Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyati
Sifat menejmenti tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi – XX asrda sifatni
boshqarish bilan bog‗liq g‗oyalarni rivojlanishining eng muhim nuqtasiga aylandi.
E.Demingni ta‘kidlashicha, ―Korxonalar boshqaruvining amaliy tajribasini nazariya
yordamida o‗rganib chiqmagunga qadar, ularni tushunmasdan takrorlash, befoyda
bo‗ladi va bu muvaffaqiyatga olib kelmaydi‖
1
. ISO 9000 seriya standartlarining
1994- yilgi tahririda sifat menejmenti tizimi deb, ―sifatni yalpi boshqarish uchun
zarur bo‗lgan tashkiliy tuzilma, usul, jarayon va resurslar yig‗indisi‖ tushunilgan.
YAngi ISO 9000:2000 standartida sifat menejmenti tizimi ―tashkilotga rahbarlik
qilish va uni boshqarish uchun zarur bo‗lgan sifatni boshqarish tizimi‖ deb
ta‘riflanadi. Bu standartda keltirilgan ba‘zi atamalarni tahrir qilganda, quyidagi fikr
vujudga keladi: sifat menejmenti tizimi, sifatga oid siyosat va maqsadlarni ishlab
chiqish uchun mo‗ljallangan o‗zaro bog‗liq va o‗zaro harakatchan elementlarning
yig‗indisi bo‗lib, sifatni boshqarish yo‗nalishini tanlash uchun birlashgan faoliyat
yordamida qo‗yilgan maqsadlarga erishishdir
2
.
A.V. Glichevning fikriga ko‗ra, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, bu ―kuch va
mablag‗larni minimal darajada sarflash orqali, iste‘molchining ma‘lum ehtiyoj va
talablari qondirilishini ta‘minlovchi xususiyatlarni mahsulotga tatbiq etish
maqsadida, mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, undan foydalanish va servis xizmatini
1
Эдвардс Деминг и философия управления качеством. http://quality.eup.ru/MATERIALY/guru.htm
2
Государственный стандарт РФ ГОСТ ИСО 9000-2001 «Системы менеджмента качества. Основные положения
и словарь».
115
ko‗rsatishda ishtirok etgan boshqaruv va ijro bo‗limlari hamda ayrim shaxslarning
o‗zaro samarali faoliyatini tashkillashtirish usulidir‖. Albatta, xorijiy adabiyotlarda
sifat tizimlariga berilgan ta‘riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.
Fikrimizcha, turli yondoshuvlar tahlili asosida, sifat menejmenti tizimiga
soddalashtirilgan ta‘rifni berish ham mumkin. Ya`ni, SMTni tashkilotning sifat
borasidagi o‗z maqsadlarini tuzishi va ularga erishishi uchun zarur bo‗lgan o‗zaro
aloqador elementlar yig‗indisi, deb atash mumkin.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
(International Organization for Standartization – ISO, ISO – xalqaro standartlarni
ishlab chiqaruvchi va standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni amalga oshiruvchi
xalqaro nodavlat tashkilotidir. U 1946- yilda 25ta mamlakat vakillarining
Londondagi yig‗ilishida ta‘sis etilgan. Unga 2006- yili dekabr oyi holatiga 164 ta
mamlakatning milliy standartlashtirish tashkilotlari ISO a‘zosidir. Hozirgi kunga
qadar ular tomonidan 17000 dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab
chiqilgan, O‗zbekiston Respublikasi nomidan ISO vakili – O‗zbekiston Respublikasi
‖O‗zstandart‖ agentligi hisoblanadi). SMT uchun mo‗ljallangan ISO 9000 seriya
standartlarining tarixi 1987- yildan, ya`ni uning birinchi tahriri nashr qilingan kundan
boshlanadi. ISO 9000 standartlarining shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari
rivojlanishining mantiqiy natijasi bo‗ldi. Bu rivojlanish, korxonalarning umumiy
boshqaruvi doirasida ayrim elementlarning tug‗ilishi va taraqqiy etishidan tortib, to
elementlarning bir-biriga singib ketishi va sifatni kompleks, ya`ni har tomonlama
boshqarishga o‗tishni ham qamrab oldi.
ISO 9000 seriya standartlari qabul qilingach, sifatni kompleks boshqarishning
ma‘lum darajasi belgilab berildi. U sifatni samarali boshqarishni ta‘minlab, ISO 9000
seriyali standartlarining barcha zarur elementlari, hamda korxona ixtisoslashuvi
uchun qo‗shimcha talab etilgan elementlarni ham, korxonaning ish amaliyotiga joriy
etilishi kerakligini shart qilib qo‗yadi va bu bilan buyurtmashiga sifat kafolatini
beradi. ISO 9000 standartlari va SMTni joriy etish konsepsiyasi korxonalarning
faoliyat turiga ham, katta-kichikligiga cheklovlar qo‗ymaydi.
116
Ushbu standart muvaffaqiyatli biznes yuritishning xalqaro e‘tirof etilgan
usullarining qisqacha tasnifidir. U muvofiqlik sertifikatini olish uchun bajarilishi
zarur bo‗lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan
3
.
ISO standartlari turkumining universalligi shundaki, ularda har bir mahsulot va
xizmatlarning har bir turiga bo‗lgan mutlaq o‗lchovli mezonlar qo‗yilmaydi
(masalan, mahsulotning texnikaviy ko‗rsatkichlari talabi). Buning iloji ham
bo‗lmasdi, chunki sifat – mahsulot va xizmatlarning insonlar ehtiyojlarini qondira
olish xususiyati, inson ehtiyojlari esa – bitmas-tuganmas va o‗zgaruvchandir. ISO
9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlashi metodologiyasini aniqlab
beradi, tizim esa o‗z navbatida korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va
xizmatlarning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – iste‘molchilarning talabini
yuqori darajada qanoatlantirishini ta‘minlaydi.
1987- yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000,
ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986- yilda esa, sifat ta‘minoti
sohasidagi ISO 8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug‗ati ishlab chiqilgan.
ISO 9000 standarti esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday
qo‗llash bo‗yicha yo‗riqnomani o‗z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003
standartlari (―sifatni ta‘minlash modellari‖, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy
siklining turli bosqichlari uchun mo‗ljallangan, sifat tizimiga qo‗yilgan me‘yoriy
talablardan iborat bo‗lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning,
shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me‘yoriy bazasi bo‗lgan:
- ISO 9001. To‗liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi
mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga
texnik xizmat ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi;
- ISO 9002. Loyihalashtirishni o‗z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni
uchun, ya`ni, an‘anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo‗ljallangan sifat tizimi;
3
ИСО 9001 Разработка, внедрение, сертификация, улучшение системы менеджмента качества. Практическое
руководство для специалистов по качеству. С-Петербург. ООО ―Издательство Форум Медиа‖, август 2006 г.,
1.3-банд,
117
- ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga
(ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo‗ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo
tashkilotlari va vakolatxonalari;
ISO 9001 modeli eng umumiy bo‗lib, boshqa ikki sifat modellarining ham
talablarini o‗z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo‗lgan talablarni
izohlovchi yo‗riqnomalardan iborat bo‗lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish
va joriy etish uchun mo‗ljallangan.
2000- yil 15- dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman
nashr etildi. Standartlar to‗plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat:
1. ISO 9000:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‗at‖ – sifat
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.
2. ISO 9001:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Talablar‖ – sifat tizimlari uchun
minimal zarur bo‗lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit
maqsadlarida qo‗llaniladi.
3. ISO 9004:2000 ―Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‗yicha
tavsiyalar‖ - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti
tizimlarini yaratish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalardan iborat.
4. ISO 19011 ―Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash
bo‗yicha yo‗riqnomalar‖.
Standartlarning avvalgilaridan farqi shundaki, endi SMTning talablari
korxonalarning turi bo‗yicha ajratilmaydi: avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003
standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.
Standartlarni qayta ko‗rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq
holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‗yadilar:
Standartlarda ularni qo‗llashning ilg‗or amaliy tajribalarini aks ettirishni
ta‘minlash;
Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta‘minlash;
Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot
ishlab chiqarilishidan qat‘iy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning
qo‗llanishiga imkon berish.
118
ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o‗zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002,
ISO 9003 standartlari qayta ko‗rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq
o‗zgarishlar kiritildi. Masalan, «Sifat xalqasi» tushunchasi «Mahsulot hayot siklining
tipik bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat
ko‗rsatish» bosqichidan keyin qo‗shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo‗shildi.
hozir oltinchi bo‗lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va
moliyaviy ma‘lumotlar elementlarini namoyon qilish va tahlil qilish uchun
ma‘lumotlar to‗plashning turli usullari qisqacha tavsifi bilan to‗ldirilgan.
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatini ko‗rsatuvchi kamida uchta asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |