M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

yunktivada qiyinlik bilan olinadigan zich karashlar aniqlanadi. Ko‘z

olmalari shishadi, zardob bilan davolashga qaramay ko‘r bo‘lish

bilan kechadigan ðanoftalmit kuzatiladi.

Òashqi jinsiy a’zolar difteriyasi ko‘ðincha ikkilamchi rivojlanadi.

Juda kam hollarda uchraydi. Qiz bolalarda jinsiy lab, vulva va qin

shilliq ðardalari, o‘g‘il bolalarda – jinsiy a’zosining boshi va uretra

zararlanadi. Fibrinoz ðardalar ðaydo bo‘lganda kasallikning ðardali

shakli aniqlanadi. Qindagi ajralmalar yiringli bo‘lib, kam ajraladi.

Chov qismidagi limfatik tugunlar kattalashadi. Intoksikatsiya

belgilari biroz rivojlangan (tana harorati normal yoki subfebril,

biroz holsizlik) bo‘lib, siyish jarayoni og‘riq bilan kechadi.


232

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Zardob bilan davolanmagan bemorlarda karashlar tarqalishi

mumkin, oraliq teri osti kletchatkasida shish ðaydo bo‘ladi,

keyinchalik chov qismlariga tarqaladi. Bunda miokardit va ðolinevrit

kabi asoratlarga sabab bo‘luvchi umumiy toksemiya kuzatiladi. Jinsiy

a’zolar difteriyasi toksik shaklining tomoq difteriyasi kabi mahalliy

shish kattaligiga qarab uchta darajasi ma’lum.

Quloq difteriyasi odatda tomoq yoki burun difteriyalaridan keyin

ikkilamchi rivojlanadi; u yerda fibrinoz ðarda aniqlanishi mumkin.

Klinik jihatdan quloqdan seroz, seroz-yiringli ajralma oqishi bilan

xarakterlanadi. Eshitish yo‘li terisi ko‘zdan kechirilganda u shishib,

namlangani kuzatiladi (quloq difteriyasining kataral shakli). So‘ngra

fibrinoz ðarda hosil bo‘lib, terida yaralar aniqlanadi (ðardali shakli).

Òeri difteriyasi tiðik shaklda kechganda qizarish, shish, teri

namlanishi va fibrinoz ðardalar hosil bo‘lishi qayd etiladi. Karashlar

yuz, quloq suðralari, bo‘yin, kindik, oraliq va boshqa sohalarda

uchrashi mumkin.

Bular qatorida teri difteriyasining atiðik shakllari uchrab turadi.

Ular streðtodermiya, ekzema, ðufakchalar, ðustulalar, imðetigo,

hasmol shaklida namoyon bo‘ladi. Bunday ðaytda tashxis faqatgina

bakteriologik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi.

Asoratlari. Kasallik asoratlari sðetsifik va nosðetsifik asoratlarga

bo‘linadi. Sðetsifik asoratlarga miokardit, mononevrit, ðolinevrit,

o‘tkir buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, toksik nefrozlar kiradi.

Miokardit ko‘ð uchraydigan va og‘ir zararlanishlardan biridir.

Ular kasallikning 2–5-kunlari yuzaga keladi. Miokardit belgilari

odam o‘zini yomon his etishi, rangi oqarib ketishi, lablari ko‘ka-

rishi, umumiy bezovtalik, ko‘ngil aynishi, ayrim hollarda qusish,

qorinda og‘riq bilan xarakterlanadi. Bular bilan bir qatorda yurak

chegaralarining kengayishi, jigar o‘lchamlarining kattalashishi,

taxikardiya va yurak ritmining buzilishi kuzatiladi. Ba’zan og‘ir

shakllarda miokardit juda ham tez rivojlanadi va bir necha kunlar

ichida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorda miokarditni erta

aniqlashda elektrokardiografiya katta yordam beradi. Miokardit

belgilari juda sekin yo‘qoladi, bu jarayon 1–2 oy davom etadi.

Mononevritlar. Mononevritlarda ko‘ðincha III, VI,  VII, IX va

X  juft nervlar zararlanadi. Avvalo yumshoq tanglay falajlanadi:

manqalanib gaðirish, ovqatlanganda tomoqqa havo tiqilib yo‘talish



233

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

kuzatiladi, suyuq ovqatlar burundan oqadi, yumshoq tanglay

harakatsiz bo‘ladi. Kasallikning 3–4-haftasida akkomodatsiya

falajlanadi, bu vaqtda bemor o‘qiganda harflarning qo‘shilib

ketishidan shikoyat qiladi. Jarayon kindik sohasida joylashganda

qorin mushaklari ðarezi (yarim falajlanish) namoyon bo‘ladi.

Falajlanishlarning o‘zi bemor uchun katta xavf tug‘dirmasa-da, u

organizmdagi o‘zgarishlardan xabar beradi, rivojlanishning keyingi

davrlari esa ðolinevritlar yuzaga kelishi bilan yakunlanishi mumkin.

Og‘ir shakli tarqalgan ðolinevritlar bilan xarakterlanadi. Bu

vaqtda ko‘ð nervlar zararlanib, bo‘yin, yelka, gavda, tomoq, hiqil-

doq, nafas mushaklari kuchli ðarezlarga uchraydi. Hiqildoq, qovur-

g‘alararo (nafas mushaklari ðarezi) va diafragma nervlar falajlari

kuzatilsa kasallik oqibati juda jiddiy hisoblanadi.

Buyrak usti bezining o‘tkir yetishmovchiligi faqatgina juda kuchli

toksemiya – toksik shaklning III darajasi va giðertoksik shakl-

laridagina uchrashi mumkin. Bu vaqtda kasallikning 2–3-kuni

bemorning rangi to‘satdan oqarib ketishi va adinamiya kuzatiladi:

tomir urishi juda tezlashib, iðsimon bo‘ladi; arterial bosim tushib

ketadi: ba’zan kollaðs rivojlanishi natijasida o‘lim kuzatiladi.

Òoksik nefroz albuminuriya va silindruriya bilan namoyon bo‘ladi.

Nefroz aytarli og‘ir kechmaydi. Buyrak funksiyasi buzilmaydi,

arterial bosim ko‘tarilmaydi. Nefrozning ðaydo bo‘lishi odatda

bemor hayotiga xavf solmasa-da, lekin og‘ir intoksikatsiya mav-

judligi va boshqa toksik asoratlar rivojlanish ehtimoli borligini

bildiradi.

Ikkilamchi infeksiya natijasida uchraydigan nosðetsifik asoratlar

difteriyaning og‘ir shaklida ko‘ð uchraydi va kasallikning turli xil

davrlarida ðaydo bo‘ladi. Bular ko‘ðincha ðnevmoniya va otitlar

shaklida namoyon bo‘ladi. Pnevmoniya toksik difteriyada va kruðda

o‘lim hollarining ko‘ðayishiga sabab bo‘ladi.

Òashxisi. Difteriya tashxisi klinik va eðidemiologik ma’lumotlarga

asoslanadi, ammo laboratoriya tekshirish usullari muhim rol

o‘ynaydi.

Difteriya tashxisida qondagi o‘zgarishlar hal qiluvchi ahamiyatga

ega bo‘lmaydi, chunki bu o‘zgarishlar (leykositoz, ECHÒ ning

oshishi) angina va boshqa qator difteriya tabiatiga ega bo‘lmagan

kasalliklarda ham uchraydi. Difteriyada asosiy laboratoriya tekshirish

usuli – bakteriologik tekshirish hisoblanadi. Òekshirish uchun


234

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

halqum va burundan steril tamðon yordamida shilliq olinadi

(zararlangan joydan olishga harakat qilinadi).

Halqumdan shilliqni ertalab ovqatlanib, og‘izni chaygandan 2

soat keyin olgan ma’qul. Kam uchraydigan shakllari (ko‘z, quloq

va hokazolar) da material zararlangan joy hamda halqum va burun-

dan olinadi.

Bakteriologik tekshirishda mikrobning toza kulturasini ajratib

olib, uning toksigenligini aniqlash zarur. Hozirgi vaqtda qattiq oziq

muhitlarda toksigenlikni aniqlash usuli har bir laboratoriyada

o‘tkazilishi mumkin.

Bakteriologik usulda qator shartlarga rioya qilish zarur.

1. Materialni to‘g‘ri olish. Ko‘rish nazorati ostida tamðon karash

qirg‘og‘idan shunday yuboriladiki, bunda tamðonda yetarlicha

material qolsin.

2. Olingan material 2–3 soatdan kechiktirmasdan laboratoriyaga

yetkazilishi shart.

3. Oziq muhitlar mavjud bo‘lgan tavsiyalarga mos ravishda aniq

tayyorlanishi kerak.

4. Aniq tashxis qo‘yish uchun odatdagi Leffler muhitidan

tashqari maxsus muhit – Klauberg muhitidan ham foydalaniladi.

Serologik usul agglutinatsiya reaksiyasi (AR) va sust gemag-

glutinatsiya reaksiyasi (PGAR) ni qo‘yishdan iborat. AR kasal-

likning birinchi kunlari olingan qonning qo‘shaloq zardoblari bilan

va takroran 7–10 kundan keyin o‘tkaziladi. 1:80 va undan yuqori

titr tashxis qo‘yish uchun yetarli hisoblanadi.

Passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi yuqori sezgirlikka ega. U qon

zardobidagi antitoksin miqdorini aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.

Bemor qonida antitoksinlar ko‘rsatkichi bo‘lmaganda yoki ðast

bo‘lganda (0,03 XB/ml dan kam) difteriyaga qarshi zardob kiritil-

gunga qadar kasallikning birinchi 3–5-kunlarida  Shik reaksiyasi

qo‘llanadi. Mazkur reaksiya bemor bolalarda odatda ijobiy bo‘ladi.

Davolash. Barcha difteriyaga chalingan bemorlar yuqumli

kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishlari shart. Ular kasallikning

o‘tkir davri mobaynida yotoq rejimiga rioya qilishlari zarur. Mio-

kardit va boshqa asoratlari bo‘lgan bemorlarga alohida e’tibor talab

qilinadi.

Bemor ovqati yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy bo‘lib, o‘tkir

masalliqlarsiz va mexanik tez ðarchalanadigan bo‘lishi kerak. Yum-


235

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

shoq tanglayda ðarez holati kuzatilganda bemor oshqozon zondi

yordamida ovqatlantiriladi.

Difteriyani sðetsifik davolashda antitoksik difteriyaga qarshi

zardob ishlatiladi. Organizmda antitoksin sekin ishlab chiqariladi.

Zardob bu yetishmovchilik o‘rinini bosadi, toksinni tezda neytral-

laydi hamda mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ini yo‘qotadi. Zardob

bilan davolash quyidagi shartlarga rioya qilingandagina yaxshi samara

beradi:

1) zardobni erta yuborish, chunki zardob qondagi toksinni



erkin holda neytrallaydi, lekin hujayralarga birikkan toksinni

neytrallay olmaydi. Shuning uchun kasallikning keyingi davrlarida,

ya’ni toksin hujayralarda qaytmas o‘zgarishlarga sabab bo‘lgandan

keyin samarasiz hisoblanadi;

2) yetarli miqdorda (ayniqsa uning dastlabki miqdori) zardob

yuborish zarur, ya’ni yuborilgan miqdor toksinni to‘la neytrallash

uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Shuni ta’kidlash zarurki difteriyaga qarshi zardobning miqdori

kasallikning shakli, og‘irligi va davom etish muddatiga qarab har xil

bo‘ladi (3-jadval).



3-jadval

Difteriyaning turli shakllariga qarshi zardobning o‘rtacha miqdori

(ming antitoksik birlikda)

i

r



a

ll

k



a

h

s



a

y

i



r

e

tf



i

D

i



h

c

m



a

l

ri



B

r

o



d

q

i



m

i

s



r

u

k



h

s

a



l

o

v



a

D

:i



l

k

a



h

s

n



a

g

n



a

l

a



y

i

s



t

a

z



il

a

k



o

l

g



n

i

n



i

s

a



y

i

r



e

tf

i



d

m

u



q

l

a



H

il

a



h

c

l



o

r

o



il

a

d



r

a

ð



il

k

a



h

s

n



a

g

l



a

q

r



a

Ò

il



k

a

h



s

k

i



s

k

o



t

b

u



S

il

k



a

h

s



k

i

s



k

o

Ò



il

a

j



a

r

a



d

I

il



a

j

a



r

a

d



I

I

il



a

j

a



r

a

d



I

I

I



k

i

s



k

o

t



r

e

ð



i

G

:



a

y

i



r

e

tf



i

d

n



a

g

n



a

l

a



y

i

s



t

a

z



il

a

k



o

L

i



s

a

y



i

r

e



tf

i

d



n

u

r



u

b

i



s

a

y



i

r

e



tf

i

d



r

a

l



o

z



a

y

i



s

n

ij



i

s

a



y

i

r



e

tf

i



d

z



o

k

i



s

a

y



i

r

e



tf

i

d



i

r

e



t

5

1



0

1



0

3



5

1

0



4

0



3

0

5



0

4



0

7



0

5

0



8

0



6

0

2



1

0



0

1

0



2

1



0

0

1



5

1



0

1

5



1

0



1

5

1



0

1



0

1

0



2

0



1

0

4



0

2



0

6



0

5

0



8

0



6

0

2



1

0



8

0

0



2

0



5

1

0



5

3



0

5

2



0

5

4



s

a

m



e

ð



o

k

n



a

d

0



3

0



2

0

3



5

1



0

3



0

1

0



3

0



1

236

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Zardob bilan difteriyaning barcha shakllari davolanadi. Kurs

bo‘yicha tayinlangan miqdor 1–4 kun davomida kiritiladi. Difte-

riyaning toksik shakllarida davolashning dastlabki 2 kunida qon tezda

antitoksin bilan to‘yinishi uchun uni sutkada 2 marta yuboriladi.

Intoksikatsiya, halqumdagi shish hamda karashlar hajmining

kamayishi zardob yuborishni to‘xtatish mezoni bo‘lib hisoblanadi.

Zardob dastlabki desensibilizatsiyadan keyin tayinlanadi. Kasal-

likning yengil shakllarida davoning foydasi 10–14 soatdan keyin,

toksik shakllarida esa keyinroq kuzatiladi.

Zardob yuborishdan tashqari asosiy masala nafas olishning

buzilishiga qarshi kurashishdir. Bunda dastlab bemorga osoyishtalik

(tinch holat) yaratilib, iliq muolajalar (umumiy vannalar, issiq

qilib o‘rash), sodali eritmalarning bug‘li ingalatsiyasi, gorchich-

niklar qo‘llanadi.

Organizmdan toksik moddalarning chiqishini tezlashtirish

uchun ðolivinolðirrolidon ðreðaratlari (neogemodez, gemodez,

neokomðensan va b.) hamda gemodez+glukozali yoki aminokislotali

eritmalar (glukoneodez, aminodez) ishlatiladi. Dezintoksikasion

preparatlar kasallikning dastlabki kunlari, ya'ni qonda toksin

aylanib yurgan vaqtda samaralidir.

Òoksik difteriyada va krupda albatta kortikosteroid preparatlar

(prednizolon sutkada 40–50 mg miqdorda tayinlanadi. Keyinchalik

miqdor asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi) 10–15 kun davomida

yuboriladi.

Antibiotiklar bakterial infeksiya qo‘shilganda tayinlanadi.

Vitaminlardan askorbinat kislota tayinlanadi. Ma'lumki C

vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj har qanday yuqumli kasallikda, jumladan

difteriyada ham oshadi.

Miokarditlarda strixnin (1% li eritmasi, teri ostiga), kordiamin,

strofantin va boshqa preparatlardan tayinlanadi.

Riboksin, kaliy orotat va panangin ham yaxshi foyda beradi.

Kasallikning toksik shakllarida birinchi kundan oksigenoterapiya

qo‘llanadi.

Konservativ davolash foyda bermaganda jarrohlik usuliga o‘tiladi.

Difteriya etiologiyali krup (cheklangan shakli) da intubatsiya qilinadi.

Mazkur muolajadan so‘ng nafas olish yaxshilanmasa, traxeostomiya

qilinadi.



237

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Bemor shifoxonadan difteriyaning klinik belgilari va rivojlangan

asoratlar yo‘qolgandan so‘ng chiqariladi. Halqum, burun, hiqildoq

difteriyalari bo‘lgan bemorlar asorat kuzatilmaganda kasallik

boshlanganidan 14–21 kundan so‘ng, subtoksik shaklida kasallik

boshlanganidan 21 kundan keyin, toksik shaklining I darajasida –

kasallikning 30-kuni, II darajasida – 45, III darajasida  60-kuni

shifoxonadan chiqarilishlari mumkin.

Miokarditni o‘tkazgan bemor EKG nazoratida shifoxonadan

chiqariladi.

Shifoxonadan chiqarishdan oldin halqumdan, burun va jarayon

kuzatilgan boshqa joylardan difteriyaga ekish uchun ikkita nazorat

ekmasi olinadi. Òekshirish natijalari ijobiy bo‘lmaganda uchastka vrachi

nazoratiga shifoxonadan chiqariladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Difteriya bilan

kurashishda spetsifik profilaktika – emlash orqali immunitet yaratish

asosiy o‘rin egallaydi. Joylarda emlash ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish

va ular haqidagi ko‘rsatmalarni puxta bajarish eng asosiy masala

bo‘lib, vaksinatsiya samarasi xuddi shu ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Bunda

tibbiy hamshiraga ma'suliyatli vazifa yuklanadi. Emlashni sifatli va

to‘g‘ri bajarish uning vijdoniga bog‘liq. 1997- yildan O‘zbekiston

Respublikasida Jahon Sog‘liqni Saqlash Òashkiloti o‘tkazayotgan

emlash siyosatiga asoslangan profilaktik emlashlarning yangi taqvimi

amalda qo‘llanmoqda.

O‘choqda bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, izolatsiya qilish va

bemorlarni hamda bakteriya tashuvchilarni shifoxonaga yotqizish

tadbirlari o‘tkaziladi. Bemorni va bakteriya tashuvchini (difteriya

tayoqchasi tashuvchisini) izolatsiya qilgandan keyin yakuniy

dezinfeksiya o‘tkaziladi. Bemorning idish-tovoqlari 15 minut davomida

2% li soda eritmasida yoki 1% li sovun qo‘shilgan suvda qaynatiladi

yoki 1,5 soat mobaynida 3% li xloramin eritmasiga solib qo‘yiladi.

O‘yinchoqlar qanday materialdan yasalganiga qarab zararsizlantiriladi.

Kiyim-bosh va yotoq choyshablari 15 min davomida 2% li sodali

eritmada qaynatiladi yoki 1,5 soat  0,2% li xloramin eritmasiga solib

qo‘yilib yuviladi. So‘ngra chayib olinadi (0,2% li xloramin o‘rniga

0,1% li sulfoxlorantin, 3% li vodorod peroksid hamda 0,5% li yuvish

vositasidan) foydalanish mumkin. Bemor xonasidagi pol, mebel va

boshqa buyumlar 0,5% li xloramin yoki 0,2% tindirilgan xlorli ohak

eritmasi bilan artiladi.


238

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Keyingi o‘n yillik kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, difteriyada

bakteriya tashuvchanlik mustaqil epidemik jarayon sifatida yuzaga

kelishi mumkin ekan. Shuning uchun har bir aniqlangan bakteriya

tashuvchi klinik va bakteriologik tekshirilishi shart. Barcha bakteriya

tashuvchilar (tranzitor bakteriya tashuvchilardan tashqari)

antibiotiklar yordamida sanatsiya (tozalash) qilinadi.

Nazorat savollari

1. Difteriya nima?

2. Difteriya tayoqchalari qanday oziq muhitlarda o‘sadi?

3. Difteriyada kim infeksiya manbai hisoblanadi va infeksiya qanday

yuqadi?


4. Difteriya klassifikatsiyasini gapirib bering.

5. Burun va hiqildoq difteriyasida qanday belgilar uchraydi?

6. Krup nima?

7. Difteriyada qanday asoratlar uchrashi mumkin?

8. Difteriyaga qarshi zardob yuborish usullari haqida gapirib bering.

9. Difteriya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Meningokokk infeksiyasi (infectio meningococciea)

Meningokokk infeksiyasi – meningokokklar chaqiradigan o‘tkir

yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya pardalari zararlanishi

hamda nazofaringit, yiringli meningit va meningokokksemiya bilan

kechadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – meningokokk (Neisseria

meningitidis)  bo‘lib,  uning o‘rtacha  kattaligi 0,6–0,8 mkm. Òi pik

holatlarda  juft bo‘lib,  (di plokokk)  bukilgan yuzasi bilan bir-biriga

qarab joylashadi. Meningokokklar grammanfiy, aerob sharoitlarda

37°C haroratda o‘sadi. Spora hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q va

harakatsiz. Anilinli bo‘yoqda yaxshi bo‘yaladi. Ekzotoksin hosil

qilmaydi, mikrob hujayrasi parchalanganda (o‘lganda) endoksin

ajralib chiqadi. Antigen tuzilishi bo‘yicha meningokokklarning A,

B, C, D, X, V, Z serologik guruhlari farqlanadi. Epidemiya vaqtida

odatda A guruh meningokokklar aniqlanadi.

Òashqi muhitda meningokokklar tez nobud bo‘ladi. 50°C haroratda

meningokokklar 5 minutda, 100°C da 30 sekundda o‘ladi.


239

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Dezinfeksiyalovchi moddalar eritmalarida 1–2 min davomida o‘ladi.

Ultrabinafsha nurlar ta'sirida qo‘zg‘atuvchi deyarli shu zahoti nobud

bo‘ladi.


Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai meningokokk infeksiyasiga

chalingan bemor va bakteriya tashib yuruvchi hisoblanadi. Nazofaringit

belgilari bo‘lgan meningokokk tashuvchilar ancha xavflidir, chunki

ular tashqi muhitga ko‘p miqdorda mikrob ajratadi (yo‘tal, aksa

urish orqali). Infeksiya havo-tomchi yo‘li bilan, shuningdek yaqin

masofada muloqotda bo‘lganda yuqadi. Meningokokk infeksiyasida

mavsumiylik qish-bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Epidemik tarqalishlar

ko‘pincha bolalar jamoalarida uchraydi.

Kasallikdan so‘ng qo‘zg‘atuvchi ti piga  xos immunitet hosil

bo‘ladi.


Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiyaning kirish

darvozasi  yuqori nafas yo‘llari, ko‘pincha burun-tomoq hisoblanadi.

Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi: shilliq

qavatlar shishadi va shilliq ajralishi kuchayadi. Ko‘p hollarda patologik

jarayon shu bilan cheklanadi, ya'ni meningokokkli nazofaringit

rivojlanadi.

Meningokokk mahalliy to‘siqlardan o‘tib, ayrim hollarda qonga

tushadi (bakteremiya) va butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Qonda

mikroblarning ko‘plab o‘lishi natijasida katta miqdorda endotoksin

ajralib chiqadi va ular ta'sirida turli a'zo hamda to‘qimalar zararlanadi.

Òeri, buyrak, buyrak usti bezlari, ko‘zning tomirli pardasi,

endokard, bo‘g‘imlar pardasi va boshqalar meningokokksemiyaning


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish