M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

ba’zi hollarda hayvonlarning ajratmalari orqali yuqishi mumkin.



269

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

Kalamushlardan yuqadigan toshmali tif kalamushlar siydigi orqali,

Ku-isitma — zararlangan shoxli hayvonlarning suti va siydigi orqali

yuqadi.


Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OIÒS) ðarenteral

yuqish mexanizmi bo‘yicha mazkur guruhga kiritildi. Bundan

tashqari kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi ham asosiy yuqish

yo‘llaridan biri hisoblanadi. OIÒS ning qon so‘ruvchi ðarazitlar

orqali  tarqalishi aniqlanmagan.

Òoshmali tif (tyðhus exanthematicus)

Òoshmali tif (eðidemik, bit orqali tarqaladigan toshmali tif) —

o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Provaseka rikketsiyalari qo‘z-

g‘atadi; bemor odamdan sog‘lom odamga bitlar orqali yuqadi va

davriy kechishi, isitmalar kuzatilishi, tifoz holat, terida toshmalar

ðaydo bo‘lishi, nerv hamda yurak-qon tomirlar sistemasining

o‘tkir zararlanishi bilan kechadi.

Etiologiyasi. Òoshmali tif qo‘zg‘atuvchilari — Provaseka rik-

ketsiyalari bo‘lib, ular qon kaðillarlari endoteliy hujayralarida

ðarazitlik qiladi. Bu mayda (0,2–1 mkm), harakatsiz, sðora va kaðsula

hosil qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ular kokksimon, ba’zan esa

gantellar, tayoqcha shakllarida uchraydi. Grammanfiy, Roma-

novskiy usulida zangori rangga bo‘yaladi, yadrosi qizil rangda

ko‘rinadi. Òo‘qimalar kulturasi va tovuq embrionida o‘sadi. Gemo-

lizin va endotoksinga ega. Qizdirish va dezinfeksiyalovchi moddalar

ta’siriga sezgir, ðast harorat va quritishga chidamli. Masalan,

zararlangan bitlarning quruq fekaliyalarida ular xona haroratida 4

oygacha o‘zlarining hayot faoliyatini saqlab qoladi.

Eðidemiologiyasi. Òoshmali tif transmissiv infeksiyalarga kiradi.

Infeksiya manbai — faqat eðidemik toshmali tif bilan kasallangan

bemorlardir. Infeksiya tashuvchanlik isbotlanmagan. Òoshmali tif

bevosita bemor odamdan sog‘lom odamga o‘tmaydi. Qo‘zg‘atuvchi

bemor odamdan kasal bitlar orqali o‘tadi. Bitlar qon so‘rganidan

2—5 kundan keyin rikketsiyalarni ajrata boshlaydi va butun umr

davomida (20—40 kun) rikketsiyalarni ajratib yuradi. Zararlangan

bitlarning ichak eðiteliylari hujayralari 5 kundan keyin Provaseka

rikketsiyalari bilan to‘ladi, natijada ular ðarchalanadi va toshmali tif



270

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

qo‘zg‘atuvchisi nafas bilan tashqariga chiqadi, teri va odam kiyim-

larini ifloslaydi. Òeri qavatining butunligi bitlar chaqishi va qash-

lanish natijasida buziladi; terining qichigan joylarini qashlash orqali

rikketsiyalarga ega bo‘lgan bitlar ekskrementlari surtiladi, So‘ngra

rikketsiyalar qon oqimiga tushadi. Bitlar chaqishi sababli bevosita

rikketsiyalar yuqmaydi, chunki ularning so‘lak bezlarida toshmali

tif qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmaydi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Provaseka rikketsiyalari

odam organizmiga terining qashlangan, yorilgan yoki qonxo‘r

hasharotlar chaqqan joylari orqali tushadi. U yerda intensiv ravishda

ko‘ðayadi va qonga tushadi (rikketsemiya). Rikketsiyalar ðar-

chalanishi natijasida endotoksin ajralib chiqadi, natijada intok-

sikatsiya kuzatiladi. Endotoksin tomirlarni kengaytiradi (tomirlar

ðarezi). Natijada kaðillarlarda staz ðaydo bo‘lib, tomirlar tromb bilan

to‘liq yoðilishi mumkin. Òomir o‘zgarishlari (giðeremiya, staz,

tromboz, tomirlar destruksiyasi) toshmalar ðaydo bo‘lishi va

shilliq ðardalarga qon quyilishining asosiy sabablari hisoblanadi.

Òomir o‘zgarishlari barcha a’zo va to‘qimalarda kuzatiladi. Bosh

miyada miya to‘qimasi shishi va unga qon quyilishi tarzida uchraydi.

Ko‘ðincha miokardit va yurakning o‘tkazuvchi sistemasida distrofik

o‘zgarishlar qayd etiladi. Buyrak usti bezlariga qon quyilishi va uning

shishi, jigar hamda buyrakda degenerativ o‘zgarishlar aniqlanadi.

Kasallikning 1-kunidayoq zararlangan a’zolarda rikketsiyalar

toðiladi.

Klinikasi. Òoshmali tifning yashirin davri 6 kundan 25 kungacha

(o‘rtacha 12—14 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi.

Ba’zan 1—2 kun davomida bosh og‘rig‘i, et uvushishi va badan

qaqshashi kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati 39—40°C gacha

ko‘tariladi. Òana harorati ko‘tarilishi bilan bir qatorda, boshqa

intoksikatsiya belgilari ham rivojlanadi (kuchli bosh og‘rig‘i, ayrim

ðaytlarda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, uyqu buzilishi

kabilar). Bemorda qo‘zg‘alish (ko‘ð gaðirish, harakatchanlik)

kuzatiladi.

Bemorning tashqi ko‘rinishi, ya’ni yuzining shishganligi va

qizarganligi, ko‘zlarining yarqirab turishi, sklera inyeksiyasi

(«quyon ko‘z», «qizil yuzda qizil ko‘zlar»), lablar qurishi, teri

issiqligi va quruqlashishi kasallikning xarakterli belgilaridandir.

Halqumda diffuz (tarqalgan) giðeremiya, yumshoq tanglayda mayda


271

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

qon quyilishlar kuzatiladi. 3—4-kuni konyunktivalarda mayda qon

quyilishlar (ðetexiyalar) aniqlanadi. Bu ayniqsa ko‘zga 1—2 tomchi

adrenalin (1:1000) eritmasidan tomizilganda yanada yaqqolroq

ko‘rinadi. Bu tashxis belgisi Kiari-Avsin simðtomi deb yuritiladi.

Kaft terisi ba’zida sariq tusda bo‘ladi. Nafas olish odatda tezlashadi.

Òaxikardiya, giðotoniya, jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi.

Kasallikning xarakterli belgilaridan biri — bu toshmadir. Òosh-

malar ðolimorf (kattaligi va shakli har xil) bo‘ladi. Ular kasallikning

4—5-kunlari ðaydo bo‘ladi. Òoshmalar odatda ko‘ð miqdorda bo‘lib,

ko‘ðincha ko‘krak va qorinning yon tomonlari, qo‘lning bukiladigan

yuzasi, kaft va ðanjalarda uchraydi.

Òoshmalar rozeolez-ðetexial xarakterga ega: rozeolalar 2—4 mm

diametrda bo‘lib, qirralari notekis bo‘ladi. Ular atrofida terida mayda

qon quyilishlarni ko‘rish mumkin. Òoshmalar 2—3 kun davomida

toshadi, so‘ngra 7—8 kundan keyin asta-sekinlik bilan yo‘qoladi,

bunda ancha vaqtgacha terida ðigmentatsiya saqlanib turadi.

Òoshmalar ðaydo bo‘lishi bilan bemorning ahvoli og‘irlashadi,

intoksikatsiya juda kuchayadi. Miya ðardalari ta’sirlanishi (menin-

gizm) kuzatiladi. Og‘ir hollarda ongning xiralashishi, qo‘zg‘alish,

alahsirash, gallyusinatsiya — status tyðhosus yuzaga keladi. Bemorlar

vaqt va makon (fazo)ni to‘g‘ri anglay olmaydilar, o‘rinlaridan turib

ketadilar, nimadandir qochishga harakat qiladilar; gaðlari tushu-

narsiz va bog‘lanmagan bo‘ladi. Ko‘ruv va ba’zi hollarda eshituv

gallyusinatsiyasi aniqlanadi: bemor tekshirishga qarshilik qiladi,

hatto tashlanishi va suisidal urinishlar qilishi mumkin. Òoshmali tif

ensefaliti (qo‘llar qaltirashi, nafas ritmining buzilishi va b.) kuzati-

lishi mumkin.

Qon aylanishining buzilishi kuchayadi. Puls tezlashadi, to‘laligi

va tarangligi kamayadi, arterial bosim ðasayadi, kollaðs rivojlanishi

mumkin: bemor ruhiy tushkunlikka tushadi, teri sovuq ter bilan

qoðlanadi, lablar ko‘karadi, nafas olish tezlashib, yuzaki bo‘ladi.

Og‘ir bemorlarda siyish va ich kelishi ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda siydik tutiladi yoki ðaradoksal siydik ajralishi, ya’ni

siydik ðufagi siydik bilan to‘la bo‘lishiga qaramay, siydikning

tomchilab ajralishi (siydik ðufagi mushaklari va sfinkterining

innervatsiyasi buzilishi natijasida) kuzatiladi.

Bemorning ishtahasi yomonlashadi. Og‘zi quriydi, ko‘ð chan-

qaydi. Òili karash bilan qoðlangan bo‘lib, ba’zan yoriladi. Ayrim


272

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ðaytlarda bemor tilini oldingi tishlardan tashqariga chiqara olmaydi

va  uning silkinib harakatlanishi (Govorovo-Godele simðtomi) qayd

etiladi. Qorin odatdagi shaklda, jigar va taloq kattalashadi. Ich qotadi.

Kasallik odatdagiday kechganda tana harorati 12—15-kuni

normallashadi. Bemorning ongi ravshanlashadi, toshmalar yo‘qo-

ladi, ishtaha ðaydo bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan arterial bosim normal-

lashadi, uyqu tinch bo‘ladi, bemor kuchga kiradi, ichki a’zolar

faoliyati yaxshilanadi.

Asoratlari har xil bo‘lishi mumkin: ilgari dumg‘aza, kurak va

boshqa joylarda yotoq yaralar, burun uchi va ðanjalarda esa hatto

gangrena, yiringli otit, ðarotit, venalar trombozi va o‘ðka arte-

riyalari emboliyalari juda ko‘ð uchragan. O‘lim hollari 10—15% gacha

uchragan. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Kasallik asoratsiz kechganda bemorlar shifoxonadan tana harorati

normallashgandan keyin 12—14-kuni chiqariladi.

Òashxisi. Òashxis qo‘yishda eðidemiologik ma’lumotlar katta

ahamiyatga ega. Bunda shuni esda tutish kerakki, ko‘ð hollarda

infeksiya manbaini aniqlashning iloji bo‘lmaydi, bemor esa kiyimlari

yoki choyshabida bitlar yo‘qligini ta’kidlaydi.

Kasallikka tashxis qo‘yishda klinik belgilar asosiy rol o‘ynaydi

(o‘tkir boshlanishi, baland isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, qo‘z-

g‘alish, yuz giðeremiyasi, Kiari-Avsin simðtomi mavjudligi va b.).

Òashxisni tasdiqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Qonning umumiy tahlilida leykositoz, trombositoðeniya va EChÒ

ning oshganligi aniqlanadi. Siydikda oqsil bo‘lishi mumkin (bu

kuchli intoksikatsiya natijasidir).

Òashxisni tasdiqlashning asosiy usullari — serologik reaksiyalar

bo‘lib, bular komðlementni bog‘lash reaksiyasi (KBR), bilvosita

gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) va Provaseka rikketsiyalari

yordamida qo‘yiladigan agglutinatsiya reaksiyasi (AR)dir. Bu reak-

siyalar kasallikning 6—7-kunlaridan boshlab ijobiy bo‘ladi. Kasallik

borligini bildiradigan minimal tashxis titri — KBR va AR uchun

1:160 nisbatda suyultirilgan zardoblarda kuzatiladi. BGAR da tashxis

titri 1:1000 ni tashkil qilib, kasallikning birinchi haftasining

oxiridan boshlab qayd etiladi. Keyinchalik antitelolar titri osha boradi

va kasallikning 15-kuni eng yuqori darajaga (1:64000) yetadi va 1—

3—6 oy davomida asta-sekinlik bilan kamaya boradi.



273

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

Shuni ta’kidlash zarurki, toshmali tif tashxisida KBR va BGAR

katta ahamiyatga ega (ayniqsa ular bir vaqtda qo‘yilsa).

Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Bemor choy-

shablari va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish zarur. Chunki bu

nafaqat unga qulaylik yaratadi, balki yotoq yaralarining oldini olishda

eng asosiy omillardan hisoblanadi.

Bemor terisini har kuni iliq suvga namlangan sochiq bilan

artish zarur (unga oz miqdorda sðirt qo‘shish mumkin). Uning

tagiga yotoq yaralarning oldini olishda keng qo‘llaniladigan rezina

chambar qo‘yish kerak. Ich kelishini har doim nazorat qilib borish

lozim. Ich qotganda tozalovchi huqna qilinadi. Òoshmali tif tiðik

kechganda ðaradoksal siydik ajralishida qorinning ðastiga (siydik

ðufagi sohasiga) iliq suv to‘ldirilgan isitgich (grelka) qo‘yiladi, iliq

suv bilan huqna qilinadi. Agar bu foyda bermasa unda ðrozerin 1

tabletkadan kuniga 2 mahal tayinlanadi. Agar bu dori ham siydik

ðufagini bo‘shatishda samara bermasa, qat’iy aseðtika qoidalariga rioya

qilgan holda kateterizatsiya qilinadi.

O‘choqli giðostatik ðnevmoniya rivojlanmasligi uchun bemorni

tez-tez yotog‘ida yurgizib turish zarur.

Bemor ovqatlangandan so‘ng og‘zini chayishi va tishlarini

tozalashi shart. Òibbiy hamshira bor kislotaning 2% li yoki natriy

karbonatning yalðiz hidli tomchilar qo‘shilgan eritmasiga botirilgan

ðaxta tamðon bilan og‘ir bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini artishi

zarur.

Bemorni tez-tez ovqatlantirish va suyuqliklar ichirish tavsiya



etiladi. Ovqatlar turli xil, yuqori kaloriyali va yetarli miqdorda

vitaminlarga boy bo‘lishi kerak.

Ruhiy qo‘zg‘algan  bemorlar maxsus ajratilgan tibbiy ham-

shiralar tomonidan kuzatib boriladi. Bunday hollarda tibbiy ham-

shiralardan juda sergaklik va e’tiborchanlik talab qilinadi. Chunki

bunday bemorlar kutilmaganda o‘rinlaridan turib ketishlari,

qochishga harakat qilishlari yoki derazadan o‘zlarini tashlashlari

mumkin.


Òoshmali bemorlarni davolash uchun tetrasiklin guruhi ðreða-

ratlari qo‘llanadi. Ular 0,3—0,4 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi.

Levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) ham ishlatish mumkin.

Antibiotiklar tana harorati tushguncha va yana 2 kun davomida shu

miqdorda tayinlanadi. Dezintoksikatsiya uchun 5% li glukoza yoki

18 – Yuqumli kasalliklar



274

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

natriy xloridning izotonik eritmasi venaga tomchilab yuboriladi.

Kuchli qo‘zg‘alishda barbituratlar va xloralgidrat buyuriladi. Yiringli

asoratlarda ðenitsillin va boshqa antibiotiklar qo‘llanadi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Hozirgi

kunda toshmali tif tugatilgan. Lekin toshmali tif  bilan kasallanish

holatining bittasi uchrasa ham ðrofilaktik tadbirlar o‘tkazilishi shart.

Bitlash bilan kurashish toshmali tifning muhim ðrofilaktikasi

hisoblanadi.

Òoshmali tif aniqlanganda va bemor shifoxonaga yotqizilganda

(yoki shu kasallikka gumon qilinganda) u bilan aloqada bo‘lgan

kishilar kuzatib boriladi, o‘choqda dezinfeksiya va dezinseksiya

tadbirlari o‘tkaziladi. Bemor kiyimlari va yotoq choyshablari dezin-

feksion kamerada tozalanadi. O‘choqda dezinfeksiya va dezinseksiya

lizolning 3—5% li eritmasi bilan o‘tkaziladi. Bemor bilan aloqada

bo‘lgan kishilar 25 kun davomida kuzatiladi va shu orada har kuni

tana harorati o‘lchab turiladi. Òana harorati ko‘tarilgan hollarda ularni

tashxisni aniqlash uchun darhol shifoxonaga yotqiziladi.

Òoshmali tifga qarshi vaksina ishlab chiqilgan; emlash eði-

demiologik ko‘rsatmaga asosan o‘tkaziladi.

Nazorat savollari

1. Òoshmali tif nima?

2. Rikketsiyalarga ta’rif bering.

3. Òoshmali tifning yuqish mexanizmi qanday?

4. Òoshmalarning ðolimorfligi nima?

5. Òoshmali tifda qanday serologik reaksiyalar qo‘llaniladi?

6. Òoshmali tifda qanday antibiotiklar foydali va ular qanday

qo‘llanadi?

Brill kasalligi (Brilli morbus)

Brill kasalligi (qaytalama toshmali tif, toshmali tif residivi) —

o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, eðidemik toshmali tifning residivi

hisoblanadi, bir necha yillardan keyin kuzatiladi va sðoradik ravishda

uchraydi. Bu vaqtda bitlash hollari, infeksiya manbai va o‘chog‘i

kuzatilmaydi, toshmali tifga nisbatan yengil o‘tadi.



275

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

Etiologiyasi va eðidemiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — Provaseka

rikketsiyalari hisoblanadi. Ularga sðoradik kasallanish xarakterli.

Anamnezi yordamida eðidemik toshmali tif kasalligini boshidan

kechirgan kishilarda aniqlanadi. Kasallik asosan katta yoshdagi (odatda

40 yoshdan katta) kishilarda uchraydi. Unga mavsumiylik xos emas,

yilning barcha faslida uchrashi mumkin.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Birlamchi toshmali tif bilan

kasallangandan keyin Provaseka rikketsiyalari bir necha yillar

davomida rekonvalessentlar organizmida (limfatik tugunlarda)

saqlanib qolishi mumkin. Bunda hech qanday klinik belgilar

namoyon bo‘lmaydi. Immunogenezni ðasaytiruvchi turli omillar

(allergik holatlar, shamollash, griðð, ðnevmoniya va boshqa kasal-

liklar) ta’sirida yashirin rikketsioz infeksiya rivojlanadi va qaytalama

toshmali tif (kasallik residivi) — Brill kasalligi kuzatiladi. Pato-

logoanatomik o‘zgarishlar toshmali tifdagi o‘zgarishlardir.

Klinikasi. Brill kasalligi eðidemik toshmali tifga qaraganda yengil

o‘tadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: et uvushishi yoki yengil sovqotish

kuzatiladi, kasallikning 2—3-kuni tana harorati juda yuqori bo‘ladi.

Bu 8—11 kun, ba’zan 4—6 kun davom etadi. Òana harorati odamda

kritik ravishda ðasayadi. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda

baholanadi. Umumtoksik belgilar (bosh og‘rig‘i, uyqusizlik,

mushaklarda og‘riq, teri sezgirligining oshishi, biroq ruhiy qo‘z-

g‘alish, ba’zan meningeal simðtomlar) uchraydi. Òoshmalar

kasallikning 5—7-kunlari ðaydo bo‘ladi. Bemorlarning uchdan bir

qismida faqat rozeolalar ðaydo bo‘ladi. Qolgan bemorlarda toshmalar

umuman bo‘lmasligi mumkin. Yurak-qon tomirlar sistemasida

ba’zan taxikardiya, arterial bosimning ðasayishi, yurak o‘tka-

zuvchanligining buzilishi (susayishi) va EKG da o‘zgarishlar

kuzatiladi. Bemorlarning uchdan bir qismida jigar hamda taloq

kattalashadi. Asoratlaridan asosan o‘choqli ðnevmoniya ko‘ð uch-

raydi. O‘ðka arteriyasi tromboemboliyasiga sabab bo‘luvchi venalar

trombozi (6—8%) kuzatilishi mumkin.

Òashxisi. Òashxis anamnestik (anamnezida ilgari eðidemik tosh-

mali tif bilan kasallangan) va kasallikning klinik belgilari asosida

qo‘yiladi. Òashxis laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlanadi. Qonda

uncha katta bo‘lmagan leykositoz kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan

KBR va BGAR qo‘llanadi.



276

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Davolash. Brill kasalligini davolash eðidemik toshmali tif kasal-

ligini davolash bilan bir xildir.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òoshmali

tifning qayta uchrashi eðidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega.

Bitlash kuzatilmagan holda uchragan Brill kasalligi odatda sðoradik

tarzda uchraydi. Bitlash sharoitida kuzatiladigan toshmali tifda

bemor infeksiya rezervuari hamda toshmali tifning yangi ko‘ri-

nishlari uchrashida infeksiya manbai hisoblanadi.

Shuning uchun Brill kasalligida o‘choqni kuzatish va dezinfeksiya

kabi komðleks eðidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi.

Nazorat savollari

1. Brill kasalligi nima?

2. Brill kasalligining shakllanish mexanizmini gapirib bering.

3. Brill kasalligi o‘zining klinik kechishi bo‘yicha toshmali tifdan

farqlanadimi?

4. Brill kasalligida qanday ðrofilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?

Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz

(rickettsiosis endemica murina)

Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz — o‘tkir

zoonoz kasallik bo‘lib, haroratning yuqori ko‘tarilishi va tarqalgan

rozeolez—ðaðulez toshmalar bilan kechadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi — Muzer rikketsiyalari —

kokksimon yoki tayoqchasimon shaklda bo‘lib, ularning o‘lchami

0,2—0,3 mkm kenglikda va 0,7—0,8 mkm uzunlikda bo‘ladi. Òermo-

labil antigenga ega. Zararlangan tajriba hayvonlari organizmida ular

mezoteliy hujayralarida ðarazitlik qiladi. Muzer rikketsiyalari tovuq

embrioni xorionallantois qobig‘ida yaxshi ko‘ðayadi.

Eðidemiologiyasi. Òabiatda qo‘zg‘atuvchining yagona rezervuari

kemiruvchilar — kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi. Kemi-

ruvchilarda Muzer rikketsiyalari tashqi muhitga siydik bilan ajraladi.

Kasallikning asosiy sababchilari kalamush burgalaridir. Rik-

ketsiyalar zararlangan burgalar ichagida ko‘ðayadi va najaslari bilan

tashqariga chiqadi.



277

MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari

Odamga kasallik alimentar yo‘l, ya’ni kasal kemiruvchilarning

siydigi bilan ifloslangan mahsulotlarni yeganda yuqadi. Rikket-

siyalarga ega bo‘lgan kassallik tarqatuvchilar (burgalar)ning feka-

liyalarini zararlangan (shikastlangan) teriga surkalishi orqali ham

kasallik yuqtirish mumkin. Zararlangan burgalar chaqishi sababli

kasallik bevosita yuqmaydi, ammo kanalar chaqqanida yuqishi

mumkin. Odamdan odamga qo‘zg‘atuvchi o‘tmaydi.

Kalamushlardan yuqadigan rikketsioz yirik ðort shaharlarida

(O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Kasðiy dengiz qirg‘oqlarida va b.)

uchraydi. Uyda ham kasallikni rikketsiyalar bilan zararlangan

kalamushlar va sichqonlardan yuqtirish mumkin.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Muzer va Provaseka

rikketsiyalarining biologik o‘xshashlik xususiyatlari kalamushlardan

yuqadigan rikketsiozlar bilan eðidemik toshmali tif kasalliklari

ðatogenezi va ðatomorfologik belgilari bilan bir xildir. O‘lim hollari

kam uchrashi tufayli ðatologoanatomik o‘zgarishlar kam o‘rga-

nilgan.


Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 8—12 kun davom etadi. Kasallik

umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan boshlanadi.

Bo‘g‘imlarda, mushak va belda og‘riq kuzatiladi. Shundan keyin tana

harorati birdaniga yoki asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi mumkin.

Kasallikning 1-haftasining oxirlariga borib harorat 38—40°C ga

yetadi. Harorat egri chizig‘i doimiy yoki remittirlovchi turga ega.

Isitma 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Harorat lizis shaklida tushadi.

Kasallikning 6—7-kuni terida xarakterli toshmalar ðaydo bo‘ladi.

Ular asosan ko‘krakda, yuzda, yelkada, qorinda, qo‘l-oyoqlarda,

kaft va ðanjalarda ðaydo bo‘ladi, bu belgilar kalamushdan yuqadigan

rikketsiozni eðidemik toshmali tifdan farqlashga yordam beradi.

Ayrim bemorlarda toshma juda ko‘ð toshadi. Kasallik boshlanishida

toshma rozeola xarakterida bo‘ladi; toshmaning diametri 2—5 mm ni

tashkil qiladi. Keyinchalik u ðaðulez, ba’zida ðetexial toshmaga

aylanadi. Òoshma 7—10 kun davomida saqlanib turadi. U yo‘qolganda

ðigmentatsiya hosil bo‘lmaydi. 25% bemorlarga toshma toshmaydi.

Nerv sistemasi kam zararlanadi. Yurak-qon tomirlar sistemasida

bradikardiya, ba’zan giðotoniya aniqlanadi. Nafas a’zolari sistemasida

bronxit kuzatilishi mumkin. Jigar va taloq odatda kattalashmaydi.

Asoratlar va residivlar kuzatilmaydi. Kalamushdan yuqadigan

rikketsiozda kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan yakunlanadi.


278

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Òashxisi. Òashxis klinik belgilar, eðidemiologik anamnez ma’lu-

motlari (kalamushdan yuqadigan rikketsiozlar uchraydigan joylar)

va laboratoriya tekshiruvlari asosida qo‘yiladi. Kalamushdan yuqa-

digan rikketsioz bilan eðidemik toshmali tifni laboratoriya usulida

rikketsiyalar yordamida o‘tkaziladigan agglutinatsiya reaksiyasi

(RAR) yoki komðlementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) yordamida

farqlash mumkin. U Muzer rikketsiyalari antigeni bilan ðarallel

ravishda qo‘yiladi. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozda Muzer


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish