M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

A) ha; B) yo‘q.

3. Vitaminlar bakterisid ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

4. Seroteraðiya nima?

A) vaksinalar bilan davolash; B) zardoblar bilan davolash;

C) antibiotiklar bilan davolash; D) venaga suyuqliklar yuborish;

E) simðtomatik davolash.

5. Zardob yuborishdan avval odatda (ko‘ðincha) qanday nisbatda

eritilgan zardob bilan sinama qo‘yiladi?

A) 1:100;  B) 1:500;  C) 1:200;  D) 1:800;  E) 1:400.

6. Makrolidlarga qanday ðreðaratlar kiradi?

A) ðenitsillin, streðtomisin; B) tetrasiklin, metasiklin; C) erit-

romitsin, oleandomitsin; D) analgin, dimedrol; E) levomitsetin,

norsulfazol.

7. Òriðsin va ximotriðsin qanday ðreðaratlar hisoblanadi?

A) antibiotiklar; B) sulfanilamidlar; C) ferment ðreðaratlar;

D) immunomodulyatorlar; E) nitrofuran hosilalari.

8. Giðertermiya nima?

A) arterial bosimning ðasayishi; B) tana haroratining ko‘ta-

rilishi; C) ðulsning tezlashishi; D) nafas olishning sekinlashishi;

E) ich ketishi.

9. Disbakteriozda qanday ðreðaratlarni qo‘llash mumkin emas?

A) laktobakterin; B) bifidumbakterin; C) kolibakterin; D)

antibiotiklar; E) A, B va C.

10. Qanday ðreðaratlar tuzli eritmalarga kirmaydi?

A) asesol; B) xlosol; C) glukoza;  D) disol; E) trisol.

11. Simðtomatik davo nima?

A) organizmning himoya kuchini oshirish; B) qo‘zg‘atuvchini

o‘ldirish; C) bezovta qilayotgan alomat (belgi) ni yo‘qotish;

D)yo‘qotilgan tuzlar o‘rnini to‘ldirish;  E) A va B.


111

Umumiy qism

12. Vitaminlar nomini to‘g‘ri ko‘rsating.

1. C vitamin a. ðiridoksin gidroxlorid

2. B


12

 vitamin b. tiamin bromid

3. B

1

 vitamin  d. askorbinat kislota



4. B

6

 vitamin e. siankobalamin



A) 1a, 2d, 3e, 4b;  B) 1d, 2e, 3b, 4a; C) 1d, 2b, 3a, 4e;  D)

1d, 2b, 3e,  4a; E) 1e, 2a, 3b, 4d.

13. Antibiotik va oqsilli ðreðaratlar ishlatilganda qanday asoratlar

kuzatilishi mumkin?

A) giðerglikemiya; B) giðertoniya; C) ichak tutilishi; D) ana-

filaktik shok;  E) to‘g‘ri javob yo‘q.

14. Eubiotiklar bu_______________

A) ichak mikroflorasini tiklash uchun beriladigan bakterial

ðreðaratlar bo‘lib, ulardan kolibakterin, bifidumbakterin va

laktobakterin alohida o‘rin tutadi;

B) immunitetning tabiiy boshqaruvchilari bo‘lib, bularga t-

aktivin,


timogen va boshqalar kiradi;

C) antiðrotozoy ðreðaratlar bo‘lib, trixomonoz, leyshmanioz

va amyobioz kabi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi;

D) dezintoksikatsiya vazifasini bajaradigan ðreðaratlar bo‘lib,

ularga glukoza, gemodez va natriy xloridning izotonik eritmalari

kiradi;


E) simðtomatik ðreðaratlar bo‘lib, kasallikning ayrim belgi-

larini yo‘qotishda ishlatiladi, masalan og‘riq qoldiruvchi, uxla-

tuvchi, qusishga qarshi va boshqa ðreðaratlar.

15. Gemodez bu ________________

A) qonning suyuq qismi bo‘lib, sirkulatsiya qiluvchi qon

hajmini


oshiradi, uning oqsil tarkibini normallashtiradi;

B) suvli-tuzli eritma bo‘lib, dezintoksikatsiya maqsadida qo‘lla-

nadi, qonda toksinlarni bog‘laydi, buyrakda qon oqishini tezlash-

tiradi va diurezni oshiradi;

C) izotonik eritmada qisman gidrolizlangan dekstranning 10%

li kolloid eritmasi bo‘lib, qonning yoðishqoqligini kamaytiradi,

antikoagulyant ta’sir ko‘rsatadi;

D) gormonal ðreðarat bo‘lib, asosan u organizmdagi yallig‘-

lanishga qarshi, antiallergik va desensibilizatsiyalovchi ta’sirga ega;


112

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

E) ferment tabiatiga ega bo‘lib, oshqozon-ichak yo‘llarida

yog‘lar,

uglevodlar va oqsillarning normal hazm bo‘lishini

ta’minlaydi.

1-masala


Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 44 yoshdagi F. ismli bemor

«griðð» tashxisi bilan yotqizildi. Griðð ðnevmoniya asorati bilan

kechganda antibiotiklardan ðenitsillin tayinlandi. Bemor ilgari

umuman antibiotiklar qabul qilmagan. Hamshira bu haqda so‘rab-

surishtirmasdan bevosita belgilangan miqdorda inyeksiya qildi.

Bemor ahvoli og‘irlasha boshladi: et uvishishi, qattiq bosh og‘rig‘i,

qayt qilish, yurak qisishi va arterial bosim ðasayib ketishi kabi

belgilar


ðaydo bo‘ldi.

1. Hamshira antibiotikni inyeksiya qilishda qanday kamchilikka

yo‘l qo‘ydi?

2. Bunday holatda qanday yordam ko‘rsatiladi?

3. Antibiotiklarga sinama qo‘yishni gapirib bering.

2-masala


Shifoxonaga og‘ir ahvolda 57 yoshdagi U. ismli bemor olib

kelindi. Bemorga zudlik bilan zardob yuborish tayinlandi. Hamshira

bemorga eritilmagan zardobdan tayinlangan miqdorda inyeksiya qildi.

Bemor ahvoli og‘irlashdi va shok holatiga tushdi. Shoshilinch

yordamlardan keyin bemor shok holatidan chiqarildi.

1. Hamshira zardob yuborishda qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?

2. Zardob yuborish texnikasini gapirib bering.

3. «Eritilgan» va «eritilmagan» zardoblar haqida tushuncha bering.

3-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga nosilkada 60 yoshdagi Sh. ismli

bemor olib kelindi. Bemorning ahvoli juda og‘ir. U ko‘ð qusgan va

ichi ketgan. Najasi suvday. Arterial bosim ðasayib ketgan.  Bemor

juda ko‘ð miqdorda suyuqlik yo‘qotgan. Unda ovqat toksikoin-

feksiyasi natijasida yuzaga kelgan giðovolemik shok holati aniqlandi.

1. Giðovolemik shok yana qanday kasalliklarda kuzatilishi mum-

kin?


2. Giðovolemik shok holatida bemorlarga yordam ko‘rsatish haqida

gapirib bering.



113

Umumiy qism

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan

bemorlarning ovqatlanishi

Ovqatlanish – tirik organizmning asosiy fiziologik ehtiyojlaridan

biridir. Ovqat bilan organizm o‘zining normal faoliyati uchun zarur

bo‘lgan moddalar – oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar,

suv, vitaminlar, mikroelementlar va boshqalarni oladi. Oqsillar,

yog‘lar, uglevodlar oksidlanish va yonish jarayonida issiqlik ajratadi.

Issiqlik kaloriyalarda o‘lchanadi – 1 kg suvni 1

°

C gacha qizdirish



uchun zarur bo‘lgan issiqlik kilokaloriya (kkal) deyiladi. Mahsu-

lotlarning energetik quvvatini hisoblash uchun maxsus jadvallardan

foydalaniladi. Sog‘lom odam har xil ovqatlar orqali bir sutkada

3000 kkal energiya oladi.

Bemorning to‘g‘ri ovqatlanishi uning sog‘ayib ketishida asosiy

omillardan biri hisoblanadi.

Parhez bilan davolash (diyetoteraðiya) – bu ovqatlanishni

davolash maqsadlarida qo‘llashdir. Davolash amaliyotida kasal-

liklarning asosiy turlari uchun belgilangan ðarhezlar tayinlanadi. U

yoki bu ðarhez turlari kasallik xarakteri, ko‘rsatmalar va monelik

qiluvchi holatlar, asosiy hamda qo‘shimcha kasalliklarning kechish

xususiyatlari va boshqa qator holatlarga qarab belgilanadi. Parhezni

davolovchi vrach tayinlaydi, hamshiraning vazifasi esa unga rioya

qilinishini qat’iy nazorat qilish va zarur bo‘lganda, bemorlarni

ovqatlantirishda bevosita ishtirok etishdan iboratdir. Shifoxonaga

tashrif buyurgan bemorning yaqinlari olib kelgan barcha mahsu-

lotlar hamshira tomonidan ularning o‘zlari ishtirokida tekshirilishi

kerak.


Yuqumli kasalliklar shifoxonasida hozirgi vaqtda asosan quyidagi

ðarhezlar tayinlanadi:

2-ðarhez  dizenteriya, qorin tifining sog‘ayish davrida va isitmali

bemorlarga tayinlanadi. Parhez to‘la qimmatli bo‘lib, oshqozon

sekretor funksiyasini tezlashtiradi, achish jarayonlarini susaytiradi

(grechka yormasidan qilingan sutli bo‘tqa, tuxumli bulyon, qovu-

rilgan va unga bulanmagan go‘shtli kotletlar, sabzi ðyuresi, malinali

jele, kartoshka ðyuresi, suli unidan tayyorlangan sutli bo‘tqa, sari-

yog‘, non, shakar, choy).

P a z a n d a l i k  i sh l o v i:  turli xil darajada maydalanadi va har

xil haroratda issiqlik bilan ishlov beriladi. Energetik quvvati 2800–

3100 kkal.

8 – Yuqumli kasalliklar


114

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

4-ðarhez  o‘tkir hamda surunkali ichak kasalliklarida kuchli ich

ketish va boshqa zo‘raygan disðeðtik holatlarda tayinlanadi. Parhezda

yog‘lar va uglevodlar fiziologik normaning eng ðast chegarasiga

keltiriladi, oqsil normal miqdorda, oshqozon-ichak yo‘llaridagi

shilliq qavatlarni mexanik va kimyoviy ta’sirlaydigan moddalar

chegaralangan miqdorda bo‘ladi. Ichakda bijg‘ish, chirish jarayon-

larini tezlashtiradigan mahsulotlar bo‘lmasligi kerak (bug‘langan

baliq kotletlar, suvda ðishirilgan guruchli bo‘tqa, go‘shtdan tayyor-

langan suð-ðyure, bug‘langan omlet, bug‘doy yormasidan tayyor-

langan go‘shtli bulyondagi bo‘tqa, quritilgan chernikadan tayyor-

langan kisel, sariyog‘, tvorog, na’matak qaynatmasi, shakar, quri-

tilgan oq non, choy).

P a z a n d a l i k  i sh l o v i:  barcha taomlar mahsulotlar

qaynatilgan, bug‘langan va qirg‘ichdan o‘tkazilgan holda tay-

yorlanadi. Energetik quvvati 2000 kkal ga yaqin.

5-ðarhez   jigar kasalliklarida tayinlanadi. Parhez kam energetik

quvvatga ega bo‘lib, oqsil fiziologik normada, yog‘ va uglevodlar juda

chegaralangan. Bunday ðarhez mexanik va kimyoviy jihatdan tez

ðarchalanadi, qorinni dam qiladigan mahsulotlar kiritilmagan

(bug‘latilgan oqsilli omlet, sulidan tayyorlangan sutli bo‘tqa, bug‘-

langan go‘shtli yumaloq kotletlar, uzum sharbatidan tayyorlangan

kisel, qaynatilgan baliq, kartoshka ðyuresi, sariyog‘, shakar, bug‘-

doy noni, kefir, sabzi va olmadan qilingan salat, meva sharbatlari,

dimlangan sabzi, olma, choy).

P a z a n d a l i k  i sh l o v i: ovqatlar suyuq yoki yarim suyuq

holda qaynatilgan yoki bug‘latilgan holda tayyorlanadi. Energetik

quvvati 1800 kkal.

13-ðarhez  qorin tifi bilan og‘rigan bemorlarga tayinlanadi.

Òarkibi bo‘yicha turli xil bo‘lib, sabzavotlar, sut, o‘tkir ovqatlar,

zakuskalar miqdori chegaralangan. Isitmalayotgan bemorlarga vita-

minlarga boy ichimliklar shaklida ko‘ð miqdorda suyuqlik beriladi.

P a z a n d a l i k  i sh l o v i:  mahsulotlar qirilgan holda

tayyorlanadi. Energetik quvvati 2100–2200 kkal.

15-ðarhez  maxsus ðarhezlar talab qilinmaydigan kasalliklarda

tayinlanadi. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori va energetik

quvvati jismoniy mehnat bilan band bo‘lmagan sog‘lom odam

ovqatlanish normalariga mos keladi. Òaom turli xil mahsulotlardan

tarkib toðgan. Yog‘li go‘shtdan tayyorlangan seryog‘ ovqatlar

buyurilmaydi.



115

Umumiy qism

P a z a n d a l i k  i sh l o v i:  ovqat odatdagiday, vitaminlar

miqdori ratsional saqlangan holda tayyorlanadi. Energetik quvvati

3000–3100 kkal.

Bemorlarni ðarvarish qilayotgan kishi ovqatni jalb qiladigan

tashqi ko‘rinish va yoqimli hidga ega holda berishi zarur. Xona

saranjom-sarishta va o‘zi esa ozoda bo‘lishi kerak. Bemorni ovqat-

lantirishdan avval ðarvarish qiluvchi shaxs bemor qo‘lini yuv-

dirishi va uni qulay o‘tqizishi yoki to‘shakda qulay holatda joylash-

tirishi zarur. Bemor ovqatlanayotgan vaqtda ishtahani buzadigan

narsalar (balg‘am bo‘lgan banka, kuchli hidli dorilar va b.)

ko‘rinadigan joyda yoki bemor yaqinida bo‘lmasligi zarur.

Ma’lum vaqtda muntazam ravishda ovqatlanish va sutkalik rat-

sionning sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri taqsimlanishi katta

ahamiyatga ega. 3 soatlik oraliq bilan 4 mahal ovqatlanish maqsadga

muvofiqdir.

Agar bemor hushsiz yotgan bo‘lsa yoki falajlik tufayli ovqatni

yuta olmasa, u og‘iz yoki burun orqali kiritilgan zond yordamida

ovqatlantiriladi. Bunda har bir ovqatlantirishdan oldin oshqozon

tozalanadi. Zond orqali yuboriladigan ovqat suyuq holda va dokadan

o‘tkazilgan bo‘lishi zarur. Dastlab ovqat ilitiladi va juda ehtiyotkorlik

bilan hamda sekin yuboriladi, chunki zond ba’zan nafas yo‘llariga

tushib qoladi. Zond orqali odatda sut, kefir, bulyon, meva sharbat-

lari va vitaminlar qo‘shilgan yarim suyuq mahsulotlar tarkibidan

iborat oziqlantiruvchi aralashmalar yuboriladi. Zond yordamida yana

kerakli miqdordagi suyuqlik va dorilar ham yuborilishi mumkin.

Kasallikning og‘ir turlarida bemorni ðarenteral ovqatlantirish

ham muhim. Bu maqsadda venaga qon ðlazmasi, gidrolizin, gidro-

lizat, kazeinlar, aminokislotalarning 5%li eritmalar aralashmasi,

tuzlar va vitaminlar komðleksi yuboriladi. Bundan tashqari natriy

xloridning izotonik eritmasi bilan 5% li glukoza eritmasi aralashmasi

ham tayinlanadi.

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan

bemorlarni ðarvarish qilish

Yuqumli kasalliklarda davolash samarasi bevosita bemorlarni

to‘g‘ri ðarvarish qilishni tashkil qilishga bog‘liqdir. Vrach tomo-

nidan tayinlangan davolash muolajalarini o‘z vaqtida bajarish va


116

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

dorilarni tarqatish juda muhim hisoblanadi. Bunday kasalliklar

bilan og‘rigan bemorlar – bu yuqori isitmali va intoksikatsiyali

bemorlar hisoblanadi. Ular odatda tez achchiqlanadigan va ta’sir-

lanuvchan bo‘lib qoladilar. Shuning uchun ular bilan munosabatda

bo‘lganda og‘ir va bardoshli bo‘lish zarur.

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni ðarvarish qilishni

tashkil qilishda sanitar-gigiyenik, eðidemiyaga qarshi va ðrofilaktik

tadbirlarga qat’iy rioya qilish lozim. Yuqumli kasalliklar shifo-

xonasidagi xizmatchi xodimlar shaxsiy ehtiyotkorlik qoidalariga

rioya qilishlari zarur.

Yuqumli kasalliklar bo‘limidagi barcha xodimlar – vrachlar,

tibbiy hamshiralar va kichik hamshiralarning bemorlarga g‘am-

xo‘rliklari va faol amaliy yordamlari ularning tezda tuzalishlariga

bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, bu esa bemorlarning kay-

fiyatini, uyqu va ishtahasini yaxshilaydi. Bularning barchasi

bemorlarning tezda sog‘ayishiga zamin yaratadi.

Parvarishlash deganda quyidagilar tushuniladi:

1) qat’iy rejim yaratish va uni qo‘llab-quvvatlash (ðalata va kori-

dorda qattiq gaðlashish mumkin emas, bemor bilan har qanday

sharoitda ham mayin ohangda gaðlashish talab qilinadi. Bu tartibga

bemor ham bo‘ysunishi shart; bemor oldida uning ahvoli haqida

so‘z yuritish yaramaydi);

2) ðalatalarda yaxshi sanitar-gigiyenik holatni yaratish (ðalatada

tozalik va tartib saqlanishi, ular muntazam ravishda shamollatib

turilishi kerak);

3) bemor yotoq joyini qulay va ozoda tutishi (yotoq joy qulay

bo‘lib, choyshab va yostiq jildlarida burmalar bo‘lmasligi zarur,

ularni tez-tez almashtirib turish shart);

4) bemor gigiyenasi (teri va shilliq ðardalarni ðarvarish qilib

turish, ich kiyimlarini tez-tez almashtirib turish);

5) bemorlarga gigiyenik toza bo‘lishida, ovqatlanishida va orga-

nizmning boshqa fiziologik va og‘riqli holatlarida yordam ko‘rsatish;

6) vrach tayinlagan muolajalarni o‘z vaqtida va vijdonan baja-

rish;

7) bemorning bo‘sh vaqtlarini yaxshi kayfiyatda o‘tkazishini



tashkil qilish;

8) shirin so‘z va yaxshi munosabat orqali bemor kayfiyatini

tetik holda ushlash.


117

Umumiy qism

Bemorlarni ðarvarish qilish uning ahvolini muntazam kuzatib

borish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu ayniqsa og‘ir bemorlarni (og‘ir

intoksikatsiya, alahsirash va boshqa holatlarda) ðarvarish qilishda

o‘ta muhimdir. Faqat muntazam kuzatib borgandagina bemorlar

ahvolidagi to‘satdan ro‘y bergan o‘zgarishlar, masalan qorin tifi

bo‘lgan bemorlarda kollaðs rivojlanishi, ulardagi agressiv holatlar

yoki es-hushi buzilgan bemorlarning shifoxonadan qochishga

urinishlari va boshqalarni o‘z vaqtida oldini olish mumkin.

Hushsiz yotgan og‘ir bemorlarda defekatsiya va siydik ajratish

ixtiyorsiz ravishda kuzatiladi. Shuning uchun bunday bemorlar

tagiga kleyonka va uning ustidan esa katta choyshab solinadi. Choy-

shab (kleyonka bilan birga) sutkada kamida ikki marta almashtiriladi

(zarurat tug‘ilganda undan ham ortiq).

Choyshablar va ich kiyimlarni almashtirish. Choyshab va ich

kiyimlar odatda haftasiga kamida bir marta, iflos bo‘lganda esa zudlik

bilan almashtirilishi shart.

Og‘ir bemorlarda uning ostidagi choyshabni almashtirish xo-

dimdan ma’lum ko‘nikmani talab qiladi. Choyshabni bemorni

o‘rnidan turg‘izmagan holda almashtirish mumkin. Buning uchun

avval bemorning bosh qismi ko‘tariladi va uning ostidan yostiq

olinadi, so‘ngra esa bemorga yuzi bilan karavot qirrasiga qarab

yonboshi bilan yotishiga yordam beriladi. Bemorning orqa tomonida

to‘shakning bo‘shagan qismida kir choyshab o‘ralgan holda uzuna-

siga yig‘iladi va o‘rniga toza choyshab (o‘ralgan holda) yoziladi.

Keyin bemorga orqasi bilan boshqa yon tomoniga yotishiga yordam

beriladi. Bu vaqtda u toza choyshab ustida yotgan bo‘ladi. Bu yo‘l

bilan kir choyshab olinadi va tozasi solinadi.

Agar bemorga harakat qilish umuman mumkin bo‘lmasa,

choyshab boshqa usul bilan almashtiriladi. Karavotning oyoq

qismidan boshlab boldir, son va dumba sohalari navbat bilan

ko‘tarilgan holda kir choyshab o‘ralgan holda yig‘iladi. Yig‘ilgan kir

choyshab bemorning bel qismida joylashadi. Ko‘ndalang holda

o‘ralgan toza choyshab karavotning oyoq tomonidan qo‘yiladi va

bosh tomonga qarab yozib boriladi, bunda ham bemorning oyoq

qismi va dumbasi navbat bilan ko‘tarib turiladi. Òoza choyshabning

o‘ralgan holdagi qismi ham kir choyshab yonida bemorning bel

qismida joylashadi. So‘ngra kichik hamshiralardan biri bemorning

bosh va ko‘krak qismini ozroq ko‘taradi, boshqasi esa kir choyshab-

ni olib, uning o‘rniga yangisini to‘shaydi.



118

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Og‘ir yotgan bemor ko‘ylagini almashtirish uchun tananing

yuqori qismini ozroq ko‘targan holda ko‘ylakni beldan bo‘yinga

qarab yig‘iladi, so‘ngra bemor qo‘llarini ko‘tarib ko‘ylak bosh

qismidan chiqariladi va yenglari yechib olinadi. Agar bemorning bitta

qo‘li qattiq og‘risa yoki shikastlangan bo‘lsa, avval sog‘lom qo‘ldan,

so‘ngra kasal qo‘ldan yeng va qolgan qismi chiqarib olinadi. Òoza

ko‘ylak shunga qarama-qarshi holda kiygiziladi: avval yeng qismi

kasal qo‘ldan kiygiziladi, so‘ngra boshdan o‘tkazib kiygiziladi va

yelkagacha tekislanadi.

Òerini ðarvarish qilish va yotoq yaralar ðrofilaktikasi. Og‘ir

yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar orqa tomoni bilan uzoq

muddat yotishga majbur bo‘ladilar, bu esa yotoq yaralar rivoj-

lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yotoq yaralar hosil bo‘ladigan joy

ko‘ðincha dumg‘aza qismi hisoblanadi, kam hollarda ko‘krak sohasida

ham kuzatilishi mumkin. Òerining bu qismlarining uzoq vaqt

bosilgan holda bo‘lishi qon kelishini kamaytiradi va oziqlanishni

yomonlashtiradi. Natijada infeksiya qo‘shilib, yallig‘lanishga sabab

bo‘ladi va keyinchalik teri to‘qimalari nekrozi kuzatiladi. Bunday

holat nimjon bemorlarda ko‘ðroq uchraydi. Òibbiy xodim shuni esda

tutishi kerakki, yotoq yaralar ðarvarishning yaxshi emasligidan

dalolat beradi. Yotoq yaralar bo‘lmasligi uchun nafaqat bemorlar

holatini muntazam o‘zgartirib turish, balki choyshab va kiyimlari

quruq va toza bo‘lishini ham ta’minlash zarur; choyshab va yostiq

jildlari burmalarsiz bo‘lishi lozim. Bemor terisi tozaligini doimo

kuzatib turish zarur. Butun tanani har kuni iliq suvda ho‘llangan

sochiq bilan artish kerak. Bu vaqtda teri qoðlamlari doimo tegib

turadigan oraliqlar (qo‘ltiq osti chuqurchasi, ayollarda sut bezlari

orasidagi teri) ga alohida e’tibor beriladi, chunki bu yerlardan ko‘ð

ter ajraladi. Jinsiy a’zolar va orqa teshik tozaligiga alohida e’tibor

qaratiladi, ularni doimo yuvib toza saqlash zarur. Òeri doim bosilgan

holda qolmasligi uchun yotoq yaralar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan

joy tagiga jildga o‘ralgan rezina chambar qo‘yish zarur. U shunday

qo‘yilishi kerakki, bunda yotoq yara kuzatilishi xavfi bo‘lgan joy

(dumg‘aza) chambar teshigiga to‘g‘ri kelishi lozim. Oyoq va qo‘l

tirnoqlari (uning ostida ko‘ðlab bakteriyalar bo‘lishi mumkinligi

sababli) kalta qilib olinishi shart.

Yuqumli kasalliklarda bemorning uzoq vaqt yotib qolishi giðos-

tatik ðnevmoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish

uchun bemorni tez-tez aylantirib turish lozim.



119

Umumiy qism

Ko‘zni ðarvarish qilish. Ko‘z burchaklarida oq yiringsimon

ajralmalar ðaydo bo‘lganda, tibbiy hamshira bemor ko‘zini kaliy

ðermanganat yoki furasilin eritmasi bilan yuvadi. Muolajadan oldin

tibbiy hamshira qo‘lini sovun bilan yuvib  keyin sðirt bilan artadi.

Chað qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan ðastki qovoqni ðastga

tortadi va konyunktival xaltaga ðiðetkadagi dezinfeksiyalovchi

eritmani tomizadi. Eritma xona haroratida bo‘lishi zarur. Agar qovoq

va kiðriklar yoðishib qolgan bo‘lsa, ehtiyotlik bilan 2–3% li borat

kislotaning eritmasiga ho‘llangan ðaxta tamðon yordamida yum-

shatiladi va ehtiyotlik bilan artib tashlanadi.

Sochni ðarvarish qilish. Òibbiy hamshira ertalab va kechqurun

bemorlar o‘zlari bajara olmaganda, ularning sochlarini tarab

qo‘yadi. Har bir bemorning o‘z shaxsiy tarog‘i bo‘lishi kerak.

Haftada bir marta iliq suvda sovunlab boshni yuvish lozim.

Nafas olish sistemasi  ko‘ðgina o‘tkir resðirator infeksiyalarda

nafas olishning qiyinlashishi, burun yo‘llarining bitib qolishi,

burundan ko‘ð miqdorda shilliq ajralishi yoki aksincha, burun

bo‘shlig‘ining qurishi, aksa urish bilan xarakterlanadi. Bu kasal-

liklar shu bilan birga ko‘krak qafasi yoki tomoqda og‘riq, yo‘tal,

balg‘am ajralishi bilan kechadi. Nafas sistemasining izdan chiqishi

nafas yetishmovchiligi va bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Nafas a’zolari

faoliyatini kuzatishda bir minutlik nafas olish soni, nafas xarakteri,

ðatologiyasi (Cheyn-Stokscha, stenotik va h.k.), yo‘tal, balg‘am

ajralishi, uning miqdori va tashqi xususiyatlari (rangi, ko‘rinishi va

h.k.) larga e’tibor qaratish lozim. Nafas sistemasiga ta’sir qilish

yo‘llari quyidagicha: nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash va

saqlash, balg‘amning oson ajralishini ta’minlash, o‘ðkaning sun’iy

va yordamchi ventilyatsiyasi, zarurat bo‘lganda kisloroddan ingal-


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish