M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

giðeremiya, shish, gemorragiyalar va yaralar aniqlanadi. Ayrim

bemorlarda ichak shilliq osti qavatida bo‘shliqlar hosil bo‘lib, ular

havo bilan to‘lgan bo‘ladi (ðnevmatoz). Ichak bo‘shlig‘ida ko‘ð

miqdorda suyuqlik bo‘lib, u ko‘ðincha shilliq, ayrim hollarda esa qon

aralash bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasida, ganglioz hujayralarda

shish va qon quyilishlar kuzatiladi.

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 6 kungacha (ko‘ðincha 3–4

kun) davom etadi. Esherixiozlar quyidagi klinik shakllarda kechishi

mumkin: 1) bolalarning ichak kasalliklari; 2) kattalarning ichak

kasalliklari; 3) seðsis. Bolalarda ichak kasalliklari umumiy intok-

sikatsiya sindromi bilan kechadigan enteritlar va enterokolitlar

ko‘rinishida o‘tadi. Kasallikning yengil shakllarida tana harorati

normal holda yoki subfebril bo‘ladi. Ich ketishi sutkasiga 3–5 marta

kuzatiladi, najas suyuq, ba’zan shilliq aralash bo‘ladi. O‘rta og‘ir-

likdagi shakli o‘tkir boshlanadi, bemor qusadi, tana harorati (38–

39°C) ko‘tariladi, ich ketishi sutkasiga 10–12 martagacha bo‘lib,

najas suyuq, ayrim hollarda shilliq aralash bo‘ladi. Og‘ir shakllari

kuchli toksikoz bilan ta’riflanadi, bunda ich ketishi sutkasiga 20

martagacha yetadi, najas suvday, shilliq, ayrim hollarda esa qon

aralash bo‘ladi. Bu vaqtda tana harorati 39–40°C gacha ko‘tariladi.

Kasallikning kechishi va natijasi hamma vaqt ham kasallik bosh-

lanishida kuzatiladigan intoksikatsiya darajasiga bog‘liq bo‘lavermaydi.

Ayrim vaqtlarda yengil boshlangan kasallik 7–10 kundan keyin

birdaniga og‘irlashishi mumkin. Bunda tana harorati birdan ko‘tarilib


158

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

intoksikatsiya belgilari kuchayadi va kasallik o‘lim bilan tugashi

mumkin. Kattalarda kasallik o‘tkir dizenteriyani eslatadi. Ko‘ðincha

yengil va uncha bilinmaydigan shakllarda uchraydi, ba’zan (15–

20%) o‘rta og‘ir va og‘ir (3%) shakllarda o‘tadi. Kasallik o‘tkir

boshlanadi, umumiy intoksikatsiya belgilari biroz rivojlangan bo‘lib,

bemor o‘zini yaxshi his etadi, ko‘ðchilik bemorda tana harorati

normada bo‘ladi, ba’zan 38°C gacha oshishi mumkin. Ayrim

bemorlar umumiy darmonsizlikdan, bosh og‘rig‘idan, ishtahaning

ðasayganidan shikoyat qiladi. Òenezm va defekatsiyaga soxta qistovlar

dizenteriyaga qaraganda kam kuzatiladi. Ich ketib, najas suyuq

holda, shilliq, ba’zan esa qon aralash bo‘ladi. Qorinni ðayðaslab

ko‘rganda yo‘g‘on ichakning sðazm holatda va og‘riqli bo‘lishidan

tashqari, kindik sohasida og‘riq kuzatiladi, ko‘richak sohasida

quldirash aniqlanadi.

Kasallik odatda yengil o‘tadi va 5–7 kundan keyin sog‘ayish bilan

tugaydi.

 Ba’zi hollarda kattalarda va bolalarda ham kasallikning vaboga

o‘xshab kechishi (ich ketishi sutkada 10–15 martagacha, najas

suyuq bo‘lib, shilliq va qon aralashmagan, isitma kuzatilmaydi,

organizm suvsizlanadi) kuzatiladi. Ich ba’zan 7 kungacha ketishi

mumkin; odatda ich ketishi 3–4 kun o‘tgach to‘xtaydi. Kasallik

ko‘ðincha sog‘ayish bilan yakunlanadi.

Òashxisi. Yuqoridagi eðidemiologik va klinik ma’lumotlar majmui

bemorda esherixiozga gumon tug‘diradi. Yakuniy tashxis laboratoriya

tekshirishlaridan keyingina qo‘yiladi.

 Qonning umumiy manzarasi kasallikning faqat o‘rta va og‘ir

shakllarida o‘zgarishi mumkin: bu vaqtda leykositoz va ECHÒ oshadi.

Siydikni tekshirganda kasallikning og‘ir shakllarida toksik albu-

minuriya kuzatiladi.

Dizenteriyaga xos shaklida najasda shilliq va qon aniqlanadi.

Kasallikning vaboga o‘xshagan shaklida najasda ðatologik aralash-

malar aniqlanmaydi. Bakteriologik tekshirish uchun asosiy material

najas hisoblanadi. Ammo ayrim hollarda eðidemiologik ko‘rsatmalarga

binoan qusuq massasi va oshqozon yuvilgan suv ham tekshiriladi.

Korðokultura uchun tekshirish materialini olish va transðortirovka

qilish dizenteriya kasalligidagi kabi o‘tkaziladi. Qusuq massasi va

oshqozon yuvilgan suv ovqat toksikoinfeksiyalaridagi kabi olinadi.

Yakuniy natija tekshirishning to‘rtinchi kuni belgilanadi.


159

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

Serologik usullardan agglutinatsiya (AR) va bilvosita gemag-

glutinatsiya reaksiyasi (BGAR) qo‘llanadi. AR da ijobiy natijalar

muntazam emasligi va ðast titrlarda aniqlanishi tufayli hozirgi ðaytda

esherixiyalarga qarshi hosil bo‘lgan antitelolarni aniqlash uchun

sezgir usul hisoblangan BGAR ko‘ðroq qo‘llanadi. Bu reaksiya

kasallik dinamikasida tekshiriladi (birinchi zardob kasallikning 5–6,

ikkinchisi esa 10–17-kunlari olinadi).

Oxirgi yillarda eksðress-tashxis sifatida luminessent – serologik

usul keng qo‘llanilmoqda. Bunda natija 1–2 soatdan keyin olinadi va

bu usul juda sezgir usullardan biri hisoblanadi. Lekin bu usuldan

foydalanilganda qo‘zg‘atuvchining organizmdan tezda chiqib ketishi

va ayrim hollarda organizm immun javobining yetarli emasligi tufayli

bu reaksiya ijobiy bo‘lmasligi ham mumkinligi hisobga olinishi zarur.

Shunday qilib esherixiozlarning laboratoriya tashxisida asosiy

usul bakteriologik usul hisoblanadi. Bu usul organizmning sanatsiya

(tozalanish) ko‘rsatkichi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Davolash. Etiotroð ðreðaratlardan asosan aminoglikozidlar

(monomitsin, kanamitsin) va ðolimiksinlar ishlatiladi. Monomitsin

– bolalarga sutkasiga 10000–25000 birlikda (3–4 marta), kattalarga

25000 birlikda kuniga 4 mahal tayinlanadi. Davolash kursi 5–7 kun.

Kanamitsin 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkasiga 0,1 g, 1 yoshdan

5 yoshgacha – 0,3 g, 5 yoshdan kattalarga – 0,3–0,5 g, kattalarga –

0,75–1 g dan kuniga 4 mahal ichishga beriladi. Davolash muddati 5–

7 kun. Polimiksin – 3–10 mk/kg dan 5–7 kun davomida tayin-

lanadi. Bolalarda kuchli toksikoz vaqtida 5% li glukoza eritmasi

tayinlanadi. Ringer-Lokk eritmasi, natriy xloridning izotonik

eritmasi, ðlazma o‘rnini bosuvchi eritmalar venaga tomchilab

yuboriladi. Ichish uchun sutkasiga 1 mg/kg hisobidan ðrednizolon

tayinlanadi. Betoqatlik, tez-tez talvasalar kuzatilganda sutkasiga 2–

3 mahal 1–2 mg/kg hisobida aminazin qabul qilinadi. Kattalarga

levomitsetin va tetrasiklin guruhi ðreðaratlari hamda nitrofuran

ðreðaratlari beriladi.

 Bemor tana harorati va najasi normallashganidan 3 kun, etiotroð

davolash tugaganidan 2 kun keyin olingan najasda kasallik qo‘zg‘a-

tuvchisi toðilmasa, shifoxonadan chiqarilishi mumkin.

Oziq-ovqat obyekti ishchilari klinik sog‘aygandan, tana harorati

va najasi normallashganidan va etiotroð davolash tugaganidan 2 kun



160

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

keyin 1–2 kunlik interval bilan olingan najasda qo‘zg‘atuvchilar

aniqlanmagan taqdirdagina shifoxonadan chiqarilishlari mumkin.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktik

tadbirlar barcha bolalar davolash muassasalarida, ayniqsa u yerda

bir yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lgan joylarda juda jiddiy o‘tkazilishi

shart. Bu tadbirlar infeksiyaning bu muassasalarga kirishining oldini

olish, bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va izolatsiya qilish kabilarni

o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda tug‘ruqqacha bo‘lgan homilador,

tug‘uvchi va tuqqan ayollar hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar

tug‘ruqxonalarda koli-infeksiyaga gumon qilinganda albatta esheri-

xiozga tekshirilishi shart. Kasallik aniqlanganda bemor izolatsiya

qilinadi, ishchi xodimlar esa ichak tayoqchalarining ðatogen

shtammlariga tekshiriladi.

Kattalarda ðrofilaktik va eðidemiyaga qarshi tadbirlar xuddi

dizenteriyadagi kabi o‘tkaziladi.

Nazorat savollari

1. Bolalar jamoalarida esherixiozning tarqalish sabablari nimada?

2. Esherixiyalar organizmga qanday tushadi?

3. Esherixiozda qanday ðatologoanatomik o‘zgarishlar kuzatiladi?

4. Esherixioz qanday klinik shakllarda kechishi mumkin?

5. Esherixioz tashxisi nimalarga asosan qo‘yiladi?

6. Mazkur ðatologiyada foydali bo‘lgan ðreðaratlarni gapirib bering.

Qorin tifi (tyðhus abdominalis),

A va B ðaratiflar (ðaratyðhus A et B)

Qorin tifi (ich terlama), A va B ðaratiflar – o‘tkir yuqumli

kasalliklar guruhi bo‘lib, ularni salmonellalar qo‘zg‘atadi va

bakteremiya (qo‘zg‘atuvchining bemor qonida bo‘lishi), umumiy

intoksikatsiya, uzoq davom etadigan isitma, ingichka ichakning

limfatik tuzilmalarining zararlanishi va ichakda yaralar ðaydo bo‘lishi

bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Qorin tifi (Salmonella tyðhi), A va B ðaratiflar

qo‘zg‘atuvchilari  (Salmonella ðaratyðhi A et B)  Salmonella

turkumiga kiradi. Morfologik jihatdan ular bir-biridan farq qilmay-



161

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

digan 1,5–3 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroblardir. Sðora va

kaðsula hosil qilmaydi. Xivchinlarga ega, harakatchan, grammanfiy,

odatdagi oziq muhitlarda o‘sadi (o‘t suyuqligi bo‘lgan muhitlarda

juda yaxshi o‘sadi). Ular endotoksinga ega bo‘lib, bu toksin mikrob

hujayrasining yorilishi natijasida ajralib chiqadi.

Òif-ðaratif kasalliklari tayoqchalari tashqi muhitga chidamli.

Suvda va tuðroqda 1 oydan 5 oygacha, najasda – 20–25 kungacha,

choyshab va kiyim-kechaklarda 2 haftagacha saqlanishi mumkin.

Qizdirilganda tez nobud bo‘ladi, oddiy konsentratsiyalardagi

dezinfeksiyalovchi moddalar (lizol, sulema, xloramin, fenol)

qo‘zg‘atuvchilarni bir necha minutda o‘ldiradi. Qo‘zg‘atuvchilar

oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavotlar, go‘sht, sut mahsulotlari)da

o‘z hayot faoliyatini uzoq vaqtgacha saqlab turishi mumkin, tegishli

haroratda ularda ko‘ðayadi. Rivojlanish uchun qulay (oðtimal)

bo‘lgan harorat 37°C hisoblanadi. Ular quritish va  quyosh yorug‘-

ligiga chidamsizdir.

Eðidemiologiyasi. Qorin tifi va A ðaratif bilan faqat odam kasal-

lanadi. B ðaratif bilan odamdan tashqari, ayrim hayvonlar ham

kasallanishi mumkin. Infeksiya manbai bemor odam va bakteriya

tashib yuruvchilar (B ðaratif qo‘zg‘atuvchilarida – hayvonlar ham)

hisoblanadi. Bakteriya tashib yuruvchilar sog‘lom kishilar sifatida

salmonellalarni uzoq yillar davomida ajratib yurishi bilan  katta xavf

tug‘diradi.

Kasallikning birinchi kunidan yuqumlilik boshlanadi. Atrof-

muhitga qo‘zg‘atuvchilar najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Qo‘z-

g‘atuvchilar organizmga oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi.

Aloqa yo‘li bilan infeksiya yuqtirishda tif-ðaratif kasalliklari qo‘z-

g‘atuvchilari bilan zararlangan har xil buyumlarga tekkan qo‘llar

muhim ahamiyatga ega. Infeksiya asosan oziq-ovqat mahsulotlari va

suv orqali tarqaladi. Suv orqali tarqalish ko‘ðroq kuzatiladi, chunki

infeksiya suv orqali uni nafaqat ichish maqsadida qo‘llaganda, balki

idishlar, sabzavotlar va mevalarni yuvganda hamda cho‘milganda

ham yuqadi. Oziq-ovqatlar orqali yuqish qo‘zg‘atuvchilar tushgan

oziq-ovqat mahsulotlari (sut, sovib qolgan go‘shtli ovqatlar va b.)

ni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchilarning oziq-ovqat

mahsulotlariga tushishida ðashshalar katta rol o‘ynaydi.

Òif-ðaratif kasalliklari yil davomida qo‘zg‘alishi mumkin, ammo

mavsumiylik ko‘ðincha yoz-kuz fasllariga to‘g‘ri keladi.

11 – Yuqumli kasalliklar



162

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kasallik rivojlanishi uchun

ma’lum miqdorda mikroblar miqdori zarur (taxminan 10 mln dan

1 mlrd mikrob hujayrasigacha). Kasallik qo‘zg‘atuvchilari hazm

yo‘lining yuqori bo‘limlaridagi himoya to‘siqlarini yengib o‘tib

ingichka ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Ichak bo‘shlig‘idan bakteriyalar,

regionar limfatik tugunlarga o‘tib, u yerda jadal rivojlanadi va

yallig‘lanish jarayoni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Jarayonning

keyingi davri mikrobning qonga o‘tishi (bakteremiya) hisoblanadi.

Qonning bakterisid ta’siri natijasida mikroblarning bir qismi

ðarchalanadi va endotoksin ajralib chiqadi, bu esa organizmda

intoksikatsiyaga sabab bo‘ladi.  Endotoksinning markaziy nerv

sistemasiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi natijasida (og‘ir hollarda) «tifoz

holat» («Status tyðhosus») yuzaga keladi. Bu holat klinik jihatdan

karaxtlik, ko‘ð uxlash (uyqusizlik bilan almashib turishi mumkin),

bosh og‘rig‘i, bilan xarakterlanadi. Bunda yurak-qon tomirlar

sistemasi zararlanadi (bradikardiya, arterial bosimning ðasayishi).

Endotoksin ilikni zararlab, leykoðeniya kuzatiladi. Qonda aylanib

yurgan bakteriyalar turli a’zolarda ushlanib qoladi («mikroblarning

ðarenximatoz diffuziyasi»)  va ularda har xil o‘choqli zararlanishlar

(meningitlar, osteomiyelitlar, ðnevmoniyalar, abssesslar) rivojlanadi.

Ichaklarda yaralarning ðaydo bo‘lishi endotoksinning ðeriferik

vegetativ nerv oxirlari va bevosita ichak limfatik tuzilmalariga toksik

ta’sir etishi bilan izohlanadi.

Òurli a’zolarda mikrob ushlanib qolishi bilan bir vaqtning o‘zida

organizmda tozalanish boshlanadi, ya’ni turli ishlab chiqarish

a’zolari (buyrak, ichakning hazm bezlari, so‘lak va ter bezlari,

jigar) orqali qo‘zg‘atuvchi organizmdan chiqariladi. Mikroblarning

asosiy qismi o‘t suyuqligi bilan ajraladi. Jigar orqali qon bilan o‘tgan

qo‘zg‘atuvchilarning 80% ga yaqini jigarda o‘ladi yoki o‘t suyuqligi

bilan ajraladi.

Organizmda qo‘zg‘atuvchi hamda toksinning uzoq vaqt saqlanishi

immunitet rivojlanishiga olib keladi, natijada kasallik belgilari sekinlik

bilan kamayib, organizmning izdan chiqqan funksiyalari tiklanadi.

Organizmda saqlanib qolgan mikroblar sababli immunogenez yetarli

bo‘lmasa kasallik residivlari kuzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda

organizmda saqlanib qolgan mikroblar residiv chaqirmay uzoq

yillar davomida organizmda saqlanib qolishi natijasida surunkali

tashuvchanlik aniqlanadi.


163

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

Ichaklardagi anatomik o‘zgarishlar ma’lum izchillik bilan rivoj-

lanadi:

1-davr – miyasimon shish davri (kasallikning 1-haftasi). Bu



davrda ingichka ichak limfatik tuzilmalari bo‘rtadi (miya yuzasini

eslatadi).

2-davr – nekroz davri (kasallikning 2-haftasi). Bu davrda limfatik

tuzilmalarda nekroz rivojlanadi.

3-davr – yaralar hosil bo‘lish davri (kasallikning 3- haftasi). Bu

vaqtda nekrotik massalar ko‘chib tushadi va yaralar hosil bo‘ladi.

4-davr – yaralarning tozalanish davri (3–4 hafta). Yaralar

nekrotik massalardan tozalanadi va sof yaralar hosil bo‘ladi.

5-davr – yaralarning bitish davri (5–6 hafta). Bu davrda limfoid

to‘qima tiklanadi. Yaralardan keyin chandiq qolmaydi.

Ichaklardan tashqari o‘zgarishlar boshqa a’zolarda (taloq, jigar,

bosh miya, buyrak, o‘ðka va b.) da kuzatiladi. Qorin tifi, A va B

ðaratiflar morfologik o‘zgarishlar bo‘yicha bir-biridan farq qilmaydi.

Klinikasi. Qorin tifida yashirin davr 14–15 kun davom etadi,

ayrim hollarda bu davr 7 kungacha qisqarishi yoki 25 kungacha

uzayishi mumkin.

 Qorin tifi tiðik holatlarda asta-sekin boshlanadi, hatto gohida

kasallik boshlangan kunni aniqlash qiyin bo‘ladi. Kasallik bosh-

lanishida odatda darmonsizlik, tez holdan toyish, biroz bosh

og‘rig‘i, ishtahaning ðasayishi kuzatiladi. Burundan qon ketish

hollari ham uchrashi mumkin. Òana harorati ko‘tarila boshlaydi, har

kuni yuqorilasha borib, kasallikning 5–7-kuniga kelganda 39–40°C

gacha yetadi. Ertalabki va kechqurungi haroratning balandlik oralig‘i

o‘rtacha 1°C ni tashkil qiladi (1-rasmga qarang). Intoksikatsiya

oshadi, bosh og‘rig‘i kuchayadi, adinamiya kuzatiladi; uyqu

buziladi (bemor kunduzi ko‘ð uxlab, tunda uni uyqusizlik bezovta

qiladi). Ich odatda qotadi, meteorizm kuzatiladi.

Bemorga karaxtlik xos bo‘lib, u lanj (so‘lg‘in), kamgað bo‘lib

qoladi. Odatda ko‘zlarini yumgan holda yotadi, berilgan savollarga

tezda javob bermaydi, tana harorati baland bo‘lishiga qaramay, rangi

oððoq bo‘lib, badan terisi issiq va quruq bo‘ladi.

Hazm a’zolari o‘zgarishlari erta tashxis qo‘yish uchun aha-

miyatli va doimiydir. Òil odatda quruq, kul rang-qoramtir (to‘q)

karash bilan qoðlangan bo‘lib, uning chetlari va uchi karash bilan

qoðlanmagan bo‘ladi. Òil kattalashishi tufayli unda tish izlari


164

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

aniqlanadi (tifoz til). Qorin meteorizm tufayli shishadi. Ayrim

bemorlarda qorinning o‘ng tomonidagi ðastki qismini tukillatib

ko‘rganda tovush bo‘g‘iqligi (ijobiy Padalka simðtomi) aniqlanadi.

Qorinni ðayðaslab ko‘rganda gaz va suyuqlik aralashishi tufayli

ko‘richakning dag‘al quldirashi eshitiladi. Kasallikning birinchi

haftasi oxirida jigar va taloq kattalashadi.

Òomir urishi sonining tana haroratidan orqada qolishi – nisbiy

bradikardiya kuzatiladi. Masalan, tana harorati 39–40°C bo‘lganda

tomir urishi minutiga 80–90 ni tashkil qiladi. Arterial bosim

ðasayadi, ayrim hollarda tomir urishining ikkilanishi (dikrotiya)

aniqlanadi.

Kasallikning 8–9-kunidan boshlab badan terisida rozeola tosh-

malar ðaydo bo‘ladi. Ular och-qizg‘ish rangdagi dumaloq shakldagi

2–4 mm diametrga ega bo‘lgan dog‘chalardir (30-rasm).

Òoshmalar odatda ko‘krak va qorin terisiga toshadi. Ular uncha

ko‘ð bo‘lmaydi. Rozeolalar bosganda (barmoq, shisha bilan) va terini

tortganda yo‘qoladi, bosish to‘xtaganda esa yana ðaydo bo‘ladi. Ayrim

vaqtda toshma teri yuzasidan ko‘tarilgan bo‘ladi. Rozeolalar odatda

3–5 kundan so‘ng yo‘qoladi. So‘ngra ular o‘rnida zo‘rg‘a seziladigan

ðigmentatsiya qoladi. 4-haftada bemorning ahvoli asta-sekinlik bilan

yaxshilana borib, tana harorati

ðasayadi, umumiy intoksikatsiya

holati kamayadi, uyqu yaxshila-

nadi, bosh og‘rig‘i kamayadi, ish-

taha ðaydo bo‘ladi, ammo dar-

monsizlik va adinamiya uzoq vaqt

saqlanib qoladi. Sog‘ayish davri 2–

3 hafta davom etadi.

Ayrim vaqtlarda tana harorati

ðasayib, sog‘ayish boshlangan bir

ðaytda bemorning ahvoli to‘satdan

yomonlashadi. Harorat normaga

tushmasdan turib yana 38–39°C

gacha ko‘tariladi, natijada bemor-

ning ahvoli og‘irlashadi. Kasallik-

ning barcha belgilari qayta ðaydo

bo‘ladi. Bu klinik belgilar kasallik-

ning qayta zo‘rayganligini bildiradi.

30-rasm. Qorin tifidagi rozeolalar.



165

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

Bunga rejim yoki ðarhezning buzilishi va asab buzilishlari sabab

bo‘lishi mumkin.

Kasallikning qayta zo‘rayishidan kasallik residivini ajrata bilish

zarur. Residivda tana harorati normallashganidan keyin kasallikka xos

bo‘lgan belgilar yana ðaydo bo‘ladi, bu asosan immunitet yetish-

movchiligi tufayli yuzaga keladi. Amaliyotga antibiotiklar kiritil-

ganidan so‘ng residivlar soni nisbatan ko‘ðayib, 20–30% ga yetdi

(antibiotiklarni qabul qilishni erta to‘xtatib qo‘yish tufayli). Anti-

biotiklar bilan davolashdagi residivlarning farqli xususiyati bu

ularning kech, ya’ni normal haroratning 17–22-kunlari, ba’zi

hollarda hatto undan ham kechroq yuzaga kelishidir. Residiv

antibiotiklarni qabul qilishni to‘xtatgandan 2–3 kundan keyin ham

yuzaga kelishi mumkin. Antibiotiklar qabul qilmaydigan bemorlarda

residivlar har xil muddatlarda, ayniqsa tana harorati ko‘taril-

ganining birinchi 2 haftasi davomida yuzaga keladi.

Asoratlari. Og‘ir asoratlari ichakdan qon ketishi, ichak teshilishi

va boshqalar hisoblanadi. Ular ko‘ðincha kasallikning og‘ir shakl-

larida kuzatiladi, lekin ayrim hollarda kasallik yengil kechganda ham

kuzatilishi mumkin. Bular yotoq rejimi va ðarhez buzilishi natijasida

yuzaga keladi.

Ichakdan qon odatda kasallikning 3-haftasida ichakda yaralarning

tozalanish davrida qon tomirlar devorining nekrotik jarayonga

qo‘shilishi tufayli ketadi. Intoksikatsiya rivojlangan bir vaqtda

ichakdan qon ketsa tana harorati to‘satdan qisqa muddatga ðasayib,

bemor tetiklashadi, bosh og‘rig‘i kamayadi, bemor ahvoli ozroq

yaxshilanadi. Keyinchalik qon ketishining sðetsifik belgilari ðaydo

bo‘ladi: bemorning rangi oqarib, uni sovuq ter bosadi, tomir

urishi tezlashadi, arterial bosimi ðasayadi va boshi aylanadi.

Ko‘ð  qon ketganda kollaðs rivojlanishi mumkin. Kam qon

ketganda najasda qon faqatgina 8–12 (najas qora rangda bo‘ladi), ko‘ð

qon ketganda esa 1,5–2 soatdan keyin (najas deyarli toza qonni

eslatadi) ðaydo bo‘ladi.

Ayrim bemorlarda infeksion ðsixoz rivojlanishi mumkin. Psixoz

ko‘ðincha aniq gallyusinatsiyalar, bemorning alahsirashi, delirioz

holatlar bilan kechadi. Ko‘ðincha kasallikning ko‘ð chastotali

residivi va bemor tuzalganidan keyin bakteriya tashuvchanlik kelib

chiqishiga sabab bo‘luvchi xolesistoxolangitlar uchrashi mumkin.



166

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Ba’zan ðarotit, yiringli ðlevrit, ðnevmoniya, ðiyelonefrit, sistit,

osteomiyelit, meningit kabi asoratlar kuzatiladi. Lekin davolash

amaliyotiga keng doirada ta’sir etuvchi  antibiotiklarning kirib kelishi

tufayli bu asoratlar juda kam aniqlanmoqda. Ichakdan qon ketishi

kuzatiladigan muddatlarda ichak teshilishi mumkin yoki bu toza

yaralar davrida (kasallikning 4–5-haftasida) ham qayd etiladi.

Kasallikning bu asoratida hamma vaqt ham qorinda kuchli og‘riq

sezilmaydi; ayrim hollarda ðayðaslaganda qorinning o‘ng tomonining

ðastki qismida bemor birinchi marta og‘riq sezadi. Lekin og‘riqli

holatlar tezda kuchayadi, qorin mushaklari taranglashadi, bu

ayniqsa qorinning o‘ng ðastki qismida kuchliroq namoyon bo‘ladi.

Nafas olishda qorin devorining harakati kuzatilmaydi yoki chek-

langan bo‘ladi.

Najas va yel chiqishi sekinlashadi. Keyinchalik (agar oðeratsiya

qilinmasa) ðeritonit belgilari – ko‘ngil aynishi, qayt qilish,

kuchayib boruvchi meteorizm, tana haroratining ko‘tarilishi,

taxikardiya va qonda leykositoz aniqlanadi. Bunday vaqtlarda zudlik

bilan oðeratsiya qilish zarur. Birinchi 4–5 soat ichida qilingan

oðeratsiya yaxshi natija beradi. Bu asoratga erta tashxis qo‘yishda

hushyorlik va o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasi katta ahamiyatga

ega.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish