Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

Ishlab  chiqarishda  iqtisod  qilishni  oshirish.  Unifikatsiyalangan  va 
standartlashtirilgan  agregatlar  va  mashinalar  elementlarini  qo‗llash  mehnat 
unumdorligini  va  ularni  loyihalashtirish  sifatini  oshiradi.  Bunda  loyihalashtirish 
ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning 
yagona  sistemasini  joriy  etilganda  standart  instrument  va  asboblardan  foydalanish 
hisobiga ishlab chiqarishni tayyorlash muddati qisqarib, harajatlar kamayadi.  
 
Xulosa  qilib  aytadigan  bo‗lsak,  standartlashtirish  mahsulot  sifatini  oshirishda 
yagona  davlat  tashkiliy  texnikaviy  siyosatini  amalga  oshirish  imkonini  beradi  va 
mamlakatimiz iqtisodini boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta‘minlaydi. Korxona 
miqyosida  standartlashtirish  sifatni  boshqarishda  tarmoq  hamda  tarmoqlararo 
standartlashtirish  bilan  uzviy  bog‗liqlikni  ta‘minlaydi.  Standartlashtirish  tadqiqot  va 
loyihalashtirish, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‗yish, muomala va 
sotish, iste‘mol va ekspluatatsiya qilish bosqichlarida ham zarur. U mahsulot sifatini 
yaxshilab, korxona iqtisodini oshirishga imkon beradi.  
 
Iqtisodiy  rivojlanishning  bugungi  bosqichida  standartlashtirish  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishning jadallashuvini kuchaytirishda va samaradorlikni oshirishda borgan sari 
ko‗proq  texnikaviy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bu  jarayon 
standartlashtirishning  tabiatidan  kelib  chiqib,  uning  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga 
ko‗tarilishi bilan asoslanadi.  


108 
Xo‗jalik  faoliyati  subyektlari  tomonidan  standartlarning  majburiy  talablariga, 
standartlashtirishga  taalluqli  boshqa  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat 
nazoratini  "O‗zstandart"  agentligi,  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va 
qurilish  qo‗mitasi,  O‗zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo‗mitasi,  O‗zbekiston  Respublikasi  Sog‗liqni  saqlash  vazirligi  va  ularning  hududiy 
organlari,  O‗zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligi,  shuningdek  boshqa  maxsus 
vakolatli davlat boshqaruv organlari o‗z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. 
Idoraviy  bo‗ysunuvi  va  mulk  shaklidan  qat‘i  nazar,  xo‗jalik  faoliyati 
subyektlarining,  shuningdek  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‗ullanayotgan  jismoniy 
shaxslarning mahsuloti, shu jumladan, sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, 
tayyorlash,  saqlash,  tashish,  foydalanish,  ta‘mirlash  va  chiqindini  foydali  suratda 
ishlatish bosqichlarida) davlat standartining nazorati obyekti bo‗lib hisoblanadi.  
Xo‗jalik  faoliyati  subyektlari  davlat  nazoratini  amalga  oshirish  uchun  barcha 
zarur sharoitni yaratishlari shart.  
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:  

  standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;  

  standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar bosh davlat inspektorlari 

  standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini ta‘minlash bo‗yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.  
Standartlarning  majburiy  talablariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat  nazoratini 
amalga  oshiradigan  davlat  inspektorlari  davlat  boshqaruv  organlarining  vakillari 
hisoblanadilar.  
Davlat inspektori quyidagi huquqlarga ega:  

  xo‗jalik  faoliyati  subyektining  xizmat  va  ishlab  chiqarish  binolariga 
belgilangan tartibda kirish; 

  xo‗jalik  faoliyati  subyektidan  davlat  nazoratini  o‗tkazish  uchun  kerakli 
hujjatlar va ma‘lumotlarni olish;  


109 

  davlat  nazoratini  o‗tkazishda  xo‗jalik  faoliyati  subyektining  texnika 
vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;  

  standartlashtirish 
bo‗yicha 
amaldagi 
normativ 
hujjatlarga 
muvofiq 
standartlarning  majburiy  talablariga  muvofiqligini  tekshirish  uchun  mahsulotlarning 
namunalari  hamda  nusxalarini  tanlab  olishni  o‗tkazish,  bunda  ishlatib  yuborilgan 
nusxalarning  qiymati  va  sinovlarni  (tahlillarni,  o‗lchovlarni)  o‗tkazish  xarajatlari 
tekshirilayotgan  xo‗jalik  faoliyati  subyektlarining  ishlab  chiqarish  chiqimlariga 
kiritiladi;  

  mahsulotni  yaratish,  ishlab  chiqarishga  tayyorlash,  tayyorlash,  realizatsiya 
qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, 
tashish  va  chiqindini  foydali  suratda  ishlatish  bosqichlarida,  standartlar  majburiy 
talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish;  

  xo‗jalik  faoliyati  subyekti  tekshiruvdan  bo‗yin  tovlagan  taqdirda  mahsulotni 
realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega.  
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‗lchovlarning yagona birlikda 
bo‗lishini  ta‘minlash  bo‗yicha  bosh  davlat  inspektorlari  bundan  tashqari,  quyidagi 
huquqlarga ham ega: 

  standartlarning  majburiy  talablari  buzilganligi  uchun  xo‗jalik  faoliyati 
subyektlariga nisbatan jarimalar qo‗llash to‗g‗risida qarorlar qabul qilish;  

  standartlar  buzilishida  aybdor  bo‗lgan  xo‗jalik  faoliyati  subyektlarining 
mansabdor shaxslarini ma‘muriy javobgarlikka tortish;  

  tekshirilgan  mahsulotni  u  standartlarning  majburiy  talablariga  nomuvofiq 
bo‗lgan  hollarda  realizatsiya  qilishni  (yetkazib  berishni,  sotishni),  undan 
foydalanishni  (uni  ishlatishni)  ta‘qiqlash  yoki  to‗xtatib  qo‗yish  to‗g‗risida 
ko‗rsatmalar berish;  

  tekshirilgan  mahsulot  standartlarning  majburiy  talablariga  nomuvofiq  bo‗lgan 
hollarda  uni  ishlab  chiqarishni  taqiqlash  yoki  uni  realizatsiya  qilishni  (yetkazib 
berishni,  sotishni),  undan  foydalanishni  (uni  ishlatishni)  to‗xtatib  qo‗yish  to‗g‗risida 
ko‗rsatmalar berish.  


110 
Davlat  inspektorlarining  mahsulotni  realizatsiya  qilishni  (yetkazib  berishni, 
sotishni) man etish yoki to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risidagi ko‗rsatmasini buzganlik uchun 
xo‗jalik faoliyati subyektlari O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda jarima to‗laydilar.  
Jarima  solish  sud  tomonidan,  xo‗jalik  faoliyati  subyekti  sodir  etilgan 
huquqbuzarlikdagi  aybiga  iqror  bo‗lgan  va  jarimani  ixtiyoriy  ravishda  to‗lagan 
taqdirda  esa,  O‗zbekiston  Respublikasi  Bosh  davlat  inspektori,  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga 
oshiriladi.  
Xo‗jalik  faoliyati  subyektlari  berilgan  ko‗rsatmalar  va  qarorlarni  bajarmagan 
taqdirlarida  davlat  inspektorlari  zarur  materiallarni  prokuratura  organlariga  yoki 
sudga oshiradilar.  
Davlat  inspektorlari  zimmalariga  yuklangan  majburiyatlarni  bajarmagan  yoki 
lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.  
Qonun  va  qoidalar  buzilishida  aybdor  bo‗lgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar, 
shuningdek  davlat  boshqaruv  organlarining  mansabdor  shaxslari  amaldagi  qonun 
hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish