I. METALLARNING ICHKI ATOM KRISTALL TUZILISHI,
KRISTALL PANJARANING TURLARI VA XOSSALARI
1.1.1.1. Metallaming ichki tuzilishi va kristallanishi
Metallning ishlatishga yaroqliligi ichki tuzilishiga bogiiq. Ichki
tuzilishi
deganda, uning bir butunligini ta’minlaydigan, ichki va tashqi
ta’sirlarga faol qarshilik ko‘rsatuvchi ichki bogianishlari tushuniladi.
Shu ichki bogianishlarga muvofiq metall xossalari ham o‘zgaradi.
Metall va qotishmalaming ichki tuzilishi, tarkibi va xossalari o‘rta-
sidagi amaliy bogianishlami o‘rganadigan fan metallshunoslik
deyiladi.
Sof metallar tannarxi qimmat va mexanik xossalari talab daraja-
sida boimaganligi sababli ko‘pincha sanoatda ulaming qotishmalari
ishlatiladi. Mashinasozlikda ishlatilayotgan detallaming 60 % dan
ko‘prog‘ini qora metall qotishmalari (p o iat va cho'yan) tashkil etadi.
Metallar temperatura pasaygan sari elektr o ‘tkazuvchanligi
ortadigan, elektron o‘tkazuvchanlikka ega boigan, bogianuvchan,
issiqlik o‘tkazuvchan va yaltiroq moddalardir. Metallar o‘zidan elektr
tokini va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Metallaming elektr va issiqlik
o ‘tkazuvchanligiga ularning kristall panjarasida erkin elektronlar
mavjudligi sabab boiadi. Metallaming ichki tuzilishini elementar
katakchalar (1.1-rasm) orqali tushuntirish qulay.
> —
'H c
J r v
л - \
1.1-rasm. Metall kristallpanjaralarining elementar katakchalarL
9
Ko'pgina metallar uch xil kristall panjaraga ega boiadi:
- Hajmi markazlashgan kub panjara, bunday kristall panjarada
9 ta atom b o iib , ularning 8 tasi kub katakchaning burchaklari uchida,
bittasi kub markazida joylashadi. Bunday kristall panjara alfa-temir,
xrom, vanadiy, volfram, molibden, litiy, tantal, qalay va boshqa
metallar uchun xosdir.
-Y oqlari markazlashgan kub panjara, bunday panjarada 14 ta
atom b o iib , ularning 8 tasi kub katakchasining burchaklari uchida, 6
tasi yon tomonlaming markazida yotadi. Bunday kristall panjara
gamma-temir, aluminiy, mis, nikel, kobalt, qo‘rg‘oshin, kumush,
oltinda uchraydi.
- Geksagonal panjara, bunday kristall panjarada 17 ta atom
bo iib , ularning 12 tasi 6 yoqli prizmaning burchaklari uchida, 2 tasi
prizmaning ustki va ostki yoqlari markazlarida, 3 tasi prizmaning o‘rta
qismida joylashadi. Bunday kristall panjara magniy, kobalt, titan,
berilliy kabi elementlar uchun xosdir.
Ba’zi metallar (temir, kobalt, qalay, magniy, titan) ning kristall
panjaralari, harorat va bosim o‘zgarganda bir turdan boshqasiga
aylanadi, Bu hodisa metallar allotropiyasi deyiladi. Temiming
allotropik o ‘zgarish jarayoni 1,2-rasmda berilgan.
1.2-rasm. Temiming sovish egri chizig‘i kristallpanjarasi o ‘zgarishL
10
Alfa-temir 911°C dan past va 1392°C dan 1539°C gacha haro-
ratlar oralig‘ida mavjud bo‘lib, hajmi markazlashgan kub panjaraga
ega. Gamma-temir 911°C bilan 1392°C haroratlar oralig‘ida mavjud
bo‘lib, yoqlari markazlashgan kub panjaraga ega.
Metallar atomlarining tartibsiz harakatdagi suyuq holatdan atom-
lari tartibli joylashgan qattiq holatga o‘tish jarayoni kristallanish
deyiladi.
Rus olimi D.K. Chernov metallaming kristallanish qonuniyatini
kashf etdi. Bu qonuniyatga ko‘ra, kristallanish jarayoni kristallanish
markazlarining hosil boMishi va ulaming o ‘sishi bilan tushuntiriladi.
Kristallanish jarayoni 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.
5-sek
б-sek
7-sek
Do'stlaringiz bilan baham: |