M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

Zardoblar va gamma-globulinlar ko‘ðincha mushak orasiga, kam

hollarda venaga (bemor ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganda va zudlik bilan

effekt olish zarurati tug‘ilganda), juda kam hollarda esa arteriyaga

qilinadi. Oxirgi ikki yo‘l anafilaktik shok rivojlanishi ehtimoli borligi

bilan xavfli hisoblanadi.


92

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Klinikada seroteraðiya asoratlarining to‘rt xil asosiy ko‘rinishi

uchraydi: anafilaktik shok, zardob kasalligi, ikkilangan anafilaktik

reaksiya, Artyus fenomeni. Anafilaktik shok zardob yuborilgandan

keyin darhol rivojlanadi va eng og‘ir asorat hisoblanadi. Zardob

kasalligi zardob yuborilganidan 6–12 kun keyin rivojlanadi. Bu

asorat isitma, shilliq qavatlar shishi, limfadenit, toshmalar bilan

namoyon bo‘ladi. Zardob kasalligining rivojlanish chastotasi

yuborilgan zardob miqdori va undagi ballast oqsillarga bog‘liq. Oxirgi

yillarda yuqori darajada tozalangan zardoblar ishlatilishi munosabati

bilan bu asorat deyarli uchramaydi. Ikkilangan anafilaktik reaksiya

bitta bemorning o‘zida avval anafilaktik shok, keyinchalik zardob

kasalligi rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Artyus fenomeni zardob

uzoq vaqt davomida teriga yuborilganda birinchi yuborishdan keyin

6 kun o‘tgach vujudga keladi. Bu vaqtda takroriy inyeksiya joyida

nekrotik jarayon rivojlanishi mumkin.

Zardob ðreðaratlarini yuborishdan oldin amðula diqqat bilan

ko‘zdan kechiriladi. Loyqa, shikastlangan amðuladagi yoki etiket-

kasi yo‘q va saqlash muddati o‘tgan zardoblarni ishlatish mumkin

emas. Yuborishdan oldin zardob 37°C gacha suvda ilitiladi. Amðu-

laning uchi sðirtda namlangan steril ðaxta yordamida artilib, najdak

bilan kesiladi, amðula uchi ikkinchi marta sðirt bilan artilgandan

keyin sindiriladi. Zardob vrach tomonidan yoki uning nazorati

ostida yuborilishi shart. Anafilaktik shok rivojlanishining oldini olish

maqsadida organizmning 1:100 nisbatda  eritilgan yot oqsilga

individual sezgirligini aniqlash uchun zardob bo‘lib-bo‘lib yubo-

riladi. 1:100 nisbatda eritilgan shunday zardob bilan teri ichiga sinama

qo‘yiladi. Bunday zardob maxsus tayyorlangan bo‘lib, har bir

qutichaga davolash zardobi bilan birga qo‘yiladi. 1:100 nisbatda

eritilgan zardob amðulasi qizil, davolash zardoblari bo‘lgan

amðulalar – ko‘k yoki qora rang bilan belgilanadi. Eritilgan zardob

bilak terisi ichiga 0,1 ml miqdorda yuboriladi. 20 minutdan keyin

sinama natijasi baholanadi. Agar shish yoki qizarish diametri zardob

kiritilgan yerda 0,9 sm dan kichik bo‘lsa ijobiy emas (–) va 0,9 sm

dan katta bo‘lsa ijobiy (+) baholanadi.

Reaksiya kuzatilmagan holda (–) teri ostiga 0,1 ml eritilmagan

zardob yuboriladi. 30 minut –1 soatdan keyin reaksiya aniqlanmasa

mushak orasiga belgilangan zardob miqdorining hammasi yuboriladi.



93

Umumiy qism

Zardob olgan kishilar 1 soat davomida vrach nazorati ostida bo‘lish-

lari shart.

Òeri ostiga qo‘yilgan sinamada ijobiy natija kuzatilganda zardob

vrach kuzatuvi ostida juda ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Mushak

orasiga 30 mg ðrednizolon va antigistamin ðreðaratlar yuboril-

gandan so‘ng, teri ostiga eritilgan (1:100) zardobdan 20 minut

interval bilan 0,5–2 va 5 ml yuboriladi. Reaksiya kuzatilmasa teri

ostiga 0,1 ml eritilmagan zardob va 30 minutdan keyin  qolgan

miqdori mushak orasiga yuboriladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlarning birortasiga ijobiy reaksiya

kuzatilsa, zardob takroran 30–90 mg ðrednizolon (venaga) va 1 ml

dimedrol eritmasi yoki narkoz ta’sirida yuboriladi. Anafilaktik shok

belgilarining  birortasi kuzatilsa, zardob yuborish to‘xtatiladi va

zudlik bilan shokka qarshi komðleks tadbirlar o‘tkaziladi: venaga

ðrednizolon  – 60–90 mg, gidrokortizon  – 125 – 250 mg,

ðoliglyukin – 400 ml yuboriladi. Foyda bermasa va bronxosðazm

aniqlansa, 0,5–1 ml 0,1 % adrenalin eritmasi ðoliglyukin yoki 5%

glukoza eritmasida yuboriladi, reoðoliglyukin, Ringer eritmasi,

yurak glikozidlari, antigistamin ðreðaratlar va takroran – ðred-

nizolon (300–400 mg gacha) qilinadi.

Vaksinoteraðiya. Bunday davo asosida sðetsifik antigenlar yotadi.

Bu xil ðreðaratlarga turli usullar bilan o‘ldirilgan qo‘zg‘atuvchilar

kulturasi – vaksinalar kiradi. Vaksina sifatida ayrim antigenlar

(masalan, qorin tifi mikroblarining Vi – antigeni), anatoksinlar

(stafilokokk, qoqshol) qo‘llanilishi mumkin. Ayrim hollarda bemor-

dan ajratib olingan shtammlardan tayyorlangan vaksinalar (auto-

vaksinalar)   ishlatiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, tirik vaksinalar

davolash maqsadida ishlatilmaydi.

Vaksinoteraðiya qator surunkali kasalliklarda (surunkali dizen-

teriya, brusellyoz, toksoðlazmoz), sog‘ayish jarayoni cho‘zilib

ketganda (ornitoz, tularemiya) hamda o‘tkir kasalliklar (qorin tifi,

ðaratiflar) residivlarining oldini olishda tayinlanadi.

Vaksinalar turli yo‘llar bilan kiritilishi mumkin: teri ostiga,

mushak orasiga, venaga. Vaksina kiritganda reaksiyalar mahalliy,

o‘choqli va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy reaksiyalar vaksina

kiritilgan joyda yallig‘lanish jarayonlari ko‘rinishida, o‘choqda –

yallig‘lanish jarayoni ( masalan, tularemiya buboni) sohasida,



94

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

umumiy – haroratning ko‘tarilishi, et uvishishi, lanjlik, og‘riqlar

hamda terlash ko‘rinishida kuzatiladi.

Vaksinoteraðiya kurslar bilan ko‘ðincha 8–14 kun o‘tkaziladi.

Inyeksiyalar oralig‘i vaksinadan keyingi reaksiyalar darajasiga

bog‘liq. Reaksiya qancha kuchli bo‘lsa, vaksinalarni takror yubo-

rishlar oralig‘i shuncha katta bo‘ladi. Vaksina miqdori keyingi

yuborishlarda asta-sekin oshirib boriladi. Vaksinadan keyin reak-

siyalar kuzatilsa, miqdor kamaytiriladi. Vaksinani vena ichiga

kiritishda shok holati kuzatilishi mumkinligi tufayli G.P.Rudnev

tomonidan ikki bosqichli vaksinoteraðiya taklif qilingan. Vaksi-

naning sutkalik miqdori vena ichiga ikki marta 1,5–2 soat oraliq bilan

yuboriladi.

Silning faol shakli, yurak, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari,

rivojlangan ateroskleroz, giðertoniya kasalligi, homiladorlikda

vaksinoteraðiya o‘tkazish taqiqlanadi.

Fagoteraðiya.  Bakteriofag o‘z moddalar almashinuviga ega emas

va u faqat tirik mikroblar mavjud bo‘lganidagina rivojlanadi. Fag

ta’sirida mikroblar eriydi. Antistafilokokk fagi teri yuzasiga, teri

ostiga va mushak orasiga qilinishi mumkin. Streðtokokk bakteriofagi

samara bilan ishlatilmoqda. Bakteriofag kiritilgandan keyin orga-

nizmda 5–7 kun davomida saqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki,

tashxis uchun ishlatiladigan bakteriofaglar davolash maqsadida

qo‘llanmaydi.

Kimyoteraðiya

Antibiotiklar. Yuqumli  kasalliklarni davolashda antibiotiklar

(anti – qarshi, bios – hayot) ishlatila boshlangandan keyin o‘lim

hollari keskin kamaydi, kasallikning muddati qisqardi va asoratlar

kam uchraydigan bo‘ldi. Antibiotiklar bemor organizmiga turli

yo‘llar bilan kiritiladi (mushak orasiga, vena ichiga, og‘iz orqali,

seroz bo‘shliqlarga va hokazo). Penitsillin ðreðaratiga ðnevmokokk-

lar, streðtokokklar va meningokokklar juda sezgir. Bu guruh ðreða-

ratlari kuydirgi, difteriya, qaytalama tif, leðtosðiroz hamda ayrim

anaerob infeksiyalarda ham katta samara beradi.

Yuqumli kasalliklar klinikasida ðenitsillin (ðenitsillinning

natriyli va kaliyli tuzlari) va yarim sintetik ðenitsillin (amðitsillin,

oksasillin va b.) ðreðaratlari qo‘llaniladi.


95

Umumiy qism

Penitsillindan keyin amaliyotga aminoglikozid – streðtomitsin

kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Keyinchalik monomitsin, neomit-

sin, kanamitsin ðreðaratlari ðaydo bo‘ldi. Ular sil, o‘lat va tula-

remiya qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan foydalidir. Ularning oto-va

nekrotoksik ta’sirga ega ekanligini hisobga olish zarur.

Makrolidlar guruhi brusellyoz, difteriya, rikketsioz va yiringli

infeksiyalarni davolashda ishlatiladi.

Òetrasiklinlar guruhi (tetrasiklin, xlortetrasiklin va oksitet-

rasiklin) va ayrim yarim sintetik hosilalar (morfosiklin, metasiklin,

doksasiklin va b.) vabo, dizenteriya, toshmali tif, rikketsiozlar va

brusellyozda ishlatiladi. Ular iyersinioz, kuydirgi, ko‘kyo‘tal,

leðtosðiroz va boshqa kasalliklarda ham samarali ðreðaratlar bo‘lib

hisoblanadi.

Levomitsetinning ðaydo bo‘lishi qorin tifi, salmonelloz, dizen-

teriya, rikketsioz, brusellyoz va boshqa kasalliklarni davolashga keng

yo‘l ochdi. Preðaratning bakteriostatik ta’sirga ega ekanligini hisobga

olgan holda klinik natijaga erishgandan keyin ham uni qabul qilishni

birdaniga to‘xtatish mumkin emas. Residivlarning oldini olish

maqsadida davo yana ozroq davom ettiriladi. Gematoensefalitik to‘siq

orqali o‘tish xususiyatini hisobga olib, levomitsetin suksinat natriy

shaklida meningokokk infeksiyasini davolashda ishlatiladi.

Polimiksinlar – antibiotiklar guruhi (B, E, M ðolimiksin va

monomitsin) bo‘lib, dizenteriya va salmonellozni davolashda ishla-

tiladi. Preðaratlarning kamchiligi ularning yuqori darajada toksik

ta’sir ko‘rsatish xususiyatidir. Nefrotoksik va neyrotoksik ta’sir

ko‘rsatish tufayli yuqumli kasalliklar amaliyotida ular nisbatan

chegaralangan holda qo‘llanadi.

Keyingi yillarda sefalosðorinlar guruhi – kefzol, sefamizin,

seðorin va boshqalar ðenitsillinga chidamli yiring chaqiruvchi

mikroblar (stafilokokk) ga ta’sir qilish imkoniyatini ochdi.

Fungisid (zamburug‘larga qarshi) antibiotiklar alohida o‘rin

egallaydi. Ulardan birinchisi – nistatin kandidozlarga qarshi ðreða-

ratdir. Keyinchalik olingan grizeofulvin trixofitiya va mikrosðo-

riyalarni davolashda ishlatiladi. Nistatin o‘rnini bosuvchi levorin va

nizoral kandidozlarni davolash imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Shunga qaramay zamburug‘li kasalliklarni davolash bugungi

kungacha muammoli masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu yo‘na-

lishda katta izlanishlar olib borilmoqda.


96

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Antibiotiklar yuqumli kasalliklarni davolashda samarali ðreða-

ratlar bo‘lib hisoblanishi bilan bir qatorda, nojo‘ya ta’sir  ko‘rsa-

tishi ham mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, faringit (halqum shilliq

qavatining yallig‘lanishi), allergik reaksiyalar, ayrim hollarda

anafilaktik shok (bemorning rangi birdaniga oqaradi, uni sovuq ter

bosadi, hushini yo‘qotadi, ðuls tezlashadi, arterial bosim ðasa-

yadi) shular jumlasidandir.

Òetrasiklin ðreðaratlari va levomitsetinni uzoq vaqt davomida

qo‘llash natijasida organizmning odatdagi normal mikroflorasiga

ta’sir ko‘rsatib, zamburug‘lar, stafilokokklar va boshqa mazkur

ðreðaratga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning o‘sishiga sabab

bo‘ladi. Shuning uchun bemorlarni tetrasiklin ðreðaratlari va

levomitsetin bilan davolashda disbakterioz, ya’ni organizm normal

mikroflorasining o‘zgarishi va organizm uchun xos bo‘lmagan

mikroorganizmlar o‘sishining kuchayishi kuzatiladi. Oshqozon-

ichak yo‘llarida stafilokokklarning ko‘ðayishi ich ketishiga sabab

bo‘ladi. Candida turkumiga mansub zamburug‘lar teri, og‘iz bo‘sh-

lig‘i, qin, orqa teshik shilliq ðardalari va kam hollarda boshqa a’zolar

– o‘ðka, miya va buyrakni zararlaydi.

Antibiotiklar yuborilgandan keyin bemor holatida kuzatilgan

barcha  o‘zgarishlar haqida tibbiy hamshira zudlik bilan vrachga

xabar berishi zarur.

Sulfanilamid ðreðaratlar. Yuqumli kasalliklar klinikasida nor-

sulfazol, sulfadimezin, etazol va boshqa ðreðaratlar keng ishlatiladi.

Sulfanilamid ðreðaratlar ta’sirida bakteriyalar ko‘ðayish va fer-

menlar ishlab chiqarish xossalarini yo‘qotadi. Sulfanilamidlar

mikroorganizmlarning kaðsula hosil qilishiga to‘sqinlik qiladi,

natijada ular fagositoz va lizisga beriluvchan bo‘lib qoladi. Bu

ðreðaratlar yetarli keng ta’sir doirasiga ega. Xususan ular har xil

streðtokokklar, ðnevmokokklar, gonokokklar, meningokokklar,

dizenteriya qo‘zg‘atuvchilari, ðrotozoy kasalliklar (bezgak, tokso-

ðlazmoz) va xlamidiozlar (traxoma) ga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Sulfanilamidlar giðovitaminozga sabab bo‘lishi tufayli ularni C

vitamin bilan birga qo‘llagan ma’qul. Ko‘ðincha biseðtol, sulfaton

ðreðaratlari bilan birga qo‘llaniladi.

Sulfanilamidlar allergik reaksiyalar – isitma va toshmalarga sabab

bo‘lishi mumkin. Ular gemoðoezga ta’sir qilib, leykoðeniyani

chaqiradi. Shuning uchun ularni leykoðeniya uchraydigan kasal-


97

Umumiy qism

liklar (qorin tifi, griðð) da ishlatish to‘g‘ri kelmaydi. Ularni qabul

qilganda ko‘ngil aynishi, qusish, siydik yo‘llarida tosh yig‘ilishi

mumkin. Bularning oldini olish uchun ko‘ð miqdorda ishqoriy

ichimliklar ichish tavsiya etiladi. Sulfanilamidlarni novokain bilan

qo‘llash mumkin emas, chunki novokain antisulfanilamid ta’sirga

ega.

Nitrofuran hosilalari. Nitrofuranlar grammusbat va grammanfiy



mikroblar, viruslarning ayrim turlari, trixomonada va lyambliyalarga

ta’sir ko‘rsatadi, mikroorganizmlar o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.

Amaliyotda furasilin, furazolidon, furazolinlar ishlatiladi.

8-oksixinolin hosilalari. Bu ðreðaratlar antibakterial (dizen-

teriya, salmonelloz), antiðarazitar (amyobiaz, trixomonoz) va

zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Oxirgi yillarda ma’lum

bo‘lgan birikmalar (xinozol, enteroseðtol, nitroksolin va b.) dan

tashqari, yangi (ersefuril, xlorxinaldol) va kombinatsiyalashgan

(meksaza, mesaform va hokazo) ðreðaratlar ðaydo bo‘ldi. Bu

ðreðaratlarni ko‘ð qo‘llaganda bularga sezgirligi yuqori bo‘lgan

kishilarda ðeriferik nevritlar va ko‘z nervining zararlanishi kuza-

tilishi mumkin.

Antiðrotozoy ðreðaratlar. Bularning katta guruhini bezgakka

qarshi ðreðaratlar, so‘ngra trixomonoz, leyshmanioz, amyobiaz va

boshqa ðrotozoy kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ðreðaratlar

tashkil qiladi. Bezgakni davolash va ðrofilaktikasida turli xil sintetik

ðreðaratlar – xingamin, gidroksixloroxin, bigumal, akrixin,

ðrimaxin va xinosid qo‘llaniladi. Xinin alkoloidi – bezgakka qarshi

tabiiy modda bo‘lib, hozirgi ðaytda kam qo‘llaniladi. Bezgakka qarshi

ðreðaratlar gelmintozlarda, lyambliozda, leyshmaniozda ham

foydalidir. Yuqori klinik samara bilan birga ko‘ðgina bezgakka qarshi

moddalar bemor organizmini allergik holatga keltirib, oshqozon-

ichak sistemasiga, ilik, jigar, teriga toksik ta’sir ko‘rsatadi hamda

vitaminlar o‘zlashtirilishini izdan chiqaradi.

Antiðrotozoy ðreðaratlardan biri metronidazol trixomonadalar,

amyobalar va hatto anaerob mikroblarga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo,

shuni ta’kidlash zarurki, mazkur ðreðarat qon hosil bo‘lishiga,

homiladorlikka ta’sir qilishi mumkin. Ayrim hollarda nerv sistemasi

buziladi. Ularni qo‘llaganda ishtaha yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘i

qurishi va yoqimsiz ta’m hissi ðaydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi,

qusish, ich ketishi (diareya), bosh og‘rishi, toshma toshishi

7 – Yuqumli kasalliklar



98

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

mumkin. Visseral va teri leyshmaniozini davolashda odatda anti-

biotiklar va sulfanilamidlar bilan solyusurmin ishlatiladi.

Parazitar ðatologiya keng tarqalganligi sababli antiðarazitar

ðreðaratlar yaratish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Viruslarga qarshi ðreðaratlar. Keyingi yillarda griððoz infeksiyaga

qarshi davolovchi va ðrofilaktik ta’sir ko‘rsatuvchi ðreðaratlar

olingan. Bularga jumladan, amodantan hosilalaridan midantan va

remantadin kiradi. Ular og‘iz orqali qabul qilinadi. Mahalliy tarzda

qo‘llaniladigan qator ðreðaratlar – oksolin, tebrofen, florenal va

boshqalar yaratilgan. Oksolin adenovirusli infeksiya, gerðes,

rinitlar va griðð ðrofilaktikasida qo‘llaniladi. Bular bilan bir qatorda

tebrofen, floresil, riodoksol va bonafton ham analogik ta’sirga ega.

Bugungi kunda biologik tabiatga ega bo‘lgan ðreðaratlar – inter-

feron va lizosim keng ishlatilmoqda. Virusga qarshi ta’sir ko‘rsata-

digan interferonga ichki himoya omili sifatida qaraladi. Ayniqsa uni

konyunktivaga, burun yo‘llariga yuborish va ingalyatsiyada ishlatish

samaralidir. Oqsil tabiatiga ega bo‘lgan lizosim fermenti organizm-

ning turli to‘qimalari va suyuqliklari tarkibiga kiradi. U bakteriolitik

(mikrob devorini eritadi) ta’sirga ega. Unga grammusbat mikroblar

juda sezgir bo‘lib, grammanfiy bakteriyalar ham kam sezgirlik

namoyon qiladi. Bu ðreðaratlar organizmda yallig‘lanishga qarshi va

mukolitik ta’sir ko‘rsatadi. Lizosim seðsisda keng qo‘llaniladi, uni

mahalliy va ðarenteral usulda ishlatish mumkin.

Viruslarga qarshi ðreðaratlardan azidotimidin, ribavirin (riba-

midil), foskarnet, suramin, retrovir, viroleks va boshqalarni ko‘r-

satib o‘tish muhimdir. Bu ðreðaratlar OIÒS–orttirilgan immunitet

tanqisligi sindromida qo‘llaniladi. Bular tormozlovchi ta’sirga ega.

Keyingi yillarda B virusli geðatitni davolashda virusga qarshi rekom-

binant ðreðarat – reaferon va intron qo‘llanilmoqda.

Ular ðarenteral usulda ishlatiladi. Interferonni og‘iz orqali

ishlatish muammolari yechilmoqda.

Nosðetsifik immunoteraðiya

Immunomodulyatorlar. Immunitetning tabiiy boshqaruvchilari

(regulyatorlar) katta e’tibor jalb qiladi. Bularga tiamin, t-aktivin,

timogen va boshqalar kiradi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida bu

ðreðaratlar immunitet tanqisligi holatlarida ishlatiladi. Virusli


99

Umumiy qism

geðatitlarda natriy nukleinat klinik sinab ko‘rilgan. Bu ðreðarat Ò-

va B-limfositlar funksiyasini yaxshilaydi, fagositoz qobiliyatini

oshiradi va boshqa himoya omillarini faollashtiradi.

Liðoðolisaxaridlar (ðirogenal, ðrodigiozan) alohida o‘rin

egallaydi. Pirogenal virusli geðatitlarning komðleks davo ðreðaratlari

bilan birga immun javobni kuchaytiradi, fagositar funksiyani

stimullaydi va nosðetsifik himoya darajasini oshiradi. Pirogenalni

to‘g‘ri va qat’iy individual dozada tayinlash nojo‘ya holatlarga olib

kelmaydi (1–2 soat davomida harorat 37,5

°

C gacha ko‘tarilishi



mumkin).

Metabolik jarayonlarni tezlashtiruvchi ðreðaratlar. Bu ðreða-

ratlar bemorlarning kasallikdan keyingi moslashuviga yordam

beradi. Ularning ko‘ði leykoðoezni tezlashtiruvchilar sifatida ham

qo‘llanadi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida ðirimidin va tiazolidin

hosilalari metilurasil, ðentoksil, kaliy orotat keng qo‘llanadi. Ularni

yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan leykoðeniyalarda, ichak yo‘llari

zararlanishi – kolitlar va virusli geðatitlarda qo‘llash mumkin.

O‘smalarda bu ðreðaratlar qo‘llanmaydi. Biogen tezlashtiruvchi

ðreðaratlardan biosed, sðlenin va aðilak og‘ir infeksiyalarni boshi-

dan kechirgan bemorlarning infeksiyadan keyingi moslashuvini

yaxshilaydi. Ularni surunkali dizenteriyada, dizenteriyadan keyingi

va nosðetsifik kolitlarda mahalliy qo‘llash mumkin.

Glukokortikosteroidlar. Buyrak usti bezlarining ðo‘stloq qismi

turli xil gormonlar ishlab chiqaradi. Ulardan bir guruhini gluko-

kortikosteroidlar (gidrokortizon va kortizon) tashkil qiladi. Ular

yallig‘lanishga qarshi antiallergik va desensibillovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumki, buyrak usti bezining ðo‘stloq qismi o‘z vazifasini

to‘xtatsa, og‘ir shakldagi infeksion toksik shok yuzaga keladi. Bu

ðreðaratlarning shokka qarshi ta’siri shundan ham ma’lumdir.

Hozirgi vaqtda tabiiy glukokortikosteroidlar kam qo‘llanadi. Ular-

ning o‘rniga sintetik ðreðaratlar (ðrednizolon, ðrednizon, deksa-

metazon, triamsinolon va b.) keldi. Ular faolroq va ishlatishga

qulaydir.

Glukokortikosteroidlarni ishlatish uchun asosiy ko‘rsat-

malardan biri – buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lib, bu holat

infeksion toksik shokda kuzatilishi mumkin. Bu ðreðaratlar o‘tkir

jigar yetishmovchiligida, og‘ir ensefalitlarda, yuqumli kasalliklar

og‘ir va o‘ta og‘ir kechganda, anafilaktik shokda foyda beradi.


100

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Bu ðreðaratlarni ishlatishga monelik qiladigan holatlarga oshqo-

zon va 12 barmoq  ichakning yara kasalliklari, giðertoniya kasalligi,

qandli diabet, sil, surunkali yiringli jaryonlar, suyaklar sinishi,

osteomiyelit, osteoðoroz va boshqalar kiradi. Glukokortikosteroid-

lar uzoq muddat qo‘llanilganda ðreðarat miqdori asta-sekinlik bilan

kamaytirib boriladi.

Anabolik steroidlar. Bu ðreðaratlar orasida testosteron va uning

hosilalari asosiy o‘rin egallaydi. Bu ðreðaratlar oqsil sintezini

jadallashtiradi va shu orqali organizmda azotni ushlaydi hamda

mochevina ajralib chiqishini kamaytiradi. Anabolik gormonlar

ishtahani yaxshilaydi, mushaklar vaznini oshiradi. Yuqumli

kasalliklar amaliyotida metandrostenolon (nerobol), fenobolin

(nerobolil), retabolil keng qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi ham

nojo‘ya asoratlardan xoli emas. Bunda disðeðtik o‘zgarishlar,

xolestatik sariqlik, shishlar kuzatilishi mumkin.

Bu ðreðaratlarni virusli geðatitlarning o‘tkir davrida, homi-

ladorlikda, laktatsiyada va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash

mumkin emas.

Patogenetik teraðiyaning boshqa turlari

Ferment ðreðaratlar. Hozirgi vaqtda ferment ðreðaratlar sifatida

ðroteolitiklar (triðsin, ximotriðsin) keng qo‘llanilmoqda. Ular

orasida fibrinolitiklar (fibrinolizin, streðtodekaza), deðolimeri-

zatorlar (ribonukleaza, dezoksiribonukleaza), gialuron kislota

quyuqligini yo‘qotuvchilar (lidaza, ronidaza) ham ma’lum. Bun-

dan tashqari, ðroteoliz (kontrikal, trasilol) va fibrinoliz (amino-

kaðron kislota) ingibitorlari ðaydo bo‘ldi. Bu ðreðaratlar orqali bu

jarayonlarga aralashish va ularni boshqarish imkoniyati yaratildi,

bu esa organizmda buzilgan gomeostaz holatini tiklash uchun

yordam beradi.

Òriðsin va ximotriðsin o‘rinbosar maqsadida va sekretlarni suyul-

tirish bilan nafas yo‘llarida ajralgan ajratmalarning tez va yengil

ajralib chiqishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Ular ehtiyotkorlik


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish