Nazorat savollari:
1. ISO 9004-87 Sifat sistemasining elementlari o‗z ichiga nimalarni oladi?
2. Sifatni ta‘minlash modeli deganda nimani tushunasiz?
3. ISO 9001-87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
4. ISO 9002 - 87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
5. ISO 9002 -87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
2.5. O‘zbekistonda standartlashtirish obyektlariga qo‘yiladigan talablar
va tovarlarni shtrixli kodlash
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash ko‗p qirrali tijorat faoliyatining
muhim jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta‘minlash vositalari
hisoblanadi.
Standart – bu ular bilan boshqa shunga o‗xshash obyektlarni taqqoslash uchun
asos sifatida qabul qilinadigan namuna, etalon, model. Normativ-texnik hujjat sifatida
standart normalar, qoidalar va standartlashtirish obyektiga nisbatan qo‗yiladigan
talablar majmuini belgilaydi va vakolatli organ tomonidan tasdiq lanadi.
120
Standart moddiy buyumlar (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari),
normalar, qoidalar va turli talablar uchun ishlab chiqiladi.
O‗zbekiston
Respublikasida
standartlashtirish
obyektlariga
nisbatan
qo‗yiladigan talablarni belgilab beruvchi normativ-texnik hujjatlarning quyidagi
toifalari belgilangan:
•
davlat standartlari (GOST);
•
tarmoq standartlari (TST);
•
respublikastandartlari (RST);
•
korxonalar standartlari (KST);
•
jamoat birlashmalari standartlari (JST);
•
texnik shartlar (TSH);
•
xalqaro standartlar (ISO/MEK)
•
mintaqaviy standartlar;
•
davlatlararo standartlar;
•
milliy standartlar.
Davlat standartlari (GOST) tarmoqlararo talab etiladigan mahsulot, ishlar va
xizmatlar uchun ishlab chiqiladi. Ushbu toifa standartlarini O‗zR Davstandarti qabul
qiladi. Standartlarda majburiy talablar ham, tavsiyaviy talablar ham o‗z aksini topadi.
Tarmoq standartlari(TST) muayyan tarmoq mahsulotlariga nisbatan ishlab
chiqiladi. Ularning talablari davlat standartlarining majburiy talablariga, shuningdek
tarmoq uchun belgilangan xavfsizlik qoidalari va normalariga zid kelmasligi. Bunday
standartlarnitarmoqstandartlarining O‗zR GOSTtalablarigamos kelishi uchun
javobgar bo‗lgan davlat boshqaruvi organlari (masalan, vazirliklar)qabul qiladi.
Respublika standartlari(RST) Davstandart va mahsulotning biriktirilgan
guruhlari bo‗yicha tegishli etakchi vazirliklar va idoralarning bilan korxonalar
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning alohida turlari uchun belgilanadi.
RST respublika hududida joylashgan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi va
iste‘mol qiluvchi barcha korxonalar uchun majburiy.
Korxonalar standartlari(KST) korxonalarning o‗zlari tomonidan ishlab chiqilib,
qabul qilinadi.
121
Jamoat birlashmalari standartlari(ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, muhandislik
jamiyatlari va b.). Ushbu normativhujjatlar mahsulot, jarayonlar yoki xizmatlarning
prinsipial yangi turlari; sinovlar o‗tkazshning ilg‗or usullari hamda ishlab chiqarishni
boshqarishning noan‘anaviy texnologiyalari va usullari uchun ishlab chiqiladi.
Standartlashtirish qoidalari(Q) va standartlashtirish yuzasidan tavsiyalar(T)
o‗z xususiyatiga ko‗ra uslubiy mazmundagi hujjatlarga mos keladi. Ular hujjatlar
normalarini muvofiqlashtirish, qabul qilingan tarmoqlar, jamoat va boshqa
tashkilotlar standartlari to‗g‗risidagi axborotni O‗zR Davstandartigataqdim
etish,korxonada standartlashtirish xizmatini tashkil etish tartibiga, GOST majburiy
talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini o‗tkazish qoidalariga va tashkiliy
xususdagi boshqa masalalargataalluqli bo‗lishi mumkin.
Texnik shartlar (TSH) korxonalar va xo‗jalik faoliyatining boshqa subyektlari
tomonidan standartni yaratish maqsadga muvofiq bo‗lmagan hollarda ishlab chiqiladi.
Bir marta yetkazib beriladigan, kichik partiyalarda ishlab chiqiladigan mahsulot
hamda baddiy hunarmandchilik asarlari TSH obyekti bo‗lishi mumkin.
Xalqaro
standartlar(ISO/MEK)
xalqaro
standartlashtirish
tashkilotlari
tomonidan savdodagi texnik to‗siqlarni olib tashlash, ya`ni mahsulot, xizmatlarga
nisbatan qo‗yiladigan talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish uchun
ishlab chiqiladi.
Agar standart xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirilgan bo‗lsa, u bo‗yicha
mahsulotnisertifikatlash mumkin.
Mintaqaviy standartlar mintaqaviy standartlashtirish organlari tomonidan ishlab
chiqiladi. Masalan, eOKK (Evropa sifatni nazorat qilish tashkiloti) ana shunday
tashkilot hisoblanadi.
Milliy standartlar milliy standartlashtirish organlari, masalan, O‗zR
Davstandartitomonidan ishlab chiqiladi. Milliy standartlar faqat O‗zR hududida amal
qiladi.
Davlatlararo standartlar MDHga a‘zo bo‗lgan mamlakatlar uchun majburiy.
Standartlar turlari.
Standartlarning quyidagi turlari mavjud:
122
•
asosiy standartlar;
•
mahsulot uchun standartlar;
•
ishlar va jarayonlar uchun standartlar;
•
sinovlar o‗tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlar;
•
texnik shartlar.
Asosiy standartlar, o‗z navbatida, quyidagi turlarga bo‗linadi:
•
umumiy texnikaviy standartlar;
•
tashkiliy-uslubiy standartlar.
Sifatni aniqlash, belgilash atamalari, sifat ko‗rsatkichlarinomenklaturasini
reglamentlovchi umumiy texnikaviy standartlar standartlashtirishobyektining axborot
nuqtai nazaridan mosligini, uning bir xil ma‘noda tushunilishini ta‘minlash
funksiyasini bajaradi.
Mahsulot uchun standartlarmahsulotga nisbatan qo‗yiladigan talablarni
reglamentlaydi va quyidagi turlarga bo‗linadi:
•
umumiy texnik talablar standartlari;
•
umumiy texnik shartlar standartlari;
•
texnik shartlar standartlari.
Umumiy texnik talablar va umumiy shartlar standartlarimahsulotni ishlab
chiqish, ishlab chiqarish, iste‘mol qilish va uning muomalada bo‗lishi (undan
foydalanish) bo‗yicha bir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan qo‗yiladigan har
tomonlama talablar belgilaydi.
Mahsulot parametrlari va (yoki) o‗lchamlari, xillari, markalari, sortamenti,
konstruksiyasini reglamentlovchi standartlar mahsulotning unifikatsiyasini va bir-
birining o‗rnini bosa olishnita‘minlovchi xil-o‗lcham va parametr qatorlariga nisbatan
qo‗yiladigan talablarni belgilaydi.
Texnik shartlar standartlaribir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan emas, balki
muayyan ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo‗yiladigan talablarni
reglamentlaydi.
Ishlar va jarayonlar uchun standartlar turli xildagi ishlar va jarayonlarni
o‗tkazish qoidalarini belgilaydi. Ularning asosiy talabi ushbu ishlar (jarayonlar)ni
123
amalga
oshirishda
inson
hayoti,
salomatligi
va
mol-mulkining
xavfsizliginita‘minlashdan iborat.
Sinovlar o‗tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlarsinovlar
o‗tkazish usullariga, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‗tkazishga, mahsulotni sertifikatlash
chog‗idagi sinovlarga nisbatan qo‗yiladigan talablarni reglamentlaydi.
Texnik shartlar – bu tarmoqqa bo‗ysungan normativ hujjat bo‗lib, ushbu
mahsulot uchun GOSTni joriy etishda vaqtinchalik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |