O`zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi


AQLI ZAIF O‟QUVCHILARDA BOG‟LANIShLI NUTQNING



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/224
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#230678
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   224
Bog'liq
Диагностика-ва-Коррекция-МАЖМУА-2019

AQLI ZAIF O‟QUVCHILARDA BOG‟LANIShLI NUTQNING 
BUZULIShI 
 
Ko‘pgina mualliflarning ishlarida aqli zaif bolalarda bog‘lanishli nutqning 
sekinlashgan  holda  rivojlanishi  va  o‘ziga  xos  sifatlari  bilan  xarakterlanishi 
keltiriladi.  Ular  uzoq  vaqt  situativ  nutqda  va  savol-javob  bosqichida  to‘xtalib 
qoladi. Bu bolalarda mustaqil fikr bayon qilishga o‘tish juda qiyin hisoblanadi. 
Ko‘pchilik  hollarda  yordamchi  maktablarning  yuqori  sinflarigacha  cho‘ziladi. 
Mustqil  fikr  bayon  qilishning  hosil  bo‘lishi  jarayonida  aqli  zaif  o‘quvchilar 
kattalarning    yordamiga  muhtoj  bo‘ladilar.  Aytib  ko‘mak  berish  yoki  savol 
tarzida  berish  zaruriyati  seziladi.  Ayniqsa,  bu  bolalar  uchun  kontekstli  nutq 
shaqli qiyin hisoblanadi. Situativ nutq, ya‘ni ko‘rgazmalilikka, aniq situasiyaga 
(holatga) tayangan nutq nisbatan yengilroq amalga oshiriladi. 


 
Mustaqil 
nutqning 
rivojlanmay 
qolishida 
dialogning 
to‘liq 
shakllanmaganligi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ma‘lumki,  dialogik  nutq  monologik 
nutqdan  oldin  shakllanadi  va  uning  rivojlanishini  tayyorlab  beradi.  Aqli  zaif 
bolalar  ko‘pincha  biror  bir  voqyeaning  mazmunini  aniq  bayon  qilishning 
zaruriyatini  tushunib yetmaydilar,  ya‘ni  ular  suhbatdoshiga  (suhbat  mazmuniga 
ko‘ra) moslasha olmaydilar. 
 
Mustaqil  fikr  bayon  qilishlar  uzuq-yuluq  bo‘ladi.  Hikoya  qilishda 
mantiqiy tartib, qismlar orasidagi aloqa buziladi. Bog‘lanishli matnlar ko‘pincha 
fragmentlardan  iborat  bo‘ladi,  yagona  bir  butunlikni  tashkil  qilmaydi  va  bayon 
qilishning  qisqaligi  bilan  xarakterlanadi.  Aqli  zaif  bolalarda  bog‘linishli 
nutqning shakllanishidagi ortda qolish sabablaridan biri ularning nutqiy aktivligi 
juda  zaif  va  tezda  holdan  toyishi  hisoblanadi.  Monoligik  nutq  jarayonida 
hikoyani  konkretlashtirish  va  rivojlantirish  bolaning  o‘zi  tomonidan  amalga 
oshiriladi. Ba‘zi bir hollarda, xususan, bolalarda hikoyalash mavzusiga qiziqish 
uyg‘onganda,  mustaqil  fikr  bayon  qilish  xarakterli  ham  o‘zgaradi:  hikoya 
mazmuni kengayadi, gaplardagi so‘zlar soni ham ortadi. Shunday qilib, mustaqil 
fikr bayon qilishda motivasiya (sabab-sharoit) katta rol o‘ynaydi. 
 
Aqli  zaif  bolalarda  bog‘lanishli  fikr  bayon  qilishning  o‘ziga  xosligi 
topshiriqning  xarakteridan,  mustaqil  fikr  bayon  shaqlidan  kelib  chiqadi. 
Mustaqil  hikoya  qilishga  qaraganda,  aqli  zaif  bolalarda,  qayta  so‘zlab  berish 
yengil  amalga  oshiriladi.  Lekin  ularning  qayta  so‘zlab  berishlari  ham  qator 
o‘ziga  xosliklarga  yega.  Masalan,  ular  matnning  ko‘pgina  muhim  qismlarini 
tushurib  qoldiradilar,  mazmunni  soddalashtirib  bayon  qiladilar,  vaqt,  makon, 
sabab-oqibat  munosabatlarida  tushunmovchiliklar  namoyon  bo‘ladi.  Ko‘pincha 
ular matnda bo‘lmagan voqyea-hodisalarni, detallarni qo‘shib yuboradilar.  

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish