Landshaft komponentlari - har bir joydagi tog’ jinslari, relyef, iqlim, yer
usti va yer osti suvlari, o’simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar.
Landshaftlar rekultivasiyasi — inson faoliyati ta’sirida muvozanati
buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta
ishga solish yoki uyar o’rnida yangi landshaftlar bunyod etish.
Landshaft qobig’i — geografik qobiqning litosfera (Yer po’sti)
gidrosfera (suv qobig’i) va troposfera bevosita tutashib turgan nisbatan yupqa
markaziy qismi. L. q. hozirgi nurash po’stini, tuproq-o’simlik qoplamini, barcha
tirik organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan quyi qismini o’z ichiga oladi.
L. q.-ning qalinligi qutbiy o’lkalarda 10 m dan ekvatorial o’monlarda 100—150
m gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |