  rejalashtirish  faqat 
harbiy holat yoki bozor qonunlari, xususan raqobatning ta’siri normal amal 
qilmagan  boshqa  alohida  davrda  foydali  bo’ladi.  Iqtisodiy  faoliyatni 
muvofiqlashtirishning  ikkita  usuli  mavjud:  majburlash  bilan  bog’liq 
markazlashgan tarzda rahbarlik qilish va shaxslarning ixtiyoriy hamkorligi. 
Bozor iqtisodiyotiga ikkinchi uchun xosdir. 
Prognozda  va  rejada  eng  asosiysi  –  bu  ularda  obyektiv  hayotni,  shu 
jumladan  uning  turli  holatlarini  aks  ettirishning  aniqligi.  Biroq  iqtisodiy 
muhit  hamma  vaqt  ko’plab  turli  o’zaro  ta’sir  etuvchi  va  bir  birini  istisno 
etuvchi  omillar  ta’siriga  duchor  bo’ladi  va  barcha  ushbu  sa’y-harakatlar 
xo’jalik yuritish obyektini ishning o’zgarib turuvchi sharoitlariga uzluksiz 
ravishda moslashtirishga yo’naltirilishi lozim. Lekin, agar prognoz uchun 
bu, uning ehtimoliy xususiyatga egaligi tufayli, qo’rqinchli bo’lmasa, reja 
uchun esa bu barbod bo’lishni anglatadi. 
Prognozlar  va  rejalar  voqealardan  ilgarilab  tuziladi,  lekin  ularning 
asosliligi  ushbu  voqealarga  mos  kelish  darajasiga  bog’liq.  Bozor 
iqtisodiyotida voqealarning prognoz qilinish darajasi ushbu holat stoxastik 
xususiyatga  ega  bo’lganligi  bois,  past.  Shuning  uchun  eski  axborotni 
hisobga  olgan  holda  tuzilgan  prognozlar  va  rejalarga  real  hayotda 
o’zgarishlar yuz berganida, aniqliklar kiritilishi kerak. 
Davlat  darajasida  ishlab  chiqilgan  ko’rsatkichli  reja  bilan  qanday 
holat  yuz  beradi?  Davlat  tomonidan  rejalashtirish  sharoitida  albatta 
markazning  ko’rsatmasi  paydo  bo’ladi.  Nuqtai  nazarlarning  xilma-xilligi 
o’z  o’rnini  birxillikka  bo’shatib  beradi.  Lekin  jamiyatda  birxillik  –  bu 
bo’lajak  inqiroz  garovi,  iqtisodiy  rejalarning  birxilligi  esa  raqobatning 
nihoyasini anglatadi. Davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish 
yo’liga g’ov bo’luvchi ikkita katta muammo mavjud: birinchisi – birxillik, 
ikkinchichi esa – raqobat. 
Har  qanday  tizim,  shu  jumladan  iqtisodiy  tizim  faqat  xilma-xillik 
sharoitida  barqaror  bo’ladi.  Bugungi  kunda  ularni  tushunmaslik  yoki 
kelajakni  bilmaslik  tufayli  insonlarga  tasodifiy,  xato  va  hatto  zararli 
tuyulayotgan  holat  keyinchalik  g’oyat  istiqbolli  va  ilg’or  bo’lib  chiqishi 
mumkin.  Shuning  uchun  jamiyatga  xilma-xillik  zarur.  Lekin  davlatning 


 
43 
markazlashgan  rejasi  buni  ta’minlay  olmaydi.  Mashhur  iqtisodiyot 
bo’yicha  Nobel  mukofotining  laureati  Fridrix  fon  Xayekning 
ta’kidlashicha,  rejalashtirish  uchun  rejalashtiruvchi  organ  xalqqa  puxta 
ishlab  chiqilgan,  ilgari  mavjud  bo’lmagan  ahloq  qadriyatlari  kodeksini 
taqdim etishi lozim.  
Boshqacha  aytganda,  davlat  rejasining  maqsadlari  umumbashariy 
ahloq  tushunchalariga  zid  bo’lgan  vazifalarga  erishishiga 
ham 
yo’naltirilishi  mumkin.  Ushbu  vazifalar,  albatta,  umumiy  foyda  haqidagi 
to’g’ri  shiorlar  bilan  ifodalanadi,  lekin  amalda  ular  faqat  insonlarning 
kichik guruhi vakillari uchun asosiy ne’matlarga erishishni nazarda tutadi. 
Zarur  natijaga  tezroq  erishish  istagi  bilan  izohlanuvchi  markazlashgan 
tarzda  rejalashtirishga  intilish  o’zining  ortiqcha  vazifalarini  tezroq  hal 
qilishni  istovchi  insonlarni  shakllantiradi.  Ularni  qanday  qilib  oqilona  hal 
etish  mumkin?  Albatta,  insonlarning  alohida  guruhi  nuqtai  nazaridan 
kamroq  ahamiyatga  ega  bo’lgan  boshqa  vazifalarni  hal  etish  uchun 
mablag’larni  kamaytirish  hisobidan.  U  holda  kosmosni  o’zlashtirish  “er” 
manfaatlarini  cheklash  hisobidan  yuz  berishi,  harbiy  vazifalar  –  fuqarolik 
vazifalari  hisobidan,  qishloq  xo’jaligi  vazifalari  –  sanoat  vazifalari 
hisobidan,  kichik  biznes  vazifalari    -  o’rta  va  yirik  biznes  vazifalari 
hisobidan  hal  etilishi  lozim.  Bu  taqqoslash,  albatta,  mubolag’a,  lekin  u 
aslida  to’g’ri:  ayrim  vazifalarni  faqat  sa’y-harakatlarni  birlashtirish 
hisobidan  oqilona  hal  etish  mumkin,  bu  resurslarning  etishmasligi  tufayli 
boshqa  sohalar  rivojining  cheklanishiga  olib  keladi.  Bunday  yondashuv 
o’z  o’zidan  ijtimoiy  hayot  qonunlarini  cheklangan  tarzda  tushunishdan 
dalolat beradi. 
Bozor  sharoitida  davlat  tomonidan  rejalashtirishning  yana  bir 
muammosi  –  bu  bozor  o’zgarishlarining  harakatlantiruvchi  kuchi 
hisoblangan  raqobatning  mavjudligi.  Davlatning  markazlashgan  rejasida 
o’zaro  raqobatchi  hisoblangan  turli  firmalar  manfaatlarini  hisobga  olish 
mumkinmi ? Albatta, raqobatchi firmalarning maqsadlari bir biriga zid va 
bozorni  raqobatdan  mahrum  etib  ham  bo’lmaydi,  chunki  raqobat  tovarlar 
muvazanati  narxini  shakllantirgan  holda,  bozor  muhitining  dinamikligini 
belgilab beradi va bozor jarayonlariga turg’unlikni kasb etadi. 
Indikativ  (tavsiya  beruvchi)  reja  yoki  ehtimoliy  xususiyatga  ega 
bo’lgan  prognoz  alohida  shaxslar  harakatlariga  qaraganda  ko’proq 
hayotdagi  holatlarga  bog’liq.  Shuning  uchun  indikativ  rejalashtirish 
imkoniyatidan firma darajasida ham, davlat darajasida ham foydalaniladi. 
Mamlakat miqyosida indikativ reja prognoz rolining ortishi iqtisodiy 
munosabatlarning  murakkablashuvi,  markazning  muvofiqlashtiruvchi 


 
44 
harakatlari  zarur  bo’lgan  iqtisodiyot  ko’lamlarining  obyektiv  ehtiyojlari 
bilan  belgilanadi.  Jahonda  erishilgan  fan-texnika  taraqqiyotining  darajasi 
korxonalar,  tarmoqlar  va  mamlakatlar  iqtisodiy  choralarining  yuqori 
darajada  muvofiqlashtirilishini  talab  qiladi.  Raqobat  sharoitida  sarmoyani 
jamlashning  kuchayishi  bu  bilan  vaqt,  maqsadlar  va  resurslar  bo’yicha 
bog’langan  qo’shma  harakatlarni  asoslashning  yanada  sifatli  usullarini 
qo’llash  uchun  shart-sharoitlar  yaratgan  holda  texnologik  yangiliklarning 
ommaviy tarzda joriy etilishini rag’batlantiradi. Davlatning indikativ rejasi 
va 
prognozi 
ko’rsatmali 
rejadan 
farqli 
o’laroq 
bozorning 
harakatlantiruvchi kuchlari – harakatlar erkinligi, mulk va raqobatga ta’sir 
ko’rsatmaydi.  Shuning  uchun  ular  iqtisodiy  hayotning  dinamikligiga 
erishish  vositasi  sifatida  ko’rib  chiqilishi  mumkin.  Shuning  uchun  mana 
bir necha o’nlab yillar mobaynida davlat darajasida indikativ rejalashtirish 
aksariyat mamlakatlar tomonidan muvaffaiyatli foydalanilmoqda. 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  prognozlashtirish  ikki  xil 
shaklda  bo’ladi:  markazlashgan  (Kanada,  Shveystariya  va  b.)  va 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish