Pedagogning shaxsiy qobiliyatlari.
Interfaol uslublarni qo„llash ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchilarning
hamkorligi g„oyasini amalga oshiradi, ularni konstruktiv harakatga o„rgatadi,
ruhiy iqlimini sog„lomlashtirishga yordam beradi, ishonchli sharoit yaratadi.
SHu munosabat bilan pedagog shaxsiga u yoki bu bilim doirasidagi tor
mutaxassis sifatida emas, balki yuqori ma‟naviy sifatlar, ziyrak va
tashabbuskor, sodda va moslashuvchan, hayotiy tajribaga ega shaxs sifatida
kuchli e‟tibor qaratiladi.
Pedagog shaxsining profeissional sifatlarini tuzilishida ruhshunoslar 4
ta etakchi blokni belgilaydi.
Dunyoqarash, ishonch va ideallar, madaniyat darajasi, ya‟ni aynan
talabalarga singdirish va ularda rivojlanishi zarur bo„lgan axloqiy
xususiyatlar.
Pedagogik faoliyatga ijobiy munosabat, shaxsning pedagogik
yo„nalganligi, pedagogik moyilliklar boshqacha aytganda o„qituvchining
pedagogik ishga o„zini baxshida etishga intilish va barqaror xohish bo„lishi.
Profeissional pedagogik bilim va malaka ko„nikmalarni vosita, uslub va
jihozlar jamlanmasi yordamida aqlli, yaxshi, abadiy etishga umid qildi.
Pedagogik qobiliyatlar – ya‟ni ta‟lim vositalari, uslublari va
instrumentlaridan ta‟lim maqsadi va auditoriyaga muvofiq holda samaraliroq
foydalanish.
SHunday qilib, o„qitishdagi muvafaqqiyat o„qituvchi shaxsining ilg„or
dunyoqarashi, yuqori axloqiy sifatlari,yuksak bilim darajasi, professional
malaka va ko„nikmalari, yuqori darajali ijtimoiy madaniyati va pedagogik
yo„nalganligiga bog„liq. Biroq bularning o„zi o„qituvchiga etarli emas, aqliy
doiraga kiruvchi shaxsning ayrim o„ziga xos ruhiy xususiyatlari ham
emotsional iroda zarur bo„ladi. Bu xususiyatlar pedagogik faoliyat shaxsga
qo„yilgan talablarga javob bo„lgani uchun ham uning muvafaqqiyatiga ta‟sir
ko„rsatadi.
SHaxsning ko„pchilik pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va
ushbu faoliyatini egallashdagi muvafaqqiyatini aniqlab beruvchi pedagogik
qobiliyatdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda 3 guruhga bo„lish mumkin: 1.
O„qituvchi shaxsining shaxsiy, didaktik va tashkiliy – kommunikativ
qobiliyatlari. SHaxsiy qobiliyatlarga: a) talabalarga moyillik, ya‟ni talabalar
bilan ishlash, muloqot qilish xohishi va intilish, ular bilan muloqotdan chuqur
rohat olish, yaxshi munosabatda va ziyrak bo„lishlik. SHu munosabat bilan
A.M.Gorkiy A.S.Makarenko haqida “U bolalarga muhabbat alangasida
yonardi ” –deydi. V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga yuragimni beraman” nomli
kitob yozgan, kitobning nomini o„zidan gap nimada ekanligini bilish mumkin;
b) sabr- toqat o„zini tutish – har doim‚ har qanday sharoitda, o„z his-
tuyg„ularini, temperament, boshqarish, axloqi ustida nazoratni yo„qotmaslik;
biroq bu o„z o„rnida jahl va xursandchilik talabalar axloqiga nisbatan e‟tirozni
inkor etmaydi. Bundan tashqari, xotirjamlik va sabr – toqat, befarqlik va
sovuqqonlikka aylanmasligi lozim. Bundan o„qituvchi topqirligi va vaziyatni
boshqarishi katta ahamiyatga ega; v) o„z ruhiy holatini, kayfiyatini talabalar
kayfiyati va ta‟lim muvafaqqiyatini boshqarishg qobiliyatiga bog„liq.
O„qituvchini tetik, hayoidan xursand‚ lekin ortiqcha hayajonsiz ko„rish odatiy
hol.
Ta’limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash,
konstruktiv, kommunokativ qobiliyatlar.
Didaktik qobiliyatlar quyidagilarda namoyon bo„ladi: a) tushuntirish
qobiliyati‚ ya‟ni talabalarni ko„zi bilan ko„rishi va eshitishi, tushunarsiz
atamalarni tushunarli, sodda va hammabop qila olishi; b) akademik
qobiliyatlar, boshqacha aytganda predmet, fan sohasini bilishi, eruditsiyasi,
dunyoqarashni keng bo„lishi o„z ustida ishlash natijasi sifatida qaraladi; v)
nutq qobiliyatlari, o„z fikri va his tuyg„ularini nutq shaklida aniq va ravshan
namoyon qilish qobiliyati, nutqni muloqotning noverbal vositalar, ya‟ni
mimika va pantomimika bilan birga qo„shib olib borishi. Bundan predmetni
bilish, o„zi bayon qilayotgan so„zlarga ishonishi murakkab frazeologik
iboralardan voz kechish‚ qo„llanayotgan atama va tushunchalarni izohlash,
nutq sur‟ati va balandligi.
Tashkiliy – kommunikativ qobiliyatlar quyidagi sifatlar bilan
tavsiflanadi:
A) tashkiliy qobiliyatlar, bunda faoliyatning 2 yo„nalishini belgilash
zarur – birinchidan, ta‟lim oluvchilar jamoasini tashkil qilish, ikkinchidan‚
o„z ishini to„g„ri tashkillashtirish, rejalashtirish va o„z – o„zini nazorat qilish,
o„quv jarayonining vaqt jihatdan chegaralanganligini ijobatga olgan holda‚
bilimlarni etkazish uchun o„qituvchidan maksimum kuch talab etiladi;
B) kommunikativ qobiliyatlar – ta‟lim oluvchilar jamoa, alohida shaxs
bilan ularni individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda‚ to„g„ri
o„zaro munosabat o„rnatish; buni ikki chegaraning o„rtasida – sovuq
begonalik va familyar munosabatlardan bilish lozim;
S) pedagogik kuzatuv yoki a.s. Makarenko aytganidek‚ “YUzaga qarab
o„qish qobiliyati ”, ya‟ni ta‟lim oluvchining ichki dunyosiga kira olish,
ziyraklik, talaba shaxsini tushunish va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini
anglash. Bularga‚ albatta, tashqi omillar, talabaning xulq-atvori hamda
pedagogik tajriba ham ta‟sir ko„rsatadi;
D) pedagogik taktika – ya‟ni talabalarga ta‟sir ko„rsatishning maqsadga
muvofiq choralarni topish qobiliyati‚ ularning individual va boshqa
xususiyatlarini inobatga olgan holda‚ konkret vaziyatdan kelib chiqib‚ inson
shaxsiyatiga tegmagan holda;
E) suggestiv qobiliyat – talabalarga emotsional – irodaviy ta‟sir
ko„rsatish qobiliyati, talab qo„yish va ularni bajarilishi, hech qanday bosim va
zo„rlashsiz, shu bilan birga yumshoqlik va irodasizlik;
F) pedagogik xayol, o„z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko„ra
olish qobiliyati, ta‟lim oluvchilar shaxsini tarbiyaviy loyihalash, ta‟lim
oluvchining u yoki bu sifatlarini rivojlantirish oldindan ko„rish qobiliyati;
G) diqqatni taqsimlash, o„z diqqatini bir nechta ob‟ekt va faoliyatlar
orasida taqsimlash, ya‟ni materialni bayon qilish, fikr rivojlanishini kuzatish,
yuzaga kelgan savollarga o„z vaqtida javob berish, ta‟lim oluvchilar jamoasi
xulq – atvorini nazorat qilish.
Pedagogik texnologiya pedagoglarning professional ahamiyatli
mahoratlari tizimini aniqlab beradi. Ta‟lim oluvchiga ta‟sir ko„rsatishni
tashkil qilish bo„yicha pedagogik faoliyatni texnologikligini anglash
uslublarini taklif etadi.
Har bir pedagog ta‟lim oluvchiga ta‟sir ko„rsatishni ko„pgina
parametrlarga ko„ra tuzadi. Emotsional – ruhiy holat, yoshga oid va madaniy
rivojlanishning umumiy darajasi, munosabatlarnining shakllanganligi,
ma‟naviy va intellektual rivojlanish va boshqalar. YAkunida tashqi namoyon
asosida talaba shaxsi har bir birlamchi tasavvurda shakllanadi. Pedagogik
ta‟sir Xarakterini ko„p jihatdan aniqlab beradi.
Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan pedagogika bilan prinsipial
talablarni olimlar pedagogik ta‟sir uslubini qo„llashning umumiy qoidalarini
belgilashdi:
Talabalarga nisbatan talab va hurmatning uyg„unligi.
Har qanday pedagogik ta‟sirning tayyorlanganligi.
Ushbu ta‟sirni oxirigacha etkazish.
Ta‟lim natijasi uchun mas‟uliyatni his qilish qobiliyati.
Ushbu har bir nizomni olib chiqib, ta‟kidlash joizki, ularning hammasi
ta‟lim oluvchilarning bilish faoliyati hamda predmet va natijasiga qiziqishni
rivojlantirishiga yo„naltirilgan.
SHuni unutmaslik joizki, ta‟lim muvafaqqiyati pedagog, uning yuqori
professional mahorati, uning shaxsiy xususiyatlariga ko„p jihatdan bog„liq.
Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki,
bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog„lik bo‟ladi.
Odamning qobiliyatlari bilim va ko‟nikmalarni egallashda muxim
xisoblanadi. Bu bilim va ko‟nikmalar egallandimi yoki yukmi - bularning
xammasi, juda kup sharoitlarga boglikdir.
Qobiliyat tarakkiy etmay, so‟lib ketishi ham mumkin. O‟quvchida xali
zarur ko‟nikma va malakalar tizimi xamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan
ish uslublari yo‟qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravjida unda
qobiliyatlar yo‟q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo‟ladi.
Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‟nikmalarda ko‟rinmaydi, balki ularni
egallash dinamikasida namoyon bo‟ladi, ya‟ni boshqacha aytganda mazkur
faoliyat uchun muhim bo‟lgan bilim va ko‟nikmalarni o‟zlashtirish jarayoni
turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga
oshirishingizda namoyon buladi.
Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
sharti hisoblangan va bilim, ko‟nikma xamda malakalarni egallash
dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‟ladigan indiviudal -
psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‟lum sifatlari yig„indisi odamning
pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oraliqida egallagan faoliyati
talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan
qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos bo‟ladi.
Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste‟dod deb ataladi.
Iste‟dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli
mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar
uyushmasiga aytiladi. Iste‟dod mahoratning dastlabki sharti bo‟lib, lekin
mahoratning o‟zidan ancha uzoqdir. Moxir usta bo‟lmoq uchun juda ko‟p
ishlash kerak, Iste‟dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy va zo‟r
mehnatni taqazo qiladi. Iste‟dodli kishilar shubhasiz meqnat orqali olamga
mashhur bo‟lgan mahorat darajasiga erishganlar.
«Ta‟lim to„g‟risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
ta‟lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va
yo„nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo
o„qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga
bog‟liq. Zero, o„qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‟lik vijdon,
aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta‟minlovchi
muhim omildir.
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo„lishi buyuk pedagog
A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog‟liq. U bolalar
kalonnasidagi faoliyatida, ya‟ni faqat tarbiyasini emas, ma‟naviy qiyofasini
ham yo„qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga
sazovor bo„ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur
bo„lganligining o„zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat
cho„qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YuNESKO qarori bilan uning
100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e‟lon qilindi.
A.S.Makarenko bo„lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik
mahorat sirlarini o„rganishi zarurligini ta‟kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi
tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi
lozim, u o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati
tarbiyalasin.»
1
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari
katta mas‟uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko
pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo„lgan ilg‟or nazariya va amaliyotni
atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani
yaratildi va u barcha pedagogika oliy o„quv yurtlarida o„qitila boshlandi. Bu
fanning tuzilish printsipining o„ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va
jamoaga ta‟sir eta olishni ta‟minlaydigan va turli fanlarga bog‟liq bo„lgan
bilimlarni tanlab, ularni o„zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan
1
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент,
2008. -181 б. 146-бет.
dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o„quvchiga ta‟sir etish vositalari va
usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr
pedagogikasi va notiqlik san‟ati haqidagi ma‟lumotlar ham kiritilgan. Bu
fanni o„rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik
fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik mahorat - bu o„quv jarayonining barcha shakllarini eng
qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari
tomon yo„naltirish, talabalarda (o„quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni
shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo„lgan faoliyatga moyillik
uyg‟otishdir.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat bo„ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo„nalishiga ega bo„lishi, uning
qiziqishlari, qadriyat yo„nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol
avlod tarbiyalashga yo„naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o„qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan
mukammal bilimga ega bo„lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo„lish (muloqotga moyillik, ishchanlik,
kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik
bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik texnikani egallash, ya‟ni o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro
ta‟sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
Pedagogik mahorat o„z ichiga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi
to„g‟risidagi, maktab haqidagi, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va
uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o„qituvchi, tarbiyachi bu
madaniyatni egallamasa, hech vaqt o„z ishining chinakam ustasi bo„la
olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan
nariga o„tmaydi.
Biroq, zamonaviy o„qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o„zi
kifoya qilmaydi, maxsus bilimlar va malakalar - bolalarni kuzatish, ularning
o„sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish yo„llari va
usullarini aniqlash, turli o„zaro ta‟sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik
izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur
bo„ladi.
Pedagogik faoliyatning o„ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo„ladi.
1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o„zining alohida
xususiyatlari, ro„y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o„zicha baho
beradigan,
takrorlanmaydigan
faol
mavjudotdir.
Psixologiyada
ta‟kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o„z
maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo„lgan ishtirokchisi hamdir.
2.
Pedagog doimo o„sib-o„zgarib boradigan inson bilan ishlaydi.
Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan
foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni
talab qiladi.
3.
O„quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa
fan o„qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‟sir etadi.
Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o„zida jamiki ta‟sirlarga va
o„quvchilarning o„zida paydo bo„lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni
nazarda tutadi.
Pedagogik maqsadning o„ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi,
ya‟ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‟liqdir.
Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga
yo„naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-
ketligi)ni ta‟minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o„tkazadi,
ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro„yobga
chiqaradi.
2.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan
bog‟liq. Bunda pedagogik maqsad o„quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir.
Pedagog o„z faoliyati maqsadini va unga erishish yo„llarini aniq tasavvur
qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini
ularga anglata olishi zarur. Gyote ta‟kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana
shunda so„z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o„z-o„zidan
kelaveradi»
2
.
3.
Pedagogik (ta‟lim-tarbiya) jarayonda o„quvchi faoliyatini
boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo
o„quvchi kelajagi tomon yo„naltirilgan bo„ladi. Buni anglagan holda, mohir
pedagoglar o„z faoliyatini mantiqan o„quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda
loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan
iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o„ziga xosligi
o„qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to„la anglab, o„z shaxsiga qabul
qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o„sib» uning pedagogik nuqtai nazariga
aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- o„quvchilar qiziqishlarini e‟tiborga olish, ularni pedagogik
faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;
O„quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta‟sir ko„rsata oladigan
kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o„zining
axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
O„quvchilarni mehnat, muloqot, o„yin, o„qish kabi faoliyat turlarida
ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir
pedagog o„zining individual pedagogik tizimiga ega bo„lishi kerak.
2
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновастион технологиялар. Тошкент,
2008. -181 б.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo
ta‟lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki
aynan metodlar yordamida pedagog o„z o„quvchilarini turli o„quv faoliyatiga
jalb qiladi. Shu bilan birga o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda
o„qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa
sabablar ham ta‟sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi
uning shaxsi, xarakteri, o„quvchilar bilan muomalasiga ham ko„p jihatdan
bog‟liq bo„ladi. Odatda bularning ta‟lim-tarbiya jarayoniga ta‟siri
ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati
o„quvchilarga qanday ta‟sir ko„rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga
kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham
pedagogik mahoratni o„qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni
o„qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo„lishi
bilan bog‟liq bo„lishini unutmaslik lozim.
Shunday qilib, pedagog-muallim o„z mahoratiga quyidagi bosqichlarda
erishishi mumkin:
1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o„rganish.
2. Maxsus fanlar, ularni o„qitish metodikasini chuqur bilish.
3. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o„tkazish.
4. O„z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy
munosabatda bo„lish.
5. O„z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o„qib borish.
O„qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e‟tiboran davom
etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tiborga
loyiq e‟zozlab kelingan kasbdir.
“…O„qituvchi, – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa
ega bo„lishi va o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la va aniq
ifodalay olishni bilmog‟i zarur.” U o„z fikrini davom ettirib: “O„qituvchi va
rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o„xshaydi, shu sababli
o„qituvchi eshitgan va ko„rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga,
chiroyli nutqqa ega bo„lishi, o„quvchilarga aytmoqchi bo„lgan fikrlarini to„la
va aniq ifodalab berishni bilmog‟i lozim. Shu bilan birga o„z or-nomusini
qadrlashi, adolatli bo„lmog‟i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak
darajasiga ega bo„ladi va baxt cho„qqisiga erishadi”
3
,- deb ta‟kidlaydi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O„qituvchi matonatli, sof vijdonli,
rostgo„y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan
odam bo„lmog‟i lozim. O„qituvchi o„quvchining butun ichki va tashqi
dunyosini o„rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‟i lozim”
4
.
Nosiriddin Tusiy o„zining “O„qituvchilarni tarbiyalash to„g‟risida”
degan asarida shunday deydi: “…O„qituvchi munozaralarni olib borishni, rad
etib bo„lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o„z fikrlarining
to„g‟riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy
ifodalanadigan bo„lishi lozim… O„qituvchi nutqi hech qachon va hech
qayerda zaharxandali, qo„pol yoki qattiq bo„lishi mumkin emas. Dars paytida
o„qituvchining o„zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…”
5
Qoshg‟ariy: “…Men a‟zolar kasalligini davolashdan oldin
odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o„qituvchilik
yo„li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a‟zolar
kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar xalok bo„lsalar, nodonlik,
bilimsizlik tufayli o„n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo„ladilar…”.
Ulug‟ shoirimiz Alisher Navoiy ham o„qituvchi mehnatini xolisona
baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq
qilsa arziydi”, “Haq yo„lida kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila” kabi
satrlar bitgan.
3
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент: Халқ мероси, 1999. – 224 б.
4
Абу Али ибн Сино. Зийнат. Тошкент: Шарқ , 1992.
5
Ўрта Осиёда педагогик фикр тараққиётидан лавҳалар. (Тузувчи-муаллифлар: А.Зуннунов (раҳбар),
М.Ҳайруллаев, Н.Хотамов, Д.Шодиев). Тошкент: Фан, 1997. – 352 б.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalarimiz yaratgan bir
necha qimmatli asarlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha
asrlar ilgari yaratilgan bo„lsada, o„z qimmatini yo„qotmagan.
O„qituvchining o„rni va uning vazifalari o„sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e‟tibor qaratilishining
naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq
etish jarayonida o„qituvchining yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berishda
jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Zamonaviy maktab o„qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O„qituvchi –
sinfdagi o„quv jarayoni tashkilotchisidir. O„qituvchi o„quvchilar uchun dars
payti, qo„shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham
kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko„pchilik
o„qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari
bo„lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o„qituvchi ijtimoiy psixolog bo„lmasligi mumkin emas.
Shuning uchun ham u o„quvchilar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni yo„lga
sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan
foydalanishni bilishi zarur.
Ma‟lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab
sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo„yiladigan talablaridan eng muhimi
o„qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‟liq xislatlarga qaratilgan.
O„qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilar:
-o„qituvchining o„z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni
insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o„z yurti, ona tili, o„z xalqining tarixi
va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‟oyasida yashashidan
iboratdir;
-ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
-olijanobligi, aql-farosatli, ma‟naviy pok – ma‟naviyat va ma‟rifat
bo„yicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi
bo„yicha bolalarga singdirib borishi;
- o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari
kuyidagichadir:
- shaxsni ma‟naviy va ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy
uyg‟onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini
bilishi, bolalarni mustaqillik g‟oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi,
o„z Vatani, tabiatga va oilasiga bo„lgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bo„lishi, turli bilimlardan xabardor
bo„lishi;
- yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika,
yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega
bo„lishi;
- o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam bilimga ega bo„lib, o„z
kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan
xabardor bo„lishi;
-
ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi;
-
o„z ishiga ijodiy yondashishi;
-
bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta‟limning ifodali vositalari)
va pedagogik taktga ega bo„lishi;
- o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda
oshirib borishi.
Har bir o„qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan
bo„lishiga intilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. O„zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi
bosqichida. Toshkent: O„zbekiston, 2005.
2. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. Toshkent:
Ma‟naviyat, 2008. -176 b. 130-bet
3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g‟risida”gi Qonuni.
Toshkent: Sharq, 1997.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent: Sharq, 1997.
5. Abu Ali ibn Sino. Ziynat. Toshkent: Sharq , 1992.
6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Xalq merosi,
1999. – 224 b.
7. Ajdodlar o„giti. Hikmatlar, hikoyatlar, tamsillar. // To„plovchi
B.Ahmedov. Toshkent: Cho„lpon, 1991.
8. Azarov Yu.I. Bolalarni sevish san‟ati. Toshkent: O„qituvchi, 1992.
9. Azizxo‟jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. Toskent, 2006.
10. Asqarova O„. Qoraboyeva Z. Pedagogik mahorat asoslari.
Muammoli ma‟ruzalar matni. Namangan, 2005.
11. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‟limda
innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2008. -181 b. 146-bet.
12. Nishonova S. Sharq Uyg‟onish davri pedagogik fikr tarixida
barkamol inson tarbiyasi: Ped.fan.dokt. ... diss. Toshkent, 1998. – 288 b.
13. Ochil M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2000.
14. Saidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.
Toshkent, 2000.
15. O„rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. (Tuzuvchi-
mualliflar: A.Zunnunov (rahbar), M.Hayrullayev, N.Xotamov, D.Shodiyev).
Toshkent: Fan, 1997. – 352 b.
16. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. Toshkent: O„qituvchi, 1993.
Do'stlaringiz bilan baham: |