M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

bog‘liq emas, uni istalgan vaqtda amalga oshirish mumkin.

Ilgak (tamðon) yordamida material olish uchun bemordan

tizzalarini qorniga bukib yon tomoniga yotish va dumbasini ochib

turish so‘raladi. Ilgak ehtiyotkorona harakatlantirib orqa teshikka 5–

6 sm chuqurlikka kiritiladi va ehtiyotlik bilan chiqariladi. So‘ngra ilgak

steril ðrobirkaga solinib laboratoriyaga yuboriladi va shu zahotiyoq

oziq muhitiga ekiladi.

Siydik (20–30 ml) steril kateter yordamida yaxshi yoðiladigan

steril idishga solinadi. Buning uchun avval jinsiy a’zolar sovun bilan

yuviladi va steril fiziologik eritma bilan chayiladi. Erkaklarda tashqi

6 – Yuqumli kasalliklar



82

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

jinsiy a’zolar tozalangandan keyin siydik yig‘ish mumkin (ekish

uchun siydikning ikkinchi ðorsiyasi ishlatiladi).

O‘t suyuqlig‘i (10–20 ml) duodenal zondlash vaqtida olinadi.

Òif-ðaratif kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonadan

chiqarishdan oldin duodenal zondlash o‘tkaziladi va o‘t suyuqlig‘i

olinib tekshiriladi. Buning uchun uzunligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan

ingichka zonddan foydalaniladi. Zondlash odatda ertalab saharda

tayinlanadi. Zond bemorga o‘tirgan holda kiritiladi. So‘ngra bemorni

kushetkaga o‘ng tomoni bilan yostiqsiz yotqiziladi. Jigar sohasiga iliq

isitgich (grelka) qo‘yiladi va gavdaning ðastki qismi ko‘tarilgan

holda bemor tagiga val qo‘yiladi. Shu

holatda bemor asta-sekin zondni belgi-

gacha yutadi. Alohida steril ðrobirkalarga

o‘t suyuqlig‘ining uchta (A, B va C)

ðorsiyasi ham olinadi (25-rasm). So‘ngra

1–2 ml o‘t suyuqlig‘i chiqqandan keyin

(tekshirish uchun ishlatilmaydi) bevo-

sita zonddan yoki shðris orqali ðrobir-

kalarga olinadi. O‘t suyuqlig‘i kislotali

muhitga ega (oshqozon shirasi tufayli)

yoki uning tarkibida oqish rangli su-

yuqlik bo‘lsa material tekshirishga yaroq-

siz hisoblanadi.

Oshqozonni (20–50 ml) natriy gidrokarbonat, kaliy ðerman-

ganat (margansovka) va boshqa moddalar aralashmagan, qaynatib

ilitilgan suv bilan yuvgandan keyin yuvindi steril bankalarga olinadi.

Òomoqdan shilliq difteriya, meningokokk infeksiyasi, angina,

o‘tkir resðirator virusli infeksiyalar, ko‘kyo‘tal va boshqa kasal-

liklarda olinadi va ekma qilinadi. Material olinadigan tamðon oldin-

dan sterillanib tayyorlangan bo‘lishi zarur. Odatda ðaxta yoki doka

tamðon yog‘och tayoqchaga yoki zanglamaydigan simga o‘raladi va

ðrobirkaga tushiriladi.

Burundan shilliq olishdan avval burun quruq ðilik bilan toza-

lanadi. Òamðon hamma tomonlari bilan burun devorlari va to‘sig‘iga

tegizilgan holda burunning har bir kovagiga kiritiladi. Òamðondan

olingan material zudlik bilan tegishli qattiq muhitlarga ekiladi.

Serologik usul. Serologik (serum – zardob) reaksiyalar qo‘yish

uchun tekshirish materiali bemor qonining zardobi hisoblanadi.

25-rasm. Zond orqali o‘t

suyuqligining A, B va C ðor-

siyalarini olish.


83

Umumiy qism

Barcha serologik reaksiyalar asosida antigen va antiteloning o‘zaro

ta’siri yotadi. Shuning uchun qon zardobida antiteloni aniqlash

uchun tegishli qo‘zg‘atuvchining aniq bo‘lgan antigenlari ishlatiladi.

Klinik amaliyotda ko‘ðincha agglutinatsiya reaksiyasi (Vidal reak-

siyasi) va uning ko‘rinishlari (bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi,

komðlementni bog‘lash reaksiyasi) qo‘llanadi. Agglutinatsiya

reaksiyasida mikroblar susðenziyasiga immun zardob qo‘shilganda

mikroblar o‘zaro birikib uyum (to‘da) yoki don shaklida ko‘rinadi,

ðrobirkada esa tubiga yig‘ilib cho‘kma hosil qiladi (26-rasm).

Serologik reaksiyalar

uchun qon olish ekish

uchun qon olishga o‘x-

shaydi, lekin undan far-

qi shundaki, bunda qon-

ni shðris bilan emas, bal-

ki o‘z oqimi bilan olgan

ma’qul. Buning uchun

teshigi kattaroq igna olib,

venaga shðrissiz kiritiladi

va ðrobirkaga 3–5 ml qon

olinadi. Bunday qon

olishda eritrositlar kam

shikastlanadi va qon

zardobi kam hollardagina gemoliz belgisi bilan olinadi. Qon tindiril-

gandan va sentrifugaga qo‘yilgandan so‘ng zardob ðiðetka yordamida

boshqa ðrobirkaga o‘tkaziladi va muzlatgichda +4

°

C haroratda reaksiya



qo‘yilgunga qadar saqlanadi.

Ma’lumki, ko‘ðgina yuqumli kasalliklarda immun javob kasal-

likning 5–7-kunida, antitelolarning maksimal o‘sishi esa, keyin-

chalik yuzaga keladi. Qon olishda bunga ahamiyat berish zarur. Ammo

odatda serologik reaksiyalar uchun qon kasallikning birinchi kunlari

olinadi, bu esa kasallik dinamikasida antitelolar titrining o‘sishini

kuzatish imkonini beradi. Òakror serologik tekshirishlar 5–7 kun-

dan kam bo‘lmagan oraliqda o‘tkaziladi. Virusli infeksiyalarda 10–12

kunlik oraliq bilan qo‘sha zardoblar olinadi. Antitelolar titrining 4

baravar oshishi, gumon qilinayotgan kasallik tashxisini tasdiqlaydi.

Hozirgi ðaytda amaliyotda immunoferment tahlillar keng qo‘l-

lanilmoqda. Ularning afzalligi o‘ta yuqori sezgirlik bo‘lib, reaksiya

26-rasm. Agglutinatsiya reaksiyasi.


84

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

qo‘yish uchun 0,05–0,1 ml zardob yetarli. Antitelolarni immuno-

globulinlarning ma’lum sinflarga  (Ig M, Ig G, Ig A va b.) tegish-

liligini aniqlash keng qo‘llanila boshlandi. Bu esa yuqumli kasallikni

sun’iy immunlashdan, birlamchi yuqumli kasallikni uning qayta

uchraganligidan farqlash va infeksiya davrini aniqlashga imkon

yaratadi.

Ayrim yuqumli kasalliklar-

ning tashxisini tasdiqlash uchun

teri-allergik sinamalardan ham

foydalaniladi (27-rasm).

Allergik sinamalar mikro-

organizmning qo‘zg‘atuvchi

yoki uning toksiniga sezgir-

ligining oshishiga asoslangan.

Bular sðetsifik bo‘lib, brusel-

lyoz, tularemiya, toksoðlazmoz, qorin tifi, dizenteriya, Ku-

isitma, ornitoz va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Bu usulning boshqa

tekshirish usullari oldida afzalligi uni o‘tkazish osonligi va har

qanday sharoitda bajarilishi mumkinligidir. Sinama qo‘yish uchun

teri ichiga 0,1 ml allergen (masalan, brusellyoz kasalligida brusellin)

kiritiladi. Bilak kaft yuzasining o‘rta qismida teri sðirt bilan artil-

gandan keyin igna teri orasiga uning yuzasiga ðarallel holda joy-

lashtirilib kiritiladi. Ignaning yuqoriga qaragan kesik joyi teri ichiga

to‘liq kirgandan keyin ðreðarat yuboriladi. Òeri ichiga ðreðarat

to‘g‘ri kiritilganda inyeksiya joyida katta bo‘lmagan, oqish tusda,

aniq konturga ega bo‘lgan qattiq ðufakcha («tugmacha») hosil

bo‘ladi va u odatda 10–15 minutdan keyin yo‘qoladi.

Allergik sinama natijasi allergen kiritilgandan keyin 24–48 soat

davomida tekshiriladi. Bunda reaksiya natijasida hosil bo‘lgan infiltrat

kattaligi bo‘yicha baholanadi (qizarish asosiy ko‘rsatkich emas). U

quyidagicha bo‘lishi mumkin. O‘ta ijobiy (tana haroratining ko‘ta-

rilishi, regionar limfa tugunlarining kattalashishi, infiltrat dia-

metrining 6 sm dan yuqori bo‘lishi), ijobiy (umumiy reaksiya

kuzatilmaydi, infiltrat diametri 3–6 sm), sust ijobiy (infiltrat

diametri 1–3 sm) va gumonli (infiltrat diametri 1 sm ga yaqin).

Reaksiyaning ijobiy bo‘lganligi organizmda mazkur kasallik borli-

gidan dalolat beradi. Kasallik bo‘lmagan holatlarda allergen kiritilgan

joy ozroq qizaradi (infiltrat bo‘lmaydi) va 1–3 soatlar mobaynida

27-rasm. Òeri-allergik sinama.



85

Umumiy qism

yo‘qoladi. Sinama ijobiy bo‘lgan taqdirda, asosan serologik reak-

siyalar ham ijobiy natijalar beradi. Shuni ham e’tiborga olish

kerakki, ijobiy allergik sinamalar yuqumli kasalliklar bilan ilgari

og‘riganlarda va emlanganlarda (masalan, tularemiyaga qarshi) uzoq

vaqtgacha saqlanib qoladi.

Orqa miya ðunksiyasi texnikasi.  Bosh miya va uning ðarda-

larining xoh yuqumli (meningokokk infeksiyasi), xoh yuqumsiz

(subaraxnoidal qon quyilish) zararlanishlarida tashxis qo‘yish va

davolash maqsadlarida orqa miya ðunksiyasi qilinadi va bunda orqa

miya suyuqligi (likvor) tekshiriladi.

Orqa miya ðunksiyasini bemor o‘tirgan yoki yonboshi bilan

yotqizilgan holda o‘tkazish mumkin. Og‘ir bemorlarda ðunksiya

faqat yotgan holda o‘tkaziladi. Bemorni o‘tirgan holatda ðunksiya

qilganda tizza bo‘g‘imida bukilgan oyoqlari tovonlari bilan stulga

tayangan (tiralgan) holda joylashtiriladi va yelkasi bel qismida

maksimal bukilgan holatda bo‘ladi.

Odatda III va IV yoki IV va V bel umurtqalari oralig‘iga ðunksiya

qilinadi. Òeri avval yod, keyin etil sðirti bilan artilgandan so‘ng,

lumbal ðunksiya uchun uzunligi 9 sm atrofida bo‘lgan mandrenli

igna olinadi va bevosita IV umurtqa ustiga kiritiladi. Ignaning kesilgan

uchi yuqoriga qaragan bo‘lib, tanasi IV umurtqaning o‘tkir

o‘simtasi bo‘ylab harakatlanishi zarur. Miya ðardasini teshib

kirishda o‘ziga xos qarshilik seziladi, so‘ngra bo‘shliqqa tushganlik

hissi qo‘lga seziladi, bu ignaning subaraxnoidal bo‘shliqqa tush-

ganini bildiradi.

Igna to‘g‘ri kiritilsa mandrenni chiqarishda likvor oqib chiqadi.

Suyuqlik olingandan keyin igna birdaniga sug‘urib olinadi, u

kiritilgan joyga yod surtiladi va steril salfetka bilan yoðiladi (yoðish-

tirib qo‘yiladi). Punksiyadan keyin bemor kamida 2 soat davomida

yostiqsiz qorni bilan yotishi va sutka davomida to‘shakdan turmasligi

zarur. Punksiya vaqtida bemor kuchli og‘riq sezishi mumkin, lekin

bu og‘riq tezda o‘tadi.

Ayrim hollarda igna bilan orqa miya ðardasi venalari yoki venoz

chigalni tasodifan jarohatlash mumkin, bu vaqtda likvorga qon

aralashishi, hatto toza qon chiqishi kuzatiladi. Bunday vaqtda ðunk-

siya to‘xtatiladi. Bu bemor hayoti uchun hech xavf tug‘dirmaydi.

Punksiyadan keyin meningizm belgilari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil

aynishi, bosh aylanishi, ensa mushaklarining tortishishi kuzatilishi


86

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

mumkin bo‘lib, bu odatda 2 kun namoyon bo‘ladi va 3–8 kun

davomida saqlanishi mumkin. Bu ko‘ðincha ðunksiya joyidan

likvorning ajralishi tufayli kuzatilib, odatda 3–4 kundan keyin bu

joy yoðiladi.

Punksiyaga monelik qiluvchi holatlar: giðertoniya kasalligining

og‘ir shakli, ateroskleroz, miyaga qon quyilishi (hayotiy ko‘rsatma

bo‘yicha zarurat tug‘ilganda juda ehtiyotkorlik bilan qilinadi), kalla

suyagining orqa chuqurchasi sohasidagi o‘sma.

Rektoromanoskoðiya. Mazkur tekshirish usuli vrach tomoni-

dan o‘tkaziladi. Òibbiy hamshira bu muolaja vaqtida vrachga yordam-

lashadi – bemorni tayyorlaydi, tekshirishga material oladi, asbobni

sterillaydi, yorituvchi lamðani ulaydi va boshqalar. Bu usul

endoskoðik usul bo‘lib, uni qo‘llashdan maqsad shilliq ðardalar

ðatologiyasi (yallig‘lanish jarayonlari, yaralar, atrofiya), o‘smalar,

yot jismlarni aniqlash uchun to‘g‘ri va sigmasimon ichakning distal

(ðastki) qismini ko‘rishdir.

Endoskoðik trubka yordamida bakteriologik va sitologik tekshirish

uchun to‘g‘ri va sigmasimon ichak shilliq qavatlaridan surtma va

qirindi olish, ichak qismlarining o‘sma bilan zararlanganiga gumon

qilinganda gistologik o‘rganish uchun bioðsiya o‘tkazish va qator

davolash muolajalarini (shilliq qavatlarni uðalash, ularga dori

surtish, yot jismlarni olib tashlash) bajarish mumkin.

Rektoskoðiya uchun ikki marta huqna qilish yetarli: birinchisi –

tekshirish yaqin bo‘lgan ðaytda qilinsa, ikkinchisi esa tekshirishga

3–4 soat qolganda o‘tkaziladi. Òubusni kiritish uchun esa qulay

holat tizza-tirsakli holat hisoblanadi. Ehtiyotkorlik bilan aylana

harakatlar yordamida rektoskoð anal kanaliga gorizontal yo‘nalishda

4–5 sm gacha kiritiladi. Shundan keyin yorituvchi sistema ishga

tushiriladi. Rektoskoðning maksimal kiritish chuqurligi – 30–35 sm.

Aððarat shilliq qavatlarga e’tibor bergan holda asta-sekin chiqariladi.

Har bir tekshiruvdan keyin rektoskoð qismlari yuqumsizlantirilishi

shart: trubka vazelindan tozalanib, iliq suvda yuviladi va formalinda

1 soat davomida, so‘ngra esa 30 minut davomida etil sðirtida

saqlanadi.

R e k t o s k o ð i ya g a  k o‘ r s a t m a l a r: to‘g‘ri ichakda og‘riq

va yoqimsiz sezgi bo‘lishi, burab-burab og‘rishlar, ich ketishi,

uzoq davom etadigan qabziyat, anusdan qon va yiring ajralishi va

boshqalar.


87

Umumiy qism

M o n e l i k  q i l u v ch i  h o l a t l a r chegaralangan va ular

kam uchraydi: umumiy ahvolning og‘irligi o‘tkir miokard infarkti,

insult, ðsixik o‘zgarishlar, ðeritonit, orqa chiqaruv teshigining

yorilishi.

Nazorat savollari

1. Eðidemiologik anamnez nima?

2. Bemorni obyektiv tekshirish haqida gaðirib bering.

3. Yuqumli kasalliklarda qanday laboratoriya tekshirish usullari

qo‘llaniladi?

4. Yuqumli kasalliklarda laboratoriya uchun tekshirish mate-

riallarini olish tartibini gaðirib bering.

5. Òomoqdan surtma olish, oziq muhitiga ekish va agglutinatsiya

reaksiyasi texnikalarini gaðirib bering.

6. Òeri-allergik sinama qanday qo‘yiladi?

7. Orqa miya ðunksiyasi va rektoromanoskoðiya haqida gaðirib

bering.

8. Immunoferment tahlil nima va bu usul orqali qanday ma’lu-



motlarni olish mumkin?

Yuqumli kasalliklarga tashxis qoyishning asosiy usullari

boyicha testlar va vaziyatli masalalar

1. Òekshirish materiali sifatida qon (zardob) olib serologik

reaksiya qo‘yish mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

2. Bemor o‘tirgan holda lumbal ðunksiya o‘tkazish mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

3. Rektoromanoskoðiya yordamida meningokokk infeksiyasiga

tashxis qo‘yish mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

4. Mikroorganizmlarni bevosita aniqlash usulini belgilang.

A) rentgenologik; B) biologik; C) biokimyoviy; D) serologik;

E) bakteriologik.

5. Mikroorganizmlarni bilvosita aniqlash usulini belgilang.


88

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

A) serologik; B) bakterioskoðik; C) bakteriologik; D) bio-

logik; E) A va D.

6. Bakterioskoðik tekshirish qaysi kasallikda ko‘ðroq ishlatiladi?

A) bezgak; B) virusli geðatitlar; C) OIÒS; D) A va B; E)

to‘g‘ri javob yo‘q.

7. Biologik tekshirish deganda nimani tushunasiz?

A) materialni ekish; B) surtmani mikroskoðda ko‘rish; C) be-

mordan anamnez yig‘ish; D) materialni tajriba hayvonlariga yuq-

tirish; E) B va C.

8. Agglutinatsiya reaksiyasi qanday reaksiya turiga mansub?

A) baktekrioskoðik; B) bakteriologik; C) biologik; D) sero-

logik; E) A va C.

9. Bakteriologik usul qaysi kasallikda qo‘llanilmaydi?

A) salmonelloz; B) dizenteriya; C) quturish; D) meningit;

E) qorin tifi.

10. Qanday reaksiya turi serologik reaksiyaga kirmaydi?

A) agglutinatsiya reaksiyasi; B) ðresiðitatsiya reaksiyasi; C)

komðlementni bog‘lash reaksiyasi; D) teri-allergik reaksiyasi; E)

immunoflyuoressensiya reaksiyasi.

11. Òeri-allergik sinamasi qo‘yish bo‘yicha noto‘g‘ri javobni

belgilang.

A) allergen (antigen) dan foydalaniladi; B) 0,1 ml miqdorda

yuboriladi; C) bilakning kaft sohasiga qo‘yiladi; D) mushak orasiga

qilinadi; E) natijasi 24–48 soatdan keyin ma’lum bo‘ladi.

12. Orqa miya ðunksiyasi asosan qaysi kasallikda o‘tkaziladi?

A) vabo; B) meningit; C) virusli geðatitlar; D) dizenteriya;

E) bezgak.

13. Normada orqa miya suyuqlig‘iga xos bo‘lmagan belgini ko‘r-

sating.


A) suyuqlik tomchilab chiqadi; B) suyuqlik loyqa; C) suyuqlik

tiniq; D) suyuqlik bosim bilan chiqadi; E) B va D.

14. Eðidemiologik anamnez orqali nimalarni aniqlab olish

mumkin?


A) bemorlar bilan aloqada bo‘lganligi, oilada nechanchi farzand,

ota-onalarida qanday kasalliklar mavjudligi, yurak, nafas, nerv va

siydik ajratish sistemasidagi o‘zgarishlar;


89

Umumiy qism

B) qon, najas, siydik va orqa miya suyuqlig‘idagi o‘zgarishlar,

EKG ma’lumotlari, mikroorganizmlarni bakteriologik usulda

o‘stirish, chet ellarda bo‘lganligi;

C) bemorlar yoki kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lganligi,

ilgari og‘rigan yuqumli kasalliklari, o‘tkazilgan ðrofilaktik em-

lashlar, kasbi (masalan, chorvador, sut sog‘uvchi);

D) kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lganligi, oilada yuqumli

kasalliklar bilan kasallanganlar borligi, auskultatsiya, ðerkussiya va

ðalðatsiya ma’lumotlari;

E) yuqumli kasalliklar yuqishi mumkin bo‘lgan joylarda bo‘l-

ganligi, kasbi – chorvador, sut sog‘uvchi, uchuvchi, yurak, nafas

yo‘llari, nerv sistemasini tekshirish orqali aniqlangan ma’lu-

motlar.


15. Bakterioskoðik usul bu______________

A) tekshirish materialini tajriba hayvonlariga yuborish orqali

ularni zararlashdir, bu usul tekshirishning bilvosita usuliga misol

bo‘ladi va natija tez muddatda olinadi (masalan, botulizmda);

B) tekshirish materiallarini har xil oziq muhitlariga ekib ularni

o‘stirish va mikroskoðda tekshirish usulidir, bu usul tekshirishning

bevosita usuliga misol bo‘ladi (masalan, salmonellozda);

C) bakteriyalarning organizmga tushishi natijasida qonda va

siydikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan umumiy o‘zgarishlarni aniq-

lash bo‘lib, bu usulda qon, siydik va najasning umumiy tahlili

qilinadi;

D) qon zardobidagi kasallikka qarshi antitelolarni aniqlash usuli

bo‘lib, bu usul tekshirishning bilvosita usuliga kiradi (masalan,

qorin tifida);

E) yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining bo‘yalgan ðreða-

ratlarini mikroskoðiya qilish usulidir (masalan, bezgak kasalligida).

16. Òekshirishning allergik sinamalar usuli bu __________

A) tekshirish materiali hisoblangan qon tarkibidagi antitelolarni

agglutinatsiya reaksiyasi yordamida tekshirishdir;

B) organizmga (teri ichiga) qo‘zg‘atuvchi antigenini kiritish

orqali tekshirish bo‘lib, natijasi odatda 24–48 soatdan keyin

tekshiriladi;

C) antibiotiklar yuborishdan oldin organizm sezgirligini aniq-

lash uchun qo‘yiladigan teri-allergik sinamasidir;

D) bemor allergik holatga (masalan, shokka) tushgan vaqtda o‘z

vaqtida allergenni aniqlash va bunga to‘g‘ri yordam ko‘rsatishdir;



90

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

E) har xil yuqumli kasalliklarda teriga allergik toshmalar toshib,

toshmalar shakli va kattaligiga qarab kasallikka tashxis qo‘yish

usulidir.

1-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 56 yoshdagi bemor olib kelin-

di. Shikoyatlari va klinik ma’lumotlar asosida ovqat toksikoinfeksiyasi

tashxisi qo‘yildi. Bemordan eðidemiologik anamnez so‘ralmadi.

Hamshiraga bemorni tegishli bo‘limga yotqizish tayinlandi. Hamshira

bemor ahvolining qoniqarli ekanligini hisobga olib, kasallik vara-

qasini bemorga berib, bo‘limga o‘zini jo‘natdi.

1. Eðidemiologik anamnez nima va uning qanday ahamiyati bor?

2. Mazkur vaziyatda eðidemiologik anamnez so‘ralmaganligi

qandaydir xavf tug‘dirishi mumkinmi?

3. Hamshira qanday xatoga yo‘l qo‘ydi, buning oqibati nima bilan

tugashi mumkin?

4. Bemorni qabul qilishda hamshiraning vazifalarini gapirib

bering.


2-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 25 yoshdagi bemor yotqizildi.

Shikoyatlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi,

holsizlik va tana haroratining balandligi. Yo‘llanma tashxis: «Ovqat

toksikoinfeksiyasi».

1. Eðidemiologik anamnez yig‘ishda nimalarni aniqlash zarur?

2. Nimalar tekshirish materiallari bo‘lib hisoblanadi?

3. Qon, najas va siydik olish qoidalarini gapirib bering.

3-masala

Shifoxonaga 58 yoshli bemor yotqizildi. U fermada ishchi bo‘lib

ishlaydi. Bemorning isitmasi baland, ko‘ð terlaydi, bo‘g‘imlarida

doimiy og‘riq sezadi. Yo‘llanma tashxisi «Brusellyoz».

1. Eðidemiologik anamnezda ko‘ðroq nimalarga e’tibor berish

zarur?


2. Serologik tekshirish uchun qanday material olinadi?

3. Òeri-allergik sinamasini qo‘yish uchun nima ishlatiladi?

4. Òeri-allergik sinamasi qanday qo‘yiladi?


91

Umumiy qism

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan

bemorlarni davolash

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni komðleks davo-

lash lozim. Bemorlarni etiologik va ðatogenetik jihatdan asoslangan

holda davolash uchun yuqumli kasalliklarni davolash qoidalariga

amal qilish zarur. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– qo‘zg‘atuvchiga ta’sir etish;

– qo‘zg‘atuvchi toksiniga ta’sir etish;

– organizm reaktivligiga ta’sir etish;

–  ðatologik jarayonning ayrim bo‘g‘inlariga ta’sir etish.

Yuqumli kasalliklarda ishlatiladigan ðreðaratlarni quyidagi

guruhlarga ajratish mumkin: sðetsifik immunoteraðiya (sero-

teraðiya, vaksinoteraðiya, fagoteraðiya); kimyoteraðiya (anti-

biotiklar, sulfanilamid ðreðaratlar, nitrofuran va 8-oksixinolin

hosilalari, antiðrotozoy va viruslarga qarshi ðreðaratlar); nosðetsifik

immunoteraðiya (immunomodulyatorlar, metabolik jarayonlarni

tezlashtiruvchi ðreðaratlar, glyukokortikosteroidlar, anabolik

steroidlar); ðatogenetik teraðiyaning boshqa turlari (ferment

ðreðaratlar, eubiotiklar, vitaminlar); infuzion teraðiya.

Sðetsifik immunoteraðiya

Seroteraðiya. Yuqumli kasalliklarda antiteloga ega ðreðaratlardan

zardoblar va gamma-globulinlar ishlatiladi. Seroðreðaratlar uch

guruhga bo‘linadi: antitoksik (qoqsholga, difteriyaga, botulizmga

qarshi hamda antistafilokokk gamma-globulin), antimikrob (kuy-

dirgi va leðtosðirozga qarshi gamma-globulin) va antivirus (anti-

rabik, chechakka, griðð va kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi

gamma-globulinlar). Eng ko‘ð qo‘llaniladiganlari antitoksik zardob-

lar bo‘lib, ular u yoki bu qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ishlab

chiqiladigan toksinni neytrallaydi va xalqaro birlikda (XB) belgi-

lanadi. Seroteraðiyaning umumiy qoidalari tiðosðetsifiklik, erta

qo‘llash va dozaning yetarliligidir.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish