burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Al’p tog’lari nomidan
olingai. A. b. davrida hozirgi mavjud ko’p yosh tog’ tizmalari hosil bo’lgan. Bular
ikki tog’ mintaqasini tashkil etadi: Al’p-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas,
Apennin, Al’p, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay,
Birma) va Tinch okean (Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya,
Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordilyera) tog’lari mintaqalari.
Antekliza (yunoncha
anti — qarshi va
klisis— og’ish)—platformalarda yer
po’stining salgina ko’tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar.
Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po’stining uzoq vaqt davomida
asta-sekin ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi.
Antisiklon (yunoncha
anti - qarshi,
cyklon - aylanuvchi)— atmosferada ro’y
beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta’sirida shamollar A. markazdan
chekkaga tomon yo’naladi. Lekin Yerning o’z o’qi atrofida ay-lanishi ta’sirida
shamol Shimoliy yarimsharda o’z yo’nalishini o’zgartirib, soat mili xarakati
yo’nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo’nalishda esadi. A. soatiga o’rtacha
30 km –tezlikda siljiydi. O’rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda
60— 65 km tezlikda g’arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko’pincha havo
ochiq, kechasi salqin, kunduzi iliq bo’ladi.
Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug’orish, suv bilan ta’minlash
va boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba’zi qadimgi
kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig’i,
Damariq va hokazo. Ekinlarni sug’orish uchun tortilgan jo’yaklar ham ba’zan A.
deyiladi.
Artezian suvlari — har xil chuqurlikda suv o’tkazmaydigan qatlamlar
oralig’ida hosil bo’lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo’ladi,
shuning uchun burg’ qudug’i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori
ko’tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo’lganda esa yer yuziga ko’tariladi yoki
favvora bo’lib chiqadi. Artezian so’zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan
olingan.
Arxipelag, to’da o r o l l a r (italyancha arxi — dastlabki, pelago — dengiz)
— bir-birlaridan unchalik uzoq bo’lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan
orollar to’dasi.
Atmosfera (yunoncha atmos — bug’, spharia — kura)—Yer bilan bir
butundek birga aylanadigan havo qobig’i. Atmosferaning Yer yuzidan 100—200
km balandlikkacha bo’lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%)
va karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. Atmosferada bu
gazlardan tashqari suv bug’lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor.
Amosferada 10 km gacha balandlikda asosan yerda hosil bo’lgan chang bo’ladi.
Katta balandliklarda esa, meteor jismlar yonishidan hosil bo’lgan kosmik chang
bo’ladi. Ayniqsa, atmosferaning yerga yaqin qatlamida chang ko’p, bu yerda 1 kub
sm quruq havoda 100 mingtagacha chang zar-ralari bor. Balandlik ortgan sari
atmosferaning zichligi, bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari
o’zgaradi. Atmosfera Quyidagi 5 qatlamga bo’linadi: troposfera, stratosfera,
mezosfera, termosfera yoki ionosfera, ekzosfera.
Do'stlaringiz bilan baham: