Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana31.12.2021
Hajmi4,27 Mb.
#233391
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
moliyaviy natijalar hisobi ularning korsatkichlari tahlil qilish

Xulosa va takliflar 

 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  moliyaviy  natijalar  hisobi,  ularning 

kо‘rsatkichlarini  tahlil  qilish  va  auditni    takomillashtirish  borasida  olib  borilgan 

ilmiy izlanishlar natijalari quyidagi xulosalar qilishga imkon berdi: 

1.  Qarshi  shahar  xо‘jalik  hisobidagi  yer  tuzi  shva  kо‘chmas  mulk  kadastr 

xizmati  korxonasida  xususiy  kapital  tо‘g‘risidagi  hisobot  belgilangan  shakllar 

bо‘yicha о‘z vaqtida tо‘ldirilib topshiriladi. 

2.  Qarshi  shahar  xо‘jalik  hisobidagi  yer  tuzi  shva  kо‘chmas  mulk  kadastr 

xizmati korxonasida xususiy kapital shuni kо‘rsatadiki, korxonada xususiy kapital 

20-yil boshida о‘tgan yil boshiga nisbatan 6,2 foizga ortgan. Yil oxirida о‘tgan yil 

oxiriga nisbatan 4,5 foizga  о‘tgan. 

3.  Xususiy  kapital  tarkibida  eng  kata  о‘zgarish  rezerv  kapitalga  ajratmalar 

hissasiga  tо‘g‘ri  kelgan,  ya’ni  о‘tgan  yilga  nisbatan  59,7  foizga  ortganini  kо‘rish 

mumkin. 


4.  Korxona  xususiy  kapitalining  asosini  tashkil  etadigan  taqsimlanmagan 

foyda 2013-yilda atiga 5,7 foizni tashkil etgan. 

5.  Buxgalteriya  balansi  aktiv  moddalarini  tahlil  ma’lumotlaridan  kо‘rinib 

turibdiki,  korxonada  aktivlari  tarkibida  uzoq  muddatli  aktivlar  salmog‘ini  yildan-

yilga kamayib borishi joriy aktivlar salmog‘ini oshib vorganligidan dalolat beradi. 

Joriy  aktivlar  mablag‘lar  tez  aylanishini  ta’minlagan  holda  korxona  faoliyatini 

yakuniy natijasiga ijobiy ta’sir etadi.  

6.  Qarshi  shahar  xо‘jalik  hisobidagi  yer  tuzi  shva  kо‘chmas  mulk  kadastr 

xizmati  korxonasida  buxgalteriya  balansi  passiv  moddalari  tarkibida  korxona 

mablag‘lari  mansabi  tarkibida  xususiy  kapital  salmog‘ining  pastligi  korxona 

faoliyati  uchun  ijobiy  natija  emas.  Chunki  yildang‘yilga  mablag‘lar  manbasi 

tarkibida  о‘z  mablag‘lari  manbai  kamayib  qarz  mablag‘lari  manbasi  oshib 

borganligini kо‘rishimiz mumkin. 

7.  Qarshi  shahar  xо‘jalik  hisobidagi  yer  tuzi  shva  kо‘chmas  mulk  kadastr 

xizmati korxonasidahisobot davrining sof foydasi 2013-yilda 2012-yilga  nisbatan  



36 foizga kamayib, 5,7 ming sо‘mni tashkil etganligi korxona moliyaviy ahvolini 

yanada  yaxshilash  imkoniyatlari  ham  mavjud.  Bu  holat  korxona  boshqaruvi 

xodimlari  zimmasiga  yashirin  rezervlardan  yanada  unimliroq  foydalanish  chora 

tadbirlarini kо‘rish masuliyatini yuklaydi. 

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagilarni taklif qilamiz. 

A) Moliyaviy natijalar hisobi, ularning kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va auditi 

yuzasidan  muammolar  bо‘yicha  о‘tkazilgan  izlanishlar,  moliyaviy  natijalar 

tо‘g‘risidagi  hisobot  va  uni  tuzish  bо‘yicha  quyidagi  yо‘nalishlarda  muammolar 

mavjud ekanligini etirof etmoqda:  

- chet el sarmoyasi jalb qilingan korxonalarda balansning kо‘rinishi mahalliy 

buxgalter  va  xorijiy  buxgalterlar  tomonidan  ikki  xil  tartibda  tuzilishi  va  ularning 

aksariyat hollarda bir-biriga mos tushmasligi; 

-  shunga  mos  ravishda  mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritiladigan 

xarajatlar  tarkibi  va  moliyaviy  natijalarning  shakllanishi  tartibi  va  moliyaviy 

natijalarning  shakllanish  tartibi  sohasida  respublikaning  sarmoyadorlari  hamda 

chet  ellik  hamkorlar  о‘rtasida  fikrlar  qarama-qarshiligining  mavjudligi; 

 

- asosiy vositalar amortizatsiyasini  hisoblash tartibi turlichaligi, baholarning 



tinimsiz о‘zgarishi natijasida mahsulot  tannarxining keskin о‘zgarishi; 

-  moliyaviy nazorat tashkil etish samaradorligining pastligi va xokazo. 

b)  qо‘shma  korxonalar  amaliyoti  shuni  kо‘rsatadiki,  bu  korxonalardagi 

moliyaviy  hisob  muammolari  asosan  ikki  hamkor  tomon  moliyaviy    hisob  va 

hisobot  tamoillarining  turlicha  ekanligidan  kelib  chiqmoqda.  Demak,  mavjud 

nizom  va  yо‘riqnomalarga  yanada  aniqlik    kiritish  kerak  bо‘lsa  о‘zgartirish  zarur 

deb  о‘ylaymiz.  Masalan  xususiy  moliyaviy  natijalar  tо‘g‘risidagi    hisobot  va  uni 

tuzishning  asl  yо‘riqnomalariga  shunday  о‘zgartirishlar  kiritish  kerakki,  toki  ular 

jalb qilingan sarmoyadorlarning qiziqishini oshirishga xizmat qilsin. 

Investorlar  bо‘sh  pul  mablag‘larini  biror  korxona    faoliyatiga  yо‘naltirish 

istagida    tug‘ulganda,  avvalombor,  bu  korxonaning  moliyaviy  natijalar 

tо‘g‘risidagi hisobotiga e’tiborini qaratadilar. Chunki, moliyaviy faoliyat natijalar 

tо‘g‘risidagi hisobot korxonaning ma’lum hisobot davri mobaynida ishlab topgan 



va  moliyaviy  faoliyatlari  bо‘yicha  barcha  daromad  va  xarajatlarini  aks  ettiradi. 

Investorlar  pul  mablag‘larini  investitsiya  qilayotganlarida  korxonaning  asosiy 

faoliyatidan  olingan  daromadlariga  e’tiborlarida  korxanaga  qaratishlari  maqsadga  

muvofiq  bо‘lar  edi.  Birinchidan  korxonaning  daromadi  asosiy  faoliyatdan 

shakllantirilishi  hisobot    yili  davomida  bir  maromda  ushlab  turish  imkoniyatini 

mavjudligi  bо‘lsa,  ikkinchidan  korxona  moliyaviy  va  investitsion  faoliyatlaridan 

keladigan  daromadlarni  rejalashtirish  imkoniyati  yо‘qligigadir.  Biroq  moliyaviy 

natijalar  tо‘g‘risidagi  hisobotda  asosiy  faoliyatdan  olingan  foydani  sof  holda 

kо‘rishning  imkoni  mavjud  emas.  Chunki,  moliyaviy  natijalar  tо‘g‘risidagi 

hisobotda  boshqa  operatsion  faoliyatdan  daromad  sifatida  investitsion  faoliyatdan 

olinayotgan  daromadlar  ham  qо‘shib  kо‘rsatiladi.  Bu  esa  asosiy    faoliyatdan 

olinayotgan  foydani  bо‘rtirib  kо‘rsatishga  olib  kelmoqda.  Shu  nuqtai-nazardan 

moliyaviy  natijalar  tо‘g‘risidagi  hisobot,  xususan  xususiy  kapital  tо‘g‘risidagi 

hisobotda  investitsion  faoliyat  bо‘yicha    daromadlarni    asosiy  faoliyatdan  ajratib 

kо‘rsatish  investitsion  qarorlarni  qabul  qilishda  tavakkalchilikni  kamaytirish 

imkonini beradi. 

Xususiy  kapital  tо‘g‘risidagi  hisobotda  inqestitsion  faoliyatni  asosiy 

faoliyatdan  ajratib  kо‘rsatishimizdan  asosiy  maqsad,  asosiy  faoliyatdan 

olinayotgandaromadlarni  rejalashtirish  va  tahlil  qilishdan  iborat.  Shundagina 

daromadlar  ichida  asosiy  faoliyatdan,  moliyaviy  faoliyatdan  va  investitsion 

faoliyatdan olingan foyda tо‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoni yaratiladi. 

s)  Moliyaviy  natijalar  tо‘g‘risidagi  hisobot  hozirgi  kungacha  о‘tgan  yilning 

shu  davriga  solishtirib  о‘rganib  kelinar  edi.  Lekin  bizning  fikrimizcha  bunday 

yondashuv  jadal  rivojlanib  boruvchi  va  tez  о‘zgaruvchi  iqtisodiyot  sharoitida 

korxona faoliyatini  baholash va tahlil qilish imkoniyatini bermaydi. Chunki, bozor 

iqtisodiyotiga  о‘tish  sharoitida  investitsion  va  narx-navoning  barqaror  holatda 

ushlab  turib  bо‘lmaydi.  Natijada  xususiy  kapital  tо‘g‘risidagi  hisobotning  о‘tgan 

yilgi  kо‘rsatkichlari  bilan  solishtirib  korxonaning    foyda  yoki  zararga 

ishlayotganligini aniq kо‘rish imkoniyati mavjud  emas. Amaldagi hisobot shaklini 

о‘rganish,  undagi  ma’lumotlardan  korxona  faoliyatini  tahlil  qilish  va 




samaradorligini  baholashni  yanada  aniqlashtirish  uchun  “О‘tgan  yilning  shu 

davrida”  ustuni  о‘rniga  “Biznes  rejaga  asosan”  ustunini  kiritishimiz  maqsadga 

muvofiq  bо‘lar  edi.  Natijada  korxonaning  faoliyatini  har  chorakda  baholab  turish 

imkoniyati tug‘iladi. 

 

 




Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish