M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

rikketsiyalari antigeni bilan qo‘yilgan agglutinatsiya va komð-

lementni bog‘lash reaksiyasi Provaseka rikketsiyalari antigeni bilan

qo‘yilgan reaksiya titridan baland bo‘ladi.

Davolash. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozni davolash tosh-

mali tifni davolashga o‘xshaydi. Òetrasiklin 0,3—0,4 g dan kuniga 4

mahal butun isitma davrida va yana 2 kun davomida beriladi. Òeraðevtik

samarasi yetarli darajada qoniqarlidir.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kala-

mushdan yuqadigan rikketsioz bilan kasallangan bemorlar atrofi-

dagilar uchun xavfli emas va ularni  shifoxonaga yotqizish shart

emas. Profilaktik tadbirlar infeksiya manbai — kemiruvchilar va

ektoðarazitlar (burgalar)ni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, bular

deratizatsiya, dezinseksiya, oziq-ovqat mahsulotlari va suv man-

balarini kemiruvchilar ajratmalari bilan ifloslanishining oldini

olishdan iborat. Infeksiya keng tarqalgan hollarda Muzer rikket-

siyalaridan tayyorlangan o‘lik vaksina bilan vaksinatsiya qilinadi.

Nazorat savollari

1. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz nima?

2. Muzer rikketsiyalari haqida gaðirib bering.

3. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozni odam

qanday yuqtiradi?

4. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda toshmalar

qanday xarakterga ega bo‘ladi?

5. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz eðidemik

toshmali tifdan qanday farqlanadi?

6. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda ðrofilaktik

tadbirlar nimaga qaratilgan?



279

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

Ku-isitma (febris-Q)

Ku-isitma (gueri – noaniq) – o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib,

tana haroratining ko‘tarilishi va o‘ðkada kuzatiladigan o‘ziga xos

o‘zgarishlar (atiðik ðnevmoniya) bilan kechadi.

Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Bernet rikketsiyalaridir. Ular

mayda, ya’ni 0,3—1 mkm kattalikdagi mikroorganizmlar bo‘lib,

toza kulturada kokksimon yoki tayoqchasimon shakllarda uchraydi.

Ku-isitmaning qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, grammanfiy, tovuq

embrionida yaxshi rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitga chidam-

liligi bilan ajralib turadi. Infeksiya yuqtirgan kanalarning qurigan

fekaliyalarida 1,5-yilgacha, hayvonlar junida — 9—12 oygacha,

go‘shtda — 1 oygacha o‘zining hayot faoliyatini saqlay oladi. Ular

ultrabinafsha nurlar, formalin, fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi

moddalar ta’siriga ham chidamli bo‘lib, lekin 90°C gacha qiz-

dirilganda 1 soatgacha, qaynatilganda esa 1 minutdan keyin o‘ladi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai har xil hay-

vonlar (sut emizuvchilar, qushlar) hamda kanalardir. Ulardan uy

hayvonlari (echkilar, qo‘ylar, mollar, otlar, itlar, eshaklar,

tovuqlar, o‘rdaklar, g‘ozlar va b.) zararlanadi. Hayvonlar rik-

ketsiyalarni tashqi muhitga sut, siydik, najas va embrion suvlari

orqali ajratadi. Odamlar har xil yo‘llar bilan kasallik yuqtiradi: aloqa

yo‘li bilan — uy hayvonlari va ularning chiqindilari (tashqi shilliq

qavatlar yoki teri orqali), alimentar yo‘l bilan — zararlangan sut

yoki sut mahsulotlari va suvni iste’mol qilish, havo-chang yo‘li

bilan — infeksiya yuqtirgan kanalar fekaliyalari yoki zararlangan

hayvonlar siydigi va qurigan fekaliyalari tushgan changdan nafas

olish orqali. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitda (chang, ðoxol, ðaxta,

jun va b.) uzoq vaqt saqlanadi. Shu tufayli odam infeksiya o‘chog‘i-

dan uzoq masofada bo‘lgan taqdirda ham kasallikni yuqtirishi

mumkin (infeksiya yuqtirgan hayvonlar junlari va terilariga ishlov

berish). Kasallik yilning barcha fasllarida, lekin ko‘ðroq bahor va

yozda uchraydi.

Ku-isitma tabiiy o‘choqli kasallik hisoblanadi, yer shari bo‘yicha

keng tarqalgan.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga kirgan

joyi (nafas, hazm yo‘llari yoki teri)dan rikketsiyalar tezda qonga

tushadi va retikuloendotelial sistema (qon tomirlari, jigar, taloq,



280

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

limfatik tugunlar, ilik) hujayralarida ushlanib qoladi va u yerda

ko‘ðayadi. Bu sistema hujayralarining ðarchalanishi va katta miqdorda

rikketsiyalar hamda ular toksinlarining qonga tushishi kasallik

boshlanishi va allergik o‘zgarishlar rivojlanishini ko‘rsatadi. Normal

immun javob sababli qo‘zg‘atuvchi organizmdan chiqib, bemor

sog‘ayadi. Ba’zida tugallanmagan fagositoz natijasida kasallikning

uzoq cho‘ziladigan shakli va residivni kuzatish mumkin.

Patologoanatomik jihatdan o‘ðkada sðetsifik interstitsial ðnev-

moniya, taloq va jigarda — degenerativ — distrofik o‘zgarishlar,

buyrakda esa — eðiteliylar shishi qayd etiladi. Miya to‘qimalari hamda

miya qavatlari ðroduktiv yallig‘lanadi.

Klinikasi.  Yashirin davr 7—30 kun (o‘rtacha 15—20 kun)

davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanib, et uvushishi, tana

haroratining to‘satdan ko‘tarilishi (39—40°C) va umumtoksik

sindrom bilan kechadi. Kasallikning birinchi kunidan holsizlik,

darmonsizlik, kuchli terlash, bosh, mushak va bo‘g‘imlar og‘rig‘i,

bosib ko‘rganda va harakatlantirganda ko‘z olmalarida og‘riq kuza-

tiladi, burundan qon ketishi mumkin. Òana haroratining katta oraliq

bilan o‘zgarib turishi, takroran et uvushishlar va ko‘ð terlashlar

kasallik uchun xos belgilardir. Isitma davri o‘rtacha 7 kundan 10

kungacha davom etadi. Harorat litik tiðda tushadi. Yuz terisi qizarib,

sklera tomirlari kengayadi. Shuni ta’kidlash zarurki, Ku-isitmasida

terida toshmalar toshmaydi.

Ayrim bemorlarda 3—5-kunlardan boshlab og‘riq bilan kecha-

digan quruq yo‘tal, ba’zan esa balg‘am aralash (qon ham bo‘lishi

mumkin) yo‘tal kuzatiladi. Nafas olganda va yo‘talganda ko‘krak

qafasida og‘riq bo‘ladi. Nafas yetishmasligi yoki bo‘g‘ilish hollari

uchramaydi. Òukillatib ko‘rganda bo‘g‘iq ðerkutor tovush, eshitib

ko‘rganda — quruq, ba’zan mayda ðufakchali xirillashlar eshitiladi.

Odatda  Ku-isitmasida ðnevmoniya rentgenologik usulda aniqlanadi.

Notekis qirrali alohida mayda o‘choqlar qorong‘ilashish shaklida

namoyon bo‘ladi. Juda kam hollarda ðlevroðnevmoniya  kuzatiladi.

Yurak-qon tomirlar sistemasida bradikardiya, giðotoniya, yurak

tovushlarining bo‘g‘iqligi, ba’zan yurak sohasida sistolik shovqin

qayd etiladi. Òil quruq, karash bilan qoðlangan bo‘ladi. Ayrim

bemorlar vaqti-vaqti bilan qorinning u yer-bu yeri og‘rib turishidan

shikoyat qiladilar. Ba’zi hollarda og‘riq o‘tkir tus oladi va o‘tkir

aððenditsitni eslatadi. Bu og‘riqlar nerv sistemasining vegetativ


281

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

bo‘limi zararlanishi natijasida ichak mushaklari sðazmi ta’sirida

vujudga keladi. Ba’zida jigar va taloq kattalashadi, ich kelmaydi. Seroz

meningit hollari ham ma’lum. Aðatiya, subfebrilitet, ish faoliya-

tining ðasayishi uzoq muddat saqlanishi mumkin. Ku-isitmasi

asoratlaridan miokardit, endokardit, ðlevrit va boshqalarni ko‘r-

satish mumkin. Ayrim bemorlarda nevrit va nevralgiya rivojlanadi. 4%

dan 20% gacha bemorlarda kasallik residivlari uchraydi. Ku-isitmada

asosan kasallik sog‘ayish bilan tugaydi, o‘lim hollari juda kam

kuzatiladi. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Òashxisi. Eðidemiologik anamnez orqali kasallik yuqishi mumkin

bo‘lgan manbani toðish qiyin bo‘lgan vaqtlarda klinik tashxis

qo‘yish ham ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari klinik

belgilar ðolimorf xususiyatga ega bo‘lib, bular yuqumli va yuqumli

bo‘lmagan bir necha kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Shuning

uchun Ku-isitmasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan tekshirish

— bu laboratoriya tekshirish usullaridir. Agglutinatsiya hamda Bernet

rikketsiyalari bilan komðlementni bog‘lash reaksiyasi katta amaliy

ahamiyatga ega. Agglutinatsiya reaksiyasi kasallikning 2-haftasidan

boshlab ijobiy bo‘ladi va kasallikning 4—5-haftasida eng katta titr

aniqlanadi. Komðlementni bog‘lash reaksiyasi esa kechroq ðaydo

bo‘ladi va 3—4-haftada kuchayadi. Òashxis titrlari 1:8 — 1:16 ni

tashkil qiladi (albatta reaksiya qayta qo‘yilishi shart). Bernet rikket-

siyalari allergeni bilan teri-allergik sinama qo‘yish ham muhim.

Òabiiy o‘choqlarda hayvonlarning infeksiya yuqtirganligini aniqlash

uchun immunoflyuoressent usuli qo‘llanadi.

Davolash. Ku-isitmali barcha bemorlarni albatta shifoxonaga

yotqizish zarur. Chunki ular tegishli ðarvarishga muhtoj hisob-

lanadilar. Ko‘ðgina bemorlarda sðetsifik ðnevmoniya ro‘y berishini

inobatga olib, ularni tez-tez yotoqda yurgizib turish zarur. Etiotroð

teraðiya maqsadida tetrasiklin 0,2—0,3 g dan kuniga 4 mahal yoki

levomitsetin 0,5 g dan kuniga 4 mahal tana harorati tushgunga qadar

va yana 2 kun davomida beriladi.

Bir vaqtning o‘zida 5% li glukoza eritmasi (500 ml gacha)

venaga, vitaminlar komðleksi, ko‘rsatmaga binoan — oksigeno-

teraðiya, yurak-qon tomir ðreðaratlari tayinlanadi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Chorva

mollari oziqlanadigan joylar xlorli ohakning 10% li eritmasi bilan



282

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

dezinfeksiya qilinadi. Kasallik o‘chog‘idagi hayvonlar suti qaynatib

ishlatiladi. Òabiiy o‘choqlarda kanalar bilan kurashiladi.

O‘choqda Ku-isitmasining sðetsifik ðrofilaktikasi uchun hay-

vonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilar vaksinatsiya qilinadi. Vaksina

teri ostiga uch marta 0,5—0,5—1 ml dan 7—10 kunlik intervallarda

yuboriladi. Ku-isitmasi bilan og‘rigan bemorlar atrofidagilar uchun

katta xavf tug‘dirmaydi. Lekin ilmiy adabiyotlarda tibbiy xodim-

larning infeksiya yuqtirganligi haqida ma’lumotlar bor. Bunday

hollarda bemor bilan aloqada bo‘lganlar (ayniqsa o‘ðkaga tegishli

shakllarida) ayrim ðrofilaktika qoidalari (doka resðiratorlar taqish,

bemorlar ajratmalarini yuqumsizlantirish va b.)ga rioya qilishlari

talab qilinadi.

Nazorat savollari

1. Ku-isitma nima?

2. Bernet rikketsiyalari haqida gaðirib bering.

3. Qanday yovvoyi va uy hayvonlari Ku-isitma manbai hisob-

lanadi?


4. Ku-isitmada jigar hamda taloqda qanday ðatologoanatomik

o‘zgarishlar kuzatiladi?

5. Ku-isitmani davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi?

6. Ku-isitmaning sðetsifik ðrofilaktikasi uchun qanday vaksina

qilindi va u qanday tartibda bajariladi?

Kanadan yuqadigan rikketsiozlar

(rickettsiosis sibirica)

Kanadan yuqadigan rikketsiozlar — o‘tkir rikketsioz kasalliklar

bo‘lib, teri zararlanishi (birlamchi affekt ðaydo bo‘lishi), intok-

sikatsiya, regionar limfatik tugunlar kattalashishi va og‘rishi hamda

terida toshmalar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalarning alohida turi

— Dermacentroxenus sibiricus bo‘lib, o‘zining xususiyatlari bilan

boshqa rikketsiyalarga o‘xshaydi. Zararlangan hujayralar yadrosi va

sitoðlazmasida rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi yovvoyi hayvonlar (yum-

ronqoziq, olmaxon, g‘alla o‘simliklariga zarar yetkazadigan kemi-



283

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

ruvchi hayvonlar, yaylov kanalari) va kanalar organizmida rivoj-

lanadi.

Eðidemiologiyasi. Òabiatda infeksiya manbai yaylov (o‘tloq)



kanalari va kanalardan zararlanishi mumkin bo‘lgan hayvon turlari

(yumronqoziq, olmaxon) hisoblanadi. Chunki kanalar va ulardan

kasallik yuqtiradigan hayvonlar ma’lum mahalliy sharoitlarda

yashaydi. Kasallik esa tabiiy o‘choqlilik bilan ta’riflanadi, ya’ni

ma’lum geografik zonalar (Sibir, Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo-

ning ayrim joylari)dagina tarqalgan. Odam kanadan yuqadigan

rikketsioz bilan o‘ziga rikketsiyalar yuqtirgan yaylov kanalari

chaqishi natijasida kasallanadi.

Kanalardan yuqadigan rikketsioz — mavsumiy kasallik bo‘lib,

kasallik ko‘ðroq bahor va yoz boshida tarqaydi. Bu hol kanalarning

bu davrda ko‘ðayishi bilan bog‘liq.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kasallik odam organizmiga

teri orqali kana chaqishi natijasida, kam hollarda odamning o‘zi

shilliq qavatlarga qo‘zg‘atuvchini kiritishi orqali yuqadi. Kirish joyida

va regionar limfatik tugunlarda mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘i —

birlamchi affekt hosil bo‘ladi. Keyinchalik limfogen yo‘l bilan

rikketsiyalar qonga tushadi hamda tomirlar endoteliysida ushlanib

qoladi. Unda eðidemik toshmali tifdagi kabi o‘zgarishlar ðaydo

bo‘ladi.

Rikketsiyalar ðarchalanganda endotoksin ajralib chiqib, intok-

sikatsiyaga sabab bo‘ladi va ichki a’zolar faoliyati buziladi.

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 7 kungacha (o‘rtacha 3—5

kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati tezda 38—

39°C gacha ko‘tariladi va 5 kundan 15 kungacha davom etadi. Qisqa

remissiyadan (2—5 kun) keyin yana ko‘tarilib ketadi. Bir vaqtda

bosh og‘rig‘i, holsizlik, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi,

uyqu va ishtaha buziladi.

Kana chaqqan joyda – terida birlamchi affekt rivojlanadi: bu

uncha katta bo‘lmagan qattiq infiltrat bo‘lib, jigarrang nekrotik ðo‘st

bilan qoðlangan va atrofi qizil hoshiya bilan o‘ralgan bo‘ladi. Odatda

infiltratning diametri 1—2 sm gacha bo‘ladi. Ko‘ðincha birlamchi

affekt boshning sochli qismida, yuqori yelka sohasida va bo‘yinda,

ya’ni tananing kanalar chaqishi mumkin bo‘lgan ochiq joylarida

uchraydi. Ko‘ðincha birlamchi affekt regionar limfadenit rivojlanishi



284

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bilan kechadi, bunda qo‘ltiq osti yoki bo‘yin limfatik tugunlari

kattalashadi (ba’zida kaðtar tuxumiday kattalikda).

Kasallikning xarakterli va doimiy belgilaridan biri bu — tosh-

madir. Òoshmalar ðolimorf xarakterda bo‘lib, ko‘ðincha 2—3 mm

dan 1 sm gacha bo‘lgan kattalikdagi rozeolalar va ðaðulalar shaklida

toshadi. Òoshma ko‘ðincha kasallikning 4—5-kuni ðaydo bo‘ladi,

ba’zida esa kasallikning 2-kuni ham kuzatilishi mumkin. Ular juda

ko‘ð tarqalgan bo‘lib, butun badan, yuz, kaft va ðanjalarga toshadi.

Bu holat isitma davrida saqlanib turadi. Keyin asta-sekinlik bilan

kamayib, dumba sohasi va oyoqlarda ko‘ðroq saqlanib qoladi. Kasallik

og‘ir kechganda gemorragik toshmalar uchraydi. Bosh og‘rig‘i,

mushak va bel sohasida og‘riq, uyqusizlik kuzatiladi. Bemorning

yuzlari qizarib, sal shishadi. Bu kasallik uchun tifoz holat xos emas.

Konyunktivalar qizargan, sklera tomirlari kengaygan, yumshoq

tanglay shishgan bo‘lib, mayda qon quyilishlar aniqlanadi. Yurak

tomirlar sistemasida bradikardiya (ðuls minutiga 60—70 marta),

giðotoniya va yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Ba’zida

bronxit, kam hollarda esa ðnevmoniya kuzatiladi. Oshqozon-ichak

yo‘llarida qabziyatga moyillik,  jigar, ba’zida esa taloqning katta-

lashishi aniqlanadi, diurez kamayadi.

Kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan yakunlanadi, residivlar

kuzatilmaydi.

Òashxisi. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarga tashxis qo‘yish

eðidemiologik ma’lumotlar (tabiiy o‘choqli endemik joylarda bo‘lish,

kana chaqishi) va klinik belgilar (regionar limfadenitli birlamchi

affekt, xarakterli toshmalar va b.)ga asoslangan. Isitma davrida

leykositoz, neytrofiloz, ECHÒ ning oshishi kuzatiladi.

Sðetsifik tashxis uchun KBR yoki ðassiv gemagglutinatsiya

reaksiyasi (PGAR) qo‘llanadi. Bu reaksiya kasallikning 11-kunidan

ðaydo bo‘ladi. Uning sðetsifikligini hisobga olgan holda tashxis titri

1:10, 1:20 va undan yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda OX

19

antigeni bilan qo‘yiladigan Veyl-Feliks agglutinatsiya reaksiyasi



qo‘llanadi. Mazkur reaksiya 80% bemorlarda ijobiy bo‘ladi.

Davolash. Bemor shifoxonaga yotqiziladi va eðidemik toshmali

tifdagi kabi ðarvarish qilinadi. Isitma davrida yotoq rejimi tayinlanadi.

Òetrasiklin (kuniga 0,3—0,4 g dan 4 mahal) yoki levomitsetin

(kuniga 0,5 g dan 4 mahal) isitma tushguncha va normal haroratda

yana 2 kun beriladi. Antibiotiklar qatorida ko‘rsatmaga asosan simð-



285

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

tomik ðreðaratlar qo‘llanadi. Bemor to‘la sog‘ayib tana harorati nor-

mallashgandan keyin 12—15-kuni shifoxonadan chiqariladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalarni

yo‘qotish (dezinseksiya) va ulardan odamni individual himoya

qilish choralari ko‘riladi.

Odam kanalardan individual himoyalanish uchun boshiga 10%

li sovun-karbol eritmasi shimdirilgan Pavlovskiy himoya niqobini va

maxsus kombinezonlar, etik hamda qo‘lqoðlar kiyishi zarur.

Kanalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan endemik o‘choqlarda har bir

odam albatta har kuni badani va kiyimlarini ko‘zdan kechirishi

shart.


Sðetsifik ðrofilaktikasi ishlab chiqilgan emas. Infeksiya yuq-

tirganlar tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.

Nazorat savollari

1. Odam kanadan yuqadigan rikketsiozlar bilan qanday zarar-

lanadi?

2. Kanadan yuqadigan rikketsiozlar ðatogenezini gapirib bering.



3. Birlamchi affekt nima?

4. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda toshmalar qanday xarak-

terda bo‘ladi?

5. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda qanday antibiotiklar

qo‘llanadi?

6. Odam kanalardan qanday himoyalanishi mumkin?

Eðidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif

(tyðhus recurrens)

Eðidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif — sðiroxetalar

qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘tkir boshlanishi,

umumiy intoksikatsiya, xurujsimon isitma, jigar va taloq katta-

lashishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi sðiroxeta — Borrelia recurrens

Obermeieri hisoblanadi. Obermeyer sðiroxetalari nozik sðiral

shaklida bo‘lib, uzunligi 10 mkm dan 30 mkm gacha bo‘ladi. Qo‘z-

g‘atuvchi juda harakatchan bo‘lib aylana, burama va egilgan hara-

katlar qilishi mumkin. Romanovskiy usulida yaxshi bo‘yaladi, oziqli


286

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

muhitlarda va rivojlanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Penitsillin,

tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar, levomitsetin va eritromitsinga

sezgir.


Eðidemiologiyasi. Yagona infeksiya manbai bemor odam hisob-

lanadi. Kasallik tarqatuvchilari kiyim biti bo‘lib, ular zararlangandan

keyin 5 kun o‘tgach infeksiya tarqata boshlashi mumkin. Bosh bitlari

kam eðidemiologik ahamiyatga ega. Bemor bitlardan faqat isitma

davridagina zararlanishi mumkin. Infeksiya yuqtirgan bitlarning

so‘lak bezlari va najaslarida rikketsiyalar aniqlanmagan. Odam

infeksiyani bitlarning bevosita chaqishi orqali emas, balki ularni

o‘ldirish uchun terida ezish tufayli yuqtiradi. Chunki bunda katta

miqdordagi sðiroxetalarga ega bo‘lgan suyuqlik teriga tushadi va

tirnashlar, qashlashlar, yorilishlar va boshqa shunga o‘xshash teri

butunligini buzadigan mikrojarohatlar qo‘zg‘atuvchilarning orga-

nizmga kirishiga sabab bo‘ladi. Ilgari bir necha bor qaytalama tif

eðidemiyalari kuzatilgan, bunga urushlar va aholining ko‘chib

yurishlari sabab bo‘lgan. Chunki bunday vaqtlarda bitlashlar ko‘ð

kuzatilgan. Bizning mamlakatimizda qaytalama tif yo‘q. Lekin

tashqaridan infeksiyaning kirishi bundan mustasno emas.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Sðiroxetalar organizmga

tushgandan keyin retikuloendotelial sistema hujayralarida rivojlanadi.

Qonda katta miqdordagi sðiroxetalarning ðaydo bo‘lishi kasallik

xurujiga sabab bo‘ladi. Organizmda ðaydo bo‘lgan antitelolar ta’sirida

sðiroxetalarning asosiy qismi nobud bo‘ladi, lekin markaziy nerv

sistemasida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarning ma’lum bir qismi

saqlanib qoladi va oldingi sðiroxetalardan antigenligi bilan farq

qiluvchi boshqa sðiroxetalar rivojlanishiga sharoit yaratadi. Har bir

keyingi kasallik xuruji yangi sðiroxetalar to‘dasining ðaydo bo‘l-

ganligiga bog‘liq bo‘ladi. Natijada sðiroxetalarning bir necha turlariga

nisbatan immunitet ðaydo bo‘ladi va klinik sog‘ayish boshlanadi.

Patologoanatomik tekshirganda taloq kattalashib, kesilganda to‘q

qizil, qonga to‘lgan holda bo‘ladi. Uning ðulðasida hujayralarning

kuchli ðroliferatsiyasi kuzatiladi, ba’zan nekrozlar va infarktlar

kelib chiqadi. Jigarni gistologik tekshirganda geðatit belgilari, ba’zida

mayda nekroz o‘choqlari aniqlanadi.

Klinikasi. Yashirin davri odatda 6—7 kun (5 kundan 15 kun-

gacha) davom etadi. Klinik belgilari juda xarakterlidir. Kasallik

to‘satdan o‘tkir boshlanib, kuchli et uvushishi, bosh og‘rig‘i


287

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

hamda disðeðtik belgilar namoyon bo‘ladi. Òana harorati kasallikning

birinchi kunidanoq 39—40°C gacha ko‘tariladi. Bemor mushak-

larida, ayniqsa oyoqlarida kuchli og‘riq sezadi, ko‘ngli ayniydi,

ba’zan qayt qilish hollari kuzatiladi. Ko‘ðincha chað qovurg‘a ostida

(taloq kattalashishi tufayli) og‘riq seziladi. Yuz terisi qizarib,

skleralar tomiri ko‘zga tashlanadi. Ba’zan sklera va terida biroz

sarg‘ayish qayd etiladi. Keyinchalik yuzning qizarishi uning oqarishi

bilan almashadi (anemiya tufayli). Òaxikardiya, arterial bosim

ðasayishi, yurak tovushlari bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Jigar kattalashadi.

Òrombositoðeniya, jigar va tomirlar endoteliylari zararlanishi

tufayli gemorragik sindrom (kuchli burun qonashlari, teri va shilliq

ðardalarga qon quyilishlar, qon tuðurish, siydikda qon ðaydo

bo‘lishi) kuzatiladi. 10—15% bemorlarda xuruj davrida meningeal

belgilar (ensa mushaklarining tortib qisqarishi) qayd etiladi.

Xuruj oxirida tana harorati kuchli terlash natijasida kritik ravishda

normadan ðastga (subnormal) tushib ketadi. Ayrim hollarda haro-

ratning bunday tushishi kollaðsga (arterial bosimning birdaniga

tushib ketishi, teri oqarishi, ðayðaslaganda oyoqlarning muzdek

bo‘lishi, es-hush yo‘qolishi) sabab bo‘ladi. Harorat normallashishi

bilan bemor ahvoli tezda yaxshilanadi, ammo jigar va taloq katta-

lashgan holda qoladi. 6—8 kundan keyin xuruj takrorlanishi

mumkin. Xurujlar 2 dan 5 martagacha kuzatiladi. Dastlabki xuruj

4—6 kun davom etsa, keyingilari 1—3 kun bo‘ladi. Aðireksiya davri


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish