odatda 6—9 kunni tashkil qiladi. Ba’zan xuruj vaqtida toshmalar
ðaydo bo‘ladi. Òaloq kasallikning birinchi kunidanoq kattalasha
boshlaydi, keyinchalik uning hajmi tez orta boradi, ba’zan uning
qirralari kichik chanoqqacha tushadi. Òaloq sohasidagi kuchli
og‘riqlar uning infarkti yoki ðerisðlenitiga bog‘liq.
A s o r a t l a r i meningit, iridosiklitlar, keratitlar, ko‘z to‘r
ðardasiga qon quyilishlar, nefritlar, taloq yorilishi va boshqalar
bo‘lishi mumkin.
Òashxisi. Kasallikka tashxis eðidemiologik ma’lumotlar (qaytalama
tif bilan og‘rigan bemor mazkur kasallik kuzatilgan joyda kasallik
boshlanishidan 10—15 kun avval bo‘lgan) va kasallikning klinikasi
(o‘tkir boshlanishi, xuruj oxirida kuchli terlash orqali haroratning
kritik ðasayishi va taloq kattalashishi, isitma xurujining aðireksiyalar
bilan almashib turishi)ga qarab qo‘yiladi. Laboratoriya usulidagi
tashxis yirik qon tomchisida Obermeyer sðiroxetalarining toðilishiga
288
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
asoslanadi. Yirik qon tomchisini tayyorlash uchun bemor venasidan
ðrobirkaga 10 ml qon olinadi va sentrifugalanadi. Bunda ðrobirka
tubida cho‘kma hosil bo‘ladi, u kam miqdordagi shu zardob bilan
birga buyum oynachasiga Paster ðiðetkasi bilan tomiziladi va yirik
tomchi tayyorlanadi. Òomchi qurigandan keyin uni Nikiforov
aralashmasi (sðirt va efir teng miqdorda) bilan fiksatsiya qilinadi va
10 marta distillangan suv bilan suyultirilgan Sil fuksini bilan
bo‘yaladi, so‘ngra mikroskoðiya qilinadi. Periferik qonni tekshirish
(xuruj vaqtida leykositoz, aneozinofiliya, trombositoðeniya,
anemiya, ECHÒ ning oshishi) ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga
ega.
Davolash. Bemorni albatta shifoxonaga yotqizish shart. Òoshmali
tifda, ayniqsa kasallikning boshlanishida, ðenitsillin yaxshi samara
beradi. Preðarat 300000–500000 birlikda har 4 soatda 5—7 kun
davomida tayinlanadi. Amðitsillin (1 g dan har 6 soatda 7 kun
davomida), tetrasiklin ðreðaratlari (0,3—0,4 g dan 4 mahal kuniga
5—7 kun davomida) yoki levomitsetin (0,5 g dan har 6 soatda 5—
7 kun davomida) ham qo‘llanilishi mumkin. Zarurat bo‘yicha
simðtomatik ðreðaratlar tayinlanadi. Bemor oxirgi xurujdan keyin
kamida 21 kundan keyingina shifoxonadan chiqariladi.
Hozirgi zamon davolash usullari yordamida kasallik sog‘ayish
bilan tugaydi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bemorlarni
o‘z vaqtida aniqlash, izolatsiya qilish va shifoxonaga yotqizish zarur.
Aholining sanitar madaniyati uchun kurashish lozim. O‘choqda
kasallik tarqatuvchilar yo‘q qilinadi (dezinseksiya o‘tkaziladi).
Choyshablar, kiyimlar, yotoq anjomlari va bemor joylashgan bino
to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkaziladi va dezinseksiyagacha bemorlar
bilan aloqa vaqtincha to‘xtatiladi. Bemorlar bilan bevosita aloqada
bo‘lgan kishilar 25 kun davomida tibbiy nazoratda turadilar, yangi
kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida ularning tana
harorati har kuni o‘lchab boriladi.
Nazorat savollari
1. Qaytalama tif nima?
2. Sðiroxetalarga umumiy ta’rif bering.
3. Qanday vaqtlarda toshmali tif bilan kasallanish yuz berishi
mumkin?
289
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
4. Òoshmali tifda odamga infeksiya qanday yuqadi?
5. Òoshmali tifning klinik belgilarini gaðirib bering.
6. Òoshmali tifga tashxis qo‘yish va uni davolash haqida gaðirib
bering.
Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif
(febris recurrens endemica)
Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif — sðiroxetalar
qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kanalar orqali yuqadi
va intoksikatsiya, tartibsiz ravishda vujudga keladigan isitma xurujlari
(20 ta va undan ortiq) bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Borrelia turiga mansub
sðiroxeta (Sðirochaeta sogdianum) hisoblanadi. Uning uzunligi 8—
16 mkm bo‘lib, o‘rtacha 6—8 tadan burmalarga ega. Qo‘zg‘atuvchi
harakatchan, Romanovskiy usulida oson bo‘yaladi, oziq muhitlarda
yaxshi rivojlanadi. Penitsillin, tetrasiklin guruhi antibiotiklari,
streðtomitsin va levomitsetinga juda sezgir.
Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai va tarqatuvchisi Ornithodorus
turiga mansub kanalardir. Kasallik tabiiy o‘choqli kasalliklar turiga
kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari (sðiroxetalar) kanalar organizmida
butun hayoti davomida yashashi va uch avlodgacha bo‘lgan kanalarga
o‘tishi mumkin. Yovvoyi hayvonlar (kalamushlar, yaylov sich-
qonlari, qumsichqonlar, bo‘rilar, bo‘rsiqlar, tiðratikanlar) ularni
vaqtincha saqlab turuvchilar hisoblanadi. Sðiroxetalar kanalarning
so‘lak bezlari va najaslarida uchraydi. Odamga kasallik infeksiya
yuqtirgan kanalarning chaqishi orqali yuqadi. Odatda kanalar tunda
chaqadi, shuning uchun odamlarni kechasi ulardan himoya qilish
zarur. Kasallik bahor va kuzda ko‘ð uchraydi. Chunki bu davrda
kanalar ko‘ðayadi.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kana chaqishi natijasida
sðiroxetalar odam organizmiga kiradi va qonda ko‘ðaya boshlaydi.
Qonga katta miqdorda sðiroxetalar tushishi va ularning ommaviy
ravishda ðarchalanishi (fagositoz) tufayli kasallikning isitma xuruji
vujudga keladi. Xuruj oxirida sðiroxetalar antitelolar ta’sirida
agglutinatsiyaga uchraydi va ðarchalanadi. Qolgan ayrim rezistent
(chidamli) sðiroxetalar nafaqat markaziy nerv sistemasi va taloqda,
balki ichakda ham saqlanib qoladi.
19 – Yuqumli kasalliklar
290
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Saqlanib qolgan bu sðiroxetalar keyinchalik ko‘ðayadi va nav-
batdagi xurujni yuzaga keltiradi. Patologoanatomik jihatdan jigar va
taloq kattalashadi. Òaloq kesilganda qonga to‘la bo‘ladi. Buyrakda diffuz
glomerulonefrit belgilari kuzatiladi.
Klinikasi. Yashirin davri 5 kundan 15 kungacha (o‘rtacha 9–11
kun) davom etadi. Kana chaqqan joyda yallig‘lanish reaksiyasi
(birlamchi affekt) kuzatiladi. Bemorlarda holsizlik, charchash,
ishtahaning ðasayishi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq seziladi.
Kasallik xuruji to‘satdan boshlanadi, tana harorati 39—40°C gacha
ko‘tariladi va bunda kuchli et uvushadi. Bemorlar kuchli bosh
og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Ko‘ð hollarda teri sarg‘ayib, bemor
qayt qiladi va ichi ketadi. Ayrim bemorlarda alahsirash, ongning
buzilishi aniqlanadi. Òaloqning ozroq kattalashishi xarakterli.
Harorat kritik ravishda ðasayadi, bemorlar ko‘ð terlaydilar. Xuruj-
dan keyin ular bir qancha vaqtgacha o‘zlarini holsiz sezadilar.
Dastlabki xuruj 5—7 kun davom etadi, har bir keyingi xuruj esa
qisqa bo‘ladi va kasallikning oxiriga kelib, bir necha soatlargina davom
etishi mumkin. Xuruj davom etishida qandaydir qonuniyat yo‘q, u
1—3 kun kuzatilishi mumkin. Aðireksiya (isitmasiz) davri ham har
xil bo‘lib, 3 kundan 30 kungacha cho‘ziladi. Kasallikning umumiy
davom etish muddati 1—2 oy va undan ham ko‘ðroqqa cho‘zilishi
mumkin. Asoratlari nevritlar, meningitlar, ðsixozlar, ðnevmoniya va
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Òashxisi. Kasallik eðidemiologik anamnez (endemik o‘choqda
bo‘lish, mavsum, kanalar chaqishi) va xarakterli klinik belgilari
bo‘yicha aniqlanadi. Laboratoriya usulida tashxis Romanovskiy
usulida bo‘yalgan yirik qon tomchisida sðiroxetalarni toðish orqali
tasdiqlanadi. Òekshirish uchun qon xuruj vaqtida olinishi zarur.
Bakterioskoðiyada ijobiy natija olinmasa, bemor qoni bilan dengiz
cho‘chqalari zararlantiriladi (teri osti yoki qorin ðardaga yuboriladi).
Unda bir necha (1—5) kundan keyin katta miqdorda sðiroxetalar
ðaydo bo‘ladi.
Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Penitsillin
250000—300000 birlikda har 4 soatda tayinlanadi. Davolash kursi
6—8 kun davom etadi. Bemorda ðenitsillinga monelik qiluvchi
holatlar bo‘lganda tetrasiklin qatori antibiotiklar (0,3 g dan har 6
soatda) yoki levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) tayinlanadi.
Ko‘rsatmaga asosan yurak-tomir ðreðaratlari va simðtomik ðreða-
291
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
ratlar buyuriladi. Kasallik odatda sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Sog‘ayganlar oxirgi xurujdan 15 kun o‘tgach shifoxonadan chiqa-
riladi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar
bilan kurashish va odamlarni ularning chaqishidan himoya qilish
zarur. Kanalarni o‘ldirish uchun ular yashaydigan joylarda DDÒ
emulsiyalari va oltingugurt qo‘llanadi. Shifoxonadan chiqarilgandan
keyin sog‘ayganlar 2 yil davomida ro‘yxatda turadilar va ular orasida
tibbiy kuzatuv o‘tkazilib turiladi.
Nazorat savollari
1. Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif nima?
2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi haqida gaðirib bering.
3. Bahor va kuzda kasallikning ko‘ð uchrashiga sabab nima?
4. Isitma xurujining rivojlanish mexanizmini tushuntiring.
5. Xuruj davom etishida qonuniyat mavjudmi?
6. Nima sababdan tekshirish uchun qon odatda xuruj vaqtida
olinadi?
7. Kanalarni ular yashaydigan joylarda yo‘qotish usullarini
gaðirib bering.
Gemorragik isitmalar
(febris haemorrhagica)
Gemorragik isitmalar — virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasalliklar
bo‘lib, toksikoz, isitma va gemorragik sindrom bilan xarakterlanadi.
Gemorragik isitmalarning uch turi farq qilinadi: Omsk gemor-
ragik isitmasi, Qrim gemorragik isitmasi va buyrak sindromi bilan
kechadigan gemorragik isitma (gemorragik nefrozonefrit). Keyingi
yillarda kasallikning yangi turlari: Lassa, Marburg, Ebola isitmasi va
boshqalar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Etiologiyasi. Gemorragik isitma qo‘zg‘atuvchilar arboviruslar
guruhiga mansub bo‘lib, ular bir-biridan o‘zining antigen tuzilishi
va boshqa xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Buyrak sindromi bilan
292
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
o‘tadigan gemorragik isitmalar virusi hujayralar kulturasida ko‘ða-
yadi. Omsk gemorragik isitmasi virusi B guruh arboviruslarga kiradi
va antigen tuzilishi bo‘yicha kanadan yuqadigan ensefalit qo‘z-
g‘atuvchi viruslarga o‘xshaydi. Sichqonlar uchun ðatogen. Virusning
yagona xo‘jayini — ondatradir.
Eðidemiologiyasi. Infeksiyaning tabiiy rezervuari va manbai
asosan kanalar (Omsk va Qrim isitmalari) va sichqonsimon kemi-
ruvchilar hamda ularda ðarazitlik qiladigan kanalardir (buyrak
sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar). Odam kana chaq-
qanda, kemiruvchilar yoki ularning chiqindilari bilan ifloslangan
buyumlarni ishlatganda va havo orqali (buyrak sindromi bilan
o‘tadigan gemorragik isitma) kasallik yuqtiradi. Gemorragik isitmalar
tabiiy o‘choqli kasalliklar guruhiga kiradi. Sðoradik holatlarda yoki
kichik eðidemiyalar ko‘rinishida uchraydi. Qrim va Omsk gemorragik
isitmalari uchun bahor-yoz mavsumlari xarakterli, gemorragik
nefrozonefrit ko‘ð mavsumiylik bilan ajralib turadi. Gemorragik
isitmalarga moyillik yuqori darajada kuzatiladi.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga tushgan
virus retikuloendotelial sistema hujayralarida ushlanib qolgandan
so‘ng qonga o‘tadi (virusemiya) va nosðetsifik umumtoksik belgilar
bilan kasallik boshlanishiga sabab bo‘ladi. Virus qonda nerv siste-
masining infeksion-toksik zararlanishi (bosh miyada degenerativ-
nekrobiotik o‘zgarishlar), gemorragik toshmalar, ko‘ðlab qon quyi-
lishlar hamda ichki a’zolarning distrofik o‘zgarishlariga sabab
bo‘luvchi og‘ir gemorragik kaðillarotoksikozga zamin yaratadi.
Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalarga buyrakning
zararlanishi: ikki tomonlama seroz-gemorragik nefrit va destruktiv-
obturatsion gidronefroz xosdir. Anuriya natijasida azotemik uremiya
rivojlanadi; ðo‘stloq qavatiga qon quyilishi sababli u yorilishi
mumkin. Nerv-reflektor buzilishlar, distrofik o‘zgarishlar va qon
quyilishlar ichki a’zolar (yurak, hazm sistemasi, endokrin bez
funksiyalari va b.) faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.
Klinikasi. Bu guruhga kiradigan kasalliklar klinik belgilarining
o‘xshashligini hisobga olib, ularni alohida ta’riflash joizdir.
Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar. Yashirin
davr o‘rtacha 13—15 kun davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir bosh-
lanadi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mushaklardagi
og‘riq, ko‘z og‘rishi, ayrim hollarda ko‘rishning yomonlashishi
293
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
(ko‘ruv nervi do‘mbog‘ining shishi)dan shikoyat qiladi. Isitma davri
et uvushishi va tana haroratining tez ko‘tarilishi (39—40°C) bilan
boshlanadi va 7—9 kun davomida saqlanadi. Bemor kasallik bosh-
lanishida betoqat, lohas bo‘lib, ayrim ðaytlarda alahsiraydi. Yuz,
bo‘yin, ko‘krak va yelkaning yuqori qismi hamda shilliq qavatlarda
giðeremiya aniqlanadi, sklera tomirlari kengayadi. Kasallikning 3—
4-kuni bemor ahvoli og‘irlashadi, intoksikatsiya kuchayadi, u ko‘ð
marta qusadi. Yelka terisi, qo‘ltiq osti sohasida hamda inyeksiya
qilingan joylarda teri ostiga qon quyiladi. Gemorragik holatlar kun
sayin kuchaya borib, qon ketadi (ayniqsa burundan). Yurak chega-
ralari o‘zgarmagan bo‘lib, yurak tovushlari bo‘g‘iq, ayrim ðaytlarda
esa aritmiya aniqlanadi. Perikard harakatida shovqin eshitiladi (qon
quyiladi).
Òaxikardiya bradikardiya bilan almashadi, arterial bosim ðasa-
yadi, bo‘g‘ilish kuzatiladi. Òil qurib, kattalashadi, kulrang-qo‘ng‘ir
karash bilan qoðlanadi. Qorin og‘rib (qorin ðardaga qon quyilgan),
jigar va taloq odatda kattalashadi.
Bunda ayniqsa, buyrak sindromi xarakterli: qorin va belda kuchli
og‘riq seziladi, Pasternatskiy simðtomi ijobiy, oliguriya yoki anuriya
kuzatiladi; siydikning solishtirma og‘irligi ðasayadi (1,010—1,004).
Gematuriya, albuminuriya va siydikda ko‘ð miqdorda leykositlar
uchraydi.
Òana harorati normallashishiga qaramay, bemor ahvoli og‘ir-
ligicha qoladi, u tez-tez qusadi. Qonda qoldiq azot miqdori oshadi,
uremiya rivojlanishi mumkin.
Keyinchalik asta-sekinlik bilan bemor tuzala boshlaydi: og‘riqlar
kamayadi, qusish to‘xtaydi, diurez kuchayadi, lekin holsizlik uzoq
vaqt saqlanib qoladi (shifoxonadan chiqarilgandan keyin ham).
Asoratlari quyidagilardir: uremiya, buyrak ðo‘stloq qavatining
ko‘chib tushishi, ðnevmoniya va boshqalar. O‘lim hollari 3—10% ni
tashkil qiladi.
Qrim gemorragik isitmasi. Yashirin davr — 7—10 kun davom
etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Bemorning boshi og‘riydi,
holsizlanadi, mushaklarda og‘riq kuchayib, ko‘ngli aynib, qusadi.
Òana harorati 1-kuni 39—40°C gacha ko‘tariladi va kasallikning 3—
4-kuni biroz tushgan holda o‘rtacha 7—9 kun davomida saqlanib
turadi («ikki o‘rkachli» egri chiziq). Bemor betoqat bo‘lib, yuz,
bo‘yin, gavdaning yuqori qismida giðeremiya kuzatiladi. Konyunktiva
294
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari juda qizargan bo‘ladi. Kasallikning
2-kunidan boshlab teriga yakka yoki ko‘ð miqdorli ðetexiyalar
shaklida gemorragik toshmalar toshadi. Ular asosan yelka kamariga,
ko‘krak va qorinning yon tomonlariga toshadi. Bemorning umumiy
ahvoli og‘irlashadi, u karaxt bo‘lib, ko‘ð uxlaydi. Burnidan qon
keladi, milklari qonaydi; og‘ir kechganda — ichakdan, o‘ðkadan
qon ketadi. Yurak tovushlari bo‘g‘iq, bradikardiya kuzatiladi, arterial
bosim ðasayadi, nafas olish tezlashadi. Òil quruq, qalin kulrang-
qo‘ng‘ir karash bilan qoðlanadi. Qorin biroz qaððaygan bo‘lib,
jigar va taloq kattalashganligi aniqlanadi, qabziyat kuzatiladi. Siydik
erkin ajralib, diurez kamayadi.
Asoratlar kuzatilmaganda tana harorati ðasayib, asta-sekinlik
bilan sog‘ayish davri boshlanadi; 2—3 haftalar davomida holsizlik
kuzatilib turadi. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari: toksikoz va
ko‘ð qon quyilishlar ta’siridagi o‘tkir yurak yetishmovchiligi,
ðnevmoniya va boshqa yiringli-seðtik holatlar. Bunda o‘lim hollari 5–
8% uchraydi.
Omsk gemorragik isitmasi. Klinik belgilari bo‘yicha Qrim gemor-
ragik isitmasini eslatadi, lekin qisqa yashirin davr (2—4 kun) bilan
boshlanishi va nisbatan yengilroq o‘tishi bilan farq qiladi. Klinik
simðtomokomðleks gemorragik isitmalar uchun umumiydir —
o‘tkir boshlanish, 1—12 kun davom etadigan isitma, umumtoksik
belgilar, gemorragik toshmalar, burundan hamda boshqa a’zolardan
qon ketishi va ichki a’zolarning o‘zgarishi. Omsk gemorragik isitma-
sining xususiyati harorat egri chizig‘ining to‘lqinsimon ko‘ri-
nishidir (bir necha isitma to‘lqinlari kuzatiladi). Bunda nafas a’zolari
ko‘ð zararlanadi. O‘lim hollari 0,5—1% uchraydi.
Òashxisi. Gemorragik isitmalarning ayrim shakllarini aniqlash
xarakterli klinik belgilar va eðidemiologik ma’lumotlarga (kasallikning
mazkur joyda tarqalganligi, uning tabiiy o‘choqliligi) asoslanadi.
Gemorragik isitmalarda qonda leykoðeniya va trombositoðeniya
kuzatiladi. Sðetsifik laboratoriya tekshirish usullari yetarlicha ishlab
chiqilmagan. Faqatgina Omsk gemorragik isitmasida KBR (qo‘sha
zardoblar yordamida) va neytrallash reaksiyasi (retrosðektiv
tashxis qo‘yish uchun) qo‘llanadi.
Davolash. Yotoq rejimi tayinlanadi. Bemorlarni ðuxta ðarvarish-
lash zarur. Maxsus ðarhez tayinlanmaydi, to‘la qimmatli va vitamin-
295
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
larga boy ovqatlar buyuriladi. Dezintoksikatsiya va arterial giðotoniya
bilan kurashish uchun eritmalar yuboriladi (natriy xloridning
izotonik eritmasi, 5% li glukoza eritmasi 1—2 l gacha venaga
tomchilab). Natriy gidrokarbonat eritmasini (5% li 200 ml gacha
venaga tomchilab) yuborish tavsiya etiladi. Qon ivishini yax-
shilaydigan va tomirlar devorini mustahkamlaydigan ðreðaratlar,
ya’ni K vitamini, askorbinat kislota, rutin, kalsiy xlorid va bosh-
qalar tayinlanadi. Kasallik og‘ir kechganda kortikosteroid gormonlar
buyuriladi. Prednizolon sutkalik miqdorda 30—60 mg dan 10—15
kun davomida qabul qilinadi. Bakterial asoratlarni davolash uchun
antibiotiklar beriladi. Analgin, ðantoðan, morfin va boshqa ðreða-
ratlar kuchli og‘riqlarda qo‘llanadi. Uyqusizlikda uxlatuvchi ðre-
ðaratlar qabul qilinadi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligida bemorda
«sun’iy buyrak» aððarati yordamida gemodializ o‘tkaziladi. Bu
aððarat bemor qonini azotli shlaklardan ozod qiladi va organizm
uchun zarur bo‘lgan tuzlar bilan to‘ldiradi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òabiiy
o‘choqlarda joylashishga to‘g‘ri kelganda (o‘rmon xo‘jaligi, dala
joylar va b.) kemiruvchilar bo‘lmagan yerlar tanlanadi. U yerlarni
suðurgi o‘tlar, o‘t-o‘lanlar, butalar va shox-shabbalardan toza-
lanadi. Joylashadigan yerlar dezinseksiya qilinadi. Mahsulotlarni
saqlash joylari kemiruvchilardan himoya qilinadi. Hurkitib hay-
dovchi ðreðaratlar qo‘llanadi. Bemor shifoxonaga yotqizilgandan
keyin o‘choq eðidemiologik jihatdan tekshiriladi va aholi sog‘lig‘i
kuzatib turiladi. Bemorlar yotgan xona (ðalata, boks)lar joriy va
yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi.
Nazorat savollari
1. Gemorragik isitmalar turini sanab bering.
2. Gemorragik isitmalar etiologiyasi va eðidemiologiyasi haqida
gaðirib bering.
3. Buyrak sindromi bilan o‘tadigan gemorragik isitmalar klini-
kasini gaðirib bering.
4. Ikki o‘rkachli egri chiziqli isitma nima?
5. Omsk gemorragik isitmasi Qrim gemorragik isitmasidan nimasi
bilan farq qiladi?
296
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
6. Omsk gemorragik isitmasi sðetsifik tashxisida qanday serologik
reaksiyalar o‘tkaziladi?
7. Gemorragik isitmalarning davolash usullari va ðrofilaktikasini
gaðirib bering.
Sariq isitma (febris flavis)
Sariq isitma — o‘tkir kasallik bo‘lib, transmissiv yo‘l bilan o‘tadi
va ikki bosqichli isitma reaksiyasi, organizm intoksikatsiyasi, teri
qoðlamlarining sarg‘ayishi, gemorragik toshmalar, jigar, buyrak
hamda boshqa a’zo va sistemalar zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — RNK ga ega bo‘lgan sariq isitma
virusidir (Flavivirus febricis). Virus arboviruslar guruhiga mansub
bo‘lib, uning o‘lchami 17—25 nm ga teng, odatdagi dezinfek-
siyalovchi ðreðaratlarga sezgir. Quritilgan holda 100—110°C da 5
soatgacha, muzlatilganda esa — 1 soatgacha bardosh beradi.
Eðidemiologiyasi. Sariq isitma — tabiiy o‘choqli infeksiya bo‘lib,
dunyoning troðik (issiq) mamlakatlarida keng tarqalgan. Kasallik
o‘chog‘ining ikkita eðidemik turi farqlanadi: tabiiy yoki chakalakzor
va antroðurgik yoki shahar turi.
Sariq isitmaning chakalakzor turida viruslar manbai maymunlar
va kemiruvchilardir. Virus tarqatuvchilar tabiiy o‘choqlarda chivinlar
(A. simðsoni yoki Haemagogus) hisoblanadi. Ular uchun maymun
sikli xarakterli bo‘lib, odam bu siklga tasodifan kirib qoladi. Kasallik
ovchilarda, o‘rmon ishchilarida uchraydi va sðoradik xarakterga ega.
Sariq isitmaning shahar (eðidemik) o‘chog‘ida kasallik manbai
remissiya vaqtidagi bemor odam hisoblanadi. Virus tarqatuvchilar
odam yashaydigan joylar yoki unga yaqin yerlarda uchraydigan
chivinlar — A. aegyðti dir. Odam yashirin davrning oxirgi kuni va
kasallikning birinchi 3 kuni infeksiya manbai hisoblanadi, chivin esa
odamni chaqqanidan 6—30 kun o‘tgach yuqumli hisoblanadi va
umrining oxirigacha (1—2 oy) virus saqlaydi.
Patologik anatomiyasi. Morfologik o‘zgarishlar ko‘ðincha jigarda
kuzatiladi. Ular nekrozlar shaklidagi o‘zgarishlardir. Kuchli ðatolo-
gogistologik o‘zgarishlar miokard, taloq va boshqa a’zolarda kuza-
tiladi.
Klinikasi. Sariq isitmaning yashirin davri 3—6 kun bo‘lib, ayrim
hollarda 10 kungacha cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: tana
297
MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari
harorati to‘satdan 39—41°C gacha ko‘tariladi. Kuchli et uvushishi, Do'stlaringiz bilan baham: |