O`zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/224
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#230678
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224
Bog'liq
Диагностика-ва-Коррекция-МАЖМУА-2019

 
 
Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi. 
 
Aqli  zaif  bolalar    so‘z    boyligining  o‘ziga    xos  tomonlari    ko‘plab 
mualliflar  diqqat-ye‘tiborini  o‘ziga  jalb    qilgan.  Ular,  idrok  qilish  faoliyatidagi  
buzilishlar  passiv  va  aktiv  lug‘atlarning  shakllanishida  o‘z  izini  qoldiradi,  deb 
ye‘tirof yetganlar. 
 
Aqli  zaif  bolalarda  lug‘at boyligining kambag‘alligi, so‘zlardan noto‘g‘ri 
foydalanish,  passiv  lug‘atning  aktiv  lug‘atdan    ustun  bo‘lishi  va  so‘zlarni 
mazmunga  qarab  ishlatishdagi  qiyinchiliklar  sezilib  turadi.    Bu  bolalarda  so‘z 
boyligi 
kambag‘alligining  muhim  sabablari  bo‘lib,  ularning  aqliy 
rivojlanishining  pastligi,  atrofdagi  olam  haqida  bilim  va  tasavvurlarining 
cheklanganligi,  verbal  xotiraning  zaifligi,  ijtimoiy  va  nutqiy  munosabatga 
bo‘lgan talabning pastligi, qiziqishlarning shaklanmaganligi xisoblanadi. 
 
V.G.Petrovning  ma‘lumotlariga  ko‘ra,  1  sinfning  aqli  zaif  o‘quvchilari 
ularni  o‘rab  turgan  ko‘pgina  predmetlarning  (soat,  piyola),  ayniqsa, 
predmetlarning alohida bo‘laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa). 
 
Bolalar  lug‘atida  aniq  ma‘noli  otlar  ustunlik  qiladi,umumlashma 
xarakterdagi so‘zlar ishtirok yetmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim). 


 
Aqli  zaif  bolalarning  faol  lug‘atida  hayvonlar  harakatini  anglatuvchi 
ko‘plab  fe‘llar  ishtirok  yetmaydi  (sakraydi,  yemaklaydi,uchadi).  1-2-sinfning 
o‘quvchilari  «qurbaqa  kelyapti»  «ilon  kelyapti»,  «qushcha  kelyapti»  -kelyapti 
deb gapiradilar. 
 
Aqli zaif bolalar soni jihatdan ko‘p bo‘lmagan predmet belgisini bildirgan 
so‘zlardan: rang- (qizil, ko‘k, yashil), maza- ta‘m (shirin, achchiq) foydanadilar. 
Belgi    jihatdan    qarama-qarshi    ma‘noli    bo‘lgan    so‘zlardan  esa  juda    kam  
foydalanadilar (uzun-qisqa). 
 
N.V.Tarasenkoning    ma‘lumotlariga    ko‘ra  quyi    sinflarning  aqli  zaif 
o‘quvchilari  insonlarning    ichki    fazilatlariga  oid    sifatlarni    ham  istemol 
qiladilar. 
 
Quyi  sinf aqli zaif  o‘quvchilarining  lug‘atida  ravish so‘z turkumiga  oid 
so‘zlar juda ham cheklangan. 
 
So‘z  va    iboralarni    noto‘g‘ri    qo‘llash  tez-tez    uchraydi.  Semantik  
o‘xshashligiga  ko‘ra so‘zlarni  almashtirish  ustunlik  qiladi. Tarqoq, ma‘nosi  
kengaygan  so‘zlarni    almashtirish    xodisasi  xarakterlidir  (sakrayapti, 
o‘rmalayapti  «kelyapti»).  Bir  turdagi,  ko‘rinishdagi  so‘zlarni  almashtirish 
kuzatiladi.  Masalan,  botinka  so‘zi  bilan  bolalar  (yetik,  tufli,  kalish  so‘zlarini 
qo‘llaydi);  ko‘ylak  so‘zi  bilan  kofta,  kurtka  so‘zlari  qo‘llanadi.  Aqli  zaif 
bolalarda 
so‘zlarni 
qo‘llashdagi 
noaniqliklarning 
sabablari 
bo‘lib 
differensiasiyaning  predmetlarni  ajratishdagi  qiyinchiliklar  hisoblanadi.  Aqli 
zaif  o‘quvchilarning  differensial  tormoz  jarayoni  zaifligi  oqibatida  predmetlar 
orasidagi  farqlarga  qaraganda,  ularning  o‘xshashliklarini  osonroq  qabul 
qiladilar,  shuning  uchun  ular  o‘xshash  predmetlarning  umumiy  va  aniq 
belgilarini o‘zlashtiradilar. Shunday umumiy va aniq belgilar bo‘lib, predmetlar 
bajaradigan vazifa bo‘lishi mumkin (qoshiq, sanchqi). Predmetlar orasidagi farq 
o‘zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi. 
 
Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda ko‘proq,  lekin 
shunda  ham  biror  so‘zni  qaytarish,  talaffuz  yetish  uchun  yo‘naltiruvchi  savol 
talab  yetiladi.  Qiyinchiliklar  bir  tomondan,  aqli  zaif  bolalarning  bosh  miya 
po‘stlog‘idagi  tormozlanishdan,  boshqa  tomondan,  semantik  maydonlar 
shakllanishidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqadi. 
 
A.R.Luriya  va  O.S.Vinogradovalar  semantik  maydonlar  yuzasidan 
o‘tkazilgan tadqiqot ularni to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Normada so‘zni 
tanlash,  ularning  ma‘nosidan  kelib  chiqqan  holda,  ya‘ni  mazmuniy 
o‘xshashliklarga  qarab  amalga  oshiriladi  (baland-past,  olma-nok).  Aqli  zaif 
bolalarda 
esa 
so‘zlarni  tanlash  ko‘proq  taxminiy,  ba‘zan,  tovush 
o‘xshashliklariga  asoslanib  amalga  oshiriladi-ki,  bu  yana  bir  bor  lug‘aviy 
sistemalikning  to‘liq  shakllanmaganligidan  dalolat  beradi.  Ko‘pgina  so‘zlar 
tushunchaga aylanmay qolaveradi. 
 
AQLI  ZAIF  BOLALARDA  NUTQ  GRAMMATIK  QURILIShINING 
BUZULIShI 
 
Ko‘pchilik  mualliflarning  tadqiqodlari  shuni  ko‘rsatadiki  (V.G.Petrov, 
M.F.Gnezdilov,  M.F.Feofanov,  A.P.Fedchenko  va  boshqalar)  aqli  zaif 
o‘quvchilarda  nutqning  grammatik  tomondan  shakllanmaganligi  kuzatiladi.  Bu 
grammatik  umumlashmalarni  talab  qiluvchi  ko‘plab  topshiriqlarni  bajarishdagi 
qiyinchiliklarda kuzatiladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, so‘z yasalishdagi va 


so‘z  o‘zgartirishdagi  morfologik  shakllarning  to‘liq  rivojlanmaganligi  ham 
buning sabablari hisoblanadi. 
 
Kelishiklarni  qo‘llashda  ham  buzilishlar  kelib  chiqadi.  Otlarning  bosh, 
qaratqich  va  tushum  kelishiklari  nisbatan  yaxshiroq  shakllangan  bo‘ladi.  Yeng 
ko‘p  xatolar  qaratqich  va  chiqish  kelishiklar  konstruksiyalarida  uchraydi. 
Qaratqich kelishigi ko‘proq bosh kelishik bilan almashtiriladi. 
 
Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko‘makchilar bilan noto‘g‘ri qo‘llash, 
shu  konstruksiyalarni  old  ko‘makchilar  bilan  noto‘g‘ri  tushinishga  qaraganda 
ko‘proq  kuzatiladi.  Impressiv  nutqda  orqa,  oldi,  yonida,  ustida,  tagida  old 
ko‘makchilarning o‘rnini almashtirib qo‘llash kuzatiladi. Yekspressiv nutqda ga, 
dan  ko‘makchilarini  tushirib  qoldirish,  shuningdek,  ustida,  yonida,  oldida, 
orqasida, o‘rtasida, orqali old ko‘makchilarining yo‘qligi kuzatiladi. 
 
Ravish  va  otdan  hosil  bo‘lgan  birikmadagi  buzilishlar,  ot  va  sonning 
noto‘g‘ri birikishi kuzatiladi. 
 
Bolalar  otning  qaratqich  kelishigidagi,  ko‘plikdagi  shaqlini  noto‘g‘ri 
qo‘llaydilar.  Ba‘zi  bir  hollarda  qaratqich  kelishigi  qo‘shimchalari  almashtirib 
yuboriladi. Sifatga oid so‘zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga 
doir bo‘lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. 
 
To‘liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi 
xatolar ham o‘ziga xos tomonlarga yega. 
 
Aqli zaif bolalarda so‘z yasalishi funksiyasi, so‘z o‘zgarishiga qaraganda 
kamroq  shakllangan,  deb  hisoblanadi.  So‘z  yasalishining  kam  shakllanganligi 
otdan  yasaluvchi  sifatlar  hosil  bo‘lishidagi  qiyinchiliklarda  ko‘rinadi  (tosh-
toshli).  
 
Quyi sinflardagi aqli zaif o‘quvchilar uchun sodda yig‘iq gaplar harakterli 
bo‘lib  hisoblanadi.  Tarkibida  to‘ldiruvchi,  ba‘zan  o‘rin  xoli  ishtirok  yetgan 
sodda  yoyiq  gaplar  ham  ishlatiladi  (Qiz  gul  uzyapti;  Bolalar  maktabga 
boryaptilar). 
 
Bolalarning  mustaqil  nutqida  yega  yoki  kesim,  yoki  yega  bilan  kesim 
tushirib qoldirilgan gaplar tez-tez uchrab turadi. Masalan, rasmga qarab hikoya 
tuzish: «Bola baliq tutyapti. Tashladi. YUgurdi. Qayiqda suzyapti». 
 
Aqli  zaif  bolalarda  so‘zning  morfologik  tarkibi  va  gapdagi  so‘zlarning 
sintaktik  aloqasi  haqidagi  tasavvurlar,  morfologik  umumlashmalar  juda  ham 
kambag‘al. Nutqning leksik-grammatik qurilishining rivojlanmaganligi, ayniqsa 
bog‘lanishli nutqda yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish