Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

 
2.4. Xalqaro standartlar 
 
 
Qator  davlatlarda  sifatni  boshqarish  bo‗yicha  milliy  standartlar  70-yillardan 
beri mavjud. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, harbiy texnikani ishlab 
chiqarish kabi  muhim tarmoqlarida loyihalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida 
sifatni ta‘minlash maqsadida ishlab chiqildi va qo‗llanildi.  
Standartlarning 
vujudga 
kelishi. 
Yaponiyada 
sifatni 
boshqarishga 
yondoshuvlarning  urushdan  keyingi  faol  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtda,  Evropa  va 
AQSHda  ham  standartlarni  ishlab  chiqish  va  qo‗llashga  katta  e‘tibor  qaratilgan. 
Chunki bu davlatlar Ikkinchi jahon urushi davrida artilleriya texnikasi ta‘minoti sifati 
tufayli tajribaga ega edilar. Qo‗shma SHtatlarda dastavval mahsulot sifatini texnik va 
texnologiya  jihatdan  nazorat  qilishning  ba‘zi  asosiy  tamoyillari  shakllanib,  AQAP 
(Sifatni  ta‘minlash  borasidagi  jamlanma  materiallar)  nashr  etilgan  edi.  Biroz  vaqt 
o‗tgach,  bu  tamoyillar  Evropada  ―Harbiy  standartlar‖NATO  AQAP  100  (Allied 
Quality  Assuranje  Publication  =  ingl.  ―ittifoqchilarning  sifat  kafolatlari  nashri‖) 


113 
hujjatlari seriyasi ko‗rinishida  chop etiladi.  Dastlab  Buyuk  Britaniya  AQAPni qabul 
qilmay, unga ekvivalent bo‗lgan uchta mudofaa standarti -  DEF.STAN 05-21 / 05-24 
/  05-29  larni  afzal  ko‗rgan.  Pirovard  natijada  AQAP  standartlari  DEF.STAN 
standartlari  bilan  birlashtirilgan.  Buyuk  Britaniya  Mudofaa  vazirligining  xaridlar 
bo‗limi  ularni  DEF  STANS  hujjatlar  seriyasi  ko‗rinishida  nashr  etgani  tufayli,  ular 
keyinchalik xususiy tashkilotlarda ham keng tarqaladi.  
Bu  standartlardan    AQAP  (Sifatni  ta‘minlash  borasidagia  jamlanma 
materiallar)  nomi  bilan  ma‘lum  bo‗lgan  NATO  doirasida  qo‗llaniladigan  standartlar 
seriyasiga asos sifatida ham qo‗llanilgan. 
 
Dastlab  Buyuk  Britaniya  AQAPni  qabul  qilmay,  unga  ekvivalentda  bo‗lgan 
uchta  mudofaa  standarti  -    DEF.STAN  05-21  /  05-24  /  05-29  larni  afzal  ko‗rgan. 
Pirovard natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan. 
 
Sifat  standartlariga  zarurat  na  tanho  harbiy  sohada,  balki  sanoatning  boshqa 
tarmoqlar  uchun    zaruratga  aylana  oshladi.  SHu  tariqa  BS  4891  va  BS  5179  
Britaniya  standartlari  vujudga  kelib,  ular  amaliy  jihatdan  yo‗riqnomaga  o‗xshash 
bo‗lib,  sifatning  talablari  sifatida    sifatida  qo‗llash  mumkin  bo‗lmagan.  Keyinchalik 
uch qismli yanada takomillashtirilgan BS 5750 standarti ishlab chiqarilgan. 
YApon  mahsulotlarining  Evropa  mamlakatlarini  egallashi  sifatni  ta‘minlash 
tizimlaridan  foydalanish  bilan  bog‗liq  faoliyatni  kuchaytirib  yubordi.  Bu  tizimlar 
nafaqat  maxsus  sifat  xizmatlari,  balki  korxonaning  butun  rahbariyati  sifat  uchun 
birgalikda  ishlashi,  mas‘uliyat  va  vakolatni  o‗z  zimmasiga  olishi  zarurligini  taqozo 
etdi. Bu tizimlarni uchinchi taraf hujjatlab, sertifikatlashni boshladi. 70-yillarda yirik 
sanoat  kompaniyalari  o‗z  ta‘minotchi  korxonalarida  mahsulot  sifatini  nazorat  qilish 
tizimi qo‗llanishini talab qilishgan. Biroq, har bir mijoz sifat nazorati tizimiga o‗zicha 
yondoshgani  sababli,  umume‘tirof  etilgan  standartlarni  ishlab  chiqishga  zarurat 
tug‗ildi.  Buyuk  Britaniyada  1979-  yilda  paydo  bo‗lgan  BS  5750  shunday  standart 
bo‗lib  hisoblanadi.  Aynan  shu  standart  keyinchalik  ISO  9000  seriyali  standartlarni 
yaratish uchun asos bo‗ldi.  
SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan ―g‗arb 
maktabi‖ning  vakili,  amerikalik  mutaxassis  Filipp  B.  Krosbi  o‗zidan  oldingi 


114 
hamkasblaridan  farqli  o‗laroq,  sifatni  kompleks  usulda  yaxshilash  muammosini 
echish  taklifi  bilan  chiqdi.  U  sifat  tizimini  joriy  etishning  14  qoidasini  kashf  etgan. 
ISO  9000 standartlarida bunday  yondoshuv  (unifikatsiyalash  va  standartlashtirish) 8 
yil o‗tgandan keyingina – 1987- yilda qo‗llanilgan.  
 
SHunday  qilib,  bu  davrda  sifatni  yaxshilash  va  ishlab  chiqarish 
unumdorligining  o‗sishi  o‗rtasidagi  avvalgi  ziddiyat  hal  etildi.  CHunki 
boshqaruvning  yangicha  g‗oyalari  qo‗llanishi  bir  vaqtning  o‗zida  sifatni  oshirish  va 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun imkon berdi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish