Davr xarajtlari hisobi
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita
bog‘liq bо‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan
bog‘liq xarajatlar, shuningdek umum xо‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy – tadqiqot
va tajriba – konstruktorlik ishlari bо‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar
korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liq bо‘lmaganligi, lekin
ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bо‘lganligi uchun ular
operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot
ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bо‘lmagan, va aksincha, vaqt bilan
xо‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bо‘lgani sababli ular davr
xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat kо‘rsatuvchi xarajatlari, boshqa
opersion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarida aks
ettiriladi:
9410 – “Sotish xarajatlari”;
9420 – “Ma’muriy xarajatlar”;
9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar”;
9440 – “Kegusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri
xarajatlari”.
Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410 – “Sotish bо‘yicha xarajatlar”
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bо‘lib, qaysi
davr bо‘lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bо‘lmaydi. Hisobvaraqning
debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar kо‘rsatilsa, kredit
tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarishni aks ettiriladi. Bu summa
foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410 – “Sotish bо‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli
qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti kо‘rsatiladi.Debet oborotining
jami summasi № 1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bо‘yicha oborot
summasi esa № 11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni
talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar
qiladi va bu ajratmalar 9420 – “Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar” hisobvarag‘ida
hisobga olinadi.
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- maslahat va axborot xizmatlariga haq tо‘lash;
- auditorlik xizmatlariga haq tо‘lash, shu jumladan xо‘jalik yurituvchi
subyektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bо‘yicha
о‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq tо‘lash;
- о‘zining xizmat kо‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xо‘jaliklarini asrashdan
kо‘rilgan zararlar;
- salomatlik muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida
bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bо‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi tо‘lovlar;
- bir yо‘la tо‘lanadigan mukofatlar va taqdirlashlar, shu jumladan xо‘jalik
vaqtincha mehnat layoqatini yо‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan,
haqiqiy ish haqi miqdoricha qо‘shimcha haq;
- asosiy ish joyi xо‘jalik ishchilariga, xо‘jalik yurituvchi subyekt ishchi va
mutaxasislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va mutaxasislarni qayta
tayyorlash tizimida о‘qigan vaqtda ish haqi tо‘lash;
- ikki va undan ortiq bolalari yoki о‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bо‘lgan
ayollarga qonunchilikka muvofiq qо‘shimcha mehnat tatili haqini tо‘lash;
- xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki
xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish;
- Xodimlarning (ovqatlanishi, yо‘l kirasi, davolanish va dam olishiga,
ekskursiya va sayoxatlarga yо‘llanmalari, sport seksiyalarida, tо‘garaklarda,
kulublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-kо‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport)
tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va istemoli hamda boshqa
shunga о‘xshash tо‘lovlari) xarajatlarini qoplashi;
- amaldagi qonunchilikda muvofiq xо‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning
qayta tashkil etilishi xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan
bо‘shab qoladigan xodimlarga tо‘lovlar;
- Xodimlarga tо‘lanadigan moddiy yordam;
- Zararlar, jarimalar, pensiyalar;
- bekor qilingan ishlab chiqarish byurtmalari bо‘yicha yо‘qotishlar;
- moddiy boyliklarning tabiiy yо‘qolishi normalari doirasidagi va
normalaridan kо‘proq, bevosita ishlab chiqarish tegishli bо‘lmagan yо‘qotishlar
hamda kamomadlar;
- ishlab chiqarish zahiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli
yoki sotishning sof qiymati bо‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish
natijasida zararlar;
- idishlarga davr muomalalar bо‘yicha zararlar;
- sud xarajatlari;
- tо‘lanishi shubxali qarzlar bо‘yicha zahiraga ajratmalar;
- aybdorlari aniqlanmagan kamomadlardan yoki aybdor tomon hisobidan
zarur summani undirish mumkin bо‘lmagan hollarda kо‘rilgan zararlar;
- soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va pensiyalar;
- tо‘langan boshqa jarimalar;
- boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirib о‘tilgan xarajatlar 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar”
hisob varag‘ida hisobga olinadi.
9440 – “Kegusida soliqqa tortiladigan ba’zadan chegiriladigan hisobot davri
xarajatlari” hisobvarag‘ida hisobot davrida chegiriladigan soliqqa tortiladigan
ba’zadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun
qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot
davrlarida soliqqa tortiladigan ba’zadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga
olinadi.
Hisobot davri oxirida 9440 – varaqning debetida yig‘ilgan xarajatlar 9900-
“Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag‘iga о‘tkaziladi. 9440 – hisobvarag‘ining
debetida hisobga olingan xarajatlar ba’zasidan tashqari 010- “Vaqtli tafovutlar
bо‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘iga yig‘ib boriladi. Sodir bо‘lgan muomalalar
summasiga 9440 – hisobvarag‘ining debeti bilan birga, 010 – hisobvaraqda ham
yozib boriladi. 010-hisobvaraqning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir
uchun sarflangan xarajatlar va undan olingan samara muddatiga qarab, tuzilgan
maxsuskomissiya raschotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |