Bir butunlik qonuniyati — tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning
o’zaro bir-birlari bilan bog’lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi.
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o’zaro bog’lanib
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element
o’zgarsa, bu o’zgarish boshqa komponentlarga ham ta’sir etib, butun tabiiy
muhitni o’zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o’ylanmay ko’rsatilgan ta’sir
ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |