GLOSSARIY
Abiogen
bosqich
— Geografik qobiqning vujudga kelishi va
rivojlanishining organik dunyosiz o’tgan dastlabki bosqichi. A. b. geografik qobiq
taraqqiyotining arxey va proterozoy eralarini o’z ichiga oladi. A. b. 2,5—3 mlrd.
yil davom etgan deb hisoblanadi. Geografik qobiq o’z taraqqiyoti davomida A. b,
dan keyin biogen bosqichga, so’ngra antropogen bosqichga o’tgan.
Abiogen omillar — geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat
ta’sirida mavjud bo’lgan omillari. Magadan, birlamchi tog’ jinslari, iqlim, relyef,
Yerning ichki energiyasi hamda kosmik energiya.
Abissal (yunoncha abussos — tubsiz) zona — okeanlarning 2500 m dan
6000 m gacha bo’lgan chuqur qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: