O`zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi


Yozma nutq buzulishlarining o‟ziga xosligi va aqli zaif o‟quvchilarda ularni



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/224
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#230678
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   224
Bog'liq
Диагностика-ва-Коррекция-МАЖМУА-2019

Yozma nutq buzulishlarining o‟ziga xosligi va aqli zaif o‟quvchilarda ularni 
me‟yorga keltirish 
 
Aqli  zaif  bolalarda  o‘qish  jarayonini  yegallash  sekinlik  bilan  boradi  va 
ma‘lum  o‘ziga  xos  qiyinchiliklar  bilan  xarakterlinadi  (M.F.Gnezdilov, 
V.G.Petrova). Normadagi singari o‘qishni yegallash jarayonida aqli zaif bolalar 
o‘sha bosqichlardan o‘tadilar. Lekin G.YA.Troshinning ma‘lumotlariga ko‘ra bu 
bolalar  o‘qish  pog‘onalarini  normal  o‘quvchilarga  qaraganda  3  marta  uzoqroq 
vaqt  ichida  yegallaydilar.  Aqli  zaif  bolalarda  o‘qish  jarayonining  har  bir 
bosqichi  ma‘lum  bir  qiyinchiliklari  bilan  xarakterlanadi.  Xususan,  o‘rganilgan 
harf  aqli  zaif  1  sinf  o‘quvchisi  uchun  baribir  qiyinchiliklar  tug‘diraveradi.  Bu 
uning  fonematik  idrokining  rivojlanmaganligi,  ko‘rish  analizi  va  sintezining 
shakllanmaganligi bilan bog‘liq. 
 
Aqli zaif bolalar uchun tovushlarni bo‘g‘in holiga keltirish juda murakkab 
masala bo‘lib hisoblanadi. Fonematik analiz vazifasi aqli zaif o‘quvchilar ongida 
katta  qiyinchiliklar  bilan  shakllanadi,  ular  uchun  bo‘g‘in  haqidagi 
umumiylashgan tasavvur ham murakkab haisoblanadi. 
 
So‘zlarni  o‘qish  jarayonida,  idrok  qilishning  differensiyalashmaganligi 
oqibatida  aqli  zaif  bolalar  uchun  so‘zlardagi  asosiy  «hal  qiluvchi»  harflar  yo‘q 
demak.  Aqli  zaif  bolalarda  tovush-bo‘g‘inni  sintez  qilish  qobiliyati  ko‘pincha 
past bo‘ladi, o‘qilgan so‘zni tushunish va tanib qolish sekinlashadi.  
 
Matn  va  gaplarni  o‘qish  bundan  ham  ko‘proq  qiyinchiliklar  keltirib 
chiqaradi. 
Aqli  zaif  bolalarda  o‘qish  jarayonida  mazmunga  tushunib  yetish  qanday  rol 
o‘ynaydi,  degan  savol  bo‘yicha  turli  fikrlar  mavjud.  Masalan,  G.YA.Troshin, 
aqli zaif bolalarda normal bolalarga qaraganda so‘zlarni tahminiy o‘qish ko‘proq 
kuzatiladi,  deb  ye‘tirof  yetadi.  M.F.Gnezdilovning  fikricha  esa  aqli  zaif 
bolalarda o‘qish jarayonida tushinib yetish juda zaif namoyon bo‘ladi.  
 
Ikkala  muallif  ham  normadagiga  nisbatan,  o‘qish  jarayonida  yo‘l 
qo‘yiladigan xatolar ko‘pligini ye‘tirof yetadilar. 
 
1-2 sinf o‘quvchilarining aqli zaif o‘quvchilari orasida ko‘pchilik bolalar, 
o‘qish  jarayonida  takrorlanaveradigan  xatolarga  moyilligi  kuzatiladi. 
R.I.Lalayeva,  K.Averino-Jakke  ma‘lumotlariga  ko‘ra,  aqli  zaif  1-sinf 
o‘quvchilarining 65-70% ida disleksiya aniqlanadi. 


 
Aqli  zaif  o‘quvchilardagi  disleksiya  simptomatikasi  o‘zining  turli 
ko‘rinishlari  bilan,o‘qishdagi  xatolar  turg‘unligi  bilan  xarakterlanadi.    Bu 
bolalarda    o‘qishdagi    xatolarni    quyidagi    ko‘rinishlarda    keltirish  mumkin: 
1)harflarni    o‘zlashtirmaslik;  2)harflab  o‘qish;  3)so‘zning  tovush  va  bo‘g‘in  
strukturasini  buzish;  4)o‘qilganni    tushunishdagi    buzilishlar;  5)o‘qish 
jarayonidagi  agramatizmlar (grammatik savodsizlik). 
 
Aqli zaif bolalarda harflarni o‘zlashtira olmaslik turli darajada  namoyon 
bo‘ladi:  bir  necha  harflardan  20-25  harfgacha    o‘zlashtira  olmaslik  aniqlanadi. 
Keyingi  holatda  faqatgina  unli  tovushlarni  anglatuvchi  (a,o,o‘)  va  cho‘ziq 
undoshlar (sh,s,x) o‘zlashtiriladi. 
 
Ba‘zi  bir    hollarda  harflar  umuman  aytib    berila    olinmaydi,  yana  ba‘zi 
birlarida    esa  boshqalari    bilan    almashtiriladi.  Ko‘proq    almashtiriladiganlari 
quyidagilar: d-l, x-k, j-z, g-t, g-x, j-sh, d-t, r-l. 
 
Almashtirilib  yuboriladigan    g-k,  j-z,  d-t,  r-l    kabi  tovushlarni    fonetik 
jihatdan  o‘xshash    bo‘lganliklari  bilan    tushuntirish  mumkin.  G-t,  t-g,  k-l  kabi  
almashtirishlarni    esa  grafik    belgilariga  ko‘ra    o‘xshash  bo‘lganliklari  bilan  
tushuntirish  mumkin.  D-l,  h-k  larning  almashtirilishi  sabab  bo‘lib,  bir  necha 
belgilarning  o‘xshashligi  hisoblanadi.  D  va  L  harflari  nafaqat  grafik  jihatdan, 
balki,  artikulyasiyasiga  ko‘ra  ham  o‘xshash  tovushlardir.  Grafik  jihatdan 
o‘xshash  bo‘lgan    X  va  K  tovushlari  o‘zining  ohangi  va  grafik  artikulyasiyasi 
bilan o‘xshashdir. 
 
Yordamchi  maktablarning  2-sinflarida  o‘qishdagi  buzilishlar  bilan  51%, 
2-sinfda esa 6,6% o‘quvchi aniqlanadi. 
Harflar  o‘qishning  turli  variantlari  aniqlanadi.  Ba‘zi  bir  hollarda  bolalar 
bo‘g‘inlab  o‘qiy  olmaydi  va  harflarni  birma-bir  aytadi.  Bolalarning  bir  qismi 
harflab  o‘qilgan  matn  va  gaplarning  mazmunini  tushunib  yetadi,  boshqalarida 
esa harflab o‘qilganni tushunmaslik aniqlanadi. 
 
I-sinf  o‘quvchilari  orasida  o‘qishdagi  buzilishlarga  yega  bo‘lgan 
o‘quvchilarning  49%  ida  harflab  o‘qish  kuzatiladi,  2-sinfda  esa,  fakt  26% 
bolalarda harflab o‘qish aniqlanadi. Shuningdek, xarakteriga ko‘ra turli bo‘lgan 
tovush-bo‘g‘in strukturasidagi ko‘plab buzilishlar aniqlanadi. 
 
I-sinfda so‘zlarni buzib o‘qish 38% o‘quvchida, 2-sinfda 10% o‘quvchida 
aniqlandi. 
 
Yordamchi  maktablarning  quyi  sinflarida  matnlarni  tez  va  ravon 
(so‘zlarni  butunligicha  yoki  bo‘g‘inlarga  bo‘lib)  o‘qiydigan  o‘quvchilar  bor, 
lekin  ular  o‘qilganni  yaxshi  tushunmaydilar,  so‘zlarni  to‘g‘ri  o‘qigach,  shunga 
taalluqli  rasmlar  bilan  solishtira  olmaydilar.  Matnni  o‘qigach  esa  berilgan 
savollarga javob berishda qiynaladilar. 
 
Matndagi  gaplarni,  so‘zlarni  tushunishdagi  qiyinchiliklar  o‘qishdagi 
buzilishga  yega  bo‘lgan  birinchi  sinf  bolalarining  17%ida  aniqlanadi. 
Disleksiyasi  bo‘lgan  2-sinfdagi    60%  bolalar  o‘qilganning  mazmunini 
tushunishga qiynaladilar. 2-sinfda o‘qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar 
miqdori  keskin  ortadi,  chunki  ko‘pchilik  bolalar,  o‘qishning  2-yilida    matnni 
o‘qishga  go‘yo  «texnik  jihatdan»  tayyorlangan  bo‘ladi.  Bolalar  umumiy 
sonining  ortishi bilan birga, o‘qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar bilan 
qiynalayotgan bolalar soni ham ortadi.  


 
O‘qishning 
sintetik 
usullari 
bosqichida, 
ayniqsa, 
yordamchi 
maktablarning  3-sinfidan  boshlab,  aqli  zaif  o‘quvchilarda  agramatizmlar  
kuzatila  boshlaydi.  Ular  sufkslar  joyini  almashtirishda,  so‘zlar  morfologik 
strukturasining  buzilishida,  qo‘shimchalarda  va  shu  qo‘shimchalarni  o‘qish 
jarayonidagi tushunib yetishda namoyon bo‘ladi.  
 
Aqli  zaif  o‘quvchilarda  dskleksiyaning  turli  ko‘rinishlari  –  optik, 
fonematik, semantik, agramatik ko‘rinishlari kuzatiladi.  
 
Aqli zaif o‘quvchilarda disleksiya asosan    birinchi-ikkinchi sinflar bilan 
murakkab  ko‘rinishlar  namoyon  bo‘ladiki,  bular  ko‘plab  funksional 
sistemalarning 
global 
rivojlanmaganligi, 
idrok 
qilish 
faoliyatining 
rivojlanmaganligi bilan bog‘liq.  

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish